Fan va tabiat.
Mavzu: Suv bug'lanishini tajriba orqali o'rganish.
Maqsad: Suvning yana bir xususiyati bilan tanish, suv tomchilarini kanday paydo bo'lishi xaqida tushunchaga ega, olib borilgan jarayonni aqlan idrok eta oladi.
Kerakli jihozlar: og'zi maxkamlangan ichi ko'rinuvchi yelim idishda qaynagan suv, selofan yoki rangsiz yelim bo'laklari, mavzuni yoritib beruvchi rasmlar va ko'rgazmalar.
Faoliyatning borishi:
Rasm va ko'rgazmalarni tomosha qilish.
Mavzuni rasm va ko'rgazmalar orqali idrok qilish va u yerda qanday xodisa ro'y berayotganligini aniqlash.
O'z fikr va muloxazalarini do'stlariga bayon etish.
Og'zi maxkamlangan ichi ko'rinuvchi yelim idishdagi qaynagan suvni kuzatish.
Yelim idishdagi suvdan chiqayotgan bug'ning yuqoriga ko'tarilib, bug'lar idishning qopqog'ida yig'ilishi natijasida tomchilarni paydo bo'layotganligini kuzatish.
Paydo bo'lgan tomchilarni qayta idishga suv bo'lib tushish jarayonini kuzatish.
Barcha kuzatilgan jarayonlarni umumlashtirish.
O'zi uchun xulosa chiqarish.
Qo'shimcha: Markazda olib borilgan faoliyatni barcha gurux tarbiyalanuvchilari bilan birgalikda yana bir bor takrorlash va jarayonga yangi tajribalarni kiritish.
Alohida e'tibor qaratiladi: Bolalarning tajribaga nisbatan qiziqishlari va ularning tabiiy xodisalarga nisbatan sezgisi (reaksiya).
San'at markazi.
Mavzu: «Bu men» mavzusida bola o'zidagi hislatlarni namoish etgan xolda rasm chizish.
Maqsad: O'z-o'zini tahlili qiladi, kelajakdagi orzu va maqsadlarini ijodiy ishda namayon etadi, bajargan ishidan zavq oladi va xaqiqatda ham shu orzu maqsadiga erishishda o'z oldiga reja qo'yadi.
Kerakli jihozlar: Bolakayning yon atrofida butun bir jarayon aks ettirilgan mavzuli surat, mo'yqalam, oq qog'oz, flomaster, rangli qalamlar, idishda suv, salfetka.
Faoliyatning borishi:
Mavzuli suratni kuzatish.
Bolakay tasvirlangan suratda uning alohida e'tiborga molik jixatlarini aniqlash.
O'zidagi hislatlarni birma-bir tahlil qilish.
Hislatlarini namayon etuvchi “Bu men” mavzusida rasm chizish. (jismonan baquvvat, mehnatkash, o'qimishli, g'amho'r, san'tsevarlikni aks ettiruvchi)
Tayyor ishni tahlil qilish va rasm asosida o'zining tarjimaixolini aytib berish
Qo'shimcha: Guruhdagi tarbiyalanuvchilar bilan ularning qiziqishlari va hislatlari bilan o'rtoqlashish.
Qurish-yasash va matematika.
Mavzu: “Do'stimga moychechak sovg'a qilaman”.
Maqsad: Shakllarni farqlaydi, mantiqiy fikrlaydi, namunaga qarab ijod qiladi, tengdoshlari bilan fikr alishadi, do'stona g'amxo'rlik rivojlanadi.
Kerakli jixozlar: Namuna, modul, tayyor shakllar, moychechak gulining rasmi.
Faoliyatning borishi:
Moychechak gulini ko'rish u bn tanishish.
O'zlari uchun kerakli shakllarni tanlab olish.
Gulni yasash.
Sovg'ani taqdim etish.
Qo'shimcha: Origami usulida turli gullarni yasash va guruxni gullar bilan bezatish.
Alohida e'tibor qaratiladi: Qo'l mehnatiga qiziqishiga, ijodiy qobilyati va bor jixozdan unumli foydalana olishiga.
Syujetli-rolli o'yinlar va drammalashtirish.
Mavzu: “Avtobusda” syujetli-rolli o'yin.
Maqsad: Avtobusga chiqish va tushish qoidali bilan tanish, manzilni belgilay oladi, o'z istiqomat qiladigan shaxar, ko'cha, maxalla nomlarini biladi, aniq bir yo'nalishda manzilga borish malakasiga ega.
Kerakli jihozlar: avtobus shirmasi, mashina ruli, sahna.
Faoliyatning borishi:
Xayolan avtobusdagi xolatlarni eslash.
Rollarni o'zaro taqsimlash.
O'yinni taxminiy rejalashtirish.
Obrazlarga kirish va jixozlar bilan qurollanish.
O'yin faoliyatini boshlash.
Avtobus o'rindiqlariga o'tirish.
Chipta olish.
Bekatlarda to'xtash.
Manzilga yetish.
O'yinni yakunlash va taxlil qilish.
Qo'shimcha: Avtobusda o'zini tutish kattalarga, yosh bolali insonlarga, kasal va nogiron, keksa insonlarga joy berish, jamoat transportlarini ifloslantirmaslik xaqidagi suxbatni tashkil etish.
Alohida e'tibor qaratiladi: Madaniyati, kattalarga nisbatan hurmati, nutqning ravonligiga.
Mavzu: “Mexmon kutdik” syujetli-rolli o'yin.
Maqsad: mehmon kutish, dasturxon bezash, mehmonni xurmat qilish, mehmon oldida o'zini tutish madaniyati, dasturxon odobi va salomlashish malakalari rivojlanadi.
Kerakli jihozlar: Xontaxta, ko'rpacha, bolish, stol, stul, yasama non va mevalar, idish-tovoqlar jamlanmasi, sovg'a.
Faoliyatning borishi:
O'yin uchun sharoitni yaratish.
Rollarni o'zaro taqsimlash.
Mehmon uchun dasturxon bezatish.
Oshxonada faoliyat tashkil etish. (ovqat tayyorlash)
Mehmonni kutib olish.
Mehmonni uyga taklif etish va salomlashish.
Mehmon uchun nozu-ne'matlar keltirish.
Turli mavzularda suxbat uyushtirish.
Mehmonni sovg'alar bilan kuzatish.
Mehmon ketgandan so'ng uyni qayta tartibga keltirish.
Qo'shimcha: Qsho'ni gurux tarbiyalanuvchilarni guruhga mehmonga taklif qilish va ularni mehmon qilish.
Alohida e'tibor qaratiladi: Jamoatda, dasturxon atrofida o'zini tuta olish madaniyatiga. Xushmuomalalik va salomlashuv odobiga.
Mavzu: “Do'konda” syujetli-rolli o'yin.
Maqsad: sotuvchi kasbining qiyinchiliklari bilan tanish, pul bilan muloqot qila oladi, xarid qilish jarayonida maxsulotni kilosiga, litrga va songa nisbatan malakalari shakllangan, obrazga kira oladi, real xayotga tayorlanadi.
Kerakli jihozlar: Do'kon maketi, yasama pullar, terminal, plastik kartochkalar, savat, turli xildagi maxsulotlar mulyaj va maketlari.
Faoliyatning borishi:
Rollarga bo'linish.
Sotuvchi obrazida do'kon rastasidan joy olish.
Xaridorni kutib olish.
Do'kon xizmatchisi tomonidan xaridorga maxsulotlar to'g'risida ma'lumot berish.
Xaridorga kerakli maxsulotini olib berish.
Xariddan so'ng g'azna oldiga kelish.
Xarid qilingan maxsulotlar qiymatini xisoblash.
Xarid uchun to'lovni amalga oshirish.
Maxsulotlarni tartib bilan joylash.
Xaridorni kuzatish.
O'yin yakunida xaridor qo'lida qolgan mablag'ni hisob kitob qilish.
Qo'shimcha: Matematik misol va masalalar yechish orqali bolada pul bilan muloqot qilish ko'nikmalarini yanada shakllantirish.
Alohida e'tibor qaratiladi: Matematik tasavvurlari shakllanganligi, tejamkorlikka o'rganganligiga.
Dostları ilə paylaş: |