O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi” faniga kirish. Fanning predmeti, maqsadi va vazifalari


-Mavzu: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o‘zgartirish tartibi



Yüklə 296,23 Kb.
səhifə94/96
tarix09.10.2023
ölçüsü296,23 Kb.
#153229
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   96
Seminar mavzulari — копия (6)

10-Mavzu: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o‘zgartirish tartibi
Reja:
1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o‘zgartirish tartibi haqida
2. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 154- moddasi
3. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 155- moddasi
Bu bo‘limni izohlashga kirishishda oldin shuni ta’kidlash lozimki, Konstitutsiya, dogma, ya’ni qotib qolgan aqidaviy manba yoki dinlarning asosini tashkil qilgan ilohiy manba emas. Konstitutsiya insonlarning ijtimoiy ehtiyojlarining huquqiy asosi sifatida o‘zgarib turishi tabiiy bir holdir. Bunday hol dunyo mamlakatlarining huquqiy tarqqiyoti dinamikasida kelib chiqib o‘zgargani kabi, O‘zbekistonda Konstitutsiyasi bilan kechishi tabiiy hol bo‘lgan, ijtimoiy-huquqiy ehtiyojdir.
Agar 1992 yil jahon sahnasida endi suverent davlat sifatida paydo bo‘lgan O‘zbekistonning davlat ramzlaridan biri sifatida yaratilgan bo‘lsa, ijtimoiy-huquqiy zaruriyat, ehtiyoj uni bir necha marta o‘zgarishlar, qo‘shimchalar, tuzatishlar kiritildi.
Dunyo mamlakatlari xalqlarining tarixiy tarqqiyot yo‘li va hozirgi kundagi ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-huquqiy, madaniy-maishiy, ma’rifiy-e’tiqodiy jihatlaridan kelib chiqib, rang-barang huquqiy tizimlarga egaligini e’tirof etish o‘rinli bo‘ladi. Xususan, dunyo demokratiyasi maktablaridan biri bo‘lgan Buyuk Britaniyada hozirgi kungacha konstitutsion monarxiya, yanada qizig‘i bu mamlakatni rasmiy konstitutsiyasi mavjud emas. Ayrim Yevropa mamlakatlari, Arab dunyosi mamlakatlari, Osiyoning bir nechta mamlakatlarida konstitutsion monarxiya yoki umuman monarxiya siyosiy-huquqiy tuzumlar saqlanib qolayotgan bo‘lib, e’tiborli jihati, ayrim monarxiya tuzumlari mavjud davlatlar demokratik andozalari namunali bo‘lib, boshqa mamlakatlarni havasini keltiradi va borib yashashga intilishlariga sabab bo‘lib kelmoqda. Yaponiya shunday mamlakatlarga misol bo‘lsa kerak.
Bugungi kunda dunyoda 500 dan ortiq amaldagi konstitutsiya bo‘lib, ulardan 200 ga yaqini mustaqil davlatlar, 300 dan ortig‘i federatsiyalar sub’ektlariga tegishli. Shu bilan birga, Shumer shohi Ur-Nammuning Qonunlar to‘plami dunyoning eng qadimgi yozma konstitutsiyasi, deb hisoblanadi. U muhrlangan sopol peshlavhachalarning yoshi 4 ming yildan oshgan.
Bunda Konstitutsiya aqida emas, balki harakatlarning, barqaror taraqqiyotning dasturi. Tuzatish, o‘zgartirish kiritish imkoniyati barcha konstitutsiyalarning fundamental xususiyatidir. Jamiyat tarixiy rivojlanishining turli bosqichlarida birdek xizmat qiladigan konstitutsiyaviy matnni bittada va abadiy yaratib qo‘yishning iloji yo‘q.
Bugungi kunda dunyoda dastlabki tahrirdagi konstitutsiyalar deyarli qolmagan. Hozirgi kunda eng qadimiy hisoblangan konstitutsiyalarga ham AQSh da 27 ta tub o‘zgartirish, Norvegiyada 200 martadan ortiq (bunda Bosh qonun moddalaridan taxminan 1/3 qismigina o‘zining dastlabki ko‘rinishida qolgan), Niderlandiyada 24 marta o‘zgartirish kiritilgan.
Yangi taxrirdari O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartirish taribi e’tibor qaratigan bo‘lsak, konstitutsiyaviy tizimga asoslangan davlatlarning deyarli barcha xos jaryon sifatida izoxlash mumkin. Chunki, davlat va jamiyat rivojlanish tizimi takomillashib borar ekan bunday o‘zgarishlarga bo‘lgan e’tibor va takliflar oshib boraveradi. Hatto konstitutsiyaviy uzoq tarixga tizilmaga ega AQShning ham asosiy konstitutsiyaviy qonunlariga ko‘plap o‘zgarishlar kiritilganligi bizga ma’lum.
Qiziq joyi shundaki, konstitutsiya tarixi, takomili, o‘zgarishlar kiritilishi xususida gap ketganda ko‘p hollarda AQSh konstitutsiyasi misol, boshqacha aytganda ramziy talqin qilinadi. Bunga asos shuki, AQSh konstitutsiyasi zamonaviy dunyoning eng tung‘ich konstitutsiyasi yaratilgan davlat hisoblanadi va AQSh demokratiyasining ramzi sifatida targ‘ib qilinadi. Undanda e’tiborli joyi shundaki, AQSh konstitutsiyasiga qariyb uch asr davomida bor yo‘g‘i 27 marta o‘zgartirish kirtilgan bo‘lib, ayrim o‘zgarishlar xususida qaror qabul qilingan keyin, bir necha yil, o‘n yillab, 40-50 yil hatto ikki asrdan ko‘proq vaqt o‘tib kuchga kirgan.
Bevosita O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilgan o‘zgartirish, qo‘shimcha va tuzatishlar kiritganligiga e’tibor qaratsak. Albatta, yuqorida aytib o‘tganimizdek, konstitutsiyalar hayot tarzini o‘zgartirishlari asnosida o‘zgarishlarini hisobga olib, ilgarigi konstitutsiyalar tahrirlarida ham unga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishga oid moddalar kiritilgan edi. Xususan, Konstitutsiyamizning 127-moddasida: O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismidan iborat ko‘pchiligi tomonidan qabul qilingan qonun yoki O‘zbekiston Respublikasining referendumi bilan kiritiladi, deb, 128-moddasida: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tegishli taklif kiritilgandan keyin olti oy mobaynida Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar hamda tuzatishlar kiritish to‘g‘risida keng va har taraflama muhokamani hisobga olgan holda qonun qabul qilishi mumkin. Agar Oliy Majlis Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risidagi taklifni rad etsa, taklif bir yil o‘tgandan keyingina qayta kiritilishi mumkin, deb belgilangan edi.
Shu huquqiy prinsiplardan kelib chiqib, hozirgacha Konstitutsiyaga quyidagi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan.
Bular:
1) 28.12.1993 y. (77-modda)
2) 24.04.2003 y. (XVIII, XIX, XX, XXIII-boblar)
3) 11.04.2007 y. (89, 93, 102-moddalar)
4) 25.12.2008 y. (77-modda)
5) 18.04.2011 y. (78, 80, 93, 96, 98-moddalar)
6) 12.12.2011 y. (90-modda)
7) 16.04.2014 y. (32, 78, 93, 98, 103, 117-moddalar)
8) 06.04.2017 y. (80, 81, 83, 93, 107, 110, 111-moddalar)
9) 31.05.2017 y. (80, 93, 108 va 109-moddalar)
10) 29.08.2017 y. (99 va 102-moddalar)
11) 15.10.2018 y. (105-modda)
12) 18.02.2019 y. (80 va 93-moddalari)
13) 05.03.2019 y. (79, 93 va 98-moddalar)
14) 04.09.2019 y. (96 va 117-moddalar)
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga bugungi kungacha 14 marta o‘zgartirish kiritilgan. 2023 yil 30 aprelda o‘tkazilgan umumxalq referendumi bilan kiritilgan o‘zgarish 15 o‘zgarish bo‘lganliginni aytib o‘tish o‘rinli bo‘ladi.
Ma’lumki, Konstitutsiyamiz o‘zida 4 ta muhim tamoyilni mujassam etgan.
Bular, Davlat suvereniteti, xalq hokimiyatchiligi, Konstitutsiya va qonunning ustunligi, tashqi siyosat prinsiplaridir.
Davlat qabul qiladigan qonun hujjatlari ushbu tamoyillarga zid bo‘lishi mumkin emas.
Davlat va jamit rivojlangan sari undagi qonunchilikni ham barovar takomillashtirish borish taqazo etiladi. Shu munosabat bilan konstitutsiyamizga ham halqaro tajribalardan kelib chiqib zarur o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritib borilmoqda.
E’tibor beradigan bo‘lsak kiritilgan aksariyat o‘zgartirish va qo‘shimchalarning tag zamirida inson manfaatlari yotibdi.
Jumladan, joriy yil 4 sentyabrdagi O‘RQ-563-sonli “Saylov to‘g‘risidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida” Qonuning bilan Konstitutsiyamizning 117-moddasi to‘rtinchi qismi quyidagi mazmundagi to‘rtinchi va beshinchi qismlar bilan almashtirildi:
“Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar saylanishi mumkin emas.
Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan, shuningdek og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etganligi uchun sudning hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar saylovda ishtirok etmaydi. Boshqa har qanday hollarda fuqarolarning saylov huquqlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita cheklashga yo‘l qo‘yilmaydi”;
Ko‘rinib turibdiki ushbu norma bilan ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan va uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlar sodir etganligi uchun jazo o‘tayotgan fuqarolarimizga saylash huquqi kafolatlandi.
Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining oltinchi bob bo‘lim 154 va 155 moddalarida o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish tamoyillari kiritilgan bo‘lib, ushbu moddalar yangilanganligi bilan ajralib turibti .
Shuni alohida ta’kidlash lozimki,
Yüklə 296,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin