O‘zbekiston respublikasi o liy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi qarshi davlat universiteti qo‘lyozma huquqida udk


Qashqadaryo havzasi suv omborlarida Unionidae, Euglesidae, Pisididae va Corbiculidae oilalari ikki pallali mollyuskalarining tarqalishi va ekologik guruhlari



Yüklə 8,4 Mb.
səhifə28/48
tarix30.11.2023
ölçüsü8,4 Mb.
#170110
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   48
02 11 2023 Jabborova Dissertatsiya qayta ko\'rilgan

Qashqadaryo havzasi suv omborlarida Unionidae, Euglesidae, Pisididae va Corbiculidae oilalari ikki pallali mollyuskalarining tarqalishi va ekologik guruhlari



Turlar

Pachkamar suv
Ombori

Chimqo’rg’on suv ombori

Qamashi suv
Ombori

Hisorak suv
ombori

Dehqonobod suv ombori

Nug‘ayli suv
ombori

Yangiqo’rg’on suv ombori

Ekologik guruhlari

1.

Sinanodonta gibba

-

1,1±0,4

0,7±0,1

-

-

-

-

Peloreofil

2.

Sinanodonta orbicularis

0,7±0,2

0,9±0,2

-

0,8±0,1

-

-

-

Peloreofil

3.

Sinanodonta puerorum

0,6±0,1

1,2±0,5

-

0,9±0,2

-

-

-

Peloreofil

4.

Colletopterum bactrianum

-

0,6±0,1

-

-

-

-

-

Reofil

5.

Colletopterum cyreum sogdianum

1,0±0,3

1,4±0,4

0,9±0,2

-

-

-

-

Reofil

6.

Colletopterum ponderosum volgense

-

0,8±0,2

-

-

-

-

-

Pelolimnofil

7.

Euglesa hissarica

2,1±0,5

-

-

-

2,1±0,4

-

-

Pelolimnofil

8.

Euglesa turkestanica

-

-

-

1,3±0,2

1,2±0,3

-

-

Pelolimnofil

9.

Euglesa obliquata

-

1,2±0,4

-

-

-

-

1,1±0,3

Pelolimnofil

10.

Kuiperipisidium terekense

1,8±0,4

-

-

-

-

-

1,3±0,2

Krenofil

11.

Odhneripisidium sogdianum

-

1,4±0,4

-

1,3±0,3

-

-




Krenofil

12.

Corbicula cor

1,2±0,3

1,5±0,4

1,3±0,5

-

-

1,1±0,2

-

Peloreofil

13.

Corbicula fluminalis

1,4±0,4

1,6±0,5

-

1,6±0,4

-

1,2±0,1

-

Peloreofil

14.

Corbicula purpurea

1,7±0,6

1,8±0,6

-

1,7±0,4

1,1±0,3

-

1,4±0,4

Peloreofil

15.

Corbiculina tibetensis

2,4±06

2,9±0,5

2,1±0,7

2,1±0,6

1,7±0,4

-

1,7±0,3

Peloreofil

16.

Corbiculina ferghanensis

2,8±0,7

3,1±0,4

2,2±0,3

-

1,9±0,5

1,4±0,3

1,8±0,4

Peloreofil




Jami:

10

13

5

7

5

3

5





4.4.3- rasm. Pachkamar suv omboridan materiallar yig‘ilgan joylar
Amudaryodan Amu-Buxoro kanali orqali Zarafshon daryosining suv havzalariga va Qarshi magistral kanali orqali Qashqadaryo havzasidagi Talimarjon suv omboriga o‘tgan.
Oq amur va oq do’ngpeshona baliqlarining iqlimlashtirilishi bilan Xitoy tishsiz mollyuskasi: Sinanodonta orbicularis, S.puerorum, Pachkamar suv omboriga suv oqimi vositasida kelib qolgan. Bu baliqlarda Xitoy tishsizlarining (gloxidiy) lichinkalari parazitlik qiladi. Hozirgi kunda bu mollyuskalar O‘zbekistonning barcha sun’iy va tabiiy suv havzalarida keng tarqalgan. Amudaryo quyi oqimi va Sirdaryo suvlarida tabiiy holda ko‘paymoqda. Pachkamar suv omborida Sinanodonta puerorum lar 1-2,5 m chuqurliklarida 1m2 da o‘rtacha hisoblaganda 0,6 dona to‘g‘ri keladi. Pachkamar suv ombori suvining harorati mollyuskalarning nafaqat o‘sishi va ko‘payishiga ta’sir qiladi, balki ularning tarqalishida va suv havzasida hududiy taqsimlanishida muhim rol o‘ynaydi. Sinanodonta orbicularis suv ombori o‘ng sohili biotoplarida tarqalgan 1m2 da o‘rtacha 0,7 donani tashkil etdi. Qashqadaryoda o‘rta qismida Sinanodonta gibba, Colletopterum bactrianum, Colletopterum ponderosum volgense va Colletopterium kokandicum lar uchramadi. Bunga sabab suv omborining bevosita daryo bilan bog‘liq emasligi ta’sir ko‘rsatgan bo‘lishi mumkin. Suv omboriga suv quyiladigan qismida, Colletopterum cyreum sogdianum turi uchradi [21; B.75-77; 39; B.44-46; 71; B.15-36.].
Suv omborda turlar zichligi haqidagi ma’lumotlar 4.4.2 – jadvalda keltirildi. G‘uzordaryosi sohilidagi buloq va chashmalar suvlari bilan suv omboriga suv quyiladigan qismda Euglesa hissarica, Odhneripisidium terekense lar tarqalgan ular 1m2 joyda 1,8-2,1 tadan uchraydi.
Suv ombori loylarida peloreofillardan 7 ta tur (Sinanodonta puerorum, Sinanadonta orbicularis, Corbicula cor, C.purpurea, C. fluminalis, Corbiculina tibetensis, C.ferganensis), oqar suvlarida 1 reofil (Colletopterum cyreum sogdianum ), oqar suvlar balchiqlarida pelolimnofil 1 tur (Euglesa hissarica) va buloq va chashmalarda yashovchi krenofil 1 tur (Odhneripisidium terekense) yashaydi. Suv omborida peloreofillar 70%, reofillar 10 %, pelolimnofillar 10 % va krenofillar 10 % tashkil etadi. Suv omborida tarqalgan 3 tur Corbiculina tibetensis, C.ferganensis va Euglesa hissarica keng tarqalgan evribiont turlar ekanligi va 7 tur kichik biotoplarda tarqalgan stenobiont turlar ekanligi aniqlandi. Pachkamar suv ombori barpo etilishi bilan ikki pallali mollyuskalarning suv omborida tarqalishiga va mollyuskalar faunasining shakllanishiga quyidagi omillar ta’sir etgan:
1. Pachkamar suv omborida ikki pallali mollyuskalarning tarqalishida oq do’ngpeshona balig‘i muhim rol o‘ynagan. U Amudaryodan Qarshi magistral kanali orqali Qashqadaryo havzasidagi suv omborlariga ham tarqalgan.
2. Baliqlar bilan tarqalgan ikki pallali mollyuskalar suv ombori suv muhitiga moslashib ketgan.
Chimqo’rg’on suv ombori - Viloyatning Qarshi va Chiroqchi tumanlari hududida qurilgan maydoni 49,1 km2 uzunligi 17,6 km, kengligi 7,5 km, suv sig‘imi 500 mln m3 ni tashkil etadi (4.4.2- rasm).
Chimqo’rg’on suv omboriga Zarafshon daryosidan suv oluvchi Eski anhor kanali suv ham tushadi. Suv omborlari ikki pallali mollyuskalarining faunasini har tomonlama o‘rganish muhim ahamiyatga ega bo‘lib suv muhitiga moslashgan turlar ko‘plab uchraydi [63; B.21-23; 73; B. 19; 76; B.176-177.].

4.4.4-rasm. Chimqo’rg’on suv omboridan materiallar yig‘ilgan hududlar.
Suv ekotizimida turlar zichligi turlicha bo‘lib ekologiyasidagi mavjud farqlar ham namoyon bo‘ladi. Z.I.Izzatullayev Markaziy Osiyo suv mollyuskalarini har tomonlama tahlillari asosida yangi turlarni asoslagan. Bu tadqiqotlar Z.I.Izzatullayevning 2010, 2016 yilda chop etilgan ishida umumlashtirilgan.
Bizgacha bo‘lgan tahlillar va bizning yig‘gan materiallarimiz asosida suv omborida 11 turi 2 kenja tur mollyuskalar aniqlandi (4.4.2 – jadval).
Chimqo’rg’on suv omborining biologik rejimi, bentos organizmlari va ikki pallali mollyuskalari shu vaqtgacha maxsus o‘rganilmagan edi. 1996-2010 yillar davomida suv omboriga balxash okuni, do’ngpeshona, oq amur baliqlari iqlimlashtirilgan, baliqlar bilan Colletopterum ponderosum volgense va xitoy tishsizlari - Sinanodonta gibba, S.orbicularis, S.puerorum lar tarqalgan. Colletopterum ponderosum volgense suv omborida 1,5-2,3 m. chuqurliklarda 1m2 da o‘rtacha zichligi 0,8 ni tashkil etadi. Suv omborining o‘ng va chap sohili biotoplarida Sinanodonta gibba, S. orbicularis, S.puerorum lar tarqalgan bo‘lib, Qashqadaryo boshqa suv tiplariga qaraganda suv ombori biotoplarida ularning zichligi katta. Masalan ushbu turlar 1,5-2,8 m. chuqurliklarda 1m2 da o‘rtacha zichligi 0.9-1,2 ni tashkil etishi aniqlandi (4.4.4-rasm).
Suv omboriga Zarafshon daryosidan suv oluvchi Eski Anhor kanali suvining tashlanishi, suvlar bilan Zarafshon daryosi ekotizimlarida tarqalgan Colletopterum cyreum sogdianum va Colletopterum bactrianum tarqalishiga olib kelgan bo‘lishi mumkin. Suv omborida ushbu turlar o‘rtacha zichligi 1,5-2,8 m. chuqurliklarda 1m2 da o‘rtacha Colletopterum cyreum sogdianum 1,4 ni, Colletopterum bactrianum 0,6 ni tashkil etadi.
Chimqo’rg’on suv ombori qirg‘oqlarida mollyuskalarning bo‘sh chig‘anoqlari ham uchraydi. Suv omboriga kichik buloq va chashmalar suvlari tushadigan yuqori qismida Euglesa obliquata va Odhneripisidium sogdianumlar tarqalgan, bu turlarning zichligi buloqlardagi zichligiga qaraganda kam. Masalan 1m2 da o‘rtacha Euglesa obliquata 1,2 tada va Odhneripisidium sogdianum 1,4 tada uchraydi. Suv omborida Corbicula avlodi suv omboridagi boshqa turlarga qaraganda zichligining kattaligi bilan ajralib turadi. Ular 1m2 da o‘rtacha 2,9-3,1 tadan uchraydi. Bu turlar yashash sharoitiga ko‘ra suv omborlar gidrologik rejimining o‘zgaruvchanligiga keng diapozonda moslashgan turlar deb aytish mumkin [89; B.37-46; 90; B.74-81.].
Suv omboridagi turlarning ekologik guruhlari to’g‘risidagi ma’lumotlar 4.4.2 – jadvalda keltirilgan.
Suv omborida tarqalgan 5 tur Corbicula cor, C.fliminalis, C.purpurea, Corbiculina tibetensis va C. ferghanensis lar tarqalish zichligi 1,6 dan ko‘p bo‘lib keng tarqalgan evribiont turlar ekanligi aniqlandi. Qolgan 9 ta tur Sinanodonta gibba, S.orbicularis, S.puerorum, Colletopterum ponderosum volgense, Euglesa obliquata, Colletopterum bactrianum, C.cyreum sogdianum, Odhneripisidium sogdianum lar tarqalish 1,5 dan kam bo‘lgan stenobiont turlar ekanligi o‘rganib chiqildi.
Xulosa shuki, Chimqo’rg’onda ikki pallali mollyuskalarning 11 turi 2 kenja turi aniqlandi

Yüklə 8,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin