O‘zbekiston respublikasi o liy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi qarshi davlat universiteti qo‘lyozma huquqida udk


- rasm. Hisorak suv omboridan materiallar yig‘ilgan joylar



Yüklə 8,4 Mb.
səhifə30/48
tarix30.11.2023
ölçüsü8,4 Mb.
#170110
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   48
02 11 2023 Jabborova Dissertatsiya qayta ko\'rilgan

4.4.6- rasm. Hisorak suv omboridan materiallar yig‘ilgan joylar
Mollyuskalar populyasiyalari zichligi deganda ma’lum maydon birligiga to‘g‘ri keluvchi turlar soni tushuniladi. Bu yerda Corbiculidae oilasiga mansub turlar son jihatidan kam bo‘lib suv omborining loy bosgan qamishlar o‘sgan joylarida loy ostiga ko‘milgan holda yashaydi [115; B.30-36; 118; B.19-32.].
Corbicula fluminalis, C.purpurea va Corbiculina tibetensis turlari ikki pallali mollyuskalari populyasiyalardagi miqdori va zichligi bir-biri bilan chambarchas bog‘langan, shuning uchun u yoki bu populyasiya haqida gap borganda uning soni va zichligi barobar e’tiborga olinadi.
Hisorak suv omborida Corbicula fluminalis 1 m2 joyda 1,6 donadan uchrasa C. purpurea 1 m2 joyda 1,7 tadan va Corbiculina tibetensis 1 m2 da o‘rtacha 2,1 donadan tarqalgan. Hisorak suv omboriga Oqsuv daryosi qo‘yilgan qismidagi suvlaridan Euglesa turkestanika, Odhneripisidium sogdianum lar terildi va o‘rganildi. Birinchi va oxirgi ko‘rsatib o‘tilgan turlar soni ko‘p. Yuqorida ko‘rsatilgan turlar Oqsuv daryosi yuqori qismidagi buloqlarda tarqalgan bo‘lib, suv bilan suv omboriga ham kelib tarqalgan. Suv omborining suvlari olib kelgan qoldiqlarda Odhneripisidium sogdianum turlarining bo‘sh chig‘anoqlarini ham uchratdik. Suv omborlari suvlarining issiqlik sig‘imi nihoyatda katta bo‘lganligi suvning harorati sutka va fasllar ichida yer va atmosfera haroratiga nisbatan ancha kam va sekin o‘zgaradi. Bu omil ikki pallali mollyuskalar hayotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Suv ombori suvidagi kislorod Euglesa, Odhneripisidium avlodlari turlari ikki pallali mollyuskalar organizmga qon orqali o‘tib modda almashinuvini ta’minlash bilan birga o‘sish, urchish, qishlash, migratsiya etish, ovqat hazm qilish, nafas olish kabi barcha jarayonlarda katta rol o‘ynaydi. Suv omborida Euglesa turkestanika turlarining zichligi buloq va chashmalardagi zichligidan kam. Masalan, Euglesa turkestanika ni 1 m2 joyda 1,2- 1,3 donadan uchraydi. Odhneripisidium sogdianum 1 m2 joyda 1,3 tadan tarqalgan .
Hisorak suv omborida ikki pallali mollyuskalar 3 xil ekologik guruhlarni hosil bo‘lgan: suv osti balchiqlarida - pelolimlofil 1 turi (Euglesa turkestanika ), buloq va chashma suvlari ariqlarda – krenofil 1 tur (Odhneripisidium sogdianum), oqar suvlar loylarida peloreofillarning 5 turi (Sinanodonta orbicularis, S. puerorum, Corbicula fluminalis, C. purpurea va Corbiculina tibetensis) yashaydi. Suv omborida pelolimnofillar 14 % ni , krenofillar 14 % ni va peloreofillar 72 % tashkil etadi.
Suv omborida Corbicula fluminalis, C. purpurea va Corbiculina tibetensis zichligi 1 m2 joyda 1,5 tadan ko‘p uchraydi shuning uchun ularni keng tarqalgan evribiont turlarga kirishi va qolgan Euglesa turkestanika, Odhneripisidium sogdianum, Sinanodonta orbicularis, S. puerorum turlar kichik hududda tarqalgan zichligi kam stenobiont turlarga kirishi aniqlandi.
Hisorak suv ombori barpo etilishi bilan ikki pallali mollyuskalarning suv omborida tarqalishiga va mollyuskalar faunasining shakllanishiga qo‘yidagi omillar ta’sir etadi:
1) Hisorak suv omborining barpo etilishi bilan Oqsuv daryosi sohilida buloq, chashmalarda tarqalgan Euglesa turkestanika, Odhneripisidium sogdianum turlari suv bilan suv omborlarida tarqalishiga olib kelgan;
2) Suv omborida baliqlarni iqlimlashtirish bilan Sinanodonta orbicularis, S. puerorum tarqalgan.
Tadqiqotlar natijasida Hisorak 7 tur uchradi, Bu tahlil qilingan turlar ular 4 oila va 5 avlodiga kirishi aniqlandi.
Dehqonobod suv ombori – viloyatning Dehqonobod tumani hududida qurilgan, Uradaryo daryosidan suv oladi. Uning suv to‘plashida asosiy manba bo‘lib, kichik Uradaryo hisoblanadi. Suv ombori 1981 yil tashkil etilgan bo‘lib, hajmi 27,2 mln.m3, to‘g‘on maksimal balandligi 37,4 m, maksimal suv chiqarish imkoniyati 12,2 m3/sek.
Bu suv ombori yaqin vaqtlarda qurilganligi uning biologik rejimi, gidrobiontlari to‘g‘risida aniq bir ilmiy ishlar hozirgi kungacha bajarilmagan. Bizning tadqiqotlarimiz 2015 - 2021 yillarda o‘tkazildi. Suv omborida bir necha baliqlar iqlimlashtirilgan. Suv ombori Qashqadaryoning irmog‘i hisoblangan Kichik Uradaryo o‘zanida tashkil etilganligi sababli Qashqadaryo va Kichik Uradaryoda tarqalgan mollyuskalar bentos va boshqa organizmlarni hamda suvda yashaydigan ko‘plab hayvonot olamini uchratamiz (4.4.7 – rasm).
O‘rganishlarimiz asosida suv omborida ikki pallali mollyuskalarning 5 turi uchrashi kuzatildi (4.4.2 – jadval). Dehqonobod suv omborida turlarning taksonomik tarkibi, bioekologik xususiyatlari, biotoplararo tarqalishi va boshqa muhim tomonlari o‘rganildi.


Yüklə 8,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin