O‘zbekiston respublikasi o liy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi qarshi davlat universiteti qo‘lyozma huquqida udk



Yüklə 8,4 Mb.
səhifə26/48
tarix30.11.2023
ölçüsü8,4 Mb.
#170110
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   48
02 11 2023 Jabborova Dissertatsiya qayta ko\'rilgan

4.3.1-jadval
Qashqadaryo havzasi baliqchilik xo‘jaliklarida Unionidae va Corbiculidae oilasi ikki pallali mollyuskalarning tarqalishi va ekologik guruhlari



Oila va turlar

Luxliko‘l baliqchilikxo‘ jaligi

Chimqo’rg’on baliqchilik xo‘jaligi

Qizilsuv baliqchilik xo‘jaligi

SHo‘rsoy balqchilik xo‘jaligi

Ekologik guruhlari




Unionidae
Oilasi



















Sinanodonta
Avlodi
















1.

Sinanodonta
Gibba

0,6±0,1

1,4±0,6

1,1±0,46

-

Peloreofil

2.

Sinanodonta
orbicularis

1,1±0,4

1,2±0,4

1,2±0,56

1,0±0,1

Peloreofil

3.

Sinanodonta
puerorum

-

1,3±0,5

-

-

Peloreofil




Colletopterum
Avlodi

-

-

-

-




4.

Colletopterum bactrianum

-

0,6±0,1

-

-

Reofil

5.

Colletopterum
cyreum sogdianum

-

1,4±0,4

1,4±0,2

-

Reofil

6.

Colletopterum ponderosum
volgense

-

0,7±0,2

-

-

Pelolimnofil




Corbiculidae
Oilasi



















Corbiculdae
Avlodi
















7

Corbicula
Cor

-

1,8±0,6

1,8±0,2

-

Peloreofil

8

Corbicula
fluminalis

0,8±0,3

2,1±0,7

-

-

Peloreofil

9

Corbicula
purpurea

0,9±0,2

2,3±0,8

1,9±0,4

-

Peloreofil




Corbiculina
Avlodi
















10

Corbiculina
tibetensis

3,4±0,4

3,6±0,6

-

3,0±0,7

Peloreofil

11

Corbiculina ferghanensis

2,6±0,5

2,9±0,7

3,0±0,6

2,6±0,4

Peloreofil




Jami:

6

11

6

3






Baliqchilik xo‘jaligi maydonlaridan Sinanodonta gibba, S.puerorum S.orbicularis turlari ilk bor ko‘rsatilmoqda. Sinonodonta orbicularisning ushbu hududda solishtirma koeffitsienti 1,3 ni va S.gibba 1,4 ni tashkil etadi.
Hovuzlarning botqoqlashgan biotoplarida Colletopterum bactrianum, Colletopterium ponderosum volgense turlari uchradi. Bu turlar 0,5-1,9 m chuqurliklarda 1 m2 hududda o‘rtacha 0,6-0,8 tagacha mavjud. Xo‘jalikda Corbiculina tibetensis, C. ferghanensis turlari zichligining kattaligi bilan ajralib turadi. Masalan ushbu turlar 1 m2 joyda 2,9-3,6 tadan qumloq biotoplarda tarqalgan [130; P.469-482; 132; P.231-252; 136; P.28-29.].
Hovuzlarning oqar suvlari loylarida yashovchi peloreofillar 8 tur (Sinanodonta gibba, S.orbicularis, S.puerorum, Corbicula purpurea, C.cor, C.fluminalis, Corbiculina tibetensis, C.ferghanensis) va oqim mavjud suvlarda reofillardan 2 tur (Colletopterum bactrianum,C.syreum sogdianum) va oqar suvlar balchiqlarida – pelolimnofillarning 1 turi (Colletopterium ponderosum volgense) yashaydi. Hudud hovuzlarida peloreofil ekologik guruhiga kiruvchi turlar 67 % ni, reofil ekologik guruhiga kiruvchilar 16,5 % ni va peloreofil ekologik guruhiga kiruvchilar 16,5 % tashkil etadi. Baliqchilik xo‘jaligida evribiont turlarga 5 tur Corbicula purpurea, C.cor, C.fluminalis, Corbiculina tibetensis, C. ferghanensis va stenobiont turlarga 7 tur Sinanadonta gibba, S.orbicularis, S.puerorum, Colletopterum bactrianum, C.cyreum sogdianum, C.ponderosum volgense, S.kokandicum kirishi aniqlandi.
Qizilsuv baliqchilik xo‘jaligi – Qashqadaryo havzasida barpo etilgan bo‘lib, 5 ta hovuzlarda baliq ko‘paytirish ishlari olib borilmoqda. Ushbu baliqchilik xo‘jaligida 2014, 2016, 2019 yillar davomida do’ngpeshona, oq amur, hamda mahalliy baliqlar zog‘ora va oq sla iqlimlashtirilgan. Hovuzlarda 5 turi va 1 kenja tur mavjudligini ko‘rsatmoqda (4.3.1-jadval).
Hovuzlarda Unionidae oilasi Sinanadonta avlodi turlari zichligi jihatidan ko‘p uchraydi. Masalan, Sinanadonta gibba va S.orbicularis ning 1m2 hududda 2,6-3,0 mavjud. Sinanadonta puerorum turi uchramaydi. Colletopterum avlodidan Colletopterum cyreum sogdianum turi hovuz loyli joylarida 1m2 hududda 1,4 mavjud. Colletopterum ponderosum volgense va C.bactrianumlar turlari baliqchilik xo‘jaligida uchramadi. Qashqadaryo sohili suv boyliklaridan qishloq xo‘jaligida, maishiy xo‘jalikda, sanoatni suv bilan ta’minlashda, baliqchilikda va rekratsion maqsadlarda foydalanish natijasida suv resurslarining ifloslanishi ro‘y bermoqda, suvning ifloslanishi suvdagi gidrobiontlar, ikki pallali mollyuskalar tarqalishi, zichligiga va ekologik guruhlarining hosil bo‘lishida o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda. Masalan, C.cor, C. purpurea turlari zichligi boshqa suv tiplariga qaraganda baliqchilik xo‘jaliklarida kam ekanligini aniqlandi. 4.3.1-jadval turlar tarqalish zichligi haqidagi ma’lumotlar keltirilgan. Corbiculina ferghanensis evribiont tur ekanligi qolgan turlar stenobiont turlarga mansubligi o‘rganildi.
Sho‘rsoy baliqchilik xo‘jaligi – Baliqchilik xo‘jaligi hovuzlarini Qashqadaryo suvlari bilan to‘ldiradi. Hovuzlar sathi kuz fasliga kelib pasayada, hovuzlar faunistik tarkibi o‘rganilmagan. Tahlillar 3 tur yashashini ko‘rsatdi (4.3.1-jadval).
Sinanodonta gibba, Sinanodonta puerorum, Colletopterum bastrianum, Colletopterium cyreum sogdianum, Colletopterium ponderosum volgense, Colletopterium kokandicum, Corbicula cor, Corbicula purpurea, Corbicula fluminalislar hovuzlarda uchramadi. Xo‘jalikning 2010 yilda yangidan tashkil etilishi Unionidae va Corbiculidae turlar soni kamligi va uchramasligi bilan ajralib turadi. Hovuzning loyli joylarida Sinanodonta avlodining bir vakili S.orbicularis tarqalgan bo‘lib, uning zichligi 1,0 ni tashkil etadi. Hovuzning qumloq biotoplarida Corbiculina tibetensis zichligi 3,0, C.ferghansis zichligi 2,6 ga teng. Xulosalar: Luxliko‘lda 6 tur, Chimqo’rg’onda 9 tur va 2 kenja tur, Qizilsuvda 5 tur va 1 kenja tur va Sho‘rsoyda 3 tur tarqalganligi, ular peloreofil, reofil va pelolimnofil ekologik guruhlariga mansubligi tahlil qilindi. Kuzatishlar baliqchilik xo‘jaligi hovuzlarida Sinanodonta avlodi turlari birinchi ko‘rsatildi.
4.4-§. Suv omborlarida ikki pallali mollyuskalari tarqalishi va zichligi
Keyingi yillarda respublikamizda atrof-muhitni muhofaza qilish va ekologik holatni yaxshilash, chuchuk suv zahiralaridan samarali foydalanish bo‘yicha qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Buning natijasida mamlakatimizda ekotizimni barqaror saqlash, suv resurslaridan oqilona foydalanish, oqova suvlarni tozalash va sanoat chiqindilarini zararsizlantirish, shuningdek, ichimlik suvini ekologik jihatdan toza bo‘lishiga erishilmoqda. Aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlashda va qishloq xo‘jaligi suv ta’minotini yaxshilashda sun’iy suv tiplari, suv omborlarining ahamiyati katta. Qashqadaryo havzasidagi Pachkamar, Chimqo’rg’on, Qamashi, Hisorak, Dehqonobod, Nug‘ayli va Yangiqo’rg’on suv omborlarida Unionidae, Pisididae, Euglesidae va Corbiculidae oilalari ikki pallali mollyuskalari tarqalishi maxsus o‘rganildi (4.4.1- jadval).

Yüklə 8,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin