O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi” faniga kirish. Fanning predmeti, maqsadi va vazifalari



Yüklə 296,23 Kb.
səhifə92/96
tarix09.10.2023
ölçüsü296,23 Kb.
#153229
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   96
Seminar mavzulari — копия (6)

Vatan himoyasi yo‘lida. Sohibqiron Amir Temur dunyoda boshqaruvning barcha sohasi, xususan, harbiy san’atni yuqori pog‘onaga ko‘targan, uni strategiya va taktikalar bilan boyitgan, oz sonli qo‘shin bilan ko‘p sonli qo‘shinni yengish amaliyoti bo‘yicha dunyoda mashhur sarkardadir. U boshqa sohalar kabi harb ilmida ham tug‘ma iste’dod sohibi bo‘lib, minglab jahongirlar bajara olmagan ishlarni yuksak salohiyati bilan amalga oshirgandi. Yer yuzida Amir Temurga o‘xshagan sarkarda shu davrgacha tug‘ilmagan. Bunga “Temur tuzuklari”ni o‘qib, yana bir bor amin bo‘lamiz. O‘zga mamlakatlarni zabt etish, ularni idora qilish, g‘anim lashkarlarini sindirish, dushmanni tuzoqqa tushirish, muxoliflarni (ko‘nglini ovlab) do‘stga aylantirish, do‘st-dushman orasida muomala murosayu madora qilish jarayonida u doimo ustozlarining o‘gitlariga tayangan. Chunki o‘z davrining eng kuchli allomalari, dono va fozil kishilari, mahoratli harbiy qo‘mondonlar davlat boshqarish va harbiy ishlarda katta tajribalarga ega bo‘lgan. Shu bois Amir Temur ularning eng mashhur va kuchlilarini doim yonida saqlagan, birgalikda ochiq va yopiq kengashlar o‘tkazgan, ularning fikr-mulohaza va kengashlarini jon qulog‘i bilan tinglagan, har bir ishni bitirishdan oldin turli qarashlar va maslahatlarni tahlil qilib, o‘zi oqilona qaror chiqargan.
Amir Temur Zarur holatlarda ham shoshilmagan, sovuqqon va sabr-toqatli bo‘lgan. O‘sha davrda Movaraunnahr xalqi mo‘g‘ullar iskanjasida qolgan va xo‘rlanayotgan edi. Buning ustiga mamlakatda ichki muhit ham tang bo‘lib, turli qarama-qarshi guruhlar va hokimlar bir-biri bilan urushlar olib borayotgandi. Ularning aksariyati endigina maydonga kirib kelayotgan Amir Temur ochiq va xufyona yomonliklar qila boshlagandi. Mantiqan qaralganda, agar Sohibqiron ularning har biriga qarshi jang maydoniga chiqaverganda allaqachon biror tig‘ning ostida qolib ketishi mumkin edi. U o‘z hushyorligini yo‘qotmagan holda arqonni uzun tashlash siyosatini yuritgan. Qat’iylik, hushyorlik, ehtiyotkorlik, shijoat va sabr-chidam bilan barcha ishni izchil amalga oshirib borgan. Amir Temurning hayotiy va harbiy tajribasi bugun ham nainki ofitserlarga, balki har bir insonga, yoshlarga ibrat va namuna bo‘lmog‘i kerak. Chunki salohiyatini tinimsiz boyitgan, o‘ziga nisbatan qattiqqo‘l va talabchan shaxslargina hayotda yorqin iz qoldirgan va ularning nomi asrlar davomida yashab kelmoqda. Dangasalik, ishni paysalga solish, va’daga vafo qilmaslik, yolg‘onchilik, zulm, adolatsizlik va boshqa ko‘plab illatlar Amir Temurga begona edi. Inson hayotining tuban yoki sharafli bo‘lishida o‘zining xatti-harakatlari assoiy rol o‘ynashini tarix Amir Temur timsolida isbotlamoqda. U o‘z kuchi, g‘ayrati, iqtidori bilan Movaraunnahrni birlashtirgan, Yevroosiyodagi yagona saltanatga aylantirgan, mamlakatda qonuniylik va adolat o‘rnatgan.

Yüklə 296,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin