O‘zbekiston respublikasi o liy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi qarshi davlat universiteti qo‘lyozma huquqida udk


Luciniforimes Stoliczka, 1871 turkumi



Yüklə 8,4 Mb.
səhifə15/48
tarix30.11.2023
ölçüsü8,4 Mb.
#170110
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   48
02 11 2023 Jabborova Dissertatsiya qayta ko\'rilgan

Luciniforimes Stoliczka, 1871 turkumi
Pisididae Grau in Turton , 1857 oilasi
Zarafshon va Qashqadaryo suvlarida Pisidiidae oilasidan Odhneripisidium avlodi va 2 ta kenja avlodi uchraydi.
Kuiperipisidium Kuiper, 1962 avlodi
Kuiper, 1963: 53-57; Starobogatov, Streletskaya, 1969:226; Starobogatov, 1970:79; Papova i dr.., 1970: 68; Papova, 1981;105; Izzatullayev, Starobogatov, 1986:55; Izzatullayev, Karnyushin, 1994: 26-28: Karnyushin, 1996: 148 ; Izzatullayev, Boymurodov, 2009: 96; Izzatullayev, 2019: 113-164.
Qashqadaryoda tarqalgan Kuiperipisidium avlodi turlari chig‘anog‘i katta emas o‘rtacha hajmli yumaloq, keng oval shaklda va uchburchakli. Cho‘qqilari mu’tadil keng, ko‘tarilmagan. Ustki qismi silliq yoki kuchsiz cho‘zilgan, ayrim vaqtda ingichka qovurg‘ali. Qulfning xususiyatlari o‘zgaruvchan, ligament qulfosti maydoni chuqurchasi ostiga cho‘kkan va ligament chuqurchasi uchburchak shaklida. Hozirgi vaqtda bu avlodi Bolqon yarim oroli janubida, O‘rta, Markaziy Osiyoda, Sharqiy Sibir, Sharqiy va janubiy-sharqiy Osiyoda uchraydi. O‘rta Osiyo 2 ta kenja avlodi mavjud: Kuiperipidium Izzatullaev, Starobogatov, 1986 va Odhneripisidum s. str. [110; S.12-16;120; P.125-210; 114; S.314-320.].
Kuiperipisidium Izzatullayev, Starobogatov, 1986 kenja avlodi
Izzatullayev, Starabogatov, 1986:64. Izzatullayev, Kornyushin Kavkaz orti, 1993: 26-28. Karnyushin, 1996:150; Izzatullayev, 2019: 113-164.
Markaziy Osiyodan bu kenja avlodidan 4 ta tur ko‘rsatilgan. Hozirgacha Zarafshon daryosi havzasidan 2 tur ma’lum edi. Tadqiqotlarimiz asosida ularga yana 2 tur qo‘shildi: Kuiperipisidium terekense, Kuiperipisidium issykkulense bu turlar hudud uchun birinchi marta ko‘rsatildi. Qashqadaryo sohili sun’iy suv tiplarida bu kenja avloddan 2 tur yashaydi.
Cardiiformes Ferussac ,1821 turkumi
Corbiculidae Gray, 1847 oilasi
MDH hududida Corbicula Megarle, 1811 avlodiga mansub Corbicula fluminalis tarqalganligi o‘rganilgan. U Kavkaz ortida va Markaziy Osiyoda ham bor. Gidrobiolog olimlar Starobogatov (1970), Yanovich (1953), Yanovich, Stadnichenko (1996), Danilin (2011,2013) tomonidan Corbiculidae oilasi 5 avlodiga bo‘lingan [152; P.208-209.].
Yuqoridagilardan ikkitasi Corbiculina va Corbicula avlodlarining turlari Markaziy Osiyo suvlarida bor. Bu oilaga turlari indikatorlardir. Ushbu oila turlari Zarafshon va Qashqadaryo sohili qumloq biotoplarida ko‘plab uchraydi [113; S.145-149; 116; P.28-29; 123; P.10-12.].
Corbicula( Megerle, 1811) avlodi
Corbicula avlodiga kirgan tur chig‘anog‘i qattiq, notekis va qovurg‘ali, chig‘anog‘i cho‘qqilari nisbatan keng, o‘rta ko‘tarilgan bo‘lib chig‘anoqlarda 3 tadan kardinal, lateral tishlari bo‘ladi.
Corbicula avlodiga kiruvchi turlar tuxum qo‘yuvchilar bo‘lib hisoblanadi. Chig‘anog‘i halqalariga qarab, yoshi aniqlanadi. Ushbu avlodi turlari O‘zbekiston suv ekotizimlarida keng tarqalgan bo‘lib indikator turlardir. Ushbu avlodidan Corbicula cor, C.purpurea, C.fluminalis lar O‘zbekistonning “Qizil kitob” iga kiritilganligini e’tiborga olib ularni muhofaza qilish choralari haqidagi ma’lumotlari ham kiritildi: [60; B.86-87;125; P.15-19; 129; P.191-192.].

Yüklə 8,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin