O‘zbekiston respublikasi o liy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi qarshi davlat universiteti qo‘lyozma huquqida udk



Yüklə 8,4 Mb.
səhifə21/48
tarix30.11.2023
ölçüsü8,4 Mb.
#170110
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   48
02 11 2023 Jabborova Dissertatsiya qayta ko\'rilgan

3.2-§. Euglesa turkestanica (Izzatullayev, 1974) ikki pallali mollyuskasining molekulyar taksonomik tahlili
Euglesa avlodiga (Euglesidae) mansub mollyuskalar, butun dunyo bo'ylab chuchuk suv muhitida yashovchi kichik ikki pallali mollyuskalar hisoblanadi [141; P.415-459; 132; P.231-252.]. Euglesidae oilasiga mansub turlar keng tarqalganligi tufayli populyatsiyaning tarqalish diapazoni keng bo'lishi mumkinligini ayrim tadqiqotchilar tamonidan ta’kidlangan [142; P.11-19.]. Bu oila filogeografik tadqiqotlar uchun mos organizm modeliga aylandi [132; P.231-252.].
Markaziy Osiyo suv havzalaridan Euglesa Leachin Jenyns, 1832 avlodiga mansub 18 tur tarqalganligi qayd etilgan [61;B.38-41.]. Jumladan, Euglesa turkestanica turi Zarafshon daryosi sohilida va keyingi tadqiqotlar Qashqadaryo havzasida (Qashqadaryo va suv omborlarda) eng keng tarqalgan kichik ikki pallali mollyuskalardir. Sekin oquvchi suvlarning balchiqli qismlarida yashaydi. Buloqlar va buloqlardan oqib chiquvchi ariqlarda tarqalgan. Pelolimnofil, krenofil [59; B.33-39.].
Euglesa avlodiga mansub ushbu ikki tur E. globularis turi E. casertanum tomonidan turi bilan sinonimlashtirilgan [127; P.211-212.]. Shu bilan birga, turlar orasidagi konxologik, anatomik va ekologik farqlarga asoslanib, E. globularis Palearktika mintaqasida keng tarqalgan alohida tur sifatida qaraladi [61; B.38-41; 127; P.211-212; 129; P.191-192; 154; P.10-12.].
Euglesa avlodiga mansub turlarini bo’yicha molekulyar genetik tadqiqotlari cheklangan bo’lib, faqatgina E. globularis turi mavjud [127; R.2119-2126; 129; R.191-192; 154; R.10-12.]. Shu bilan birga, mavjud nashrlar Sphaeriidae va Euglesidae oilasining tarqalishi, sistematik, molekulyar filogeniyasi va biogeografiyasiga qaratilgan [61; V. 38-41; 127; R.2119-2126; 129; R.191-192; 154; R.10-12.]. Ushbu tadqiqotning asosiy maqsadi Qashqadaryo havzalarida tarqalgan Euglesa turkestanica turini molekulyar jihatdan identifikasiyalash va olingan natijalarni Biotexnologik axborotlar milliy markazi bazasiga (Genebank, NCBI) joylashtirishdan iboratdir.
Molekulyar-genetik tadqiqotlarni amalga oshirish uchun Euglesa avlodiga mansub Euglesa turkistanica turini Respublikamizning Qashqadaryo viloyati Qarshi tumani suv ekotizimlaridan 30 nusxa individ yig‘ib olindi va 70% li etanol eritmasida fiksatsiyalandi. Turlarning taksonomik mansubligi asosan erkak individlarining morfologiyasi va morfometriyasi asosida aniqlandi.
Euglesa avlodiga mansub Qashqadaryo viloyatidan yig’ilgan E. turkistanica turini turli populyasiyalardan yig’ilgan 3 ta namunalaridan genom DNK ajratib olishda GeneJET GENOMIK DNK reagentlar to’plamidan foydalanildi (3.2.1–rasm).

3.2.1-rasm. Euglesa avlodiga mansub E. turkistanica tur namunalarini genom DNK si. Izoh: E. turkistanica (1, 2, 3 Qashqadaryo viloyati namunalari).
Euglesa avlodiga mansub E. turkistanica turidan ajratib olingan genom DNK sidan foydalanib polemeraza zanjir reaksiyasi (PZR) qo’yildi. Polimeraza zanjir reaksiyasini (PZR) o’tkazishda molyuskalarni molekulyar-genetik identifikasiya qilishda keng qo’llaniladigan ribosomal DNK sini ITS sohasiga mansub nukleotidlarini o’qiydigan praymerlardan foydalanildi (Subbotin et al. 2001). PZR da suv 16,1 mkl, 10x PZR buferi 2 mkl, dNTP 0,4 mkl, xar bir praymerdan (TW81 (5′-GTTTCCGTAGGTGAACCTGC-3′)) va teskari praymer (AB28 (5′-ATATGCTTAAGTTCAGCGGGT-3′)) 2 mkl, Taq polimerazadan 0,4 mkl solinib jami 20 mkl aralashma tayyorlandi.
PZR dan olingan mahsulotni gel’elektrofarezda yurgizildi (3.2.2-rasm).

3.2.2-rasm. Euglesa avlodiga mansub E. turkistanica turi namunasini PZR natijalari. Izoh: M- markiyor, E. turkistanica (1, 2, 3 Qashqadaryo viloyati namunalar).
E. turkistanica turini namunalarini PZR dan olingan mahsulotlarni tozalab, sekvenezga berildi. Sekvenezdan olingan ma’lumotlarni bioinformatik dasturlar yordamida tahlil qilindi (3.2.2-rasm). Tahlil natijalariga ko’ra, E. turkistanica turi namunalari rDNKsi ITS sohasiga mansub 655 juft asosga ega nukleotidlar ajratib olindi.

3.2.3-rasm. Sikvens materiallari asosida E. turkistanica turi bilan (Kirish raqami: KY126469) E. globularis turlarini rDNKsi ITS sohasining nukleotidlar ketma-ketligini taqqoslash.
Izoh: E. turkistanica va (Kirish raqami: KY126469) E. globularis turlarining rDNKsi ITS sohasi (5’ dan 3’–yo’nalishda).
Ushbu olingan ma’lumotlarni Biotexnologik axborotlar milliy markazi Genbanki bazasi (Genebank, NCBI) dagi (Kirish raqami: KY126469) E. globularis turi bilan solishtirilib o’rganildi.
Jadvaldan ko’rinib turibdiki, E. turkistanica turi bilan (Genebank, NCBI) ba’zasidan olingan E. globularis turlari o’rtasida 11 ta nukleotidlarda almashinishlar aniqlanib, umumiy nukleotidlar o’rtasida 1,7% farqlanish borligi aniqlandi. Molekulyar genetik tadqiqotlar natijasida olingan nukleotidlar ketma -ketligi xalqaro bioinformatik genlar ba’zasiga birinchi bor joylashtirildi va kirish raqamlari olindi (Kirish raqami: OR616539).



3.2.4-rasm. Euglesa avlodiga mansub mollyuska turlarining filogenetik daraxti: (1000 bootstrap-takrorlash). Bootstrap yuklanish qiymatlari tegishli tugunlarda (uzel) ko’rsatilgan.
Qarshi tumani ariqlarda tarqalgan ushbu namunani molekulyar va morfologik tekshirishga asoslangan holda, uni E. turkestanica turi ekanligi qayd etdik. rDNK ning ITS1+5.8S+ITS2 sohasi bo’icha o‘rganilgan ketma-ketlik ularni Genbankdagi boshqa E.globularis turi namunalaridan ajratib turadi (3.2.4-rasm). Filogenetik daraxtdagi keyingi kladada ularga yaqin bo’lgan Pisidium avlodiga mansub turlar joylashdi. Tashqi guruh sifatida Genbankdan (NCBI) olingan Eupera platensis va E. cubensis turlari ketma-ketliklari foydalanildi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, E. turkestanica turi halqaro Genbank bazasida birinchi marta qayd etilidi.

Yüklə 8,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin