O‘zbekiston respublikasi o liy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi qarshi davlat universiteti qo‘lyozma huquqida udk


-§. Kanallarda ikki pallali molyuskalar tarqalishi va zichligi



Yüklə 8,4 Mb.
səhifə35/48
tarix30.11.2023
ölçüsü8,4 Mb.
#170110
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   48
02 11 2023 Jabborova Dissertatsiya qayta ko\'rilgan

4.5-§. Kanallarda ikki pallali molyuskalar tarqalishi va zichligi
Qarshi magistral kanali - suvni Amudaryo daryosidan olib, 7 ta nasos stansiya kaskadlari orqali ko‘tarib, 78,4 km uzunlikda Talimarjon suv omboriga yetkazib beradi. Kanalning o‘rtacha suv sarfi 175 m3/s, maksimal suv sarfi 195 m3/s. Qarshi magistral kanali bosh qismi to‘liq Turkmaniston hududidan o‘tadi. Qarshi magistral kanali ishchi qismi Talimarjon suv omboridan boshlanib, Koson tumanida to‘g‘ridan-to‘g‘ri R-26 kanaliga bog‘lanib ketadi va kanalni umumiy uzunligi 105,2 km. ni tashkil etadi. Kanalning bosh qismida maksimal suv sarfi 350 m3/s, o‘rta qismida 204 m3 /s va keyingi oxirgi qismlarida 104 m 3/s ni tashkil etadi. Kanalning bosh qismidan 22 km uzunlikda kanal beton qoplama bilan qoplangan. Qashqadaryo havzasi suv tiplari ichida kanallarning ahamiyati katta. Qarshi cho‘lini suv bilan ta’minlash maqsadida Amudaryo Qarshi magistral kanali bilan suv keltirilgan. Qarshi magistral kanalining umumiy uzunligi 200 km. dan ortiq. Respublikamizda ikki pallali mollyuskalarning kanallarda tarqalishi, zichligi
va ekologiyasi bo‘yicha ma’lumotlar to‘liq emas. Bunday ma’lumotlar Z.I Izzatullayev (1992, 2011, 2019, 2020, 2021), X.T.Boymurodov (2010, 2014, 2018, 2020) tadqiqotlarida ko‘rsatib o‘tilgan. [14; S.44-48; 60; B.86-87.].
Tadqiqotlarimiz natijasida Qarshi magistral kanalida va uning atrofi suv ekotizimlarida mollyuskalarning 9 turi, 2 kenja turi tarqalganligi aniqlandi. Ular 2 oila 4 avlodiga taalluqli (4.5.1-jadval).
Qarshi magistral kanali ikki pallali mollyuskalari faunasi Qashqadaryo daryosi boshqa kanallariga nisbatan boydir. Kanalning Amudaryodan suv olishi Amudaryoda tarqalgan Sinanodonta orbicularis, S.gibba va S.puerorum turlarining kanal bilan kelib Qashqadaryo daryosi suv tiplariga ham tarqalganligini o‘rgandik. Ular 1,5-2,8 m. chuqurliklarda uchraydi, 1m2 joyda zichligi qo‘yidagicha Sinanodonta orbicularis 1,4 tadan, S.gibba 1,1 tadan va S.puerorum 0,9 tadan tarqalgan. Kanalning atrofida mollyuskalardan Colletopterum bactrianum, C. Cyreum sogdianum, C.ponderosum volgense tarqalgan. Ushbu turlar Amudaryoning o‘rta oqimida tarqalgan turlar bo‘lib, ular suv va xumbosh, oq amur, boshqa baliqlar migratsiyasi orqali Amudaryodan Talimarjon suv omboriga undan Qarshi magistral kanaliga o‘tib tarqalgan. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan Xitoy kompleks baliqlari 1980 yil Amudaryo suv tiplarida iqlimlashtirilgan. Kanalda boshqa turlarga qaraganda Colletopterum bactrianum, C.cyreum sogdianum, C. ponderosum volgenselarning zichligi kam 1m2 da o‘rtacha 0,5-1,8 tagacha uchraydi. Kanal va uning atrofidagi hovuz va ariqlarning biotoplarida Corbicula cor, C.purpurea, C.fluminalis, Corbicula tibetensis, C.ferghaninsis tarqalgan bo‘lib, ularning o‘rtacha zichligi 1 m2 da 1,9-3,1 tani tashkil etadi. Qarshi magistral kanalida tarqalgan turlar 3 xil ekologik guruhlarni hosil qilgan, oqar suvlar loylarida - peloreofillar 8 turi (Sinonodonta orbicularis, S.gibba, S.puerorum, Corbicula cor, C.purpurea, C.fluminalis, Corbiculina tibetensis, C.ferghaninsis) oqar suvlarda - reofillarning 2 turi (Colletopterum cyreum sogdianum, C.ponderosum volgense) va suv osti balchiqlarida pelolimnofillar1 turi

Yüklə 8,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin