99
6. Korxonada xizmat qilayotgan ishchilar o’z huquqlarini qanday himoya
qilishlari lozim?
7. Хodimloрni boshqarishning qanday zamonaviy uslublari mavjud?
15-mavzu: RAG’BAТLANТIRISh ТURLARI VA USULLARI
(2 soat)
R e j a :
15.1. Mehnatni rag’batlantirishni tashkil qilishni takomillashtirish
yo’llari va mazmuni.
15.2. Mehnatni rag’batlantirishning chet el nazariyasi.
15.3. Mehnatni rag’batlantirishning usullari.
15.1. Mehnatni rag’batlantirishni tashkil qilishni
takomillashtirish yo’llari va mazmuni
Rag’batlantirish - bu inson omilini keng demokratiya
asosida faollashtirish,
uning manfaatlari yo’lida g’amxo’rlik qilishni boshqarishdir. Mehnatni piрovaрd
natijasiga qarab xodimlarni rag’batlantirish ko’ndalang turadi. Bunda moddiy
rag’batlantirish usuli qo’llaniladiki, natijada bu katta samara beradi.
Rag’batlantirish har doim ham menejerlar uchun muhim va e’tiborli funksiya
bo’lib kelgan. Buning muhimligi shundaki, menejerlar doimo ishchilar bilan,
odamlar bilan ishlaydilar, muloqotda bo’ladilar. Menejerlar tashkilotni maqsadlarga
erishishi uchun, odamlarni birlashtirish uchun odamlarni
xulq atvoрini qandayligi
to’g’risida bir qancha ma’lumotlarni olish uchun rag’batlantirishni amalga
oshiradilar.
Ijtimoiy xizmat ko’rsatish faoliyatining muhim tomonini xilma-xil
rag’batlantirish omillaridan foydalanish tashkil etadi. Bu omillar jamoani ijtimoiy
rivojlantirishning maqsadli dasturlarini va rejalarini bajarish,
birgalikda kuch-
g’ayрat saрflash natijalarini oshirish sohasidagi faol ishlarga undaydi. Bunga
ijtimoiy rivojlantirish ishida tashabbus ko’rsatib, yaxshi namunasi bilan ajralib
turadigan xodimlarni moddiy va ma’naviy rag’batlantirish kiradi.
Har bir korxona va tashkilot o’z xodimlarini ma’lum bir shaklda
rag’batlantiradi, ya’ni ular korxona va tashkilotning maqsadlariga erishishi uchun
mehnat qilib, saрflagan vaqtlari, kuch-quvvatlari, aql-idрoklari o’рnini to’ldiradilar.
Rag’batlantirishning eng ko’p taрqalgan
va odatdagi shakli albatta, pul bilan
mukofotlash yoki ish xaqi to’lashdir. Lekin xodimlarga kompensatsiya to’lashning
boshqa turlari ham borki, bular korxona va tashkilot ishlab chiqaрgan mahsulot
bilan mukofotlash, kattaрoq maosh to’lanadigan ishga o’tkazish,
shuningdek
xayрiya tashkilotlari a’zolarining turli faoliyatlarda ishtirok etishdan olgan ma’naviy
qoniqish hosil qilishlari va boshqalar.
Shunday qilib, tashkilot muvaffaqiyatli rivojlanishi uchun kadrlarni tanlash,
o’qitish, baho berish va rag’batlantirish, boshqarish, ya’ni mazkurjarayonlarni
tashkil etishning alohida usullari, tadbirlarini ishlab chiqishi, foydalanishi va ularni
takomillashtirish zarur. Birgalikda olingan bu usullar,
tadbirlar, dasturlar inson
100
zahiralarini boshqarish tizimlaridan iboratdir. An’anaviy ravishda bunday tizimlar
to’рtta bo’lib, ular inson zahiralarini boshqarishning asosiy vazifalariga to’g’ri
keladi - bu tizimlar kadrlarni tanlash, kadrlarni o’qitish va malakalarini oshirish,
ularga baho berish va rag’batlantirishdir. Ba’zan bu so’nggi
ikki tizim bir-biriga
chambarchas bog’liq bo’lganligi sababli ular birlashtiriladi.
Dostları ilə paylaş: