2-bob. Bolalarning maktabgacha ta’lim tashkilotida bо‘lishiga muvofiq ovqatlanishni tashkil qilish 11. Bolalarning maktabgacha ta’lim tashkilotlarida (guruhlarda) bо‘ladigan vaqti quyidagicha bо‘lishi mumkin:
bolalar 3-4 soat bо‘ladigan guruhlarida — kunduzgi uyqu tashkil etilmaydi va bir martalik ovqatlantirish tashkil etilishi mumkin;
bolalar 9 — 10,5 soat bо‘ladigan guruhlarida — tо‘rt martalik ovqatlantirish tashkil etilishi va kunduzgi uyqu uchun sharoitlar yaratilgan bо‘lishi kerak;
bolalar 12 soat bо‘ladigan guruhlarida — besh martalik ovqatlantirish tashkil etilishi, kunduzgi uyqu uchun sharoitlar yaratilgan bо‘lishi kerak;
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining bolalar kechayu kunduz bо‘ladigan guruhlarida kunduzgi va tungi uyqu hamda besh martalik ovqatlantirish tashkil etilishi uchun sharoitlar yaratilgan bо‘lishi kerak.
12. Bolalarni ovqatlantirishni tashkil etishda ovqatlantirish tartibiga qat’iy amal qilinishi muhim ahamiyatga ega. Ovqatlanish vaqtiga qat’iy amal qilinishi shartli ovqatlanish refleksini hosil bо‘lishini ta’minlaydi, ya’ni kerakli ovqatni hazm qilish shiralarini ishlab chiqarilishini ta’minlaydi.
Bolalar tartibsiz ovqatlantirilganda ulardagi ovqatlanish refleksi sо‘nadi, ishtahasi pasayadi va ovqat hazm qilish a’zolarining faoliyati buziladi. Ilk va maktabgacha ta’lim yoshida bolalar oshqozonida ovqatning hazm bо‘lish jarayoni 3,0 — 3,5 soat davom etadi. Bu jarayon oxiriga yetganda oshqozon bо‘shaydi va bolada ishtaha paydo bо‘ladi.
Fiziologik nuqtai nazardan tо‘g‘ri ovqatlanishning asosiy tartibi quyidagicha:
13. Qisqa muddatli guruhlar uchun sanitariya qoidalari va normalariga mos sharoitda yengil tamaddi (buterbrod va bulochkalar) va issiq ichimlik (choy, kakao, sut va tabiiy sharbat) berilishi mumkin.
90 о‘rinli va undan yuqori quvvati bо‘lgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ovqatlanish uchun alohida zal tashkil etilishi kerak. Bunda idishlarni yuvishda alohida vannalardan yoki idish yuvish mashinasidan foydalaniladi. Oshxonaga kirishda har bir 20 nafar bolaga 1 ta qо‘l yuvgich о‘rnatiladi va suyuq sovun hamda shaxsiy sochiq bilan ta’minlanadi (bir marotaba ishlatiladigan qog‘oz salfetkalarni bо‘lishi tavsiya etiladi).