O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi” faniga kirish. Fanning predmeti, maqsadi va vazifalari


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qasamyod qabul qilganda



Yüklə 296,23 Kb.
səhifə58/96
tarix09.10.2023
ölçüsü296,23 Kb.
#153229
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   96
Seminar mavzulari — копия (6)

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qasamyod qabul qilganda. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 92-moddasiga asosan, Prezident Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi yigʻilishida qasamyod qabul qilgan paytdan boshlab oʻz lavozimiga kirishgan va oʻz faoliyatini boshlagan hisoblanadi. Yangi saylangan Prezidentning qasamyod qabul qilish jarayonida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qoʻshma majlisi oʻtkaziladi. Bu, oʻz navbatida, davlatning oliy vakillik organida davlat rahbari sifatida oʻz ishini boshlayotgan Prezidentning kelgusi faoliyati uchun yana bir masʼuliyatni anglatadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining, ichki va tashqi siyosatining eng muhim masalalari yuzasidan nutq soʻzlaganda. Maʼlumki, muayyan davrlarda mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining, ichki va tashqi siyosatining eng muhim masalalari yuzasidan Parlamentda davlat rahbari nutq soʻzlaydi. Bunday maʼruzalarda davlat ahamiyatiga molik eng muhim masalalar asosiy mavzu boʻladi. Ulardan oʻz vaqtida xabardor boʻlish, mamlakat hayotidagi yutuq va kamchiliklar xususidagi yangiliklarni bilib borish Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati aʼzolarining faoliyatida katta rol oʻynaydi. Shuning uchun, bunday hollarda har ikki palataning qoʻshma majlisi oʻtkazilishi lozim.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisida chet davlatlarning rahbarlari nutq soʻzlaganda. Biror xorijiy mamlakat rahbari Oʻzbekistonga tashrif buyurib, davlatimiz yoki oʻz davlati yoxud har ikki hamkor mamlakatning turli yoʻnalishdagi istiqboli, kelgusi rejalari xususida nutq soʻzlagan vaqtda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qoʻshma majlisi chaqirilishi maqsadga muvofiqdir.
Mamlakat hayotiga oid muhim masalalar yuzasidan har ikki palataning kelishuviga koʻra qoʻshma majlislar tashkil etilishi mumkin.
97-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati oʻz vakolatlariga kiritilgan masalalar yuzasidan qarorlar qabul qiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qarorlari Qonunchilik palatasi deputatlari yoki Senat aʼzolari umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi, ushbu Konstitutsiyada nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati oʻz vakolatlariga kiritilgan masalalar yuzasidan qonun qabul qilish talab etilmaydigan masalalar yuzasidan qarorlar qabul qiladi.
Qonunchilik palatasi tomonidan qarorlarni qabul qilish tartibi 2003-yil 29-avgustda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida”gi qonunning 19-moddasida oʻz aksini topgan. Unga asosan: Qonunchilik palatasi qonunlar qabul qilinishi talab etilmaydigan masalalar yuzasidan qarorlar qabul qiladi. Qaror loyihasi Qonunchilik palatasiga kiritilayotganda unga qisqacha tushuntirish xati va boshqa zarur materiallar ilova qilinadi. Palata Spikeri Qonunchilik palatasi qarorining loyihasini dastlabki tarzda koʻrib chiqish uchun masʼul qoʻmita va muddat belgilaydi. Qonunchilik palatasi Kengashi masʼul qoʻmita vakilining axborotini eshitib, qaror loyihasini Qonunchilik palatasi majlisining kun tartibiga kiritish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi va maʼruzachini belgilaydi. Qonunchilik palatasi majlisida masʼul qoʻmita vakilining axboroti eshitiladi va muhokama natijalari yuzasidan deputatlar umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan Qonunchilik palatasi qarori qabul qilinadi. Agar ovoz berish yakunlariga koʻra qaror loyihasini qabul qilish toʻgʻrisidagi taklif zarur miqdorda ovoz toʻplamagan boʻlsa, taklif rad etilgan hisoblanadi.
Qonunchilik palatasining Senat bilan birgalikdagi vakolatlariga kiritilgan masala yuzasidan qabul qilingan qarori mazkur qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran besh kun ichida, agar ushbu Qonunda boshqacha qoida belgilangan boʻlmasa, Senatga yuboriladi.
Senat tomonidan qarorlarni qabul qilish tartibi 2003-yil 29-avgustda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida”gi qonunning 15-moddasida oʻz aksini topgan. Unda qayd etilishicha, Senat qonunlar qabul qilinishi talab etilmaydigan masalalar yuzasidan qarorlar qabul qiladi.
Qaror loyihasi Senatga kiritilayotganda unga qisqacha tushuntirish xati va boshqa zarur materiallar ilova qilinadi.
Senat Raisi Senat qarorining loyihasini dastlabki tarzda koʻrib chiqish uchun masʼul qoʻmita va muddat belgilaydi. Senat Kengashi masʼul qoʻmita vakilining axborotini eshitib, qaror loyihasini Senat majlisining kun tartibiga kiritish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi va maʼruzachini belgilaydi. Senat majlisida masʼul qoʻmita vakilining axboroti eshitiladi va muhokama natijalari yuzasidan senatorlar umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan Senat qarori qabul qilinadi. Agar ovoz berish yakunlariga koʻra qaror loyihasini qabul qilish toʻgʻrisidagi taklif zarur miqdorda ovoz toʻplamagan boʻlsa, taklif rad etilgan hisoblanadi.
Senatning Qonunchilik palatasi bilan birgalikdagi vakolatlariga kiritilgan masala yuzasidan qabul qilingan qarori mazkur qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran besh kun ichida, agar ushbu Qonunda boshqacha qoida belgilangan boʻlmasa, Qonunchilik palatasiga yuboriladi.
Sharhlanayotgan moddaning ikkinchi qismida: “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qarorlari Qonunchilik palatasi deputatlari yoki Senat aʼzolari umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi, ushbu Konstitutsiyada nazarda tutilgan hollar bundan mustasno” degan “havolaki norma”ni koʻrishimiz mumkin. Unda qonunning boshqa moddalariga havola etilmoqda.
Unga asosan, Qonunchilik palatasi yoki Senatning qarorlari palatalar aʼzolari umumiy sonining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinishi, yaʼni yuqori palataning 50 nafardan ortiq va quyi palataning 60 nafardan ortiq aʼzolari ovozi bilan qabul qilinadi.
Havolaki normada “...ushbu Konstitutsiyada nazarda tutilgan hollar bundan mustasno” – degan jumlani uchratamiz. Unda Konstitutsiyaning qaysi moddasi nazarda tutilmoqda?
Bunga javobni Konstitutsiyaning 85-86-moddalaridan topish mumkin. Aynan 85-moddada Qonunchilik palatasi Spikerini muddatidan oldin chaqirib olish masalasi va 86-moddada Senat Raisini muddatidan ilgari chaqirib olish tartibi belgilangan. Bu ikki holatda ham Qonunchilik palatasi va Senat tomonidan qabul qilinadigan qarorlar sharhlanayotgan moddada belgilangan tartibda emas, balki boshqacharoq tartibda xal etiladi.
Qonunchilik palatasi Spikerini ham, Senat Raisini ham muddatidan ilgari chaqirib olish uchun har ikki palatalar aʼzolari umumiy sonining kamida uchdan ikki qismining ovozi bilan qaror qabul qilishlari lozim.

Yüklə 296,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin