O‘zbekiston respublikasi o liy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi qarshi davlat universiteti qo‘lyozma huquqida udk



Yüklə 8,4 Mb.
səhifə29/48
tarix30.11.2023
ölçüsü8,4 Mb.
#170110
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   48
02 11 2023 Jabborova Dissertatsiya qayta ko\'rilgan

Qamashi suv ombori - Qashqadaryo viloyatida barpo etilgan gidrotexnika inshooti hisoblanadi. 1957 yilda Qamashi shahridan 4 km uzoqlikdagi Sho‘rchasoy tabiiy botiqligida tuproq to‘g‘on bilan to‘sib hosil qilingan. To‘g‘onning dastlabki balandligi 10 metr ustki qismining uzunligi 900 metr, ombor atrofida ko‘tarilgan marzalar bilan birgalikda 1500 metr, hajmi 11 mln.m3.li tashkil qiladi. 1962 yilda to‘g‘on rekonstruksiya qilinib, 3 m ga ko‘tarilgan va umumiy hajmi 17,3 mln .m3ga va foydali hajmi 16 mln.m3ga etkazildi. Maksimal chuqurligi 12,0 metr va o‘rtacha chuqurligi esa 6,0 metr suv sathining yuzasi 1,5 km2 ni tashkil etadi. Suv omboriga Yakkabog‘ daryosidan suv oluvchi Qorabog‘ kanali o‘z suvini qo‘yadi. Qorabog‘ kanalining uzunligi 6 km. bo‘lib, suv sarfi 4 m3/ sek. Suv ombori kanal suvlari bilan aprel-iyul oylarida to‘ldiriladi. Suv omborning suv chiqargichidan suv sarfi 4 m3/ sek. Suv omboridan 2,9 km uzunlikdagi kanal suv oladi. Suv ombori Qamashi tumanida 5000 ga ekinzorni sug‘orish imkonini beradi. Qamashi suv ombori ikki pallali mollyuskalari birinchi marta biz tomonimizdan maxsus o‘rganildi. 2014-2020 yillarning yoz, kuz va bahor mavsumlarida mollyuskalar suv ombori maydonidan mollyuskalar yig‘ildi. Turlarni tahlil qilish asosida shu narsa aniqlandiki suv omborda yashaydigan mollyuskalar ikki yo‘l bilan hududga tarqalgan (4.4.5- rasm).
Izlanishlar natijasida Qamashi suv ombori ekotizimlarida ikki pallali mollyuskalarning 4 turi 1 kenja turi tarqalganligi o‘rganildi ular 3 xil ekologik guruhlarga mansub bo‘lib ular peloreofil, reofil va krenofillarga taalluqli (4.4.2 – jadval).
2000, 2016, 2018 yillarda suv omborida baliqlar iqlimlashtirilgan baliqlar bilan ikki pallali mollyuskalardan Sinanondonta, Colletopterum avlodlari turlari tarqalgan. Qamashi suv ombori o‘ng sohili va chiqish kanali suvlarida Sinanondonta gibba tarqalgan bo‘lib, uning zichligi 0,7 ni tashkil etadi. Ushbu tur suv ombori gidrologik rejimining o‘zgarishiga keng doirada moslashgan. Sinanodonta orbicularis va S.puerorum suv ombori biotoplarida uchramaydi.


4.4.5 - rasm. Qamashi suv ombori material yig‘ilgan joylar.
Sababi suv ombori suv rejimining o‘zgaruvchanligi o‘z ta’sirini ko‘rsatgan bo‘lishi mumkin. Colletopterum cyreim sogdianum turi Qashqadaryo daryosi suv ekotizimlarida keng tarqalgan bo‘lib, suv bilan suv omboriga tarqalgan. Suv ombori biotoplarida ushbu tur 1m2 da o‘rtacha 0,9 tada uchrashi aniqlandi. Colletopterum avlodi turlaridan Colletopterum ponderosum volgense, S. kokandicum va Colletopterum bactrianum turlari suv omborida uchramadi. Yil davomida daryo oqimlarining o‘zgarib turishi va uning hudud bo‘ylab notekis taqsimlanganligi suv ombori barpo etishga zarurat tug‘dirgan [60; B.86-87; 103; B.14-15.].
Suv ombori daryo suvini mavsumiy tartibga soladi, kanal va boshqa suv ob’ektlari bilan qayta taqsimlanadi. Bu esa suv havzalarida Unionidae, Corbiculidae oilalari turlari tarqalishiga ekologik guruhlarning hosil bo‘lishiga olib kelgan. Suv omborning o‘ng sohili va uning atrofidagi kanallarda Corbicula cor tarqalgan. Mollyuskalarning yashash muhiti bo‘lgan suv o‘zining bir qator fizik xossalari bilan mollyuskalarning tarqalishiga, zichligiga, morfologiyasi va ekologiyasiga turlicha ta’sir ko‘rsatgan, bu esa ularning zichligining turlicha bo‘lishiga sabab bo‘lgan. Masalan, Corbicula cor uning zichligi 1 m2 joyda 1,3 tani tashkil etadi.
Qamashi suv ombori ekotizimlarida tarqalgan C.cor ning chig‘anog‘i yuraksimon shaklda, mollyuskalarni biz suv omborida 1,5-2,5 metrgacha bo‘lgan chuqurliklarda yashashini o‘rgandik. Peloreofil suv havzalarida ko‘pincha Corbiculina ferghanensis va Ctibetensis lar bilan birga uchraydi. Suv omborida tarqalgan joylarida bahorda tuxum qo‘yganligi sinchiklab kuzatildi. Bahor kelishi va suv haroratining ko‘tarilishi bilan ko‘payishi, rivojlanishining boshlanishini kuzatdik va u mart oyidan iyun oyiga qadar davom etadi [96; B.169-180; 99; B.393-402.].
Suv omborida Corbiculina ferghanensis va C. tibetensis zichligi 1 m2 joyda 2,1-2,2 tani tashkil etishi aniqlandi. Bu suv omborlari turli xil balandliklarda joylashganligi sababli ulardagi suvning temperaturasi, suvning fizik va ximiyaviy xossalari, sho‘rligi turlicha bo‘lishi ikki pallali mollyuskalarning chig‘anoqlarining o‘zgaruvchanligi sabablaridan biridir. Qamashi suv ombori tog‘ oldi hududida joylashganligi sababli suv temperaturasining tez o‘zgarishi kuzatiladi. Mollyuskalarning tana harorati tashqi muhit bilan uzviy bog‘liqdir. Bundan tashqari Corbiculina avlodi turlarida moddalar almashinuvi, nafas olishi, ovqat hazm qilishi, o‘sishi, ko‘payishi, qishlashi va boshqa hayot jarayonlarida ham suvning harorati katta rol o‘ynaydi.
Qamashi suv omborida Corbiculidae oilasining tirik tuxum tug‘uvchilar va tuxum qo‘yuvchilar turlari aniqlangan. Suv haroratining o‘zgarishi ko‘p hollarda ikki pallali mollyuskaga migratsiya qilish, urchish, qishlash zarurligidan xabar beruvchi signal vazifasini o‘taydi, ya’ni qo‘zg‘atuvchi taassurot hisoblanadi. Qamashi suv omborida tarqalgan C. ferghanensis, C.tibetensis turlar bo‘yicha keyingi vaqtda olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, mollyuskalar suv haroratining nihoyatda ozgina, hatto yuzdan bir gradusga o‘zgarishini ham seza oladilar. Suv temperaturasining o‘zgarishi bilan suvni fil’tratsiya qilishi to‘xtaydi, chig‘anoqlarini yopib oladi. Qashqadaryo daryosi sohilida gidrografik sharoit o‘zining xususiyatlari bilan farq qiladi. Hududda daryolar, ko‘llar, kanallar, buloqlar, suv omborlari, hovuzlar bor. Bu ekotizimlar bir-biridan gidrologik, fizik, kimyoviy va gidrobiologik rejimi bilan farq qiladi [98; B.203-205; 107; B.62-67.].
Har bir suv tipida mollyuskalar tarqalgan bo‘lib, ularning har birida o‘ziga xos ekologik guruhlari mavjud. Qamashi suv omborida mollyuskalarning 3 ekologik guruhlari tarqalgan. Oqar suvlar loylarida peloreofillar 4 turi (Sinanondonta gibba, Corbicula cor, Corbiculina ferghanensis, C.tibetensis), oqar suvlarda reofil 1 tur (Colletopterum cyreim sogdianum) va buloqlar suvlar tushgan hududlarda krenofilar 1 turi (Odhneripisidium rolutimeticum) yashaydi. Ular orasida peloreofillar 67 %, reofillar 16,5 % va krenofillar 16,5 % tashkil etadi.
Suv omborda tarqalgan 2 tur Corbiculina ferghanensis, C.tibetensis lar zichligi bo‘yicha keng tarqalgan evribiont turlar ekanligi va qolgan 5 tur Sinanodonta gibba, Corbicula cor, Colletopterum cyreim sogdianum, Odhneripisidium issykkulense va O. rolutimeticum zichligi bo‘yicha 1m2 da 1,5 donadan kam uchraganligi sababli stenobiont turlar kirishi aniqlandi.
Qamashi suv omborida Unionidae, Corbiculidae oilalari turlarining faunasi shakllanishiga quyidagi faktorlarning ta’siri mavjud.
1) Colletopterum cyreum sogdianum Qashqadaryo daryosidan kanallar bilan Qamashi suv ombori ekotizimlariga tushgan va bu hudud biotoplarida tarqalgan.
2) Odhneripisidium rolutimeticum turi asosan buloqlardan oqib chiqadigan ariqlarga tarqalgan bo‘lib, Qamashi suv omboriga Qashqadaryoning yuqori qismida joylashgan chashmalar suvi bilan ushbu suv omboriga kelib qolgan.
3) Corbicula cor, Corbiculina ferghanensis, C. tibetensis suv ombori tashkil etilmasdan oldin ham Yakkabog‘ daryosining biotoplarida son jihatidan kam bo‘lsa ham uchragan. Qamashi suv omborining tashkil etilishi bu turlarning yashash muhitining yaxshilanishiga olib keldi va ular o‘ziga xos bo‘lgan ekologik guruhlarni hosil qilganligini kuzatdik.
Xulosa qilib aytish mumkinki, Qamashi suv omborida 4 turi 1 kenja turi mollyuska uchraydi.
Hisorak suv ombori - Qashqadaryo viloyatidagi Qashqadaryoning irmog‘i bo‘lgan Oqsuv daryosi o‘zanida barpo etilgan yirik gidrotexnika inshoot hisoblanadi. Suv ombor Shahrisabz tumani Miroqi shaharchasidan 1,5 km. uzoqlikda joylashgan bo‘lib, 1983 - 1988 yillarda qurilgan. Umumiy hajmi 170 mln.m3. foydali hajmi 161,6 mln.m3. Toshtuproqli to‘g‘on uzunligi 666 m. balandligi 138 m, suv yuzasi 4,2 km2, suv chiqarish inshootining suv o‘tkazish imkoniyati 200 m3/s , suv tashlama inshootniki 130 m3/s. Hisorak suv ombori to‘g‘on, suv chiqarishi, suv tashlama inshootlari, suv keltiruvchi va suv chiqaruvchi kanallar, drenaj tarmoqlari bilan jihozlangan (4.4.6– rasm).
Suv ombori ikki pallali mollyuskalari alohida atroflicha o‘rganilmaganligi sababli, biz 2016 - 2019 yillar davomida ushbu suv omborida ikki pallali mollyuskalarnining hozirgi holati, tarqalishi va ekologiyasini atroflicha o‘rgandik. Suv ombori xalq xo‘jaligidagi bir qancha tarmoqlarni suv bilan ta’minlaydi. Suv ombori Oqsuv daryosi o‘zanida yil davomida daryo oqimlarini tartibga solib turadi. Suv ombori barpo etilishi bilan suvda ikki pallali mollyuskalar va boshqa gidrobiontlarning yashash sharoiti yaxshilangan. Qashqadaryo sohilida yaqinda qurilganligi va boshqa suv tiplari bilan bog‘lanmaganligi sababli mollyuskalar turlari kamdir [60; B.86-87; 111; B.34-36.].
Bizdan avvalgi tadqiqotlar va o‘rganishlarimiz suv omborida 7 turining mavjudligini ko‘rsatdi (4.4.2 – jadval). Hisorak suv omboriga iqlimlashtirilgan do’ngpeshona, oq amur va boshqa baliqlar bilan xitoy tishsizlari - Sinanodonta orbicularis, S. puerorum lar tarqalgan. Suv omborida Sinanodonta gibba, Colletopterum ponderosum volgense va boshqa turlar uchramadi. Suv omborining o‘ng va chap sohili biotoplarida Sinanodonta orbicularis, S.puerorum lar tarqalgan bo‘lib, Qashqadaryo boshqa suv tiplariga qaraganda suv ombori biotoplarida ularning zichligi katta. Masalan Sinanodonta orbicularis 1 m2 joyda 0,8 donadan uchrasa S. puerorum 1 m2 joyda 0,9 tadan tarqalgan.
Suv omborining qo‘ltiqlari, o‘ng sohili, suv omboridagi suv chiqarish kanalida mollyuskalardan Corbicula fluminalis, C. purpurea va Corbiculina tibetensis tarqalgan va o‘ziga xos populyasiyalari shakllangan. Mollyuskalar populyasiyalari aniq ifodalangan chegaraga ega bo‘lgan holatda uni ushbu ko‘rsatgich bilan baholash biologik ahamiyatga ega.


Yüklə 8,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin