. Qurilish konstruksiyalari montaji jarayonini tashkil etish
Bir qavatli sanoat binolarini barpo etish asosan differensial, kompleks va aralash montaj usullarida olib boriladi. Bu montaj usullari o‘z navbatida birta yoki bir nechta kranlar bilan olib borilishi mumkin.
a) Bir qavatli sanoat binolarini tiklashning differensial usulida kran birinchi o‘tishda butun (jami) ustunlarni montaj qiladi. Ular tekshirilib doimiy qotirilgandan so‘ng kran o‘zining ikkinchi yurishini boshlaydi va kranosti to‘sinlarini montaj qiladi. Uchinchi o‘tishda tom konstruksiyalarini montaj qiladi.
b) Bir qavatli sanoat binolarini barpo etishning kompleks usulida kran birinchi o‘tishning o‘zidayoq, har bir yacheyka chegarasida, bir nechta konstruksiyani montaj qiladi. Konstruksiyalarni loyiha holatida o‘rnatish juda yuqori aniqlikda bajarilishi kerak .
v) Bir qavatli sanoat binolarini barpo etishning aralash usulida kran o‘z harakat yo‘lida yuqorida qayd qilingan ikki montaj usulidan aralash foydalanadi. Konstruksiyalar montaji bilan birga og‘ir dastgohlarni ham montaj qilib boradi.
2. Ko‘p qavatli sanoat binolarini barpo etish. Hozirgi vaqtda ko‘p qavatli sanoat binolarining karkasli konstruktiv yechimga ega bo‘lgan varianti keng qo‘llanilayapti. Bunday binolar har xil qavatli va har xil hajmli bo‘ladi.Ustunlar to‘ri 6 x 6 m, 6 x 9 m bo‘lib, 3, 4 yoki 5 qavatli bo‘lishi mumkin. Qavat balandligi 3.6 m dan 6.0 m gacha bo‘lishi mumkin. Bunday binolar nisbatan yengil konstruksiyalardan qurilib, ustunlarning og‘irligi 3.0 tonna, tom yopmalarning og‘irligi 2.5 tonna, rigellarning og‘irligi 4.0 tonnadan oshmaydi.
Binoni barpo etishda QMI asosan oqim usulida, binoni yarus va zaxvatkalarga bo‘lib olib boriladi. Zaxvatkalar ish va mehnat xarajatlari hajmlari bir-biriga teng bo‘ladigan uchastkalar chegarasi bo‘yicha bo‘linadi.
Ko‘p qavatli binolarni barpo etishning ikkita usuli mavjud:
- gorizontal usul: bunda bino qavatma-qavat tiklab boriladi. Masalan: butun bino (zaxvatka) bo‘yicha avval birinchi qavat keyin uning ustiga ikkinchi qavat va hokazo qavatlar qurib boriladi.
- vertikal usul: bunda birinchi ustun to‘ri bo‘yicha loyihadagi qavatlarning barchasi (1,2,3 va boshqa qavatlar) barpo etilib, keyin ikkinchi ustun to‘riga o‘tiladi.
Adabiyotlar
YeNIR, sbornik Ye4 «Montaj sbornыx i ustroystva monolitnыx jelezobetonnыx konstruksiy», Moskva, Stroyizdat, 1987 g.
«Kursovoe i diplomnoe proektirovanie po TSP», Xamzin S.K., Karasev A.K., Moskva, vыsshaya shkola, 1991g.
«Texnologiya stroitelnogo proizvodstva», Badin G.M. i dr. Leningrad, LO Stroyizdat, 1987 g.
«Montaj stalnыx i jelezobetonnыx konstruksiy», Iщenko I.I. Moskva, Vыsshaya shkola, 1990 g.
«Texnologiya, mexanizatsiya i avtomatizatsiya stroitelstva», Ataev A.A. i dr. Moskva, vыsshaya shkola, 1991 g.
«Texnologiya vozvedeniya podzemnoy chasti zdaniy i soorujeniy», Shtol T.M. i dr, Moskva, Stroyizdat, 1990 g.
KMK 3.01.02-00 «Texnika bezopasnosti v stroitelstve».
KTP – kartы trudoыx protsessov, Moskva, VNIIPI, 1980 g.
Usmonov F.B. Bir qavatli sanoat binosi karkasini barpo etish bo‘yicha bajariladigan qurilish montaj ishlarini mexanizatsiyalash variantlarini taqqoslash. Masalalar to‘plami. Buxoro, 2005 y. 51 b.
Usmonov F.B. Bir qavatli sanoat binosi karkasini barpo etish texnologiyasi bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar. Buxoro, 2005 y., 56 b.
Umonov F.B. Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi fanidan ma’ruzalar matni , Buxoro, 2004 y., 63 b.