9. Moliya, pul va bank tizimi “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi konstitutsiyaviy qonun loyihasi keng jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan edi. Muhokama davomida xalqimizdan qonun loyihasini takomillashtirishga qaratilgan 220 mingdan ziyod taklif kelib tushgan. Ularning aksariyati, ya’ni ko‘pchiligi inobatga olindi. Konstitutsiyaviy komissiya avvalo xalqimizning fikri, takliflari o‘rganildi, shundan so‘ng Konstitutsiyaviy loyihasi tayyorlandi.
2022-yil 2-iyunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Konstitutsiyaviy komissiya a’zolari bilan uchrashdi va o‘zining bir qator takliflarini ilgari surdi.
2023-yilning 6-mart kuni esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Konstitutsiyaga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan xalqimiz tomonidan kelib tushgan takliflar yakunlari bo‘yicha Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat a’zolari, Oliy sud rahbariyati bilan uchrashib, maslahatlashuv o‘tkazdi.
Boshqacha qilib aytganda, takliflar xalqdan olindi, xalqning umumxalq muhokamasiga chiqarildi, xalq vakillari – deputat va senatorlar uchun ikki qism ovoz bilan referendumga qo‘shimcha ovoz berishdi, oxirgi so‘zni ham xalq aytdi, toki barchaning ovozi, u kim bo‘lishidan qat’i nazar, tengligi adolatli, erkin, ochiq jarayonda namoyon bo‘ladi.
Xalqimizning takliflari asosida Konstitutsiya loyihasidagi moddalr soni amaldagi 128 tadan 155 taga, normalar soni 275 tadan 434 taga oshdi. Ya’ni asosiy qonunimizning 65 foiz matni xalqimiz takliflari asosida yangilandi. Dunyoda 1995 yildan to shu kungacha 63 ta davlat, 2000-yildan 2023-yil mart oyigacha esa 47 ta davlat Konstitutsiyasini yangilangan, o‘zgartishlar kiritgan.
147-modda O‘zbekiston Respublikasi o‘zining yagona moliya, pul va bank tizimiga ega. O‘zbekiston dunyoning rivojlangan davlatlari safiga qo‘shilmoqda. Bu shunchaki orzu yoxud balandparvoz gap emas. Aksincha, yaqin istiqbolga mo‘ljallangan strategik maqsaddir. Taraqqiyot esa kuchli va mustahkam iqtisodiyotga tayanadi. Farovon hayotning asosi shu.
Valyuta – davlatning pul birligi bo‘lib, pul tizimining asosiy elementi hamda suveren davlatning belgilaridan biridir. Boshqacha aytganda milliy valyuta davlatning muhim ramzlaridan biri.
Har bir mustaqil mamlakat o‘z milliy valyutasiga ega. Ayni paytda yer yuzida 200 dan ortiq davlatlar mavjud bo‘lsa, 160 ga yaqin valyuta turi mavjud.
O‘z navbatida O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasi so‘m ham mustaqil davlatimizning asosiy belgilaridan biri hisoblanadi. Lekin eng qizig‘i Konstitutsiyamizda milliy valyutamiz bo‘lgan so‘m haqida biror og‘iz gapirilmagan. Balki bu Konstitutsiya so‘m muomalaga kirganidan bir necha yil avvalroq qabul qilingani bilan bog‘liqdir. Lekin baribir ham Bosh qomusimizda asosiy ramzlarimizdan biri bo‘lgan so‘m haqida alohida modda yo‘qligi g‘alati.
Shu sababli mazkur bo‘shliq to‘ldirilmoqda va Konstitutsiyamizga milliy valyutamiz haqidagi normalar qo‘shish taklif etilmoqda.
Shuni inobatga olish kerakki, Konstitutsiya loyihasida pul birligini muomalada bo‘lishi uning muomuladan olinishini tartibga soluvchi sub’ekt – ya’ni Markaziy bank ham aniq belgilab ketilmoqda.
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining valyutani tartibga solish to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
Valyutaga oid Qonunchilikda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
valyuta kursi — chet el valyutasining O‘zbekiston Respublikasi valyutasiga nisbatan kursi;
valyutani nazorat qilish — valyutani nazorat qiluvchi organlarning valyutani tartibga solish to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga rezidentlar va norezidentlar tomonidan rioya etilishini ta’minlashga qaratilgan faoliyati;
valyuta operatsiyalari — valyuta qimmatliklariga bo‘lgan mulk huquqining va boshqa huquqlarning o‘tishi bilan bog‘liq operatsiyalar, valyuta qimmatliklaridan to‘lov vositasi sifatida foydalanish, valyuta qimmatliklarini O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish, jo‘natish va o‘tkazish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqish, jo‘natish va o‘tkazish, rezidentlar va norezidentlar o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi valyutasidagi operatsiyalar;
valyutani tartibga solish — valyuta qimmatliklarining muomalada bo‘lish tartibini, valyuta qimmatliklariga egalik qilish, ulardan foydalanish va ularni tasarruf etish qoidalarini belgilash yuzasidan valyutani tartibga solish organining faoliyati;
valyuta qimmatliklari — chet el valyutasi, nominali chet el valyutasida ifodalangan qimmatli qog‘ozlar va to‘lov hujjatlari, norezidentlar tomonidan chiqarilgan, nominalga ega bo‘lmagan qimmatli qog‘ozlar, sof quyma oltin;
chet el valyutasi — muomaladagi hamda chet davlat (chet davlatlar guruhlari) hududida naqd to‘lovning qonuniy vositasi bo‘lgan pul belgilari, shuningdek muomaladan chiqarilayotgan yoki muomaladan chiqarilgan, ammo almashtirilishi lozim bo‘lgan pul belgilari, chet davlatlarning (chet davlatlar guruhlarining) pul birliklarida hamda xalqaro pul birliklarida yoki hisob-kitob birliklarida bank hisobvaraqlarida va omonatlarida turgan mablag‘lar;
chet el valyutasi bilan bog‘liq bo‘lgan hosilaviy moliya vositalari (valyuta derivativlari) — chet el valyutasini sotib olish va sotish bo‘yicha shartnomalar bo‘lib, ushbu shartnomalar bo‘yicha majburiyatlarni bajarish muayyan muddat o‘tgach yoki chet el valyutasining miqdoriga yoxud uning kursi o‘zgarishiga qarab amalga oshiriladi;
O‘zbekiston Respublikasi valyutasi (milliy valyuta) — O‘zbekiston Respublikasining pul birligi (so‘m).
Valyutaga oid qonunchilikning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
valyutani tartibga solish hamda valyutani nazorat qilish tizimining yagonaligi;
valyutani tartibga solish va valyutani nazorat qilish sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishda iqtisodiy choralarning ustuvorligi;
rezidentlar va norezidentlarning valyuta operatsiyalariga davlat organlarining qonunga xilof ravishda aralashuviga yo‘l qo‘yilmasligi.