Pachkamar suv ombori - G‘uzor daryosi sohilida barpo etilgan. Suv omborini Kattao‘ra va Kichiko‘ra daryolari suvi bilan to‘ldiriladi. Omborning umumiy uzunligi o‘rta hisobda 3,8 km, kengligi 1,9 km. Suv yuzasi maydoni 13,7 km2, chuqurligi 52 m, o‘rtacha chuqurligi 32 m. Suv tipi daryoning ko‘p yillik suv rejimini doimiy ravishda tartibga solib turadi.(4.4.3- rasm).
O‘rta Osiyodagi Qashqadaryo havzasi suv omborlari ikki pallali mollyuskalarining faunasini har tomonlama o‘rganish muhim ahamiyatga ega. Suv ekotizimida tabiiy sharoitning xilma-xilligi noyob, endemik va relikt turlarning tarqalishiga olib kelgan. Suv ekotizimlarida turlarning murakkab tarqalishi bilan birgalikda faunistik komplekslar, bir turning turli xil populyasiyalari ekologiyasida farqlar nomoyon bo‘lishi kuzatiladi. Qashqadaryo havzasi suv omborlari, jumladan, Pachkamar suv ombori faunasi, turlari xilma-xilligi, ma’lum biogeotsenozlardagi muhim bioekologik xususiyatlari va turlarini tarqalish qonuniyatlarini maxsus o‘rganish nazariy va amaliy ahamiyatga kasb etadi.
Shu davrgacha I.Jadin (1952), Z.Izzatullayev (1980), YA.Starobogatov, Z.Izzatullayevlarning (1984) Qashqadaryo havzasi yirik ikki pallali mollyuskalarining ayrim taksonomik o‘rni va ekologik xususiyatlari to‘g‘risida ma’lumotga ega edik. Qashqadaryo havzasi buloq va chashmalarida tarqalgan Pisididae va Euglesidae oilalariga kiruvchi kichik bo‘lgan ikki pallali mollyuskalar o‘rganilmagan.
Pachkamar suv ombori ikki pallali mollyuskalari bo‘yicha maxsus tadqiqot ishlari olib borilmagan.
Tadqiqot jarayonida 2014-2021 yillar davomida Qashqadaryo havzasi suv omborlari va ularning atrofidagi suv tiplaridan 210 dan ortiq namunalar olishga muvaffaq bo‘ldik va mollyuskalarning zichligi va suv tiplarida tarqalishini o‘rganishga erishdik. Shunday qilib, tadqiqotlarimiz natijasida Pachkamar suv omborida 9 turi 1 kenja tur uchrashi o‘rganildi (4.4.2 – jadval, 4.4.3-rasm).
Ikki pallali mollyuskalarning tarqalishida oq do’ngpeshona balig‘i muhim rol o‘ynaydi. Oq do’ngpeshona karpsimonlar oilasining turi hisoblanadi. Xitoyning markaziy va shimoliy suv havzalarida keng tarqalgan. O‘rta Osiyoga, xususan, O‘zbekistonga 1960-1963 yillarda keltirilib, iqlimlashtirilgan.