O‘zbekiston respublikasi o liy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi qarshi davlat universiteti qo‘lyozma huquqida udk


IV BOB. QASHQADARYO HAVZASI SUN’IY SUV TIPLARIDA IKKI PALLALI MOLLYUSKALARNING TARQALISHI VA EKOLOGIK GURUHLARI



Yüklə 8,4 Mb.
səhifə23/48
tarix30.11.2023
ölçüsü8,4 Mb.
#170110
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   48
02 11 2023 Jabborova Dissertatsiya qayta ko\'rilgan

IV BOB. QASHQADARYO HAVZASI SUN’IY SUV TIPLARIDA IKKI PALLALI MOLLYUSKALARNING TARQALISHI VA EKOLOGIK GURUHLARI
4.1-§. Ikki pallali mollyuskalarning suv ekotizimlarida tarqalishi
Qashqadaryo havzasida qurg‘oqchilikning kuchayishi tabiiy va sun’iy suv tiplarida tarqalgan Bivalvia: Unionidae, Pisididae, Euglesidae va Corbiculidae oilalariga kiruvchi ikki pallali mollyuskalarning biologik xilma-xilligi, tarqalishi va ekologik guruhlariga o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda. Tabiiy va sun’iy suv tiplarida tarixan shakllangan malakofauna vakillari alohida ahamiyatga ega bo‘lib, antropogen va texnogen omillar ta’sirida ular biotoplarining o‘zgarishi mollyuskalar noyob turlarining yo‘qolishi yoki faunasi transformatsiyasini keltirib chiqarmoqda. [124; P.692-696; 142; P.11-19; 145; P.251-270.].
Suv muhitidagi o‘zgarishlar ta’sirlarga beriluvchan makrozoobentos vakillari sifatida mollyuskalarning tur tarkibini aniqlash, tarqalishini baholash va ulardan tarmoqlarda foydalanishga e’tibor qaratilmoqda. Bu sohada, kontinental suv ekotizimlaridagi mollyuska turlari inventarizatsiyadan o‘tkazilmoqda, ularni ro‘yhatga olishning xalqaro ma’lumotlar bazasi yaratildi, iqtisodiy samarador turlari ishlab chiqarish tarmoqlariga joriy etildi. Qurg‘oqchil hududlardagi yirik suv tiplarida tarixan shakllangan ikki pallali mollyuska turlarining yashovchanligi, ayniqsa, daryo suvlarining mavsumiy gidrologik rejimi va fizik-kimyoviy xususiyatlarining o‘zgarishiga bog‘liqdir. Keyingi yillarda Qashqadaryoning to‘yinish manbai hajmining qisqarishi, sun’iy suv ekotizimlarining yaratilishi va qishloq xo‘jaligining kengayishi mavsumiy yoki turg‘un bo‘lmagan suv havzalarida tarqalgan malakofauna tur tarkibining o‘zgarishi, aksariyat turlarining yo‘qolishi va hudud uchun xos bo‘lmagan yangi moslashgan invaziv vakillari arealini kengayishi kuzatilmoqda. Ta’kidlash lozimki, inson omili ta’sirida suv havzalariga yangi ikki pallali mollyuska turlarini tasodifan kirib kelishi tarixan shakllangan malakofauna jamoalarining transformatsiyasini yoki ularning inqirozini belgilab bermoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 25 sentyabrdagi PQ-3286-son “Suv ob’yektlari muhofaza qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida suv ekotizimlarini muhofaza qilishga alohida e’tibor qaratilgan. Shunga ko‘ra, suv ekotizimlarida ikki pallali mollyuska turlarining zamonaviy holatini baholash, inqirozga moyil jamoalari populyasiyalarini aniqlash, iqtisodiy ahamiyatga molik turlarini amaliyotga joriy etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish ilmiy va amaliy ahamiyat kasb etadi [4; B.10-22; 60; B.86-87; 126; P.44-47; 128; P.588-597].
Qashqadaryo sun’iy suv tiplaridan birinchi bor Unionidae oilasi Sinanodonta avlodidan Sinanodonta gibba, S.orbicularis va S.puerorum tarqalganligini aniqladik. Sinanodonta avlodi turlari Xitoy hududidagi suv ekotizimlarida keng tarqalgan. O‘zbekistonga Xitoydan olib kelingan baliqlar – oq amur (Ctenapharyngodon idella) va oq do’ngpeshonalarni (Hypophtholmichthys molitrix) larni ko‘paytirish uchun olib kelinishi bu baliqlar bilan Sinanodonta avlodi turlarining tarqalishiga olib kelgan. Ushbu baliqlarda Sinanodonta avlodi turlarining gloxidiyalari parazitlik qiladi va baliqlar vositasida bu turlar tarqalgan [101; B.189-192; 106; S.397-407. 25; B.17-18; 29; B.36-39.].
Qashqadaryo havzasining quyidagi suv ekotizimlarida Qashqadaryo, baliqchilik xo‘jaliklari: Luxliko‘l, Chimqo’rg’on, Qizilsuv, Sho‘rsoy; suv omborlari: Qamashi, Nug‘ayli, Chimqo’rg’on, Pachkamar, Hisorak, Dehqonobod va Yangiqo’rg’on; kanallar: Qarshimagistral, Pachkamar, Eski Anhor, Mirishkor va Xitoy ular ariqlarida Bivalvia: Unionidae, Pisididae, Euglesidae va Corbiculidae ikki pallali mollyuskalari terib o‘rganildi. Hozirda respublikamiz faunasini saqlab qolishda qo‘riqxonalar o‘rni katta. Bu borada, jumladan, suv havzalarining gidrobiontlar tur tarkibi aniqlanmoqda, ular holatiga ta’sir etuvchi omillar baholanmoqda, samarador turlar ishlab chiqarishda foydalanishga jalb etilmoqda.

Yüklə 8,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin