2000-yil 16-noyabr
Jayhun sohilidagi boqiy shahar
Assalomu alaykum, qadrli vatandoshlar! Muhtaram mehmonlar! Xonimlar va janoblar!
Bugun siz azizlar bilan xalqimiz hayotidagi yana bir unutilmas voqea - qadimiy Termiz shahrining 2500 yillik to'yi munosabati bilan shu qutlug' zaminda diydor ko'rishib turganimdan behad bax-tiyorman.
Go'zal yurtimizda bahor nafasi kezib yurgan mana shunday yorug' va fayzli kunlarda ushbu tantanali marosimga uzoq-yaqindan tashrif buyurgan yurtdoshlarimizni, muhtaram mehmonlarimizni, bag'rikeng Surxon ahlini, barcha-barchangizni shu tarixiy sana bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.
Bugungi tantanada ishtirok etayotgan UNESKO xalqaro tashkiloti hamda diplomatik korpus namoyandalariga, xorijiy mamlakatlarning olimlari va ommaviy axborot vositalarining vakillariga o'z nomimdan, butun xalqimiz nomidan minnatdorlik bildirishga ijozat bergaysizlar.
Aziz do'stlar!
Bugun biz yashayotgan O'zbekiston tuprog'i dunyodagi eng ko'hna va betakror maskanlardan biridir. Bu haqiqatni ko'p-ko'p mi-sollar, tarixiy va ilmiy dalillar asosida isbotlab berish mumkin.
O'zbekiston zaminining qaysi hududiga murojaat qilmaylik, ming-ming yillar qa'ridagi ilk hayot nishonalarini, eng qadimiy madaniyat va san'at namunalarini har qadamda topish, shu orqali bu yerlarda qanday buyuk sivilizatsiya mavjud bo'lganini ko'rishimiz muqarrar.
Bu haqda gapirganda, biz Farg'ona vodiysidagi Selungur, Toshkent vohasidagi Ko'lbuloq, Qashqadaryodagi Uzunqir kabi dastlabki odamzod manzilgohlarini, Samarqanddagi Afrosiyob, Xorazm zaminida yaratilgan nodir «Avesto» kitobi, Buxorodagi zardushtiylik ibo-datxonalari singari ko'plab yodgorliklarni nazarda tutamiz.
Muxtasar qilib aytganda, mana shu mo'tabar yurtimizdagi yer osti xazinalaridan, asrlar davomida sukutga cho'mib yotgan shah-ristonlardan topilgan arxeologik ashyolar, noyob tasvirlar va hali ochilmagan, o'z sirlarini pinhon saqlab kelayotgan cho'l-u biyobon-lar, hech shubhasiz, bugun biz yashayotgan tuproqda qadim-qadim zamonlardan boshlab buyuk madaniyat va san'at rivojlanganini tas-diqlaydi.
Shu ma'noda, ulug' ajdodlarimizning umumjahon va umumba-shariyat taraqqiyotiga qo'shgan ulkan hissasini hozirgi kunda dunyo-da hech kim inkor qilolmaydi. Bunday xulosani yuzlab bebaho topil-malar, osori atiqalar va buyumlar isbotlab beradi.
Lekin, afsuski, insoniyat boshidan kechgan davr to'fonlari, urush-qirg'inlar, tabiiy ofatlar oqibatida bu beqiyos tarixiy madaniyat tasvirlarining mingdan bir qismigina bizga qadar yetib kelgan, desak, aslo mubolag'a bo'lmaydi.
Agar o'sha - eng qadimiy davrlarga mansub yodgorliklarimizni, so'nggi ikki asr mobaynida olib borilgan arxeologik qazishmalar natijasida topilgan noyob oltin va kumush buyumlar, bebaho osori atiqalarimizni - barcha nodir boyliklarimizni boshqa davlatlar kabi misqollab, asrab-avaylab saqlab kelib, bu eksponatlar bir joyga yig'ilsa, hech ikkilanmay aytish mumkinki, dunyoda tengi yo'q muzey vujudga kelgan bo'lur edi.
Bugun biz UNESKO xalqaro tashkiloti qaroriga binoan Ter-miz shahrining 2500 yillik to'yini o'tkazar ekanmiz, Vatanimizning janubiy sarhadlaridan topilgan mana shunday dalillar asosida Sur-xon vohasida yashagan odamlarning qanday buyuk, ulug' tarixni boshidan kechirgani, kerak bo'lsa, qanday betakror madaniyatga ega bo'lganini katta g'urur va iftixor bilan ta'kidlaymiz.
Haqiqatan ham, bu ko'hna o'lkadagi Teshiktosh va Zarautsoy, Jarqo'ton va Sopollitepa, Xolchayon va Dalvarzintepa kabi o'nlab manzillardan topilgan ibtidoiy odam makonlari, qadimiy yodgorlik-lar, antik san'at asarlari shundan dalolat beradi.
Haqiqatan ham, mana shu bepoyon hududlarda, azim Jayhun bo'ylarida miloddan avval va uning ilk davrlaridayoq Baqtriya va Kushon kabi ulkan davlatlarning mavjud bo'lganini o'zimiz tasavvur etganda bunga yana bir bor ishonch hosil qilamiz.
Haqiqatan ham, azaldan Mag'rib-u Mashriqni o'zaro bog'lab kelgan, qadim savdo karvonlari o'tadigan Buyuk ipak yo'li chorra-hasida joylashgan bu tuproqda necha ming yillar mobaynida turli din va madaniyatlar - zardushtiylik va buddaviylik, nasroniylik va mu-sUlfflonlik an'analari yonma-yon yashab kelganini hisobga olsak, bu zaminning tarixi naqadar ko'hna ekaniga iqror bo'lamiz.
Hatto, bir zamonlar Termiz shahri buddaviylik markazlaridan biri bo'lgani, bu ta'limot Xitoy va Yaponiyaga ayni shu yerdan tar-qalgani haqida ilmiy qarashlarning mavjudligi ham bejiz emas.
Bugungi qutlug' sana munosabati bilan bunyod etilgan, sobiq ittifoq hududida yagona bo'lgan muhtasham Arxeologiya muzeyi-dagi ko'plab tarixiy ashyolar, me'morlik va haykaltaroshlik san'ati namunalari, devoriy rasmlar, uy-ro'zg'or buyumlari, turli-tuman ta-qinchoqlar ham ana shu haqiqatning tarixiy tasdig'i bo'la oladi.
Aziz do'stlar, birodarlar, shu o'rinda e'tiboringizni bir masalaga qaratmoqchiman.
Ya'ni, bu qadimiy vohaning, Termiz shahrining ko'hna va beqiyos kechmishini isbotlab, tasvir qilib beradigan dalillarni ko'rganda, odamda beixtiyor shunday savol tug'iladi: nega shunchalik uzoq ta-rixga ega bo'lgan bu shaharning yubileyi sho'ro zamonida biron marta ham nishonlanmagan?
Buning sababi bitta: u ham bo'lsa, mustabid tuzum davrida hukm surgan, bizning boy tariximizni tan olmaslik, mensimaslik, uni shu tarixning haqiqiy egalaridan yashirishga bo'lgan urinishlardir.
Bir so'z bilan aytganda, bu holni tarixiy adolatsizlik, asrlar davomida bizning xalqimiz, milliy madaniyatimizga nisbatan olib borilgan g'arazli siyosatning natijasi, deb baholash lozim.
Bunga yana bir sabab shuki, janubiy chegaralarda joylashgan Termiz shahriga, avvallari Rossiya, keyinchalik esa SSSR imperi-yasining olis va chekka bir hududi deb, bu yerda qanday madaniyat, qanday taraqqiyot izlari bo'lishi mumkin, deb bepisand qarab kelin-di.
Faqat biz ozodlik va erkinlikka erishgandan keyingina Surxon-ning haqiqiy tarixini ochib berish, tiklash va o'rganish masalasiga torn ma'noda katta e'tibor qaratildi.
Har qarich ruprog'i qancha sir-sinoatga, betimsol boyliklarga ega bo'lgan bu zaminning nafaqat yurtimiz tarixiga, balki dunyo sivilizatsiyasiga qo'shgan munosib hissasini yoritib berish maqsadida olib borilayotgan ulkan ishlarni endilikda butun jahon ahli tan olmoqda.
Bugungi imkoniyatdan foydalanib, asrlar qa'rida ko'milib yotgan ana shu haqiqatni yuzaga chiqargan, Termiz shahri, butun Sur-xon vohasining tarixini aks ettiradigan osori atiqalar va yodgorliklarni izlab topish, ularni har tomonlama o'rganish, jahon bo'ylab targ'ib etish borasida sidqidildan mehnat qilgan zahmatkash olim-larimizga, Yaponiya, Germaniya, Fransiya, Rossiya kabi mamlakat-lardan kelib, bu yerda tadqiqot ishlari olib borayotgan arxeologlarga, ularni qo'llab-quvvatlagan tashkilotlarga, avvalo, YuNESKO xalqaro tashkilotiga o'zimizning chuqur minnatdorligimizni bildiramiz. Hurmatli yurtdoshlar!
Termiz deganda, avvalo, uning shonli voqealarga boy kechmi-shi, qahramonlik tarixi ko'z o'ngimizga keladi.
Necha asrlar mobaynida Termiz harbiy-mudofaa qal'asi bo'lib, g'oyatda mas'uliyatli bir vazifani o'tab kelgani barchamizga ayon. Yurtimizga janub tomondan kimki bostirib kelmasin - Doro yoki Makedonskiy bo'ladimi, Chingizxon yoki arab istilochilari bo'ladimi - Termiz qal'asi hamisha yov yo'liga qalqon bo'lgan, dushmanga qarshi mardona kurashgan.
«Avesto»da «bayrog'i - tug'i baland erlar yurti» deb ta'riflangan Surxon vohasi, bu qal'a shahar o'zining ko'p ming yillik tarixi davomida kimlarni ko'rmagan, qanday sinov va to'fonlarni boshdan kechirmagan?
Uning bosqin-u istilolar tufayli necha bor vayronaga aylanib, kultepalar uzra necha bor qayta tiklangani tarixdan ma'lum.
Lekin, qat'iy ishonch bilan aytish lozimki, shu yerni muqaddas makon deb, ona yurt deb bilgan mard va jasur ajdodlarimiz yovlarga hech qachon bo'yin egmagan.
Shu ma'noda, «Alpomish»dek qahramonlik dostonining aynan shu yerda yaratilgani ham aslo tasodif emas.
Ana shu kurashlar, jang-u jadallar natijasida bu shaharning nomi necha bor o'zgargani, hatto bir zamonlar u bosqinchi hukmdorlar nomi bilan atalganini ham yaxshi bilamiz.
Afsuski, «Termiz» so'zining lug'aviy ma'nosi va kelib chiqishi hali-hanuzgacha noma'lum bo'lib kelmoqda. Lekin, bu xususda turli fikr va qarashlar mavjudligini ham aytib o'tishimiz kerak.
Qadimiy yodgorligimiz «Avesto»da u «Tarmida» deb atal-sa, arab manbalarida «Tarmiz», ya'ni «daryo bo'yidagi shahar» ma'nosini anglatadi.
Buyuk shoir Abulqosim Firdavsiy esa o'ninchi asrda shaharni uning bugungi nomiga yaqin shaklda - «Tirmiz» deb tilga oladi.
Ammo, bizning faxr-u g'ururimiz boisi shundaki, qanday nom bilan atalgan bo'lmasin, qanday bosqin va ofatlarga duch kelmasin, Termiz elining, Surxon xalqining o'zligi, iymon-e'tiqodi, iroda va matonati, eng muhimi, o'z yurtiga sadoqati aslo o'zgarmadi.
Buyuk muarrix Sharafiddin Ali Yazdiy o'zining mashhur «Zafarnoma» asarida Termiz aholisining mo'g'ul bosqinchilariga qarshi fidokorona kurashini tasvirlar ekan, bu shaharni «Madinat ur-rijol», ya'ni «Mardlar shahri» deb ataganida ham teran ma'no mujassam.
Takror aytaman, tarixning o'zi Termiz shahri, uning qahramon xalqi zimmasiga asrlar davomida yurtimiz tinchligi va ozodligi yo'lida metin qal'a-qo'rg'on bo'lishdek og'ir va mas'uliyatli vazifani yuklagan.
J Bugun biz iftixor bilan e'tirof etamizki, Termiz shahri bu muqaddas vazifani hamisha va hozirgi murakkab, tahlikali davrda ham sharaf bilan ado etib kelmoqda. Muhtaram do'stlar!
Jahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri bo'lgan bu shavkatli shaharni yetti iqlimga ma'lum-u mashhur etgan uning shonli tarixi, qadim-qadimdan shakllanib kelayotgan boy madaniyati, beqiyos obidalari, desak, xato bo'lmaydi, albatta.
Lekin Termizni Termiz qilgan, uning shuhratini olam uzra zi-yoda etgan, bu vohaning har qarich tuprog'ini oltinga aylantirgan -mana shu yurtning mard va tanti, olijanob odamlaridir.
Bu qadimiy diyorda yashab o'tgan benazir alloma Hakim Termi-ziy, islom dunyosida olti buyuk muhaddisdan biri sifatida tan olingan Imom Iso Termiziy, mumtoz shoir Sobir Termiziy, muarrix Saman-dar Termiziy kabi o'nlab ulug' ajdodlarimiz, aziz-avliyolarimizning mo'tabar nomlarini xalqimiz hurmat-ehtirom bilan tilga oladi.
Sohibqiron Amir Temur bobomizning aynan mana shu Termiz atrofida o'zining piri buzrukvori Sayyid Baraka hazratlaridan hokimiyat ramzi bo'lgan bayroq va jangovar nog'orani qabul qilib olgani ham bu tuproqning nechog'li xosiyatli ekanini ko'rsatib turibdi.
Bugungi kunda ham shu tabarruk tuproqni ulug'lab, quyosh jazi-ramasi, garmsel shamollariga bardosh berib, qiyinchiliklarni yengib mehnat qilayotgan, Vatanimizning janubiy sarhadlarida afg'on mo-jarosi tufayli yigirma yildan ziyod davom etgan notinch va tahlikali vaziyatda ham mardlik va matonatini namoyon etib, torn ma'noda shu yurtning fidoyisi bo'lib yashayotgan Surxon eli, Surxon xalqiga har qancha tasannolar aytsak arziydi.
Aziz yurtdoshlar!
Bu voha tuprog'i, Surxon yeri nainki qadimiy, ayni paytda g'oyat unumli, serhosil va barakali ekanida ham o'ziga xos hikmat bor.
Men bu zaminning xosiyatlarini ilgari ham ko'p marta aytgan-man, lekin bugungi tantanada yana bir bor bu haqda to'xtalib o'tsak, o'rinli bo'ladi, deb o'ylayman.
Bu yerda ko'p-ko'p qishloq xo'jalik ekinlarini - paxtadan tortib subtropik mevalargacha, g'alladan tortib sabzavot va poliz mahsu-lotlarigacha - barcha-barchasini o'stirish mumkin.
Ayniqsa, bu zaminning so'lim tabiati, Vaxshivor va Bobotog', Sangardak va Xonjizza, Boysun va Oltinsoyning fusunkor manzara-lari har qanday odamni maftun etadi.
Yoki Surxon vohasining bag'riga jo bo'lgan noyob tabiiy boy-liklarni, ravon yo'llar, aloqa tarmoqlari, muxtasar aytganda, samarali ishlash uchun asos bo'ladigan shart-sharoit va imkoniyatlarni olay-lik.
Endi o'zingiz ayting, aziz birodarlar, bu vohada shunday boy ta-rix, shunday unumdor yer bo'lsa, shunday go'zal va betakror tabiat, shunday mehnatkash, mard va olijanob xalq bo'lsa, bu yurtning kelajagi buyuk bo'lmasligi mumkinmi? Bu yerda odamlar baxtli, erkin va farovon yashamasligi mumkinmi?
Ishonchim komilki, butun xalqimiz qatori Surxon eli ham ana shunday hayotga nihoyatda munosib va shunday turmush darajasiga albatta erishadi.
Bunga ishonch bildirish uchun barcha asoslarimiz bor.
Bu asoslardan biri shundan iboratki, butun yurtimiz kabi Termiz shahriga ham Ollohning nazari tushgan, uni doimo o'z panohida saqlab, yomon ko'zlardan, balo-qazolardan o'zi asrab keladi.
Bu yerga musulmon dunyosining ulug' allomalari va piri buz-rukvorlarimizning muborak poyqadamlari tekkan va ularning barc-hamiz uchun tabarruk xoklari shu tuproqqa ko'milgan.
Yana bir asos shundan iboratki, bu zaminda yashayotgan barcha insonlarning o'z yurti, o'z eliga bo'lgan mehr-muhabbati, sadoqati cheksiz va mustahkam.
Bugun biz yangi jamiyat qurish yo'lida qanday jarayonlar-ni boshimizdan kechirayotgan bo'lsak, qanday qiyinchilik, g'ov-to'siqlarni yengib, o'z oldimizga qo'ygan yuksak marralarga yetish buyuk kelajagimizni qurish uchun qanday mehnat qilayotgan bo'lsak, bu ishlar zamirida Surxon ahlining ham g'ayrat va shijoati, mardlik-matonati, fidoyiligi mujassam ekani shubhasiz.
Hurmatli do'stlar!
Biz bugun shod-u xurramlik bilan nishonlayotgan Termiz shahrining muborak to'yi, avvalambor, tariximiz va buyuk ajdodlarimiz xotirasiga nisbatan qalblarimizdagi hurmat va ehtirom tuyg'usining yana bir bor namoyon bo'lishi bilan ibratlidir.
Bunday tantana, bunday marosimlar yurtimizda yashayotgan har bir inson, ayniqsa, unib-o'sib kelayotgan yoshlarimizni boy madaniy merosimizni qadrlash, asrab-avaylashga, bu bebaho boylik bilan chin yurakdan iftixor qilishga o'rgatadi.
Eng muhimi, bizlarning qanday qadimiy tarix, qanday o'lmas niadaniyatga ega ekanimizni, kimlarning avlodlari, qanday ulug' zotlarning vorislari ekanimizni anglashga da'vat etadi.
Mana shu unutilmas lahzalarda, shu maydonda turib atrofimiz-ga, Termizning bugungi go'zal qiyofasiga bir nazar tashlaylik.
Bu qadimiy shaharda keyingi yillarda barno etilgan muhtasham binolar, yangi uy-joylar, zamonaviy litsey va kollejlar, sport insho-otlari, obod va ravon yo'llar, soiim bog'-rog'lar, ko'rkam favvo-ralar - bularning barchasi bunyodkor elimizga xos yuksak fazilat-larning, mustaqillik bizga bergan cheksiz imkoniyatlarning amaliy namoyoni emasmi?
Ayniqsa, mana shu ulug' to'y sharofati bilan ko'hna Termizning har tomonlama yashnab-yasharib, navqiron bir shaharga aylanib ket-ganini ко'rib quvonmaydigan odam bormi?
Ishonchim komilki, Imom Termiziy, Hakim Termiziy, Sulton Sa-odat, Qirqqiz yodgorlik majmualarining tubdan qayta ta'mirlangani, Temir yo'l bekati, Birja markazi, Arxeologiya muzeyi, amfiteatr, yangi stadionlar va suzish havzalari, boshqa o'nlab inshootlar nafaqat Termiz shahri, balki butun Surxon vohasining chiroyiga chiroy qo'shib turibdi, desam, bu fikrni sizlar ham qo'llab-quvvatlaysizlar.
Men, fursatdan foydalanib, mana shu savobli ishlarni amalga os-hirgan mohir quruvchi va ustalarimizga, muhandis va me'morlarga, Termizning obod bo'lishiga o'z hissasini qo'shgan barcha insonlarga chin qalbimdan tashakkur bildiraman.
Qadrli do'stlarim, vatandoshlarim!
So'zimning oxirida ilgari ham aytgan bir gapimni takrorlamoqc-himan: men go'zal Surxon vohasini, uning ko'rkam bog'lari, baland tog'larini, yashil archazorlari, bepoyon dasht-u dalalarini, shu zaminda yashayotgan aziz yurtdoshlarimni, butun Surxon ahlini yaxshi ko'raman, sizlarga o'zimning eng ezgu tuyg'ularimni izhor etishdan hamisha baxtiyorman.
Mardlar, bahodirlar na polvonlar diyori bo'lgan bu tabarruk tup-roqdan hech qachon fayz-u baraka arimasin.
O'tmishi sharafli, kelajagi buyuk Termiz dunyo turguncha tur-
sin.
Termiz shahrining 2500 yilligiga bag'ishlangan tantanali marosimda so'zlangan nutq, 2002-yil 2-aprel
Dostları ilə paylaş: |