O‘zbekiston respublikasi o liy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi qarshi davlat universiteti qo‘lyozma huquqida udk


-§. Ikki pallali mollyuskalarning biologik xususiyatlari



Yüklə 8,4 Mb.
səhifə22/48
tarix30.11.2023
ölçüsü8,4 Mb.
#170110
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   48
02 11 2023 Jabborova Dissertatsiya qayta ko\'rilgan

3.3-§. Ikki pallali mollyuskalarning biologik xususiyatlari
O‘rganishlarimiz natijasida Qashqadaryo daryosi havzasida ikki pallali mollyuskalarning 4 oilasiga: Unionidae, Euglesidae, Pisididae va Corbiculidae mansub turlarning tarqalganligi tahlil qilindi. Tahlillarimiz natijasida daryo sohili suvlarida mollyuskalarning 4 oila, 6 avlodga kiruvchi, 14 turi 2 kenja turi uchraydi. Quyida bu oilalarning ayrim turlarining biologik xususiyatlari, ko‘payishi va rivojlanishi to‘g‘risida to’xtalib o‘tamiz, adabiyotlardan [44; S .56-78; 45; S .211-230; 63; S.21-23.] ma’lumki, Unionidae oilasi turlari alohida suv ekotizimlariga tushib qolganida o‘z jinsini o‘zgartiradi [131; P.469-482; 137; P.14-20.].
Qashqadaryoda uchraydigan Colletopterum avlodi turlari tuxumlarini boshida jabra yaproqchalari orasiga qo‘yishi 16-21 kunda gloxidiyalarda kichik ikki pallali mollyuskalar chiqishi kuzatildi. Chimqo’rg’on suv ombori suv ekotizimlaridan yig‘ilgan va laboratoriya akvariumlarida 1,5-2 yil saqlangan Colletopterum cyreum sogdianum chig‘anog‘i o‘lchamlari L – 152; H – 75; W – 81; qavariqligi (ikki pallasi) 56, 4 mm. misolida kuzatdik. Boshqa akvariumlarda bahor faslida aprel-may oylarida olib kelingan mollyuskalarning tuxumlaridan gloxidiyalar chiqdi. Qashqadaryo havzasida Colletopterum avlodiga kiruvchi turlar mart-aprel oylarida rivojlanish bosqichini boshlaydi, keyingi bosqichida gloxidiyalarining rivojlanishi kuzatiladi. Mollyuskada kelgusi yilning bahor oylarigacha kichik gloxidiyalar sifonlari orasida saqlanadi, keyin bosqichda gloxidiyalarni suvga tashlash jarayoni bo‘lib o‘tishi kuzatildi. Bu mollyuskalarning gloxidiyalari tuzilishi kichik ikki pallali mollyuskadan katta farq qiladi. Chig‘anoq bilan qoplangan holatda bo‘ladi, mollyuska chig‘anoqdan yopishqoq iplar bissuslar chiqib turishi kuzatiladi, gloxidiya yopishqoq iplari bilan baliqqa yopishadi va terisiga chig‘anoq tishchalari bilan kiradi va pufak hosil qilib unga o‘raladi. Pufak ichida gloxidiya suv haroratiga qarab 12-18 kun ichida kichik mollyuskaga aylanadi. Mollyuska baliqdan ajralib suv ostiga tushadi va suvni fil’trlab oziqlanishga o‘tadi [141; P.415-459; 143; P.51-61; 148; P.154-160.].
Mollyuska gloxidiyasi baliqlar bilan boshqa suv ekotizimlariga tarqaladi. Unionidae oilasi turlarida minglab gloxidiyalar rivojlanadi, asosan baliqlarga parazitlikka o‘tgan gloxidiyalar saqlanib qoladi. Mollyuskalarning lichinkalari ushbu bosqichni o‘tishlari muhim. Pisididae va Euglesidae oilalariga kiruvchi turlar germofrodit. Mollyuskalar germofrodit bo‘lganligi sababli, ularda o‘z-o‘zini avlodlantirish ham kuzatilishi mumkin. Hosil bo‘lgan tuxumlar g‘alsama jabralar orasiga o‘tadi va rivojlanish davom etadi. Odhneripisidium avlodi turlari pizidid tipi bo‘yicha rivojlansa, Euglesa oilasi turlari esa – euglezid tipi bo‘yicha rivojlanadi. Ularning farqi tuxum hujayralarining rivojlanish joyiga bog‘liq. Birinchisining rivojlanishi ichki yarim sifonlarining filomentlari hisobiga amalga oshsa, ikkinchisiniki – oraliq septa hisobiga bajariladi [60; B.86-87; 149;P.127-131.].
Mollyuskaning tuxum pufagi yorilishi natijasida kichik mollyuskalar sifonlar yordamida suv muhitiga chiqadi. Mollyuskalarning ko‘payishida tirik tuxum tug‘uvchilar guruhi mavjud. Mollyuskalarning tuxum qo‘yishi, tuxum pufagining yuzaga kelishi Qashqadaryo sohilidagi suv ekotizimlarida iyun-avgust oylarida kuzatildi. Qashqadaryo sohilidagi suv ekotizimlarida Odhninipisidium va Euglesa avlodlariga kiruvchi turlar chashma, buloqlarda va ular suv tushadigan suv omborlarda tarqalgan. Suv ekotizimlarida tarqalgan mollyuskalar chig‘anog‘i katta bo‘lsa, sumkasida embrioni ko‘p bo‘lishi kuzatildi. Buloq va chashmalarning turli xil balandlikda joylashishi mollyuska chig‘anog‘ining hajmi va sumkasidagi embrionlari miqdoriga ta’sir ko‘rsatadi. Masalan: Makridsoy suvlari 600-850 m balandlikda bo‘lsa yerda tarqalgan Euglisa turkestanica ning chig‘anoqlari kattaroq va sumkasida embrionlarining o‘rtacha soni 8-10 taga yetishi kuzatildi. Shu hududdagi Sho‘robsoy va Oyoqchisoylarning buloq va chashmalari 1000-1200 m balandlikda joylashganligi, suv haroratining pastligi mollyuskalar chig‘anoqlari kichik embrionlarning soni o‘rtacha 4-6 tadan ortiq emasligi kuzatildi. Suv muhit faktorlarning mollyuskalar embrionlari soniga va hayotiy jarayonlarining xususiyatlariga bog‘liqligi, toza suv ekosistemalari holatini baholashda muhim ahamiyatga ega. Hudud suv tiplarida Corbiculidae oilasiga kiruvchi ikki avlodi turlari tarqalgan. Corbicula avlodidan Corbicula cor, Corbicula purpurea, Corbicula fluminalis turlari va Corbiculina avlodidan Corbiculina ferghanensis, Corbiculina tibetensislar tarqalgan. 2002-2009 yillarda Z.I.Izzatullayev, X.T.Boymurodovlar Zarafshon daryosi havzasidagi suv tiplaridagi tadqiqotlari va undan oldingi izlanishlar Corbicula avlodiga kiruvchi barcha turlarni tuxum qo‘yuvchi, Corbiculina avlodiga mansub bo‘lgan turlar tirik tug‘uvchilar ekanligi tahlil qilingan. [59; B.11-12; 135; P.13-14. 38; S.9-11; 46; B.79-80.].
Biz Qashqadaryo va G‘uzordaryo qirg‘oqlaridan olib kelingan Corbiculina ferghanensis ( H – 16-34,8; L –19-37,6; W – 11-13,7 mm.) ni laboratoriyada kesib ko‘rganimizda o’n donadan ortiq mayda chig‘anoqlarni ko‘rdik. Corbiculina ferghanensis tirik tug‘uvchi ekanligi o‘rganildi. Tuxum qo‘yuvchi Corbicula cor, Corbicula purpurea, Corbicula fluminalis turlar mart-aprel oylarida Qarshi magistral kanali va Chimqo’rg’on, Pachkamar suv omborlaridan yig‘ildi. Corbicula avlodidan Corbicula cor, Corbicula purpurea, Corbicula fluminalis turlari tuxum qo‘yuvchi turlar bo‘lsa Corbiculina avlodidan Corbiculina ferghanensis va Corbiculina tibetensislar tirik tug‘uvchilar ekanligini o‘z tadqiqotlarimizda biz ham kuzatdik.



Yüklə 8,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin