O`zbekiston respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi



Yüklə 3 Mb.
səhifə46/87
tarix08.09.2023
ölçüsü3 Mb.
#142106
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   87
САВОДГА УРГАТИШ 6-7 ЁШ

Kerakli jihozlar:
“Laylakvoy” media mahsuloti, rasmlar,rasmli alifbo, kitob maketi, sanoq cho`plari, kesma harflar, ish daftari, rangli qalam, ruchka yoki flomasterlar, bosh K va kichik k harflari K tovushi bor suratlar. Undosh tovush belgisi bor kubik, K tovushi ishtirok etgan so‘zlarga mos rasmli kartochkalar, rasmli alifbo, so‘zlar yozilgan kartochkalar, so‘zlar uchun moslashtirilgan kartochkalar, “Harflarni qo‘shib o‘qish” mavzusida plakat, bo‘g‘in andozali kartochkalar.
Mashg‘ulot metodi: muzyorar mashqi “Bir-birimizni kayfiyatimizni ko‘taramiz”, analiz-sintez, suhbat, amaliy ish, ta’limiy o‘yinlar: “Harflarni qo‘shib o‘qiymiz”, “Zanjir”, “Bo‘g‘inlardan so‘z tuzing”
Mashg‘ulotning borishi:

  1. Tashkiliy qism: 3 -5 daqiqa

Muzyorar mashq: “Bir-birimizni kayfiyatimizni ko‘taramiz”
Tarbiyachi guruh tarbiyalanuvchilarni doira bo‘lib turishlarini so’raydi va .
Bolalardan bir-birilarini qo‘llarini ushlab, bir-birlariga qarab ezgu so‘zlarni aytishni so‘raydi. (bolalar bir-biriga ezgu so‘zlarini aytadilar: sen yaxshisan, sen quvnoqsan, sen tirishqoqsan, sen ozodasan, sen zo‘r rasm chizasan....).
2. Asosiy qism: 20 daqiqa
“Laylakvoy” media mahsulotidan ekranda K tovushi bor kitob rasmi ko‘rsatiladi, tarbiyalanuvchilar uning nomini- so`zni aytadilar. Tarbiyachi Y tovushini takrorlab (k-k-k-ki-tob) so`zini aytadi va qaysi tovushga to`xtalib aytayotganligini tarbiyalanuvchilardan so`raydi.
lablar biroz ochiq, harakatsiz, tishlar orasi bir oz ochiq, K tovushi unli “a”, “o”, “u”, “i” tovushlari bilan talaffuz etilganda til uchi pastga tushgan bo‘ladi va pastki kurak tishlarga bir oz yetmay turadi. K tovushi og‘iz bo‘shlig‘ida to‘siqqa uchraydi.
TarbiyachiK tovushini talaffuzini tushuntirib beradi.
Tarbiyachiga eslatma.

Ktovushini talaffuzidalablar biroz ochiq, harakatsiz, tishlar orasi bir oz ochiq, K tovushi unli “a”, “o”, “u”, “i” tovushlari bilan talaffuz etilganda til uchi pastga tushgan bo‘ladi va pastki kurak tishlarga bir oz yetmay turadi. K tovushi og‘iz bo‘shlig‘ida to‘siqqa uchraydi.



Tarbiyachi tarbiyalanuvchilarga K undosh tovush ekani, undosh tovush unli tovush bilan birga bo‘g‘in hosil qilishi haqida tushuntirib, K tovushining talaffuzini o‘rgatadi.


Tarbiyachi tarbiyalanuvchilarbilan Ktovushining xususiyatlari haqida savol-javob o`tkazadi.K tovushli so`zlar o`ylab topiladi. Shundan so`ng K harfi “Laylakvoy” media mahsulotidan ko`rsatiladi. Bunda K harfining shaklini eslab qolishlariga alohida e’tibor beriladi.
K harfi kitobga joylab qo‘yiladi. (kitob maketiga K kesma harfi yopishtiriladi.)
Harflarninguch xususiyati:yozilishi, ko‘rish mumkinligi va ularni o‘qish mumkinligi aytiladi.Xulosada harflar o`qilishi, yozilishi va ularni ko`rish mumkinligi; tovushlarni esa eshitish va talaffuz qilinishi aytiladi.

Yüklə 3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   87




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin