O‘zbekiston respublikasi o liy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi qarshi davlat universiteti qo‘lyozma huquqida udk


- rasm. Dehqonobod suv omboridan materiallar yig‘ilgan joylar



Yüklə 8,4 Mb.
səhifə31/48
tarix30.11.2023
ölçüsü8,4 Mb.
#170110
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   48
02 11 2023 Jabborova Dissertatsiya qayta ko\'rilgan

4.4.7 - rasm. Dehqonobod suv omboridan materiallar yig‘ilgan joylar.
Suv omborida Euglesa hissarica, Euglesa turkestanika tarqalgan bo‘lib, ular suv omboriga buloq va chashmalarning suvlari quyiladigan qismlaridagina yashashi kuzatildi. Chunki bu turlar asosan Kichik Uradaryoga suv qo‘yadigan buloq va chashmalar va ulardan oqib tushadigan ariqlarda tarqalgandir.
Euglesa hissarica va Euglesa turkestanika larda o‘rganishlar 70 % spirtda fiksatsiya qilingan namunalarda olib borildi. E. hissarica chig‘anog‘i o‘tkir tuxumsimon, kulrang yoki kulrang oqish, nozik chiziqli. Chig‘anog‘ining oldingi qismi sal cho‘ziqroq qorin tomoni bir tekisda yumaloqlashgan.
Suv ombori biotoplarida Euglesa hissarica 1 m2 mayda 2,1 tadan, Euglesa turkestanika 1 m2 mayda 1,2 tadan tarqalgan. Euglesa hissarica suv omborida boshqa turlarga qaraganda dominantlik qiladi. Ushbu tur cho‘qqisi keng, chig‘anoqning orqa qismi ko‘rinarli darajada siljigan. Qulflari va tishlarning joylashishi va shakli keng o‘zgarib turadi. Bu turlar Zarafshon daryosi havzasida Ettiuyli soy, Daraytut, Omonqo‘ton soylari atrofidagi chashma va buloqlarda yashaydi. [127; P.211-212; 144; P.45-69.].
Suv ombori va uning kanallarida Corbicula purpurea, Corbiculina tibetensis va Corbiculina ferghanensis tarqalgan. Suv omboriga nisbatan kanallarda Corbiculina tibetensis va Corbiculina ferghanensis lar son jihatidan zichligi ko‘pdir.
C.purpurea turning yashash sharoitiga qarab rangi turlicha o‘zgarishlarga uchrashi mumkin. Suv havzasida loylar orasida 6 - 11 sm bo‘lgan chuqurlikda ko‘milib yashaydi. Peloreofil bo‘lib S.tibetensis bilan bir biotopda yashaydi. Boshqalardan sonining ko‘pligi bilan farqlanadi. Hududda suv harorati ko‘tarilishi bilan ko‘paya boshlaydi. C. purpurea Old va O‘rta Osiyo turi O‘zbekistonda tarqalgan.
C.tibetensis Dehqonobod suv omborida loyli joyda 2,2 - 2,9 metrgacha bo‘lgan chuqurliklarda hayot kechiradi. C.tibetensis chig‘anog‘ida o‘zgaruvchanlik kuzatildi. Ikki pallali mollyuskalarning chig‘anog‘idagi bunday o‘zgaruvchanlikka birinchidan suv omborlarining joylashgan balandliklariga bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Dehqonobod suv ombori adir mintaqasida joylashgan. Ikkinchidan turli balandliklardagi suvlarning temperaturasi, fizik va ximik xossalarining turlicha bo‘lishi mollyuskalar biotoplari hosil bo‘lishiga chig‘anoqlardagi o‘zgaruvchanlikni yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. Peloreofillar ko‘p bo‘lib suv omborida 3 tur (Corbicula purpurea, Corbiculina tibetensis, Corbiculina ferghanensis), chashma va buloqlar suvlarida krenofil 2 tur (Euglesa hissarica, E. turkestanika) yashaydi. Peloreofillar jami mollyuskalarning 60 % va krenofillar 40 % tashkil etishini aniqladik. Suv omborida tarqalgan Euglesa hissarica, Corbiculina tibetensis, Corbiculina ferghanensis evribiontlarga va qolgan 3 tur Corbicula purpurea, Euglesa turkestanika lar stenobiontlarga kirishi aniqlandi.

Yüklə 8,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin