4-bob. Asosiy nazorat uslublari 75. Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlov berish yoki termik ishlov berish jarayonida yо‘qotiladigan miqdor mazkur Talablarning 5-ilovasiga muvofiq aniqlanadi.
76.Taomlarning energetik qiymatini hisoblash uchun oziq-ovqat mahsulotlarining kimyoviy tarkibi esa mazkur Talablarning 7-ilovasiga muvofiq hisoblanadi.
77. Hamshira kunduzgi taomlarning kimyoviy tarkibini hisobga olgan holda ota-onalarga kechki ovqatda uyda bolalarga qanday taom berilishi yuzasidan tavsiyalar beradi.
78. Tayyorlangan taomning umumiy miqdori bolalar soniga mos kelishi kerak. Tayyorlangan taomning sof og‘irligini nazorat qilish oziq-ovqat mahsulotlariga dastlabki va termik ishlov berilganda yо‘qotiladigan og‘irligining normalariga muvofiq amalga oshiriladi (mazkur Talablarning 5-ilovasi). Tayyorlangan taomning sifati organoleptik usulda baholanadi.
79. Tayyor taomlar tibbiyot xodimi tomonidan taomlar sifatini nazorat qilish jurnalida tarqatilishiga ruxsat etilganligi tо‘g‘risidagi yozuv qayd etilganidan sо‘ng tarqatiladi.
5-bob. Xodimlarning profilaktik tibbiy kо‘rikdan о‘tishi va ularning shaxsiy gigiyenasiga qо‘yiladigan talablar 80. Maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilgan holda ishga toza kiyim va poyabzalda kelishi, ustki, bosh kiyimi va shaxsiy buyumlarini kiyim shkafida qoldirilishi, tirnoqlar qisqa olingan holatda bо‘lishi lozim.
Ish boshlashdan oldin qо‘llarni tozalab yuvish, ustiga toza xalat, boshqa maxsus kiyimbosh kiyishi, sochlari esa tо‘plangan bо‘lishi kerak.
Xojathonaga kirishdan oldin xalatni yechishi, chiqqandan sо‘ng qо‘llarni sovunlab yuvish kerak. Ishchi xodimlarga bolalar hojatxonasidan foydalanish ta’qiqlandi.
Ishchi xodimlarga bolalar xojatxonasidan foydalanish taqiqlanadi
81. Oziq-ovqat bо‘limining xodimlari har kuni hamshira tomonidan nazoratdan о‘tkazilib, ularning tanasida kesilgan, yiringlagan, kо‘karib qolgan va yuqori nafas yо‘llarida kataral holatlarning borligi og‘zini ochib tekshiriladi va jurnalga о‘rnatilgan tartibda belgilanadi.
Oshxona xodimlariga ish paytida uzuk, sirg‘a taqishlari ta’qiqlanadi. Maxsus kiyimlarni tо‘g‘nog‘ich bilan qistirilishi, ish joyida ovqatlanish va chekish ta’qiqlanadi.
82. Maxsus kiyimsiz va tibbiy kо‘rikdan о‘tmagan shaxslarning maktabgacha ta’lim tashkiloti oshxonasiga kirishiga ruxsat etilmaydi
О‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan bolalarni xavfsiz va sifatli ovqatlanishini tashkil etilishiga oid gigiyenik talablarga
1-ILOVA