O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan



Yüklə 3,37 Mb.
səhifə15/74
tarix07.01.2024
ölçüsü3,37 Mb.
#205016
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   74
Arxeologiyaga kirish O\'UM

Radiouglerodli (radiokarbonli) tahlil usuli. Mutlaq davrlashtirishning ushbu usuli XX asrning 50-yillarida amerikalik ximik Uillard Libbi tomonidan ixtiro qilingan. Radiouglerodli (radiokarbonli) tahlil usulining yaratilishi arxeologiyaga davrlashtirishning ishonchli bo‘lgan usulini taqdim etgan holda muhim kashfiyotlar amalga oshirilishiga olib kelgan. 1940 yil 27-fevralda amerikalik fiziklar Martin Devid Kamen va Samuel Ruben hamkorlikda uglerod izotopi – 14С ni kashf etishgan. Libbining taxminicha, mazkur izotop yer atmosferasining yuqori qatlamlarida kosmik nurlanish ta’siri natijasida paydo bo‘ladi va tezda karbonat angidrid (carbon dioxide)ga aylanadi, so‘ngra uni fotosintez yo‘li bilan o‘simliklar qabul qiladi. O‘simliklarni istemol qilishi natijasida esa uglerod izotopi – 14С organizmlarga o‘tadi. Organizmning hayot faoliyati yakunidan so‘ng uning to‘qimalarida moddalar almashinuvi to‘xtaydi va uglerodning miqdori asta-sekin kamaya boshlaydi. Bu esa, o‘z navbatida, organizmning uglerod almashinuvi tugaganligidan dalolat beradi. Organizm to‘qimalaridagi uglerodning miqdori asosida uning faoliyati yakuni vaqtini va bugungi kungacha bo‘lgan davriy sanani aniqlash mumkin bo‘ladi. 14С usulini organik topilmalar uchun qo‘llash maqsadga muvofiqdir. Uillard Libbi ilgari surgan nazariyasini tasdiqlash maqsadida Chikago muzeyidagi Misr fir’avinining dafn qayig‘idan olingan yog‘och namunasini tahlil qilgan. Bundan tashqari, Libbi tomonidan O‘lik dengizi hududida aniqlangan

qadimgi qo‘lyozma o‘ralgan mato, Pompeydagi uylardan birida topilgan non bo‘lagi, Stounxendjdagi qadimgi manzilgohlardan aniqlangan pista ko‘mir namunasi kabi arxeologik topilmalar davriy sanasini aniqlashda ushbu usuldan foydalangan. Aynan, Libbi tadqiqotlari asosida Shimoliy Amerikada buyuk muzlik davri bundan 25 ming yil avval emas, balki 10 ming avval nihoyasiga yetganligi aniqlangan. 1960 yilda Uillard Libbi radiouglerodli (radiokarbonli) tahlil usuli va qo‘llanilishini asoslashi natijasida kimyo bo‘yicha Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan.
Radiouglerodli usul asosida organik topilmalarni davrlashtirishda ishonchli va aniq natijalarga erishish uchun namunalarni tanlab olish hamda mexanik va kimyoviy qayta ishlashning ma’lum bir talablariga rioya etish lozim bo‘ladi. Masalan: arxeologik qazishmalar jarayonida namunalarni tanlab olishda tirik o‘simliklar qobiqlari, boshqa moddalar yoki yer osti suvlari bilan ifloslanishini oldini olish lozim. Namunalarni toza asboblar bilan olish va sterillangan polietilin paketlarda quruq joyda saqlash kerak bo‘ladi. Bundan tashqari, boshqa radioaktiv moddalarning mavjudligi ham radiouglerodli tahlil natijalariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Tahlil uchun mo‘ljallangan namunalarni o‘simliklar, yog‘och va mato namunalari, inson hamda hayvon tana suyaklari qoldiqlari va boshqa manbalar tashkil etishi mumkin.

  1. Spora-chang tahlili (palinologiya) usuli. Inson ming yillar davomida uzviy aloqada bo‘lgan o‘simlik dunyosi va iqlim tabiatning muhim tarkibiy qismlaridan hisoblanadi. Palinologiya tahlili natijalari asosida insoniyat yashagan atrof-muhit yoki ma’lum bir hududning o‘zlashtirilishi davrini, ya’ni insoniyatning qadimgi va o‘rta asrlar davri paleoekologiyasini rekonstruksiya qilish imkoniyati vujudga kelmoqda.

Palinologiya botanikaning muhim tarmoqlaridan biri bo‘lib, o‘simliklar changlari va sporalarini o‘rganish bilan shug‘ullanadi. Palinologiya uchta yunoncha, ya’ni “palino” – sochmoq (sochish), “pale” – ko‘zga ko‘rinmas zarracha, chang va “logos” – fan so‘zlaridan tashkil topgan. Mazkur atama XX asrning 40-yillarida X.X. Xayd va D.A. Vilyamslar tomonidan ilmiy muomalaga kiritilgan. Palinologiya fan sifatida esa XIX asrning 30-yillarida shakllangan. O‘simliklar dunyosida chang va changlanishning mavjudligi insoniyat jamiyatining ilk bosqichlaridan ma’lum bo‘lgan. Chang o‘simlikning erkak gametofiti hisoblanadi. “Chang” (Pollen) tushunchasi esa ilk bor shved olimi, botanik K. Linney tomonidan 1760 yilda ilmiy muomalaga kiritilgan. Ingliz botanigi N. Gryu esa o‘simliklar sporasi va changini batafsil yoritgan holda, aynan chang o‘simliklarning ko‘payishida muhim ahamiyat kasb etishini asoslab bergan.


Mazkur usul arxeologik tadqiqotlarda ilk bor 1932 yilda amerikalik olim Pol Sirs tomonidan so‘nggi golotsen davrida Shimoliy Amerikada iqlimning o‘zgarishi va u bilan bog‘liq holda madaniylashtirilgan o‘simliklarning janubdan shimoliy hududlarga tarqalishi jarayonini rekonstruksiya qilish maqsadida qo‘llanilgan.
Arxeologik qazishmalar jarayonida spora-chang tahlili uchun namunalar g‘or- makonlar, xo‘jalik qismlar, mozor-qo‘rg‘onlar, mudofaa inshootlari madaniy qatlamlari, sopol buyumlar ichidagi qoldiqlar va boshqa alohida topilmalar tarkibidan olinadi. Madaniy qatlamlardan namunalarni olishda obyektni tanlash, ta’rifini keltirish, tozalash, namunalarni quyi qatlamdan yuqoriga qarab olish va yorliqlash kabi bosqichlarni amalga oshirish lozim bo‘ladi. Spora-chang tahlili esa namunalarni tanlab olish va kimyoviy qayta ishlash, mikroskopik tadqiq etish, ma’lumotlarni kompyuter vositasida qayta ishlash, ro‘yxat va diagrammalar tuzish, yakuniy ma’lumotlarni talqin etish kabi jarayonlardan iborat. Arxeologik palinologiya usuli MDH davlatlarida XX asrning 50-yillaridan boshlab tadqiqotlarda qo‘llanila boshlangan. Vatanimizda amalga oshirilgan arxeologik tadqiqotlar jarayonida ham
ushbu usuldan samarali foydalanib kelinmoqda. Masalan: O‘tgan asr 70-80 yillarida Sopollitepa yodgorligidan madaniylashgan paxta chigiti, tut, anjir mevalarining topilishi Markaziy Osiyo o‘simliklar dunyosini o‘rganishda katta o‘zgarish bo‘lgan edi. Bu yangilik O‘zbekiston hududi ham Qadimgi Misr va Hindiston bilan bir qatorda paxtaning vatanidan biri ekanligini tasdiqladi.
Ushbu yo‘nalishdagi izlanishlar 2016 yildan buyon “Inson va muhit” mavzusida qazuv tadqiqot ishlarini olib borayotgan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Arxeologik tadqiqotlar instituti va Xitoy Xalq Respublikasining Ijtimoiy fanlar akademiyasi Paleobotanika va Paleoantrapologiya instituti bilan tuzilgan qo‘shma arxeologik ekspeditsiya tomonidan ham davom ettirilib, Surxondaryoning bronza davri yodgorliklaridagi qadimgi o‘simlik dunyosini o‘rganishda bir qator muhim ilmiy natijalarni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Xususan, Jarqo‘ton yodgorligida olib borilgan qazish ishlari natijasida yodgorlik ibodatxonasi qatlamlaridan madaniylashgan pista, bodom, xurmo, o‘rik, shaftoli, olma, uzumni 6 xil navi, nok, poliz ekinlaridan tarvuz, boshoqli ekinlardan arpa va bug‘doyning ikki va olti qatorlik navlari, no‘xot, tariq va yosmiq o‘simliklarini qoldiqlari aniqlangan. Bundan tashqari, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Arxeologik tadqiqotlar instituti va AQSHning Sant Luisdagi Vashington Universiteti o‘rtasida tuzilgan O‘zbek-Amerika qo‘shma arxeologik ekspeditsiyasi tomonidan Molguzar tog‘ tizmasida, dengiz sathidan 2000 metr balandlikda joylashgan Toshbuloq shaharchasi xarobalarida amalga oshirilgan arxeologik izlanishlar natijasida daraxtli mevalarning jamoa iqtisodiyotida tutgan o‘rni va tarqalish hududlarini tadqiq etish imkoniyatiga ega bo‘lindi.


  1. Yüklə 3,37 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin