2 , 3 - mavzular. O‘zbekistonda arxeologiya fanining shakllanishi va taraqqiyot bosqichlari
REJA:
Arxeologiya fanining Yevropada paydo bo'lishi tarixi
Arxeologiyani XVIII asr oxiri XIX asrdagi rivoji
Rossiyada arxeologiya fanining paydo bo'lishi.
TAYANCH SO'ZLAR VA IBORALAR:
Arxeologiya, arxeolog, xronologiya, yer usti arxeologiya, suv osti arxeologiya, o'lkashunoslik, etnografiya, ekspeditsiya, sivilizatsiya, arxeologik yodgorlik, moddiy
manbaa, arxeologik komplek va h. k.
ANNOTATSIYA: Arxeologiya fani haqida umumiy tushuncha. Arxeologiyaga kirish fanining maqsadi va vazifalari. Fanning paydo bo'lishi. Fanning predmeti. Arxeologiya - xalqaro fan. Arxeologiya - umuminsoniyat tarixiga xizmat qiladigan fan.
Zamonaviy Turkmaniston, ayniqsa, uning janubiy qismi arxeologik tadqiqotlar uchun muhim ahamiyat kasb etuvchi hududlardan biri hisoblanadi. Bu yerda dunyoga mashhur bo‘lgan turli davrlarga oid ko‘plab yodgorliklar aniqlangan. Ular sirasiga biz Joytun, Oltintepa, Erkqal’a va Gyaurqal’a, Anov va hokazolarni keltirib o‘tishimiz mumkin. Zamonaviy Turkmanistonning qadimgi va o‘rta asrlar davri tarixini o‘rganishda M.Ye. Masson rahbarligidagi Janubiy Turkmaniston arxeologik kompleks ekspeditsiyasi ham muhim o‘ringga egadir. YUTAKE 1945 yilda Moskvada o‘tkazilgan Butunittifoq arxeologik anjumanida tashkil etilgan. 1945 yilda Ashxabod, Moskva va Leningrad (Sankt-Peterburg)da ekspeditsiyani tashkil etish borasida ishlar olib boriladi va “YUTAKE nizomi” tasdiqlanadi. Arxeologik dala tadqiqotlari 1946 yilda boshlanadi va ekspeditsiyaning qarorgohi Niso hududida joylashadi. Sobiq SSSR FA moddiy madaniyat tarixi Institutining Leningrad bo‘limida YUTAKE kengashi tuziladi. Ushbu ekspeditsiyaning rahbari esa akademik M.Ye. Masson hisoblangan. Ekspeditsiya nizomiga ko‘ra, arxeologik tadqiqotlar olib borish uchun barcha ittifoq respubliklar hamda Moskva va Leningraddagi yetakchi institutlardan soha mutaxassislari chaqirilgan. Ekspeditsiya tarkibida nafaqat arxeologlar va tarixchilar, balki biologlar, filologlar, san’atshunoslar, zoologlar va boshqa soha vakillari ham ishtirok etishgan. 30 yildan ortiqroq vaqt davomida ekspeditsiya Janubiy Turkmanistonda keng miqyosli arxeologik izlanishlarni olib borgan. Arxeologik tadqiqotlar natijasida Janubiy Turkmanistonning paleolit davridan toki so‘nggi o‘rta asrlar davriga qadar bo‘lgan turli moddiy madaniyat
yodgorliklari tadqiq etilgan. Mazkur ekspeditsiya tomonidan Janubiy Turkmaniston hududida amalga oshirilgan arxeologik tadqiqotlar esa bir necha tomli “Труды Южно-Туркменистанской археологической комплексной экспедиции” nomli ilmiy nashrlarda o‘z aksini topgan. Xorazm arxeologik etnografik ekspeditsiyasi. Ushbu ekspeditsiyaga 1937 yilda arxeolog va etnograf S.P. Tolstov tomonidan asos solingan. Xorazm arxeologik etnografik ekspeditsiyasi 1937 yildan 1991 yilgacha davom etgan O‘rta Osiyo tarixidagi eng mashhur ekspeditsiyalardan biri hisoblanadi. Mazkur ekspeditsiya a’zolari tomonidan Turkmaniston, O‘zbekiston va Qozog‘iston davlatlari hududida keng ko‘lamli arxeologik izlanishlar amalga oshirilgan. Ekspeditsiyaning tashkil etilishida Davlat Ermitaji, Butunittifoq arxitektura akademiyasi, Moskva Davlat tarix muzeyi, Turkmaniston SSR FA Tarix instituti, O‘zbekiston tabiat va madaniyat yodgorliklari qo‘mitasi (Uzkomstaris), Qoraqalpoq ASSR markaziy muzeyi, Moskva Davlat universitetining tarix fakulteti va boshqa tashkilotlar ishtirok etishgan. Ekspeditsiya tarkibiga arxeolog va etnograflardan tashqari geologlar, geomorfologlar, tuproqshunoslar, arxitektorlar, topograflar va antropologlar ham jalb etilgan. 1938-1940 yillarda Berkut qal’a va Qavat qal’a vohalari yodgorliklari, 1940 yilda Kaltaminor madaniyatiga oid Jonbos qal’a, 1945 yildan esa Tuproq qal’a, Qo‘yqirilgan qal’a, Ko‘kcha qabristoni, Tagisken, Uygarak, o‘rta asrlarga oid Ko‘hna Urganch va boshqa ko‘plab yodgorliklarning tadqiq etilishi boshlangan. Ekspeditsiya tomonidan arxeologik tadqiqotlarning standart usullariga qo‘shimcha ravishda O‘rta Osiyo arxeologiyasida birinchi marotaba masofadan tadqiq etish usuli qo‘llanilgan. Ushbu usul samolyotlar vositasida amalga oshirilgan bo‘lib, 200 dan ortiq yodgorliklarni aniqlashga erishilgan. Bu esa, o‘z navbatida, arxeologik tadqiqotlar uchun mo‘ljallangan aerofotosuratlarning yirik Yevroosiyo arxivining yaratilishiga olib keldi. Shuningdek, topograflar tomonidan hududning qadimgi sug‘orish tizimi xaritasi ham yaratiladi.
Akademik S.P. Tolstov boshchiligidagi Xorazm arxeologik etnografik ekspeditsiyasi ilmiy yutuqlari ko‘p sonli asarlar va maqolalarda o‘z aksini topgan. Ular sirasiga biz “Труды Хорезмской археолого-этнографической экспедиции”, “Древний Хорезм”, “По древним дельтам Окса и Яксарта” va boshqa ilmiy nashrlarni keltirib o‘tishimiz mumkin.
Dostları ilə paylaş: |