O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi” faniga kirish. Fanning predmeti, maqsadi va vazifalari


Soliq siyosatidagi yangilanishlar



Yüklə 296,23 Kb.
səhifə88/96
tarix09.10.2023
ölçüsü296,23 Kb.
#153229
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   96
Seminar mavzulari — копия (6)

Soliq siyosatidagi yangilanishlar. Soliq siyosati ha biznes sohasini rahbatlantirishga xizmat qilmoqda. So‘nggi yillarda soliqlarning umumiy soni 13 tadan 9 taga tushirildi. Mol-mulk, shaxsiy daromad va ijtimoiy solshiq stavkalari ikki barobar pasaytirildi. Shu bilan birga, import bo‘yicha 6 mingga yaqin boj stavkalari ham kamaytirildi. Shuningdek, o‘tgan 6 yil ichida 200 ga yaqin litsenziya va ruxsatnomalar bekor qilindi yoki soddalashtirildi. Tadbirkorlik sub’ektlari zimmasidagi soliq yukin yanada kamaytirish hamda soliq ma’murchiligini takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni aytmasa ham bo‘ladi. Bunday yangilanishlar natijasida O‘zbekistonning mintaqadagi iqtisodiyoti eng yuqori do‘iversifikatsiya qilingan mamlakat sifatidagi maqomi yanada mustahkamlandi.
Bir yilning o‘zida 100 mingga yaqin yangi korxonalaor tashkil qilindi, kiritilgan xorijiy sarmoyalarning yillik hajmi 10 milliard dollarga yetdi yoki islohotlar boshlangan 2017-yildagiga nisbatan 3 barobar oshdi, 1 millionga yaqin aholi kambag‘allikdan chiqarilib, kambag‘allik darajasi 17 foizdan 17 foizga tushirildi. Vaholanki, islohotlar boshlangan davrda mazkur ko‘rsatkich 30 foizdan yuqori edi52.
O‘zbekistonda “yagona darcha” tamoyili asosida xorijiy sarmoyadorlar bilan asosida xorijiy sarmoyadorlar bilan ishlash bo‘yicha mutlaqo yangi tizim joriy etildi. Natijada iqtisodiyotimizga jalb qilingan yillik xorijiy investitsiyalar hajmi 3,5 barobar oshib, oxirgi 5 yilda ularning umumiy qiymati 25 millard dollarni tashkil etdi. Buning hisobidan 59 mingta investitsiya loyihasi amalga oshirilgani mamlakatimizda 2,5 milliondan ortiq yangi ish o‘rinlarini yaratishga munosib hissa bo‘lib qo‘shildi. Shuningdek, to‘qimachilik, charm-poyabzal, farmasevtika, elektrotexnika, kimyo va neft-kimyo, qurilish materiallari, oziq-ovqat sanoati va boshqa ko‘palb sohalardagi qayta ishlash darajasi sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqildi hamda eksportning yillik hajmi salkam 20 millard dollarga yetdi. Oltin-valyuta zaxiralari esa 27 milliard dollardan 35 milliard dollarga ko‘paydi.
Eng katta va muhim yutuq esa O‘zbekistondagi yangilanishlarning ortga qaytmaydigan muqarrar tus olganidir. E’tiborlisi, Taraqqiyot strategiyasi mamlakatimizda erkin fuqarolik jamiyati va inson kapitalini rivojlantirish, investorlar huquqlarini himoya qilish, xususiy mulk daxlsizligi va gender tenglikni ta’minlash kabi muhim vazifalarga qaratilgani bilan ajralib turadi.
2030-yilda O‘zbekiston qaysi o‘rinda bo‘ladi? “Inson qadri uchun” g‘oyasini hayotga tatbiq etishga doir strategiya, pirovardida, mamlakatimizda iqtisodiy va siyosiy barqarorlikni ta’mtinlashga, keng ko‘lamli ma’muriy islohotlarni amalga oshirish hamda raqamlashtirishni joriy etish orqali biznes uchun yanada qulay sharoit yaratishga, davlat boshqaruvi tizimining natijadorligini oshirish yo‘li bilan ishbilarmon hamda tadbirkorlarga ko‘mak beradigan, ixcham va yuqori samarali hukumat tizimini tashkil etishga xizmat qiladi.
Bu yo‘lda mamlakatimiz rahbari tashabbusi bilan davlatning iqtisodiyotdagi roli va ulushini keskin qisqartirishga, sarmoyadorlarni keng jalb etishga e’tibor qaratilmoqda. Xususan, xalqaro moliya institutlari va xorijiy konsalting kompaniyalari ko‘magida davlat aktivlarini xususiylashtirish orqali 2026 yilga qadar eksklyuziv huquqlarni bekor qilish va davlat korxonalarini xususiylashtirish hisobidan 25 dan ortiq faoliyat turlari bo‘yicha monopoliyalarni tugatish, tijorat banklarida transformatsiya jarayonlarini davom ettirib, bank aktivlarida xususiy sektorning ulushini 60 foizga yetkazish, davlat ishtirokidagi korxonalar sonini kamida 3 barobar qisqartirish rejalashtirilgan.
Mamlakatimizda xorijiy investorlar bilan birgalikda davlat-xususiy sheriklik mexanizmini joriy etgan holda, energetika, transport, sog‘liqni saqlash, ta’lim, infratuzilmani rivojlantirish va yo‘l qurilish sohalarida umumiy qiymati 15 milliard dollarlik 200 dan ortiq loyihalarni amalga oshirish maqsadi ilgari surilgan.
O‘zbekiston jahon bozorlariga katta miqdordagi mahsulotlar chiqarishni maqsad qilgan. Bunda mamlakatimizning yaqin yillarda Jahon savdo tashkilotiga to‘laqonli a’zo bo‘lishi muhim ahamiyatga ega. Hozirning o‘zida respublikamizda mahsulot ishlab chiqaruvchilar erkin savdo orqali 280 million iste’molchisi bo‘lgan mintaqaviy bozorlarga chiqyapti. Binobarin, Yevropa Ittifoqining kengaytirilgan preferensiyalar tizimi “GSP +” doirasida O‘zbekistondan 6 mingdan ortiq mahsulot turlarini Ye\vropa bozoriga imtiyozli shartlarda eksport qilish yo‘lga qo‘yilmoqda. Shuningdek, milliy eksportchilarimizga qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish uchun ayni vaqtda Hindiston, Turkiya, Koreya Respublikasi va boshqa davlatlar bilan imtiyozli hamda erkin savdo bitimlarini imzolash bo‘yicha aniq choralar ko‘rilayotir.
Davlatimiz rahbari Markaziy va Janubiy Osiyoning o‘zaro bog‘liqligini ta’minlashag qaratilgan tarixiy tashabbusni ilgari surdi. Bu bejiz emas. Mavjud transport koridorlarini diversifikatsiya qilish orqali O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni Transafg‘on temir yo‘li orqali Janubiy Osiyoga, “O‘zbekiston – Qirg‘iziston - Xitoy” temir yo‘li bilan Osiyo Tinch okeani mintaqasiga hamda Janubiy Kavkazni kesib o‘tadigan multimodul transport koridori yordamida Yevropa mamlakatlariga yetkazish uchun imkoniyatlar yaratiladi. Ko‘rilayotgan chora-tadbirlarning barchasi mamlakatimizning investitsiya jozibadorligini oshirish, biznes muhitini yanada yaxshilash garovi va kafolati bo‘lishiga shubha yo‘q.
Umuman olganda, amalga oshiriladigan yangilanishlar natijasida kelgusi 5 yilda yalpi ichki mahsulot hajmini 100 milliard dollarga, yillik eksport miqdorni esa 30 milliard dollarga yetkazish ko‘zda tutilgan. Xususiy sektorning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 80 foizga tenglashdi.
Bularning barchasi O‘zbekistonning 2030-yilga borib aholisi o‘rtadan yuqori daromad oladigan davlatlar qatoridan joy olishida poydevor vazifasini o‘taydi. Shu bilan birga, dunyodagi bugungi murakkab vaziyatda ham O‘zbekiston yashash va ishlash uchun tinch-xavfsiz makon sifatida tanilgani investorlarning yurtimizga bo‘lgan qiziqishini yanada oshiradi.
Ana shunday izchil islohotlarni ro‘yobga chiqarishda mamlakatimiz, birinchi navbatda, salohiyatli, yangilikka intiluvchan, kreativ fikrlovchi va fidoyi yosh kadrlarga suyanadi. Bizda esa aynan shunday kuchli va boy zaxira yaratilyapti hamda ularning safi yildan-yilga kengayib bormoqda.

Yüklə 296,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin