O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining qo’lga kiritilishi Mustaqillik Deklaratsiyasining qabul qilinishi


partiyalardan, boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqil



Yüklə 345,28 Kb.
səhifə6/25
tarix07.01.2024
ölçüsü345,28 Kb.
#204401
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining qo’lga kiritilishi Mus


partiyalardan, boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqil
holda ish yuritadi.
Mustaqillikning dastlabki yillarida sud hokimiyati
sohasida ham islohotlar amalga oshirildi. O‘zbekiston
Respublikasining Konstitutsiyasi va 2000-yilda qabul
qilingan «Sudlar to‘g‘risida»gi Qonuni (yangi tahrirda)
sud islohotlarining huquqiy asosidir.
Sud tizimidagi islohotlarni ikki davrga bo‘lish mumkin.
1) 1991–2016-y.y; 2) 2017-yildan keyingi davr. Dastlabki
davrda O‘zbekiston Respublikasi sud tizimiga besh yil
muddatga saylanadigan quyidagi sudlar kirgan:
 O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi;
 O‘zbekiston Respublikasining Oliy sudi;
 O‘zbekiston Respublikasining Oliy xo‘jalik sudi;
 Qoraqalpog‘iston Respublikasi fuqarolik va jinoyat
ishlari bo‘yicha oliy sudlari;
 Qoraqalpog‘iston Respublikasi xo‘jalik sudi;
 fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat va Toshkent shahar sudlari;
 fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman, shahar sudlari;
 viloyatlar va Toshkent shahrining xo‘jalik sudlari;
 harbiy sudlar.
Favqulodda sudlar tuzishga yo‘l qo‘yilmaydi. O‘zbekiston Respublikasida
sud ishlarini yuritish o‘zbek tilida, qoraqalpoq tilida yoki muayyan joydagi
ko‘pchilik aholi so‘zlashadigan tilda olib boriladi.
Sudlarning alohida hokimiyat sifatida belgilanishidan maqsad
O‘zbekiston Respublikasida shaxs huquqi va erkinliklarining xolis organ
sifatida faqat sud orqali ta’minlanishiga erishish va sudni avvalgi jazolovchi
organdan shaxs huquq va erkinliklarini to‘laqonli himoya qila oladigan
organga aylantirishdir.
Sudlar sud qarorini ijro etish kabi o‘zlariga tegishli bo‘lmagan vazifalardan
ozod etildi. 2008-yil 1-yanvardan mamlakatda o‘lim jazosi bekor
qilindi, fuqarolarni qamoqqa olishga sanksiya berish huquqi prokuraturadan
sudlarga o‘tkazildi. Mamlakatimizda jinoiy jazolashning insonparvar
huquqiy tizimi tashkil etildi.
Islohotlar ikkinchi davrining asosiy xususiyati Prezident Shavkat
Mirziyoyevning 2017-yil 21-fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasi sud
tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini
oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni asosida amalga oshirilmoqda.
Mazkur farmon asosida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy
xo‘jalik sudi birlashtirilib, fuqarolik, jinoiy, ma’muriy va iqtisodiy sud ish
yurituvi sohasidagi sud hokimiyatining yagona oliy organi – O‘zbekiston
Respublikasi Oliy sudi tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi
Harbiy hay’ati, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi, okrug va hududiy
harbiy sudlar shtat birliklari O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari
tarkibidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tizimiga o‘tkazildi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 21-oktabrdagi «Sud19
huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini
ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘-
risida»gi farmoniga ko‘ra, sudyalik lavozimiga tayinlash (saylash) muddatlariga
qat’iy aniqlik kiritildi. Ya’ni sudyalik lavozimiga birinchi marotaba
tayinlash besh yilga, ikkinchi marotaba – o‘n yil, keyingisida
muddatsiz tayinlanish (saylanish) imkoni yaratildi. Bu sudyalarning yoshi,
malakasi, kasb mahoratini inobatga olgan holda uzoqroq muddatga faoliyat
ko‘rsatishini kafolatlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari. Mamlakatimiz istiqlolga
erishgan kundanoq O‘zbekiston milliy davlatchiligi, uning hududiy yaxlitligi,
aholining tinch va osoyishta hayotini ta’minlash davlat siyosatining bosh
masalalaridan biri bo‘lib kun tartibiga qo‘yildi.
1991-yil 19–21-avgust kunlari sobiq ittifoq poytaxti Moskva shahrida
ro‘y bergan davlat to‘ntarishi sababli mamlakat halokat girdobiga kelib
qoldi. Shunday sharoitda mamlakat hududiy yaxlitligi, aholi tinchligi va
osoyishtaligini qurolli himoya qilish yo‘lida yangi qadamlar qo‘yildi.
O‘zbekiston Prezidentining 1991-yil 25-avgustdagi farmoni asosida O‘zbekiston
Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizligi komitetining respublika
tasarrufiga o‘tishi, SSSR Ichki ishlar vazirligining yurtimizdagi qo‘shinlari
O‘zbekiston Prezidentiga bo‘ysundirilishi ana shunday birinchi qadamlardir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentininig 1991-yil 6-sentabrdagi farmoniga
asosan, Mudofaa ishlari vazirligi
tashkil qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi
1992-yil 10-yanvarda «O‘zbekiston
Respublikasi hududida joylashgan SSSR
Ichki ishlar vazirligining harbiy qismlari
va o‘quv muassasalarini O‘zbekiston
Respublikasi tasarrufiga olish to‘g‘risida
» va 14-yanvarda «O‘zbekiston Respublikasi
hududida joylashgan harbiy qismlar va harbiy o‘quv muassasalari
to‘g‘risida»gi qarorlarni qabul qildi. Ushbu qarorlarga muvofiq,
sobiq SSSR Qurolli Kuchlarining respublika hududida joylashgan
qismlari, qo‘shilmalari, birlashmalari, harbiy o‘quv yurtlari, tashkilotlari
Harbiy qasamyod
va boshqa harbiy tuzilmalari qonuniy asosda O‘zbekiston Respublikasi
yurisdiksiyasiga olindi. Mazkur qaror qabul qilingan kun – 14-yanvar
O‘zbekiston Respublikasining 1993-yildagi qonuniga muvofi q «Vatan
himoyachilari kuni» deb e’lon qilindi.
1992-yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Milliy
xavfsizlik xizmati tasarrufi da Chegara qo‘shinlari boshqarmasi tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 93-moddasiga muvofi q
Prezident mamlakat Qurolli Kuchlarining Oliy Bosh Qo‘mondoni
hisoblanadi.
1995-yilning may oyida davlat va jamiyat xavfsizligini ta’minlash
maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Xavfsizlik
kengashi tuzildi. Xavfsizlik Kengashi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
huzuridagi maslahatlashuv organidir. O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti lavozimiga ko‘ra, ushbu Kengashning raisi hisoblanadi.
Xavfsizlik Kengashi o‘zining majlislariga muvaqqat ravishda O‘zbekiston
Respublikasidagi har qanday mansabdor shaxsni taklif etishi
mumkin. Kengash majlisi davomida bildirilgan taklif va mulohazalar
ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi va mamlakat Prezidenti tegishli qarorni
tasdiqlagandan so‘ng kuchga kiradi.
Mamlakat Prezidenti Shavkat
Mirziyoyev tashabbusi bilan 2018-yil
9-yanvar «O‘zbekiston Respublikasi
Mudofaa doktrinasi to‘g‘risida»gi
qonun qabul qilindi. Qonun globallashuv
sharoitida xalqaro va mintaqaviy
xavfsizlikka tahdidlar kengayib
borayotgan vaziyatda geosiyosiy
qarama-qarshilik, kuch ishlatish, shu
jumladan ommaviy qirg‘in qurolini qo‘llash ehtimoli oshganligi, xalqaro
terrorizm va ekstremizm faollashganligi, axborot makonida o‘zaro kurash
kuchayganligiga qarshi munosib tura olish masalalarini kafolatlaydi.
Xavfsizlik Kengashi yig‘ilishi. 2018.
Savol va topshiriqlar:
1. O‘zbekistonda bir palatali parlament faoliyat ko‘rsatgan davrdagi o‘ziga
xoslik nimalardan iborat? Ikki palatali parlament tashkil etish zarurati
nimada?
2. Davlat boshqaruvida hokimiyat bo‘linishi qanday ahamiyatga ega?
3. O‘zbekistonda ijro hokimiyatiga qaysi davlat idoralari kiradi?
4. O‘zbekistonda «Vatan himoyachilari kuni» ilk bor qaysi yilda nishonlandi?
5. O‘zbekistonda sud ishlari qaysi tillarda olib boriladi?
6. Vazirlar Mahkamasi va uning strukturasida qanday o‘zgarishlar yuz berdi?

3-mavzu. Fuqarolik jamiyati g’oyasining rivojlanish tarixi.



Yüklə 345,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin