O‘zbekiston respublikasi o liy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi qarshi davlat universiteti qo‘lyozma huquqida udk


-§. Daryolarning ikki pallali mollyuskalarni sun’iy suv tiplarida tarqalishidagi o‘rni



Yüklə 8,4 Mb.
səhifə24/48
tarix30.11.2023
ölçüsü8,4 Mb.
#170110
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   48
02 11 2023 Jabborova Dissertatsiya qayta ko\'rilgan

4.2-§. Daryolarning ikki pallali mollyuskalarni sun’iy suv tiplarida tarqalishidagi o‘rni
Qashqadaryo – Hisor tog‘idagi 3000 m balandliklardan boshlanib Muborak shahriga yaqinlashgach suvi keskin kamayadi. Daryoning umumiy uzunligi 333 km., suv yig‘adigan maydoni 8754 km. ni tashkil etgan. Daryo boshlanish qismidan Varganza qishlog‘igacha bo‘lgan qismi tog‘li hududi bo‘lib bu hududda tez oqishi kuzatiladi. Daryo Qarshi cho‘liga tomon oqadi va qishloq xo‘jaligi yerlarini sug‘orishda muhim o‘rin tutadi. Daryoga Varganza qishlog‘idan keyin Oqsuv irmog‘i qo‘shiladi. Irmog‘i qo‘shilgandan so‘ng daryo kengayib, 800-1500 m ga boradi. Daryo asosan qor suvlaridan to‘yinadi, suv sathi mavsumiy tez o‘zgarib turishi kuzatiladi [20; B.73-74; 30; B.41-44. 10; B.18-20; 16; B.16-19.].
Tadqiqotlar natijasi shuni ko‘rsatdiki, daryoda ikki pallali mollyuskalarning 14 turi, 2 ta kenja turi uchradi ular 4 oila 6 avlodga kiradi (4.2.1-jadval).
Daryoning uchta Yuqori qismi Yakkabog‘ tumani, O‘rta qismi Qamashi tumani Qashqadaryoga G‘uzordaryosi quyilish qismi va Quyi qismi Qarshi shahrining pastki qismlarida yil fasllari davomida Unionidae, Pisididae, Euglesidae va Corbiculidae oilalari ikki pallali mollyuskalari terib o‘rganildi. Yuqori qismida Yakkabog‘ tumani hududida suv tez oqishi, loyqaligining yuqoriligi, haroratining pastligi va suv gidrokimyoviy tarkibining ta’siri natijasida turlar soni ancha kam, jami bo‘lib uch turi yashaydi. Daryoning ushbu hududi suv tiplarida Euglesidae oilasidan turlari tarqalgan bo‘lib ular 1 m2 joyda o‘rtacha Euglesa hissarica 1,4, E. Turkestanica 1,6, Kuiperipisidium sogdianum 0,9 tadan tarqalgan biotoplar mavjudligi o‘rganildi. Qashqadaryoga buloq va chashmalar suv qo‘yadigan yuqori va o‘rta qismi ba’zi biotoplarida Euglesa hissarica, E.turkestanica tarqalgan. Bu turlar daryoga buloq va chashmalardan suv tushadigan joylaridagina uchraydi, boshqa biotoplarda uchramaydi [33; B.29-32; 36; B.39-41.7; B.9-32; 5; B.39-41.].
Qashqadaryoning o‘rta G‘uzordaryosi quyilish qismi suv tiplari suv oqimi nisbatan sekin, suv temperaturasi o‘rtacha 14-200S atrofida bo‘lib ikki pallali mollyuskalar tarqalishi uchun qulay bo‘lgan suv ekotizimidir. Bu hudud suvlarida Unionidae oilasi Sinanodonta avlodidan Sinanodonta gibba 1,1, S.orbicularis 1,0 va S.puerorum 0,8 tadan uchrashi aniqlandi, ular 0,7-1,6 m chuqurliklardagi biotoplarda tarqalgan. Qashqadaryo daryosining o‘rta oqimi hududida Sinanodonta gibba, S.puerorum va S.orbicularis lar uchrashi kuzatildi, ular suv ekotizimlaridan ilk bor ko‘rsatilmoqda.

Yüklə 8,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin