02 11 2023 Jabborova Dissertatsiya qayta ko\'rilgan
Yangiqo’rg’on suv ombori -Qashqadaryo suv havzasidagi Yakkabog‘daryo sohilida Yangiqo’rg’on suv ombori barpo etilgan bo‘lib maydoni 1,5 km2 ni tashkil etadi. Yillik suv hajmi 1,62 mln.m3 ni tashkil etadi. Daryolar, suv omborlari suv ekotizimlaridagi ikki pallali mollyuskalar biologik xilma-xilligini himoya qilishda muhim ahamiyatga ega. Hozirgacha Yangiqo’rg’on suv ombori ikki pallali mollyuskalari faunasi o‘rganilmagan. Biz 2016-2020 yillarda ushbu hududda materiallar terib ikki pallali mollyuskalarning turlar tarkibini aniqladik. O‘rganishlar natijasida suv omborida 5 tur tarqalgan bo‘lib, ular 2 oila va 3 avlodga kiradi (4.4.2 – jadval, 4.4.9- rasm.).
Yakkabog‘daryosi suvlari bilan Euglesidae oilasi Euglesia avlodidan Euglesa obliquata, E.terekense turlari tarqalganligi kuzatildi 1 m2 joyda 1,1-1,3 tadan uchraydi. Suv omborining o‘ng va chap sohilida qumli biotoplarda Corbicula avlodida Corbicula purpurea tarqalgan bo‘lib 1 m2 da o‘rtacha 1,4 tadan tarqalgan. Suv ombori va undan oqib chiquvchi kanalda Corbiculina avlodidan Corbiculina tibetensis, C. ferghanensis tarqalgan. Ushbu turlar Yakkabog‘daryosida tarqalgan bo‘lib suv va baliqlar bilan Yangiqo’rg’on suv omboriga o‘tgan, toshloq qumli biotoplarda tarqalgan 1m2 da 1,7-1,8 tadan uchraydi va boshqa turlarga nisbatan zichligi katta.
Yangiqo’rg’on suv omborida ikki pallali mollyuskalarning 3 xil ekotizimlarda: suv osti balchiqlarida peloreofil 3 tur (Corbicula purpurea, Corbiculina tibetensis, C.ferghanensis), chashma buloqlarda oqib turuvchi suvlarda krenofil 1 tur (Euglesa terekense) va oqar suvlar balchiqlarida pelolimnofil 1 tur (Euglesa obliquata) tarqalgan. Suv omborida suv sathining o‘zgarib turishida ikki pallali molyuskalarning tarqalishiga o‘z tasirini ko‘rsatadi. Suv omborda peloreofillar 60 %, krenofillar 20 % va pelolimnofillar 20 % ni tashkil etadi. Corbiculina tibetensis va C. ferghanensis keng tarqalgan evribiont turlar ekanligi va qolgan turlar esa stenobiont turlar ekanligi aniqlandi [19; B.65-85; 24; B.17-18.].