O‘zbekiston respublikasi o liy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi qarshi davlat universiteti qo‘lyozma huquqida udk


Dehqonobod suv omborida ikki pallali mollyuskalari faunasining shakllanishiga quyidagi faktorlarning ta’sirini o‘rganildi



Yüklə 8,4 Mb.
səhifə32/48
tarix30.11.2023
ölçüsü8,4 Mb.
#170110
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   48
02 11 2023 Jabborova Dissertatsiya qayta ko\'rilgan

Dehqonobod suv omborida ikki pallali mollyuskalari faunasining shakllanishiga quyidagi faktorlarning ta’sirini o‘rganildi:


1. Euglesa hissarica, Euglesa turkestanika Kichik Uradaryo daryosining tog‘ mintaqasi hududida joylashgan buloq, chashmalar va ulardan oqib chiqadigan suvlarda tarqalgan bo‘lib, Dehqonobod suv omborining qurilishi bilan unga buloq va chashmalar suvlari qo‘yiladigan yuqori qismlarida tarqalgan.
2. Corbiculina tibetensis, Corbiculina ferghanensis, Corbicula purpurea, turlari Kichik Uradaryo suv tiplarida mavjud bo‘lib suv omborining tashkil etilishi bilan suv maydonlari kengayib turlarning tarqalish areallari kengaygan.
No‘g‘ayli suv ombori - Qashqadaryo havzasida joylashgan bo‘lib maydoni 0.587 km2 ni va hajmi 0,50 million m2 ni tashkil etadi. Suv omborining barpo etilishi Qashqadaryoda katta hududni sug‘orish imkonini yaratgan. Suv havzasida tarqalgan ikki pallali mollyuskalar suvdagi muallaq holatda bo‘lgan sodda hayvonlar bilan oziqlanadi va suv filtrlashda ishtirok etadigan eng muhim tabiiy tozalovchilar bo‘lib hisoblanadi.
Hozirgacha Qashqadaryo havzasidagi No‘g‘ayli suv omboridagi ikki pallali mollyuskalar to‘liq o‘rganilmagan. Keyingi yillarda ikki pallali mollyuskalarni asosan V.I.Jadin (1938,1952), A.F.Alimov (1981, 1982), Ya.I Starobogatov, Z.I.Izzatullayev (1978, 1982, 1985) A. V Kornyushin (1996, 1998) larning ilmiy tadqiqot ishlarida zamonaviy usul va uslublardan foydalanilishi bu mollyuskalarning taksonomik tuzilishida muhim natijalarga olib keldi (4.4.8 – rasm).
O‘rganishlar suv omborida ikki pallali mollyuskalarning 3 turini yashashi aniqlandi. 1 oila va 2 avlodiga mansubdir (4.4.2 – jadval).



4.4.8 - rasm. No‘g‘ayli suv omboridan materiallar yig‘ilgan joylar
Suv omborining loy ekotizimlari ko‘p bo‘lgan o‘ng qismida Corbicula cor, Corbicula fluminalis va Corbiculina ferghanensislar uchraydi. Ularning hajmi kichikroq bo‘lganligi sababli loylar orasida 1m2 da 1,1-1,4 tadan uchraydi. Hudud suvlarida jami 3 turining yashashi aniqlandi.

Yüklə 8,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin