O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan



Yüklə 3,37 Mb.
səhifə14/74
tarix07.01.2024
ölçüsü3,37 Mb.
#205016
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   74
Arxeologiyaga kirish O\'UM

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • TAYANCH
7 mavzu. Arxeologiyada texnologik kashfiyotlar


Reja:

  1. Arxeologik davrlashtirish.

  2. Paleolit davri texnologik kashfiyotlari.

  3. Mezolit, neolit va eneolit davri texnologik kashfiyotlari.

  4. Jez va temir davri texnologik kashfiyotlari.

TAYANCH SO'ZLAR VA IBORALAR: Arxeologiya, xronologiya paleolit, mezolit, neolit, eneolit, jez, ilk temir, chopping, chopper, bifas, neklues, tosh qurollar, makrolit, mikrolit, va h. K

ANNOTATSIYA


Kishilik jamiyatining moddiy madaniyati evolyutsiyasida paleolit, mezolit, neolit, eneolit, bronza davri, ilk temir davri, antik davr, o'rta asrlar davrlarida qilingan texnologik kashfiyotlar va ularning mohiyatini xarakterlash. Qurol yasashni bilishi (tosh, suyak, daraxt navdasi). Tiplari. Evolyutsiyasi. Ho'jalik ishlaridagi texnologik kashfiyotlar. Tiplari.
Evolyutsiyasi. Qurilish ishlaridagi texnologik kashfiyotlar va boshqalar. Tiplari.


Dendroxronologiya usuli. Davrlashtirishda qo‘llaniladigan tabiiy fanlar usullaridan biri bu – dendroxronologiya hisoblanadi. Dastlabki dendroxronologik tadqiqotlar XIX asrning ikkinchi yarmida amalga oshirilgan. 1859 yilda amerikalik olim D. Kyuxler Texasda yillik o‘sish va iqlimning o‘zaro bog‘liqligi bo‘yicha kuzatuv ishlarini olib borgan. 1869 yilda esa Avstriyada A. Pokorni tomonidan “Yog‘ochning yillik o‘sishida meteorologik ko‘rsatkichlar hisobi” mavzusida maqola nashr etiladi. 1880 yilda daniyalik olim D. Kepteyn “Yillik halqalar va meteorologik unsurlar” mavzusidagi tadqiqot ishini yakunlaydi. 1892 yilda esa Odessa universiteti professori
F.N. Shvedova tomonidan “Daraxt – qurg‘oqchiliklar kundaligi” tadqiqot ishi chop etiladi.
Biroq, birinchi marotaba XX asrning boshlarida amerikalik astronom A. Duglas tomonidan dendroxronologiyaning asosiy qoidalari va usullari ishlab chiqilgan hamda amaliyotda qo‘llanilgan. 1904 yilda yillik o‘sish o‘zgarishlari va uning iqlim bilan bog‘liqligi masalasini tadqiq etish maqsadida sariq qayrag‘och (Pinus ponderosa) namunalarini yig‘ish ishlarini amalga oshiradi. U yillik o‘sish o‘zgarishlari va uning iqlim bilan bog‘liqligi, o‘z navbatida, quyosh faolligiga bog‘liq deb hisoblagan.
1919 yilda uning uch tomdan iborat “Iqlimiy sikllar va yillik halqalar” nomli asari nashr etiladi. A. Duglas tomonidan dendroxronologiya va dendroklimatologiya mavzusiga bag‘ishlangan 159 ta ilmiy ishlar chop etilgan. Umrining so‘nggiga qadar u dendroxronologiya va dendroklimatologiyaning iqlimiy va gidrologik shart- sharoitlarni tiklash, daraxtlarning o‘sishi va quyosh faolligining o‘zaro bog‘liqligini aniqlash hamda tarixiy va arxeologik yog‘och topilmalar davriy sanasini tadqiq etish masalalari bilan shug‘ullangan. 1937 yilda A. Duglas tomonidan Arizona universitetida daraxtlarning yillik halqalarini tadqiq etish bilan shug‘ullanadigan ilk laboratoriya tashkil etiladi.
Yevropada esa ilk dendroxronologik tadqiqotlar XX asrning 30-yillari oxiri va 40- yillari boshlarida Skandinaviya davlatlari va GFR da boshlangan. Yevropada dendroxronologik tadqiqotlarning ancha kech va sust olib borilishining ikkita asosiy sababi mavjud: birinchidan Yevropada daraxtlar AQSH dagi singari uzoq umr ko‘rmaydi. Yevropada daraxtlar o‘rtacha 300 yil, ayrim holatlarda 500 yil umr ko‘radi. Ikkinchidan Yevropada iqlimiy unsurlarning o‘zaro murakkab bog‘liqlik holatining mavjudligi. Yevropadagi ilk dendroxronologik tadqiqotlar o‘rmonshunos va botaniklar tomonidan amalga oshirilgan.
XX asrning 40-yillarida nemis botanigi B. Xuber Markaziy Yevropaning iqlimiy sharoitlari uchun dendroxronologik usulning asosiy qoidalarini ishlab chiqadi va shu bilan birga Yevropa dendroxronologiyasiga asos soladi. Yevropada dendroxronologiya sohasida amalga oshirilgan tadqiqotlar natijasida Myunxen, Gamburg, Shtutgart, Oksford, Belfast, Lund, Yonsuu va boshqa universitetlarida tadqiqot markazlariga asos solinadi. O‘tgan asrning 70-yillarida esa sobiq Litva SSRning Fanlar Akademiyasi Botanika institutida Kaunas dendroklimatoxronologiya laboratoriyasiga asos solinadi va bu yerda sobiq SSSRning dendroxronologik ma’lumotlar banki yaratiladi. Keyingi yillarda Sankt-Peterburg (Leningrad), Moskva va boshqa yirik markazlarda dendroxronologiya laboratoriyalariga asos solinadi.
Dendroxronologiyaning arxeologik tadqiqotlarda qo‘llanilishi natijasida muhim bo‘limlaridan biri – dendroarxeologiyaning paydo bo‘lishiga olib kelgan. Arxeologik qatlamlarda uchraydigan manbalardan biri bu – yog‘och topilmalaridir. Dendroarxeologiya yog‘och xom ashyosi topilmalarini davrlashtirishda yillik halqalardan foydalanadi. Bu borada B.A. Kolchin, N.B. Chernix, S.G Shiyatov va boshqalarning tadqiqotlari muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. Madaniy qatlamlarda yog‘och topilmalarining yaxshi holatda saqlanishining asosiy shartlari quyidagilardan iborat: namgarchilik darajasining yuqoriligi, kislotlik darajasining pastligi, suv va havo almashinuvining yo‘qligi, havo temperaturasidagi past o‘zgarishlar va boshqa unsurlar. Bundan tashqari, yog‘och topilmalari doimiy muzliklarda juda yaxshi
holatda saqlangan bo‘ladi. Arxeologik qazishmalarda yog‘och topilmalarining quyidagi namunalari uchraydi. Masalan: xo‘jalik va ishlab chiqarish bilan bog‘liq yog‘och topilmalari, inshoot tarkibiy qismlari (masalan: kirish qismidagi eshiklar, hovli ayvoni tom qismi va ustunlari), mudofaa tizimi, dafn, suv va boshqa inshootlar bilan bog‘liq topilmalar. Davrlashtirishning dendroxronologik usulidan foydalanish asosan yog‘och hom ashyosi ishlatilgan arxeologik obyektlarni o‘rganishda maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Dendroxronologiya usuli vositasida arxeologik yog‘och topilmani o‘rganishda yog‘och turi, uning saqlanganlik darajasi va kesilish davrini aniqlash imkonini beruvchi tashqi halqaning mavjudligi kabi elementlar inobatga olinadi. Biroq, mazkur usulning samarali qo‘llanilishiga ma’lum bir muammolar ham to‘sqinlik qiladi. Masalan: yog‘ochning kesilish vaqti va uning qurilishda qo‘llanilishi oralig‘ida vaqt, qurilish va ta’mirlash jarayonida yog‘och xom ashyosining qayta qo‘llanilishi va boshqa unsurlar. Bunday holatlarda inshootning davriy sanasini aniqlashda topilmaning stratigrafik joylashuvi, qayta qurilish hamda ta’mirlash ishlari izlari va boshqa shartlar inobatga olinishi lozim.


  1. Yüklə 3,37 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin