O‘zbekiston respublikasi maktab va maktab ta’limi vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


-MAVZU. TEZKORLIK QOBILIYATINI TARBIYALASH. CHAQQONLIKNI TARBIYALASH METODIKASI



Yüklə 0,92 Mb.
səhifə10/52
tarix14.12.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#177149
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   52
JMN va M. UMK 4-kurs Sirtqi

2-MAVZU. TEZKORLIK QOBILIYATINI TARBIYALASH. CHAQQONLIKNI TARBIYALASH METODIKASI.


Reja:

  1. Tezkorlik – atamasiga ta’rif.

  2. Tezkorlik turlari.

  3. Tezkorlikni rivojlantiruvchi vosita va metodlar.

Tezkorlik deganda, individ harakatlarining tezlik xarakteristikasi, asosan harakat reaksiyasining vaqtini belgilovchi funksional xususiyatlarning kompleksi tushuniladi. Tezlikni namoyon bo‘lishining uchta asosiy shakli bor:


1. Yakka harakat tezligi (kichik tashqi qarshilikni yеngish bilan);
2. Harakatlar chastotasi;
3. Harakatlar reaksiyasi tezligi (yashirin latent davri).
Tezkorlikning eng sodda shakllarining namoyon bo‘lishi bir-biriga aloqador emas. Ayniqsa bu reaksiya vaqtiga bog‘liq bo‘lib, ko‘phollardaharakat tezligi ko‘rsatkichlari bilan korelyatsiya qilinmaydi. Tezlikning namoyon qilinishini qayd etilgan uchta shaklining umumlashmasidan (qo‘shilmasidan) aniqlash mumkin.
Masalan, 100 m ga yugurish natijasi startdan chiqish reaksiyasi vaqtiga, alohidaharakatlarning bajarilishi tezligi (depsinish, sonni tez tiklab olish qadamlar suroati) va boshqalarga bog‘liq. Amalda yaxlit harakatlar (yugurish, suzish)ning tezligi to‘la harakat aktining tezligiga bog‘liq. Biroq murakkab koordinatsion harakatlardagi tezlik faqat tezkorlik darajasiga emas, balki boshqa sabablarga, masalan, yugurishda qadam uzunliligiga, u o‘z navbatida, oyoqning uzunliligiga va depsinish kuchigaham bog‘liqdir. Shuning uchun yaxlitharakat tezligi individning tezkorligini qisman ifodalaydi holos. Aslida tezkorlikning eng sodda shakllarining namoyon bo‘layot-ganligini tahlil qila olamiz holos.
Ko‘pincha maksimal tezlik bilan bajarilayotgan harakatlarda ikki xil fazasi farqlanmoqda:
a) tezlikni oshirib borish (tezlanish, olish) fazasi;
b) tezlikning nisbatan stabillashuvi fazasi (startdagi tezlanish).
Tezlikni oshirib borish qobiliyati bilan masofani katta tezlikda o‘tish qobiliyati – tezkorlik namoyon qilishda biri ikkinchisiga bog‘liq emas. Juda yuqori darajada startdan chiqish tezligiga ega bo‘lib masofada tez yugura olmasligi yoki uning aksicha ham bo‘lishi mumkin. Signallarga reaksiya yaxshi bo‘lgani holda, harakat chastotasi oz bo‘lishiham kuzatiladi.5
Psixo-fizikaviy mexanizmlar tezlik reaksiyasining xarakterini turlicha namoyon bo‘lishiga sababchi bo‘ladi. Tezlik namoyon bo‘lishining bunday xarakterini qisqa masofaga yugurishda aniq ko‘rishimiz mumkin. Startni (vaqt xarakteristikasiga ko‘ra) tez olish mumkin, lekin tezlikni masofada uzoq ushlab tura olmasligiga guvoh bo‘lishimiz mumkin.
Yugurish tezligiharakatni ko‘rsatilgan xarakteristikasi bilan nisbiy bog‘liq xolos. Tezlikning namoyon bo‘lishida yuguruvchi qadamining uzunligi, uning oyog‘i uzunligiga, o‘z navbatida, yuguruvchi oyoq muskullarining еrga tiranish kuchiga bog‘liqdir. Shuning uchun harakat reaksiyasining vaqt davomida namoyon bo‘lishiga qarab o‘quvchining sprintda o‘zini qanday namoyon qilishini bashorat qilishimiz g‘oyatda mushkul.
Tezkorlik sifatini bir mashqdan ikkinchi mashqka “ko‘chirish” qoidada kuzatilmagan. Uning ko‘chishi mashqlarni bir-biriga koordinatsiya nuqtai nazaridan yaqin o‘xshashaligi bo‘lsagina namoyon bo‘lgan, qolaversa individning mashqlanganligi (shug‘ullanganligi) qancha yuqori bo‘lsa, bu ko‘chish shunchalik past darajada bo‘ladi (N.G. Ozolin, 1949; V.M. Zatsiorskiy, 1961). Shunga ko‘ra, tezkorlik sifati haqida gapirganda, bu sifatni, tarbiyalash haqida gapirmay, inson harakatidagi aniq tezkorlik xususiyatlarini rivojlantirish haqida gapirish lozim.
Yakka harakat tezkorligini harakat aktini biomexanik bo‘laklarga (qismlarga) ajratib chegaralangan holda tavsiflashimiz mumkin. (masalan, depsinish tezligini aniqlash kerak bo‘lib qolsa, yugurishda sonni tez ko‘tarib chiqaolish orqali aniqlanadi). Ayrim sport mashqlari turlarida (masalan: uloqtirishlarda) harakat tezligi muskullar kuchining namoyon bo‘lishi bilan umumiylashib (qo‘shilib) ketadi va bu bilan tezkorlikni kompleksli xususiyatini – keskin harakat (rezkost)ni vujudga keltiradi. Shuning uchun tezkorlik - kuch talab qiladigan sport turlarida harakat tezligini rivojlantirish, ayniqsa, tashqi qarshiligi yuqori bo‘lgan mashqlar muskul kuchini rivojlantiruvchi vosita sifatida rol o‘ynaydi.
Sof, tez bajariladigan mashqlar evaziga tezkorlikni rivojlantirish juda qiyin bo‘lib, kuch talab qiladigan mashqlar orqaligina muskul qo‘zg‘alishi tezligining oshishi amaliyotda isbotlangan. Kuch imkoniyatlarini oshirish vazifasi esa juda soda hal qilinadi. Kuchni rivojlantirish tezharakatlar sharoitida o‘tishi lozim. Buning uchun dinamik zo‘riqish uslubidan foydalanadilar: maksimal kuch bilan zo‘riqish harakatni to‘la amplitudada, eng yuqori tezlikda, shug‘ullanuvchi uchun me’yoridan oz vazminlikda yuk bilan yuzaga keltiriladi.
Siklik harakatlar harakat chastotasini ifodalaydi. Qo‘llarni maksimal harakati chastotasi oyoqlarnikidan yuqori, oyoq qo‘l bo‘g‘inlarining harakati chastotasi tananing boshqa aozolari va boshqa bo‘laklaridan yuqori darajada bo‘lishi mumkin.
Harakat chastotasini o‘lchash qoida sifatida vaqtning qisqa intervali orqali olib boriladi. Sprint yuguruvchining 100 metrga yugurishdagi harakat chastotasi bir sekundda bajaradigan qadamlari sonini sanash orqali aniqlanadi.
Harakat chastotasi va shu bilan birga, siklli harakatlar tezligini rivojlantirish maksimal tezlikda bajariladigan mashqlarni bajarish orqali amalga oshiriladi.
V.P. Filinning (1970) isbotlashicha, sport trenirovkasining boshlarida tor yo‘nalishdagi mashqlar bilan tezlikni rivojlantirish salbiy oqibatlarga olib kelar ekan. Bu metod bilan natija sprintda 1-1,5 sekundgina yaxshilanadi holos. Boshlanishdan umumjismoniy tayyorgarlikni oshirib tor yo‘nalishdagi tezlik sifatlarini rivojlantirish ijobiy natija beradi. Yuqoridagi qoidaga rioya qilish bilan cheklanib qolinsa, tor yo‘nalishdagi tezlik uchun berilgan mashqlar tezlik to‘sig‘ining (skorostnoy bar’er) paydo bo‘lishiga olib keladi. Ana shu tezlikka organizmda refleks vujudga keladi, bu esa tezlikning stabillashuvi demakdir.
Harakat chastotasi vaharakat tezligini rivojlantirish uchun takrorlash, takroriy - oshirib borish va o‘zgaruvchan mashq qilish metodlaridan foydalaniladi.6
Bunday metodlarni qo‘llashda yugurish masofasi shunday tanlanadiki, uning oxirida va yuguruvchiiing takroriy urinishlarida ham tezkorlik pasaymasligi kerak.
Maksimal intensivlikda bajariladigan ish anaerob sharoitda o‘tadi, shuning uchun dam olish intervali urinishlar orasida kislorodga muhtojlikni qondira oladigan darajada belgilanishi (o‘rnatilishi) lozim. Ularning oralig‘ini yеngil yugurish, osoyishta yurish va boshqalar bilan to‘ldirish tavsiya etiladi.
Agarda ishni tez bajarish charchash ko‘zga tashlana boshlaganda bajarilsa, maksimal tezkorlik emas, tezkorlik chidamliligi rivojlanadi.
Shug‘ullanuvchining yoshi va ularning individual xususiyatlari tezlikni rivojlantirish imkoniyatlarini chegaralaydi. Qizlarda qulay yosh 11-12, o‘g‘il bolalarda esa 12-13 yosh hisoblanadi. Mashqlarni standart ravishda takrorlayverish yoshlikdanoq “tezlikning to‘sig‘ini” vujudga keltiradi. Kichik maktab yoshidagilarda harakatli o‘yinlar, o‘rta va katta maktab yoshida sport o‘yinlari, tezkorlik bilan bajaradigan standart yugurishlardan foydalanish foydaliroqdir.

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin