O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi” faniga kirish. Fanning predmeti, maqsadi va vazifalari


O‘zbekiston Respublikasining pul birligi so‘mdir. So‘m O‘zbeskiton Respublikasining butun hududida yagona cheklanmagan qonuniy to‘lov vositasidir



Yüklə 296,23 Kb.
səhifə87/96
tarix09.10.2023
ölçüsü296,23 Kb.
#153229
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   96
Seminar mavzulari — копия (6)

150-modda
O‘zbekiston Respublikasining pul birligi so‘mdir. So‘m O‘zbeskiton Respublikasining butun hududida yagona cheklanmagan qonuniy to‘lov vositasidir.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki O‘zbekiston Respublikasining hududida qonuniy to‘lov vositalari sifatida pul belgilarini muomalaga kiritishda va ularni muomaladan chiqarishda mutlaq huquqqa egadir.


Xususan, 2017-yilda milliy valyutamiz – so‘mning erkin konvertatsiyasi joriy qilinib, xorijiy investorlar tomonidan foydani repatriatsiya qilish bilan bog‘liq barcha cheklovlar olib tashlandi. Bank va yirik korxonalarimiz ilk bor xalqaro reytinglarini qo‘lga kiritib, jahon moliya bozorlariga chiqdi. Dunyo miqyosida milliy valyutamizda ham xalqaro obligatsiyalar chiqarildi. Shu bilan birga, bank-moliya sohasidagi islohotlar tizimli ravishda davom ettirilmoqda.


Mintaqadagi eng ochiq davlat. Investitsiyalar oqimi mamlakatning ochiqligiga ham bog‘liq. Shundan kelib chiqqan holda 90 ta xorijiy davlat fuqarolari uchun O‘zbekistonga vizasiz kirish imkoniyati yaratildi. Yana 60 ga yaqin mamlakat fuqarolari esa yengillashtirilgan tartibda viza oladigan bo‘ldi. Shu asnoda mazkur ko‘rsatkichlar bo‘yicha O‘zbekiston mintaqadagi eng ochiq davlat maqomini qo‘lga kiritgan.
Yana bir muhim omil: investorlar korrupsiya keng ildiz otgan davlatga borishni xohlamaydi. Mamlakatimizda mazkur illatga qarshi kurashish davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishiga aylandi. Bu boradagi sa’y-harakatlarni kuchaytirish maqsadida alohida Agentlik tashkil etildi.
Yurtimizda yashayotgan har bir insonning huquq va erkinliklarini kafolatlash ham eng muhim vazifa sifatida belgilandi. Uch yil avval Inson huquqlari milliy strategiyasi qabul qilindi va ilk bor mamlakatimiz BMTning Inson huquqlari kengashiga a’zo etib saylandi.
O‘zbekistonni qonun va adolat mustahkam qaror topgan demokratik davlatga aylantirish, mustaqil va kuchli sud-huquq tizimini shakllantirish eng oliy maqsadlardan biri sifatida kun tartibiga qo‘yildi. Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish va so‘z erkinligini ta’minlash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ommaviy axborot vositalarini chinakam “to‘rtinchi hokimiyat”ga aylantirish, davlat idoralarining jamiyat oldidagi hisobdorligini oshirish borasida sezilarli natijalarga erishilayotgani e’tiborga molik.
Xullas, insonning eng asosiy huquq va erkinliklarini kafolatlash uchun Konstitutsiyamizning yangi tahriri qabul qilindi. Unda ko‘p yillar davomida mamlakatimizning turli “qora ro‘yxat”larga kiritilishi uchun sabab bo‘lgan majburiy mehnat, jumladan, bolalar mehnatiga to‘liq barham berilgani muhrlab qo‘yildi. Buning e’tirofi sifatida xalqaro kaolitsiyasi – “Cotton Campaign” hamda jahondagi mashhur brendlar tomonidan O‘zbekiston paxtasi va to‘qimachilik mahsulotlariga nisbatan ilgari o‘rnatilgan boykot bekor qilingani, mamlakatimiz bilan yana hamkorlik aloqalari o‘rnatilganini alohida ta’kidlamoq joiz.

Yüklə 296,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin