O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi” faniga kirish. Fanning predmeti, maqsadi va vazifalari


Istiqbolli kelishuvlar platformasi



Yüklə 296,23 Kb.
səhifə85/96
tarix09.10.2023
ölçüsü296,23 Kb.
#153229
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   96
Seminar mavzulari — копия (6)

Istiqbolli kelishuvlar platformasi. AQSh, Buyuk Britaniya, Turkiya, Xitoy, Hindiston, Misr... Bular – dunyoning qudratli mamlakatlari. Janubi-Sharqiy Osiyo,t Yevropa Ittifoqi, Yaqin Sharq, Hamdo‘stlikning boshqa qator davlatlaridan ham o‘rnak oladigan jihatlarimiz ko‘p. Poytaxtda shunday ilg‘or o‘lkalardan 2,5 mingdan ziyod yirik investor va yuqori martabali mehmonlarning jam bo‘lishi katta voqelik. Muhimi, qo‘yilgan qadam to‘g‘ri va oqilona. Ezgu tashabbus o‘zini oqlamoqda. Chunki o‘tgan yili Toshkent mezbonlik qilgan ilk forumda 56 ta davlatdan 1500 nafardan ortiq vakillar qatnashgandi. Bu yil esa mehmon mamlakatlar qamrovi ham, ishtirokchilar soni ham anchayin oshgan.
Quvonarlisi, mazkur xalqaro anjuman iqtisodiyotimiz uchun zarur bo‘lgan istiqbolli loyihalarning taqdimot platformasi bo‘lib xizmat qildi.
Avvalo, xorijlik sarmoyadorlar yurtimizdagi imkoniyatlar, yaratilgan qulay investitsiyaviy muhit va jozibador yo‘nalishlar bilan yaqindan tanishdi. Ikki kun davomida qishloq xo‘jaligi, qurilish, “yashil” texnologiya, to‘qimachilik, charm va ipak sanoati, bank, moliya, kimyo texnologiyasi, raqamlashtirish kabi turli yo‘nalishlarni qamrab olgan 30 ga yaqin munozara, davra suhbati va uchrashuvlarda ishtirok etdi.
Pirovardida yakuniy natijalar ham o‘tkan yilgi forumnikidan yuqori bo‘ldi. Ya’ni avvalgi yilgi mazkur xalqaro anjuman doirasida jami 7,8 milliard AQSh dollarilik 105 ta hujjat imzolangan bo‘lsa, bu yil 11 millard dollarga teng 164 ta kelishuv va shartnomalarga qo‘l qo‘yildi50.
Binobarin, hamkorlik bitimlari o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi uchun “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqilib, har bir loyihaning ijrochisi hamda bajarilish muddati aniq belgilab berildi.
Investorlar uchun keng imkoniyatlar. Bu xalqaro forumning bosh tashabbuskori – Prezidentimiz. Davlat rahbarining bevosita mazkur anjumanga tashrif buyurib, nutq so‘zlashini xorijiy sarmoyadorlar respublikada olib borilayotgan investitsiyaviy siyosatning ochiqligi kafolati sifatida qabul qildi. Chunki bu chiqishda mamlakatning savdo iqtisodiy va investitsiyaviy imkoniyatlari bor bo‘y-basti bilan, oydin va oshkora ko‘rsatib berildi. Jumladan, O‘zbekistonda ro‘yobga chiqarilayotgan turli investitsiyaviy loyihalarning shaffofligi va mazkur yo‘nalishda byurokratik yo‘llardan qochilayotgani chet ellik ishbilarmonlarda yurtimizga kelib biznes qilish istagini oshirayotgani, shubhasiz.
Negaki, bugun global dunyoda o‘zaro ishonchga asoslangan munosabatlarga putur yetayotir. Shunday murakkab sharoitda chetdan sarmoya jalb qilish oson emas. Buning uchun, avvalo, investorlarga ma’qul keladigan islohotlarni amalga oshirish kerak. O‘zbekiston ayni shu yo‘lda dadil qadamlar tashlamoqda.


Yüklə 296,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin