Faoliyatning borishi:
«Sehrli tayoqcha» nomli rasmni tomosha qilish;
Rasmlar asosida hikoyalar tuzadilar;
O`yin muhiti yaratiladi;
Bolalar faoliyati bo`yicha suhbat va ularni rag`batlantirish
Qo`shimcha qism: Tarbiyachi bolalarga M. Murodovning «Ikki niyat» nomli asarini taklif etishi mumkin.
E`tiborga molik jihati:
Bolalarning lug`at boyligiga;
Tayoqchalardan shakllar yasay olish ko`nikmasining shakllanganligiga
Til va nutq markazi:
Mavzu: «Fazoviy ajoyibotlar»
Maqsad: kosmos, kosmonavtlar haqida bilimlarga ega. Murakkab gaplarni tuzish va ularni o`zgartirib, qayta shakllantirish ko`nikmasiga ega. Gutqni harakatlar bilan uyg`unlashtirishni biladi.
Kerakli jihozlar va materiallar: Syujetli rasmlar, AKT jihozlari va materiallari.
Faoliyatning borishi:
«Belgilari bo`yicha moslashtir» o`yinin o`ynaydilar;
Topishmoqlarni topish;
Bolalar faoliyati bo`yicha suhbat va ularni rag`batlantirish
Qo`shimcha qism: Bolalarga o`zlarini fazoda deb tasavvur qilishlari taklif etiladi (Bolalar muvozanatsizlik xolatidagi turli holatlarni aks ettiradilar)
E`tiborga molik jihati:
Bolalarni jamoada ishlash malakasini shakllantirish;
Tasavvurlarini boyitish;
Hissiy-irodaviy holatini nazorat qilish;
Hayot havfsizligi saboqlariga amal qilish.
Til va nutq markazi
«So`z hosil qil» didaktik o`yini
Maqsad: So`zlarning tovush tahlilini amalga oshirishni biladi.
Kerakli jihozlar va materiallar: Syujetli rasmlar, AKT jixozlari va materiallari, predmetli rasmlar.
Dostları ilə paylaş: |