O‘zbekiston respublikasi o liy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi qarshi davlat universiteti qo‘lyozma huquqida udk



Yüklə 8,4 Mb.
səhifə25/48
tarix30.11.2023
ölçüsü8,4 Mb.
#170110
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   48
02 11 2023 Jabborova Dissertatsiya qayta ko\'rilgan

4.2.1-jadval
Qashqadaryoda daryosida ikki pallali mollyuskalarning zichligi, biotoplarda tarqalish va
ekologik guruhi (n=10, m2/dona)



Turlar

Daryo oqimidagi zichligi, m2

Biotoplari

Ekologik guruhlari

Yuqori qismi
(Yakkabog‘ tumani )



O‘rta qismi
(Qamashi tumani G‘uzordaryosi quyilish qismi)

Quyi qismi
(Qarshi shahridan pastki
qismi )

toshloq erlar

Qum
loq erlar

Loylar




Unionidae oilasi






















1.

Sinanodonta orbicularis

-

1,0±0,3

0,9±0,2

-

-

+

Peloreofil

2.

Sinanodonta gibba

-

1,1±0,2

0,8±0,2

-

-

+

Peloreofil

3.

Sinanodonta puerarum

-

0,8±0,2

-

-

-

+

Peloreofil

4.

Colletopterium bastrianum

-

0,5±0,1

-

-

-

+

Reofil

5.

Colletopterium cyreum sogdianum

-

0,9±0,2

-

-

-

+

Reofil

6.

Colletopterium ponderosum volgense

-

-

-

-

-

-

-




Eugilesidae oilasi






















7

Eugilesa hissarica

1,4±0,2

0,8±0,1

-

-

+

-

Pelolimnofil

8

Eugilesa turkestanica

1,6±0,3

1,2±0,3

-

-

+

-

Pelolimnofil

9

Eugilesa obliquata




1,2±0,2

-

-

+

-

Pelolimnofil




Pisidiidae oilasi






















10

Kuiperipisidium terekense

-

-

-

-

-

-

-

11

Kuiperipisidium sogdianum

0,9±0,1

0,8±0,1

-

+

-

-

Krenofil




Corbiculidae oilasi






















12

Corbicula cor

-

0,9±0,1

-

-

+

-

Peloreofil

13

Corbicula purpurea

-

1,3±0,4

-

+

+

-

Peloreofil

14

Corbicula fluminalis

-

1,2±0,2

-

-

+

-

Peloreofil

15

Corbiculina tibetensis

-

3,7±0,4

1,4± 0,4

-

+

+

Peloreofil

16

Corbiculina ferghanensis

-

3,2±0,2

1,1± 0,2

+

+

-

Peloreofil

Jami turlar:

3

14

4

3

8

6




Bu turlar daryoning ekotizimlarida – Chimqo’rg’on va Qarshi shahri hududlaridagi loy bosgan joylarda uchradi. Hududda Sinanodonta avlodi turlari mavjudligi tashqaridan keltirilgan baliq turlari bilan bog‘liq. Quyi qism suvlarida ushbu turlarning uchramasligi kuzatildi. Xitoy turlarining barchasi Qashqadaryoning o‘rta qismi va Chimqo’rg’on suv ombori suvlaridan ham terib olindi. Ular Qashqadaryo malakofaunasi uchun birinchi marta 2017 yilda aniqlandi. Bu turlarni Qashqadaryoda uchrashi va tarqalishida oq amur (Ctenopharyngodon idella) va oq do’ngpeshonalarni (Hypophthalmichthys molitrix) xitoy kompleks baliqlarining o‘rni va ahamiyati katta [33; B.29-32; 36; B.39-41.] dir.
Daryoning botqoq, loyli bo‘lgan joylarida 1m2 hududda Colletopterium bactrianum 0,5 va C.cyreum sogdianum 0,9 tadan tarqalgan. Colletopterium ponderosum volgense va S.kokandicumlar suv tiplarida uchramadi. Daryoga buloq va chashmalar suv qo‘yadigan hududlarida Euglesidae oilasidan Euglesa hissarica 0,8, E. turkestanica 1,2, E. obliquata 1,2 va Kuiperipisidium sogdianum 0,8 tadan tarqalganligi aniqlandi. Hudud suvlarida Pisididae oilasi turlari tarqalmagan. Qumloq va toshloq biotoplarda Corbiculidae oilasidan Corbicula cor 0,9, C.fluminalis 1,3, C.purpurea 1,2 tarqalgan. Daryo suv muhiti ta’sirlariga Corbiculina tibetensis va C.ferghanensis turlari keng doirada moslashgan evribiont turlar bo‘lib ularning zichligi o‘rtacha 3,2-3,7 ni tashkil etishi aniqlandi.
Qashqadaryoning quyi Qarshi shahridan pastki qismlarida suv gidrokimyoviy tarkibining noqulayligi turlar xilma-xilligiga ta’sir ko‘rsatadi. Quyi qism suvlarida Sinanodonta gibba 0,8 va S.orbicularis 0,9 tadan tarqalgan bo‘lsa Corbiculina tibetensis 1,4, C.ferghanensis 1,1 tadan tarqalganligi aniqlandi. Qashqadaryo sohili suv tiplarida Unionidae, Pisididae, Euglesidae va Corbiculidae oilalariga mansub ikki pallali mollyuskalar uch xil ekologik guruhlarni kuzatdik. Peloreofillarning 8 turi (Corbicula cor, C.purpurea, C.fluminalis, Corbiculina tibetensis, C.ferghanensis, Sinanodonta gibba, S.puerorum, S.orbicularis ) uchradi, umumiy mollyuskalarning 57 % tashkil qildi. Daryoning oqar suvlar loylarida reofillarning 2 turini (Colletopterumsyreum sogdianum, C.bastrianum) ko‘rsatish mumkin ular 14 % ni, oqmas suvlar loylarida pelolimnofil 3 tur (Euglesa hissarica, E.turcestanica, E. obliquata) tarqalgan bo‘lib ular 22 % ni tashkil etishi, buloq va chashmalarda krenofil 1 tur (Kuiperipisidium sogdianum) 7% aniqlandi. O‘rganilgan turlar tarqalishi bo‘yicha daryo suv ekotizmlariga keng doirada moslashgan va tarqalgan evribiont 4 ta tur (Corbiculina tibetensis, C.ferghanensis, Sinanodonta gibba va S.orbicularis) va kichik doirada moslashgan va tarqalgan stenobiont 5 tur (Colletopterum syreum sogdianum, C.bastrianum, Corbicula cor, S.purpurea, S.fluminalis) aniqlandi [23; B.14-15; 37; B.40-42.].
Xullas, Qashqadaryo havzasida 14 tur va 2 kenja tur ikki pallali mollyuskalar tarqalgan bo‘lib, ular 4 oila va 6 avlodiga mansub, ularning biotoplarda tarqalishi quyidagicha: toshloq yerlarda 3 ta, qumloq yerlarda 8 ta, loylarda 6 ta tur tarqalganligi aniqlandi. Turlar tarqalishiga ko‘ra evribiont va stenobiont guruhlarga ajratildi.
4.3-§. Baliqchilik xo‘jaliklarida ikki pallali molyuskalari tarqalishi va zichligi
Qashqadaryo havzasidagi inson tomonidan qurilgan sun’iy suv tiplari hisoblangan Luxliko‘l, Chimqo’rg’on, Qizilsuv va Sho‘rsoy baliqchilik hovuzlarida o‘rganishlar o‘tkazildi.
Luxliko‘l baliqchilik xo‘jaligi – Qashqadaryo hududining baliqchilik xo‘jaligi ikki pallali mollyuskalari turlari umuman tahlil qilinmagan. O‘rganishlar shuni ko‘rsatdiki baliqchilik xo‘jaligida ikki pallali mollyuskalar turlar soni boshqalardan kam, bu yerda 6 turini yashashi qayd etildi (4.3.1-jadval, 4.3.2-rasm).
Baliq ko‘paytirish hovuzlarida Sinanodonta puerorum, Colletopterum bastrianum, C.cyreum sogdianum, C.ponderosum volgense, Sinanodonta kokandicum, Corbicula cor turlari uchramadi. Baliq boqish hovuzlarining yangidan 2001 yili qurilganligi uchun Unionidae va Corbiculidae oilalari turlar miqdori Qashqadaryo daryosi havzasi boshqa suv tiplari suv ombori, kanallaridagi turlar soni va zichligining kamligi bilan farq qiladi.
Luxliko‘l baliqchilik xo‘jaligi va uning atrofidagi hovuzlarda 2005, 2008, 2016, 2019 yillar Xitoy kompleks baliqlari oq amur (Ctenopharyngodon idella) va oddiy do’ngpeshonalarni (Hypophthalmichthys molitrix) hamda mahalliy baliqlar zog‘ora va oq sla iqlimlashtirilgan. Xitoy kompleks baliqlarida Sinanodonta avlodi turlarining lichinkasi-gloxidiyalari parazitlik qiladi, S.orbicularis va S.gibbalar ushbu baliqchilik xo‘jaligiga baliqlar bilan birgalikda kelib qolgan. Baliqlar Sinanodonta, Colletopterum avlodlari turlarining tarqalishida muhim o‘rin tutadi. Baliq boqishda foydalaniladigan hovuzlar loyli joylarida Sinanadonta avlodidan Corbicularis, S.gibba tarqalgan bo‘lib, ularning o‘rtacha zichligi 0,6-1,1 ga teng. Hovuzlar qumloq biotoplarida Corbiculina tibetensis zichligi 3,0, C. ferghanensis zichligi 2,6 ga tengligi o‘rganildi. Baliq boqishda foydalanilayotgan hovuzlar o‘ng va chap sohili biotoplarida Corbicula purpurea va Corbicula fluminalis lar tarqalgan lekin ularning zichligi boshqa turlarga qaraganda kam bo‘lib 1 m2 da o‘rtacha 0,8-0,9 tani tashkil etadi [60; B.86-87; 70; S.570-579; 74; S.61-69.].
Baliqchilik xo‘jaligida tarqalgan barcha turlar 100% peloreofil ekologik guruhiga mansub. Turlarning baliqchilik xo‘jaligida tarqalishiga ko‘ra Corbiculina tibetensis, C.ferghanensis turlar evribiont turlarga, Sinanodonta orbicularis, S.gibba, Corbicula purpurea va C. fluminalis lar stenobiont turlarga mansubligini aniqladik.
Chimqo’rg’on baliqchilik xo‘jaligi - daryoning o‘rta qismida joylashgan, bu xo‘jalikka bir qism suvlarni “Eski Anhor” kanalidan olinadi. 1955 yildan boshlab Zarafshon daryosi suvini bir qismini Qashqadaryo havzasiga olib berish uchun “Eski Anhor” kanali barpo etilgan. Eski Anhor kanali orqali Zarafshon daryosi sohilida tarqalgan Sinanodonta, Colletopterum, Corbicula va Corbiculina avlodlari turlari Qashqadaryo havzasi suv tiplariga tarqalgan. Masalan, Chimqo’rg’on baliqchilik xo‘jaligida, ya’ni baliqchilik xo‘jaliklarining tashkil etilishi bilan suv ekotizimlari hududlarining kengayishi kuzatilmoqda. Ushbu sohada O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 7 avgustdagi “Tabiiy suv havza uchastkalarini baliq ovlash xo‘jaliklariga ijaraga berish va baliqchilikni rivojlantirish jamg‘armasini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi VM-593- sonli Qarori qabul qilingan.

4.3.2-rasm. Qashqadaryo havzasi baliqchilik xo‘jaliklarida Unionidae va Corbiculidae oilasi ikki pallali mollyuskalarining tarqalishi
Tabiiy suv havzalarida baliqchilikni rivojlanishi bilan gidrobiontlarning tarqalish areallari kengayishi kuzatiladi [3; B.18-19; 6; B.12-36; 8; B.21-26.].
XX asr oxiriga kelib quruqlik qismlaridagi zoogeografik to‘siqlarning inson tamonidan o‘zgartirilishi uzoq yillar davomida o‘zgarmay kelgan ko‘pgina joylar faunasi va florasiga katta ta’sirini ko‘rsatdi. Gidrofauna tarqalgan suv ekotizimlariga invazion turlarning kirib kelishiga olib kelgan. Hozirgi vaqtda Yevroosiyo hududining shimoliy-sharqiy hududlar uchun invazion tur bo‘lgan Sinanodonta woodianani populyasiyasini alohida ko‘rsatib o‘tish mumkin. Baliqlarning turlari bilan kelish ehtimoli yuqori bo‘lgan Sinonodonta woodiana ning O‘rta Osiyoning janubiy hududlarida, O‘zbekistonda mavjudligi yoki tarqalib ketganligi to‘g‘risida aniq tahlillar mavjud emas [79; B.83-85; 80; B.380-384; 83; B.107-109.] .
Bizdan oldingi tadqiqotlarni tahlil qilish va bizning o‘rganishlarimiz asosida Chimqo’rg’on baliqchilik xo‘jaligi hududida mollyuskalarning 9 turi 2 kenja turi uchrashi tahlil qilindi (4.3.1- jadval). Bu hududdagi baliq boqiladigan hovuzlarda Qashqadaryo hududidagi boshqa baliqchilik xo‘jaligiga qaraganda Unionidae va Corbiculidae oilalariga mansub ikki pallali mollyuskalar turlar tarkibi boyligi kuzatiladi (4.3.2-rasm). Bu hovuzlarda ikki pallali mollyuska sonining boyligi sabablaridan biri – hovuzlarga Zarafshon daryosi sohilida tarqalgan Sinanodonta orbicularis, S.gibba va S.puerorum uchraydi. Chimqo’rg’on baliqchilik xo‘jaligi hududidagi hovuzlar o‘ng-chap sohili loylarida mollyuskalardan Sinanodonta orbicularis, S. puerorum va S.gibba zichligi 1,2-1,4 tani tashkil etadi.

Yüklə 8,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin