O‘zbekiston respublikasi o liy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi qarshi davlat universiteti qo‘lyozma huquqida udk


-rasm. Yangiqo’rg’on suv omboridan materiallar yig‘ilgan joylar



Yüklə 8,4 Mb.
səhifə34/48
tarix30.11.2023
ölçüsü8,4 Mb.
#170110
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   48
02 11 2023 Jabborova Dissertatsiya qayta ko\'rilgan

4.4.9-rasm. Yangiqo’rg’on suv omboridan materiallar yig‘ilgan joylar.
Umuman, o‘rganishlar natijasida suv omborida 5 tur tarqalgan bo‘lib ular 2 oila va 3 avlodiga mansubdir. Yangiqo’rg’on suv omborida 5 tur biz tomonimizdan birinchi marta aniqlandi.
Daryoning minerallanishi daryo suvining ko‘pligi va to‘yinish rejimiga bog‘liq. Daryolarning gidroximiyaviy tartibi daryoning suv ko‘pligi gidrologik fazasi tartibiga bog‘liq. Qashqadaryo havzasidagi suv omborlarda olib borgan o‘rganishlarimiz suv muhiti omillarining ikki pallali mollyuskalarga ta’siri tahlil qilindi. Daryo havzasidagi Chimqo’rg’on, Pachkamar va Qamashi suv omborlarida tahlillar o‘tkazildi. Chimqo’rg’on suv omborida suv harorati 14-22 0S, tiniqligi 0,46-0,56 m., xlorid (Cl) 262±23 mg/l, suvning minerallashuvi 870±68 mg/l, O2 kislorod miqdori 5,2±1,2, neft va neft mahsulotlari 0,04±0,1 atrofida ekanligi aniqlandi. Bu hududda 13 tur ikki pallali mollyuskalar Sinanodonta gibba, S.orbicularis, S.puerorum, Colletopiterum bactrianum, C.cyreum sogdianum, C.ponderosum volgense, Euglesa obliquata, Kuiperipisidium sogdianum, Corbicula cor, C.fluminalis, C.purpurea, Corbiculiina tibetensis, C.ferghanensis tarqalganligi o‘rganildi (4.2.3-jadval). Pachkamar suv omborida suv harorati 12-20 0S, tiniqligi 0,48-0,58 m., xlorid (Cl) 224±12 mg/l, suvning minerallashuvi 881±68 mg/l, O2 kislorod miqdori 5,2±1,2, neft va neft mahsulotlari 0,02±0,1 bo‘lib, suv muhiti omillari sifatida mollyuskalarga ta’sir ko‘rsatadi. Suv omborida 10 tur tarqalgan Sinanodonta orbicularis, S.puerorum, Colletopterum cyreum sogdianum, Euglesa hissarica, Kuiperipisidium terekense Corbiculacor, C. flumiinalis, C.purpurea, Corbiculina tibetensis, C. ferghaniensis. Qamashi suv omborida suv harorati 15-24 0S, tiniqligi 0,45-0,54 m., xlorid (Cl) 298±21 mg/l, suvning minerallashuvi 976±62 mg/l, O2 kislorod miqdori 4,9±0,84, neft va neft mahsulotlari 0,05±0,1 bo‘lib bu hududda Sinonodonta gibba, Colletopterum cyreum sogdianum, Corbicula cor, Corbiculina tibetensis, C. ferghanensis turlari uchraydi. Suv omborlarida turlar tarqalish zichligi bilan bir-biridan farq qiladi.
Sun’iy suv havzalari bo‘lib hisoblangan suv omborlarining barpo etilishi turlarning keng hududlarga tarqalishiga va areallarining kengayishiga olib kelgan [13; B.11-12; 28; B.108-110. 1; B.19-22; 2; B.108-110.].
Qashqadaryo havzasi suv omborlarida olib borilgan tadqiqotlarimiz natijasida qo‘yidagi xulosalarga kelindi: Pachkamarda 9 tur va 1 kenja tur, Chimqo’rg’onda 11 tur va 2 kenja tur, Qamashida 5 tur va 1 kenja tur, Hisorakda 7 ta tur, Dehqonobodda 5 tur, Nug‘aylida 3 tur va Yangiqo’rg’onda 5 tur ikki pallali mollyuskalar tarqalganligi, bu turlar biz tomonimizdan birinchi marta aniqlandi. Qashqadaryo havzasi suv omborlari suv ekotizimi muvozanatining buzilishi, xususan, suv gidrorejimini buzilishi ma’lum darajada ikki pallali mollyuskalarning tadqiq qilinayotgan turlarining miqdori va zichligiga ta’sir ko‘rsatadi. Beqaror ekotizim sharoitlarida mollyuskalar model turlari miqdorining tabiiy o‘zgarib turishi kuzatiladi. Tabiiy muhitning transformatsiya sharoitlarida ikki pallali mollyuskalar faunasi taksonomik tarkibining o‘zgarishi (antropogen faktorlar ta’siriga beriluvchan bo‘lgan stenobiont va tor arealli, noyob yo‘qolib borayotgan turlarning miqdorini kamayishi) kuzatiladi.

Yüklə 8,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin