O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan



Yüklə 3,37 Mb.
səhifə22/74
tarix07.01.2024
ölçüsü3,37 Mb.
#205016
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   74
Arxeologiyaga kirish O\'UM

TAYANCH SO'ZLAR VA IBORALAR Arxeologiya, xronologiya, makon, manzilgoh, ov qopqoni, g'or,
qoyatosh rasmlar, qishloq, shahar, ibodatxona, qabr-qo'rg'onlar, harbiy istehkomlar, sardoba, karvonsaroy va h. k.

ANNOTATSIYA


O'rta Osiyo hududida insoniyat tomonidan qilingan moddiy madaniyat yangiliklari. (Paleolit davridan ilk temir davrigacha) Yangilik kuzatilgan yodgorlik. Davriy sana.
Mezolit yunon so’zidan olingan bo’lib, «mezos» o’rta, «litos» tosh ya`ni o’rta tosh davri demakdir. Bu davr aslida yuqori paleolitni davomi bo’lib, o’zining ov va mehnat qurollarini yasashdagi texnikasi hamda o’ziga xos xususiyatlari bilan yuqori paleolitdan keskin ajralib tu radi. Ammo shunga qaramay mezolitni yuqori paleolitdan ajratib turuvchi chegarasi xaqida olimlar o’rtasida hozir gacha bir xil fikr mavjud emas. Ayrimlari mezolit uchun alohida davr umuman bo’lmagan, u paleolitni keyingi pog’o nasi xolos desalar, boshqalari uni tabiiy geografik sharo itni o’zgarishiga bog’laydilar, yana boshqalai esa, tosh qu rollarini yashashda yuzaga kelgan yangi texnika uslubiga bog’laydilar.
YUqoridagi fikrlardan qat`iy nazar. so’nggi yillardagi nafaqat bizning Markaziy Osiyo xududlaridagi olimlari miz tomonidan olib borilgan arxeologik ishlar balki jahon bo’ylab arxeologiya soxasida olib borilayotgan izla nishlar mezolitni ajdodlarimiz tarixini yoritishda alohi da o’z o’rniga ega bo’lgan davr ekanligini isbotlamoqda. YUqori poleolitda vujudga kelgan prizma shaklidagi nukleus lardan yupqa va uzun plastinkalarni to’qmok hamda bug’u sho xini butoqlari yordamida uchirib olish texnikasini mezo litga kelib takomillashadi. Nukleuslarni xajmi nisbatan kichrayib, shakllari ham o’zgarib uchi chiqarilgan qalamga o’xshashlari paydo bo’ladi. Arxeologiya fanida bu xildagi nukleuslarni qalamsifat (karandashavidniy) deyiladi. Uchirindi plastinkalarni xajmi ham kichrayib noziklasha di« Janubiy xududlarda, jumladan Markaziy Osiyo xududinig mezolit yodgorliklarida mikrolitlardan keng foydala niladi. Mikrolit deganda mezolit davridagi qalamsifat o’zalardan uchirib olingan plastinkalarni bo’lakchlarga segment, trapetsiya va uchburchaksimon shakllarga aylantiril gan kichik xajmdagi geometrik shakldagi mehnat qurollari ni tushuniladi. Bu xildagi topilmalar tayoq yoki hayvonlar ni qobiralarida rezets yordamida uzunasiga xosil qilingan yoriqlarga qatorasiga o’rnashtirilib, ulardan pichoq yoki qirg’ich sifatida foydalanganlar. Mikrolitlarni xajmlari 1 2 sm dan oshmagan. Bulardan yog’ochdan yasalgan kamon o’qlarini va uzoqqa otib sanchish uchun mo’ljallangan nayzalarni tayyorlashda foydalanganlar. Arxeologlar tomonidan o’tkazilgan tajribalar shuni ko’rsatadiki chakmok toshdan yasalgan nayzalarni sanchilishi va teshib o’tish xususiyati xatto temir nayzasidan ham samarali bo’lgan. Mikrolitlardanyasalgan pichoqlar, butun plastinkalardan qilingan pichoqlarga nisbatan qulay va samarali bo’lgan. Chunki butun pla stinka ishlatish jarayonida sinsa, uni o’rniga faqat butunplastinka topish shart bo’lgan,
bunday imkoniyat xadeb bo’la vyermagan. Mikrolitlardan yasalganlarini esa osonlik bilan birini o’rniga ikkinchisini o’rnatilavyergan. Mikrolitlar dan yasalgan xanjarsifat qurollar yoki hayvonlarga ma`lum masofadan turib zarb bilan irg’itib sanchishga mo’ljallan gan yog’och nayzalarni ibtidoiy odamlar o’zlari xoxlaganuzunlikda qilish imkoniga ega bo’lganlar. Chunki zarb bilan irg’itib sanchiladigan yog’och nayzalarni uch tomonidan uzuna siga har ikki yon tomonida mikrolitlarni qatorasiga tyerib joylashtirish uchun ana shu mikrolitlarni xajmlariga mos lab yoriqlar qilingan. Bunday usul ajdodlarimizga qulay bo’lganidan bo’lsa kyerak, yuqori paleolitda paydo bo’lgan bunday ov qurollari mezolitda takomillashib, neolit xatto bronza asrida ham foydalanishda davom etgan. Shuni ham ay tish kyerakki bu mikrolitlar asosan janubiy rayonlarda qo’llanilgan. Shimoliy rayonlarda esa butun plastinkalar dan foydalanilgan. Mikrolitlar u yoki bu yodgorlkni xrono logiyasini aniqlashda ham arxeologlar uchun qo’l keladi. Sa babi mikrolitlar asbsan mezolit davrida vujdga kelgan juda ko’plab mikrolitlarni paydo bo’lishi va ulardan janu biy rayonlarda keng miqyosda foydalanishga o’tish, shimoliy regionlarda esa asosan plastinkalardan takomillashgan ov qurollarini yasashga o’tish va bu usullarni bir vaqtni o’zida taraqqiy etishi ko’pchilik olimlarimizni fikrlariga ko’ra mezolitni yuqori paleolitdan ajralish chegarasini ko’rsata di. Ma`lumki mezolit yuqori paleolit bilan neolit (yangi tosh asri) o’rtasidagi ajdodlarimizni yashab o’tgan davrini aks ettiradi. Agar mezolit davrini tosh industriyasini (Industriyasi deganda mezolitga oid barcha tosh qurollarini va ularni chiqindilarini tushuniladi). yuqori paleolit va neolit davri nndustriyalari bilan solishtirsak, uni keyin gi davr bilan ancha bog’liq ekanligini, ya`ni ko’proq o’xshashligini ko’ramiz. YUqori paleolit davri qurollari ning ba`zilari mezolitda qo’llansa da, ularni mezolitni o’rtalariga kelib butunlay yo’qolib ketadilar. Shuni aytish kyerakki dunyo bo’yicha birinchi bo’lib mezolit yodgorligi XIX asr oxiri aniqrog’i 1887- yilda frantsuz e. P’et tomonidan Mazd-Azil’ g’oridan topilgan bu yodgorlik mezolitni ilk
.davrini yorituvchi boshqa yodgorliklarni ham Azil’ davri yod-gorligi deyiladi. Azil’ga nisbatan ancha keyingi davrga oid mezolit yodgorliklari Frantsiya`ni Tardenuaz makoni-dan topilib, mezolitni o’rta va so’nggi davrlarini aks et-tiruvchi yodgorliklarni ana shu makonning nomi bilan tar-denaz davri yodgorliklari deyila boshladi. Shuni alohida ta`kidalash joizki mezolitni boshlani-shi geologik jixatdan golotsenni boshlanishi davriga mos keladi. Aynan shu davrga kelib, iqlim sharoitida ham kes-kin o’zgarishlar yuz byeradi. Baxaybat muzliklarni shimol tomon chekinishi tezlashadi. Bu
muzliklar o’rnida o’simlik-lar o’sishi mumkin bo’lgan yerlar, ko’plab ko’llar va botqoq-liklar vujudga keladi. Muzliklarni yerishi yeramizdan av-valgi 14-8,5 ming yillarga to’g’ri keladi. Bu davr ichida iq-lim muz davridan kam farq qilib, xavo ancha sovuq bo’lgan. Keyinroq esa ya`ni yeramizdan avvalgi 8,5 va 5 ming yillar oralig’ida ancha kunlar ilib, ob-xavo quruq va issiq bo’lib, hozirgi kundagi iqlimga yaqinlashgan. Evropaning keng yer-lari qarag’ay va keng yaproqli daraxtlar bilan oplangan. Evropaning janubiy rayonlarida va Kavkaz hamda bizning O’rta Osiyo sharoitida esa bunday xolatlar bo’lmagan. Chunki bu joylarda muzlikni o’zi bo’lmagan. YUqori paleolitga xos mamontlar esa bu iliq xavoga chiday olmay shimol tomon siljib, ularni oxirgilari yo’qolib ketganlar. Karkidon (nasorog) va xo’kizqo’y (oviebalk) kabi yuqori paleolitga xos hayvonlar ham mezolitga kelib, qirilib bitganlar. en-di bu hayvonlar o’rnida nisbatan tez yuruvchi va yuguruvchi hamda nisbatan extiyotkor mezolit iqlimiga moslashgan hay- vonlar vujudga kelgan. Garchi bizning O’rta Osiyoda muzlik davri bo’lmagan bo’lsa-da bizdan uzoqroqda sodir bo’lgan ul-kan muzliklarni chekinishi bizning xududimizdagi iqlim o’zgarishiga o’z ta`sirini ko’rsatdi. Shuning uchun ham O’rta Osiyoni hayvonot olamida va o’simliklar dunyosida ham o’zga-rishlar bo’ldi. Yirik hayvonlar o’rniga arharlar, muflon-lar, tov echkilari, buzular, jayronlar, kuyonlar va ars-lon, yo’lbarslar, qoplonlar, gepartlar kabi hayvonlar vujudga keldiki bo’larni yuqori paleolit usuli bilan ov qilib bo’lmas edi. Chunki bu hayvonlar mamontlar yoki na-soroglar kabi poda-poda bo’lib, lapanglab yurmas edilar. Arslon yoki koplon kabi hayvonlar ibtidoiy odamni yolgiz uchratsa odam yo’lbarsni emas balki, ylbars odamni o’zini ov qilib qo’yishi mumkin edi. Shuning uchun ham mezolit oda-malri ovni yangi usulini va yangi ov qurollarini kashf etishi kyerak edi. Uzoq yillar davomida ortirilgan ajdod-larmizni tajribalarini yakuni sifatida yangi rv quroli paydo bo’ldi. Bu qurolni nomi o’q va yoy bo’ldi. O’q va yoyni paydo bo’lishi natijasida insoniyat xayotida juda katta o’zgarishlar sodir bo’ldi. Million yillar davomida ajdod-larimizning xujaligini asosini o’zlashtiruvchi xo’jalik tashkil qilgan bo’lsa, endi ular bu qoloq xo’jalikdan nis-batan progressiv bo’lgan ishlab chiqaruvchi xo’jalikka o’tish imkoniga ega bo’ldilar. o’zlashtiuvchi xo’jalik deganda faqat tabiat in`omlari hisobiga yashashni tushuniladi. Tabiat in`omi deganda esa tabiatdagi yovvoyi o’simliklarni va ana shu tabiat qo’ynidagi hayvonlarni hamda
iste`mol uchun yaroqli bo’lgan barcha jonztlarni tushuniladi. YUqoridagi-larni iste`mol qilish hisobiga yashagan ajdodlarimizni xo’jaliklarini o’zlashtiruvchi xo’jalik deyiladi. Bunday o’zlashtiruvchi xo’jalik ya`ni, faqat tabiat in`omi hisobiga yashash butun paleolit davrida mezolit yodgorliklarini ko’pchiligida xatto neolitni ayrim qarorgoxlarida davom etib keldi. Avvalo shuni aytish kyerakki o’zlashtiruvchi xo’jalikdan ishlab chiqaruvchi xo’jalikka o’tish yer sharining hamma joyida ham bir vaqtni o’zida sodir bo’lmadi. Ishlab chiqaruvchi xo’jdalik deyilganda odamlarni tabiat in`omlariga qaram bo’lib qolmay, balki iste`mol uchun max-sulotlarni o’zlari etishtirishlarini ya`ni, yovvoyi hayvon-larni xonakilashtirishni, yovvoyi o’simliklarni madaniy-lashtirib, o’zlari ekishlarini tushunmoqkyerak. Agar ona aj-dodlarimiz million yillar davomida tyermachilik bilan shug’ullanib ularni barcha xususiyatlarini o’rganib dehqon-chilikka asos solgan bo’lsalar, o’q va yoyni paydo bo’lishi bi-lan ota ajdodlarimiz yovvoyi hayvonlarni xonakilashtirish-ga asos soldilar. O’q va yoy tufayli bitta ovchini o’zi ovga chiqish imkoniga ega bo’ldi. U tez yurar tulki, arhar, kiyik kabi hayvonlarni ov qila olish imkoniga ega bo’ldi. Ba`zida ov baroridan kelib, bitta emas ikkita xatto uchta hayvonni ov qilish mumkin bo’lgan. Shular orasida yaralan-gan xolda tirik qo’lga tushgan o’ljalarni xonakilashtirib, boqish imkoniga ham ega bo’lgan. Natijada chorvachilik vu-judga kelgan. Shunday qilib, iste`mol uchun zaxiralar vu-judga keldi. Demak ajdodlarimiz o’zlashtiruvchi xo’jalik-dan ishlab chiqaruvchi xo’jalikka o’ta boshlaganlar. Arxeolo gik izlanishlar Old Osiyo xududidagi mezolit yodgorliklari birinchilar qatorida o’zlashtiruvchi xo’jalikdan ishlab chiq- aruvchi xo’jaliklarga o’tganliklarini ko’rsatadi. Ammo ularni hammasida bir vaqtda sodir bo’lmagan bir xillarida avval dehqonchilikka o’tilgan bo’lsa, boshqalarida avval chorvachilik paydo bo’lgan.
Shuni alohida aytish joizki nafaqat bizni Markaziy Osiyoda balki, sobiq Ittifoqni biron joyida dehqonchilik belgilarini ko’rsatuvchi mezolitga oid yodgorlik topilma-gan. Ammo Kabardin-Bolqor xududidagi mezolit yodgorlik-laridan birida o’ruvchi pichoq topilgan. Xuddi shuningdek o’rishga mo’ljallangan o’roq-pichoq bizning Uzbekistonimiz-dagi Surxondaryo viloyatini Machay g’oridan topilgan. Bu mehnat quroli hayvon qobirg’asidan yasalgan bo’lib, qobirg’a-ni bir yon tomonida uzunasiga mikrolitlarni qadash uchun rezets yordamida ariqcha shaklida yoriq xosil qilingan. Bu mehnat quroli bilan u yoki bu o’simlikni o’rishda foydala-nilgani aniq. Chunki bu
qurolni ishlatish jarayonida yerga ishqalangan tomoni silliqlashib, unda urish ishlarini ba-jarganligini tasdiqlovchi izlar qolgan. Ammo bu mehnat quroli bilan nima o’rgani hozircha noma`lum.
Machay g’oridan chiqqan topilmalarni o’rganish shuni ko’rsatdiki bu yerda dexkochilik bo’lmagan, chorvachilik esa mavjud bo’lgan. Shuni ham aytish kyerakki nisbatan janubiy rayonlar hisoblangan Qrim, Kavkaz, sharqiy va qisman shi-moliy Kaspiy bo’ylari, janubiy Ural xududlarda garchi plastinkalardan mehnat qurollari qilinsada, miklolitlar-dan ham keng foydalanilgan. Ural xududidagi qarorgoxlar-ni aksariyati UP-1U ming yillik bilan belgilanadi. Quyi Tagilda mehnat kurollarini yasash bilan shug’ullanuvchi us-taxona ochilgan. Ural mezolitining o’ziga xos xususiyatlari-dan biri mezolit yodgorliklaridan ovchilarni vaqtli yashash joylarini oz miqdordagi mehnat qurollari bilan birga to-pilishidir. Qrimda mezolitga oid bir necha unlab yodgorlik-lar topilgan. Ularning aksariyat g’orlarda joylashagn bo’lib, ular orasida ko’p qatlamlilari ham bor. Qrimdagi mezolit yodgorliklari ichida Shayton-Koba qarorgoxi o’ziga xosligi bilan boshqalaridan ajralkb turadi. Haraktyerlisi shundaki bu g’orni kiravyerishida shamol va yog’ingarchiliklar-dan saqlanish uchun yog’och va toshlardan sun`iy to’siq xosil qilingan. G’orning markazida toshdan qurilgan o’choq bo’lgan. Ovchilik ularni xujaligini asosini tashkil qilgan. Ov asosan yovvoyi cho’chqa va bug’ularga qilingan. Tyermachilikdan keng ravishda foydalanilgan. Baliqchilik juda sust bo’lgan. Sababi suv xavzalari qarorgoxdan ancha uzoq masofada joy-lashgan. Moldaviya xududidagi yodgorliklar asosan mezolitni oxirlariga to’g’ri kelib, ulardan biri Soroki qarorgoxini yoshi radiokarbon yordamida 5,5 ming yil bilan belgilangan. Bu yodgorlikni xususiyati shundan iboratki bu yerda hayvon-lar xonakilashtirilgan. Bular orasida yirik shoxli hay-vonlar ham bor.
Volga-Oks daryolarini oralig’ida Belorusiya, Litva va bularga yaqin zonalarda janubga xos bo’lgan geometrik shak-larga ega bo’lgan mikrolitlar umuman yo’q. Bu joylardagi mehnat qurollarining barchasi butun plastinkalardan yasal-gan. estoniyadagi Kund madaniyatiga oid mezolit yodgorlik-larini xronologiyasi ham VI-IV ming yillik bilan belgilanadi. Kunda yodgorligini o’zi ko’l yoqasiga joylashagan bo’lib, bu yerda vaqti-vaqti bilan yashaganlar. Bu yerdagi to-pilgan ov qurollarining aksariyati baliqchilik bilan bog’liq bo’lgan. Latviya xududidan ham mezolit davriga oid 150 dan ortiq qabrlar topilgan va o’rganilgan. Bu kabi qabrlar va yodgorliklar nisbatan shimolda joylashgan hamd-o’ustlik mamlakatlarni xududlarida ham ko’plab topilgan. Ammo ularni xronologiyasi UP-1U
mingdan oshmaydi. Agar bu shimoliy rayonlardagi yodgorliklar bilan bizni Marka-ziy Osiyodagi yodgorliklarni qiyoslab o’rgansak, bizdagi me-zolit yodgorliklari ularga nisbatan 1,5 barobar qadimiy bo’lganliklarini guvoxi bo’lamiz.
Bizning Markaziy Osiyo xududidagi mezolit davri yod-gorliklarini ko’p jixatlari ayniqsa tosh industriyasi yaqin sharq mezolitga o’xshab ketadi. Shuning uchun ham O’rta Osiyo arxeologiyasi uchun tosh asri buyicha juda ulkan ishlarni qilgan zabardast olim, akademik A. P. Okladnikov daliliy ashyolariga suyangan xolda o’zini fikrlarini quyidagicha bayon qiladi: »Xali yuqori paleslit davrida Evropada Solyut-reylar va Orin’yaklar yashagan bir paytda O’rta Osiyoda tosh asri madaniyatining taraqqiyoti Falastin va shimoliy Af-rika madaniyatiga juda yaqin bo’lgan yunalishda rivojlan-gan. Bu rivojlanish tez orada yuqori paleolitdan mezolit madaniyatiga o’sib etishga imkon byergan. Bu madaniyat janub-ga xos bo’lgan xususiyatlarni ifodalovchi segment trapetsiya shakliga ega bo’lgan mezolit qurollarini borligi bilan belgilanadi. Bu o’ziga xos madaniyat Kozog’istonning shimo-liy cho’llarida yashovchi Volgadan to Uralgacha bo’lgan xududlarga o’z ta`sirini ko’rsatgan». Ana shunday xususiyatlarga ega bo’lgan Markaziy Osiyo yodgorliklaridan biri Djebel bo’lib, shu yodgorlik tufayli nafaqat mezolit balki neolit davriga mansub bo’lgan ko’p yodgorliklarni xronologiyasiga aniqlik kiritilgan. Bu yodgorlik 1947 yili A. P. Okladnikov tomonidan topilib, 1949 va 1950 yillarda qazish ishlari olib borilgan. Djebel yodgorligida jami 10 ta madaniy qatlam borligi aniqlanib, shundan 8 tasi asosiy, 2 tasi esa o’tish davrini aks ettiruvchi qatlamlar deb topilgan. Madaniy qatlamlardan jami 5345 ta tosh buyumlar topi'lib, ular orasida 31 xili mehnat qurollari sifatida ajratib olingan. Yodgorlikdagi 8,7 madaniy qatlamlar mezolitni oxiriga, 5 a, 5, 6lar esa mezolitdan neolitga o’tish davrini, 4 va 5ilk neolit davrini, 3si so’nggi neolitni, 2 va 1 ilk bronza asrini aski ettirishlarini aniqlagan. Bu yodgorlik har tomonlama mukammal o’rganilgan yodgorliklar qatoriga kiradi. eng muximi bu yodgorlikni mutloq yoshi radiokarbon usulida aniqlangan Djebel yodgorligini mukammal ravishda kelib chiqqan xulosa shuki, shu yodgorlik tufayli O’rta Osiyodagi mezolit va neolit yodgorliklarining xronologiyasi ularni davrlashtirish masalalari, madaniy jixatdan qaysi madaniyatga alokadorligi kabilarni aniqlashda Djebel muxim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun ham arxeologlar bu yodgorlikni boshqa yodgorliklarni aniqlash qiyin bo’lgan jixatlarini aniqlashda kalit rolini bajaruvchi katta ahamiyatga ega bo’lgan yodgorlik deb atashadi.
Xuddi Djebel kabi mezolit davri ajdodlarimiz tarixini o’rganishda katta ahamiyatga ega bo’lgan yodgorliklardan yana biri Damdam chashmaP yodgorligidir. Bu yodgorlik katta Bolqon tog’ining Kaspiy dengiziga qaragan yonbag’ridagi dara g’orlaridan birida joylashgan bo’lib, uni 196364 yillari arxeolog olim G. E. Markov tomonidan mukammal o’rganilgan. G’ordagi madaniy qatlamni qalinligi 3 m 20 sm dan 5 m gacha boradi. Jami madaniy qatlam maydonini 250 m2 to’la qazilib matyerikkacha etilgan. Hammasi bo’lib 9 ta xronologik jixatdan birbirlaridan farq qiluvchi madaniy qatlamlarni borligi aniqlangan. Bu qatlamlardan 609 ta loydan yasalgan idishlarni siniqlari va 11 mikgdan ortiq chaqmoqtoshlardan yasalgan mehnat qurollari hamda ularni chiqindilari topilgan. eng muximi yodgorlikni 7qatlamidan geometrik shaklga ega bo’lgan tosh qurollar topilib, ularni yaqin sharqdagi yodgorliklarni va Djebeldagi tosh qurollar bilan solishtirilib, ular o’rtasidagi o’xshashlik alomatlarini borligi aniqlandi.
Ana shu qiyosiy o’rganishlarni natijalariga ko’ra DamdamchashmaI ni 9qatlami ilk mezolit davri bilan yoki yuqori paleolitni so’nggi bosqichi bilan, aniqrog’i yeramizdan avvalgi X ming yillikgacha bo’lgan davr bilan belgilandi.
9 qatlamdan keyingi 8, 7, 6, 5 qatlamlar esa ilk mezolitdan to so’nggi mezolitgacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. 4qatlamni pastki qismini esa so’ngggi mezolit bilan anirog’i UPU1 ming yillik bilan belgilanadi. Demak, 8, 7, 6, 5 va 4 qatlamni pastki qismi XII ming yillikdan yeramizgacha bo’lgan VI ming yillikni o’z ichiga oladi. 4madaniy qatlamni ustki qismi esa ilk va rivojlangan kyeramikali neolit davriga yoki yeramizgacha bo’lgan U1U ming yillikka tegishli. 3 madaniy qatlamni qalinligi va undagi arxeologik matyeriallarni analizini yakuniga ko’ra, uni xronologik ramkasi IV ming yillikni oxiri va III ming yillikni ikkinchi yarmi bilan belgilanadi. Bu davr arxeologik jixatdan eneolit va so’nggi neolitni o’z ichiga oladi. 2madaniy qatlami esa yeramizgacha bilgan II ming yillikni ikkinchi yarmini o’rtalari bilan belgilanadi. Shunday qilib Djebeldan so’nggi ikkinchi kalit yodgorligi hisoblangan DamdamchashmaP yodgorligi o’z tarixida taraqqiyotning bir necha bosqichlarini ya`ni yuqori paleolitni oxiridan to bronzani oxirigacha bo’lgan davrlarni o’z boshidan kechirganini ko’rsatadi. Bu yodgorlikni o’ziga xos xususiyatlaridan biri uni birinchi bo’lib, mezolitni oxirlariga kelib Kaspiy bo’ylaridan avval echkilarni, so’ng qo’ylarni xonakilashtirilganlarini isbotlovchi arxeologik ma`lumotlarni byerishidir. Bu demak million yillar davomida Markaziy Osiyoda ajdodlarimiz o’z xo’jaliklarini o’zlashtiruvchi xo’jalik asosi. da yuritib kelgan bo’lsalar, endi mezolitni oxirlariga kelib, Markaziy Osiyoni hamma xududida bo’lmasada ayrim joylarida o’zlashtiruvchi
xo’jalikdan ishlab chiqaruvchi xo’jalikka o’tganlar deyishimizga asos byeradi.
O’ziga xos xususiyatlari bilan Markaziy Osiyoni mezolit va neolit davri xaqida bizni tasavvurimizda chuqur iz qoldiruvchi yodgorliklardan yana biri bu Damdamchashma1 yodgorligi bo’lib, u Damdamchashma11 bilan deyarli yonma yon joylashgan. G’orni kengligi qoyatosh ayvoni oldida 48 m, ichkari tomoni
14 m, balandligi esa 10 m, ammo uni ichki satxi DamdamchashmaP kabi yashash uchun uncha qulay bo’lmagan. Shuning uchun bo’lsa kyerak uni madaniy qatlamlarini qalinliklari ham har xil. Lekin shunga qaramay bu yodgorlikda olib borilgan izlanishlar shuni ko’rsatdiki, undan topilgan arxeologik topilmalar juda katta tarixiy ahamiyatga ega ekan. eng muximi bu yerdagi arxeologik matyeriallar shu g’orda yashagan ajdodlarimizni chetdan kelmaganini, balki shu yerli yuqori paleolit odamlarining davomchilari ekanli-gani isboilab byerdi. Izlanishlar yana shuni ko’rsatdiki Dam-dam-chashma-1 va Dam-dam-chashma-P larning madaniyati shimoliy Iroqning mezolit davri madaniyatiga va janubiy Kaspiy bo’ylaridagi hamda janubiy-sharqiy yerondagi mezo-lit, neolit davri madaniyatiga juda yaqinligini ko’rsatib, yuqoridagi akademik A. P. Okladnikovni fikrlarini to’g’ri ekanlagini yana bir bor isbotladi. Dam-dam-chashma-1 va Dam-dam-chashma-P larda qazish ishlarini olib borgak arxeo-log G. E. Markovni taxminiga ko’ra, Dam- dam-chashma-1 va Dam-dam-chashma-P larni madaniyati sharqiy- janubiy Kaspiy bo’ylari, yeronning maarkaziy viloyatlari va Iroqni shimo-li, tosh asrida bitta umumiy bir-biriga juda o’xshash mada-niyatga ega bo’lgan xududni tashkil etganlar. Shunday qilib, Dam-dam-chashma-1 yodgorligida olib borilgan arxeologik iz-lanishlar Dam-dam-chashma-P kabi bu yerda ham mezolitni ik- kinchi yarmidan bronzani ilk davrigacha bo’lgan tosh indust-riyasini rivojlanish dinamikasini ko’rsatuvchi yodgorlik ekani aniqlandi. A. P. Okladnikov tomonidan topilgan va o’rganilgan navbatdagi mezolit yodgorligi o’zini ob- xavoni o’zgarishi tarixi bilan bog’liq bo’lganligi va Kaspiy dengi- zini ta`sirini aks ettirgani bilan ko’pchilikni ehtiborini o’ziga jalb qilgan Kaylyu qarorgoxidir. Bu Kaylyu g’ori ho-zirgi kunda ham Kaspiy dengiziga juda yaqin bo’lib, uni ma-daniy qatlamlari 4 m lik qalinlikka ega. Bu mezolitga oid madaniy qatlamlarni tagi Kaspiy dengizini harsangtoshla-ridan iboratdir.
P. Okladnikovni xulosasiga ko’ra dengiz suvini to’lini o’z qirg’og’idagi tog’ jinsini vaqt o’tishi bilan emi-rib, g’orni vujudga keltirgan va oradan ko’p yillar o’tishi bilan dengizni o’zi qirg’oqdan ancha chekingan. Shundan so’ng mezolit odamlari kelib bu g’orga joylashganlar. Hozirgi kunda dengiz bu qarorgoxdan 20 m pastga tomon siljigan. Bu yodgorlikni o’ziga xos
xususiyatlaridan biri uni madaniy qatlamlarini juda yaxshi saqlanganligidir. Uchirindi va plastinkalar va ularni o’zaklar juda ko’plab topilgan. eng noyob topilmasi bu suyakdan maxsus yasalgan nina bo’lib, uni bir uchi o’tkirlangan, ikkinchisida esa ip o’tqazish uchun maxsus parmalanib, teshik xosil qilingan. Bunday usulda tayyorlangan ignani topilishi Markaziy Osiyo xududida yagona voqea bo’lgan edi. A. P. Okladnikovni xulosasiga ko’ra Markaziy Osiyo xududida mezolit davrida kishni sovuq kunlarida ajdodlarimiz maxsus bichib tikilgan kiyimlarda yurishgan. Bu borada tulki, bo’ri, quyon kabilarni tyerilaridan keng foydalanganlar. Aks xolda yuqoridagi kabi maxsus tayyorlangan ignalar bizgacha etib kelmagan bo’lar edi. Kaylyu g’or yaqinidan ikkita go’rni topilishi va ularni o’rganilishi ularni mezolit va neolit davriga mansub ekanliklaridan dalolat byeradi. Bu qabrlardan topilgan arxeologik matyeriallarni ahamiyatli tomonlari shundaki bular ajdodlarimizni diniy e`tikodalri, ko’mish marosimlari xaqida bizga ancha mukammal ma`lumotlar byerdi. Murdalar ustiga kizil rang (oxra) lar sepilganligi uchun ularni suyaklari bo’yalgan xolatda topilgan. Haraktyerli tomoni shundaki, qabrlardan bu ranglardan tashqari dengiz chig’anoqlaridan yasalgan juda ko’plab taqinchoqlar ham topildi. Bularning hammasi mezolitni oxiriga kelib, bizni Markaziy Osiyo xududimizda urug’larni qabristoni vujudga kelganidan va bunday xolat ajdodlarimizda narigi dunyoga ishonish e `tiqodi ancha taraqqiy etishidan dalolat byeradi.
Ajdodlarimiz bu kizil ranglar qon urnini bosishiga va «hayotiy kuvvatga« ega bo’lishiga ishongan bo’lsalar ajab emas. Bu yodgorlikni o’rganilishi yana shuni ko’rsatdiki, bu qadimgi qabilalar biz uchun myeros. qilib qoldirgan madaniyatlarni har biri, bir-birini ichidan o’sib chiqqan, chetdan keltirilmaganligini ko’rsatdi. Ammo bular yeron va Iroqni shimolidagi qabililar bilan mustaxkam aloqada bo’lganlar. YUqoridagi yodgorliklarni barchasida uchirilgan plastinkalarni sifatlari yuqori darajada bo’lgan. Buning sababi A. P. Okladnikovni fikricha shu yodgorliklar joylashgan xududda chaqmoqtosh zaxiralarini ko’pligi va ularni sifatini yuqori darajada ekanligidir. Bunday fikrni to’g’riligini, bu borada juda ko’plab tajribalar o’tkazgan arxeologlarni iz- lanish natijalari ham to’la tasdiqlaydi. Faqat sifatli xom ashyolardangina sifatli
mehnat qurollarini yasash mumkin.
Markaziy Osiyo xududidagi, hozirgi hamdo’stlik mamla-katlari orasida Tojikiston respublikasini xududi arxeo-logik jixatdan nafaqat chor Rossiyasining xukmronlik dav-rida, balki kizil Impyeriya`ning XX asrni ikkinchi yarmiga qadar ham juda kam o’rganilgan edi. Tojikistonda nafaqat tosh asri, xatto bronza davri ham tushunilishi qiyin bir jumboq bo’lib
kelmokda edi. Shuning uchun ham bu xududda kutilmaganda antik davrda yuqori madaniyat gullagan degan tushuncha yuzaga kelgan edi. Ammo 1948- yildan boshlab, rus olimlari A. A. Semenov, A. Ya. Yakubovskiy va M. M. D’yakonovlarning tashabuslari bilan tosh asri bo’yicha A. P. Okladnikov boshchiligida maxsus otryad tashkil kilinib, qi-diruv ishlari boshlab yuborildi. Bu otryad tarkibida 3. A. Abramov, N. N. Zabelina, T. I. Zaimal’, V. D, Zaporoj-skaya, A. T. Konoplya, V. E. Larichev, V. A. Ranov kabi rus olimlari bo’lgani xolda Tojikistonni milliy kadrlaridan bironta ham yo’q edi. Bu otryad tomonidan deyarli butun To-jikiston xududida: Amudaryoni janubiy bo’ylarida, Xisor vodiysini markaziy qismida, shimolda Sirdaryo xavzasida tosh asri yodgorliklari borligi aniqlandi. Chil-chor-chashma bulog’i yonidan Xoji- yagona nomi bilan fanga kirgan mezo-lit yodgorligi topildi. Dang’ara rayoni xududidan esa ikki-ta mezolit davriga oid ajdodlarni to’rgan joylar topildi. Bu yerlardan topilgan tosh qurollarning hammasi A. P. Ok-ladnikov tomonidan Djebelni tosh industriyasi bilan qiyos-lab o’rganilib, ularni xronologiyasini rivojlangan mezolit davri bilan belgilandi. Ikkinchi turar joy esa Dang’ara, ya`ni shahar tipidagi qishloqni o’zidan topildi. Mikrolitik qiyofaga ega bo’lgan eng boy topilmalar Chil-chor-chashma bu-log’i yonidan topildi. Bu yodgorliklarni tosh qurollarini Djebel bilan solishtirib, A. P. Okladnikov yeramizgacha bo’lgan U1-U ming yillik bilan belgilagan. Otryad tomoni-dan topilgan barcha mezolit yodgorliklarini o’rganilishi na-tijasida yeramizdan avvalgi VIII- V ming yillikda Toji-kiston xududida Amudaryodan Sirdaryogacha bo’lgan yerlarda ovchi-yig’uvchilar va baliqchilar yashagan va ular kyeramika (sopol) ni, o’q-yoyni bilmaganlar. Bu kabilalar mezolit ma- daniyati darajasida bo’lganlar. Ularni tosh ishlash usullari bir xil bo’lib, asosan mehnat qurollarini prizma shaklida-gi o’zaklardan yupqa qilib olingan pichoqsimon plastinka-lardan yasaganlar degan fikrga kelingan.
Shundan so’ng A. P. Okladnikov boshchiligidagi otryadni butun diqqat e`tiborini juda ifodali saqlangan Vaxsh, Kofirnigon va Tojikistonning boshqa tosh daryolarini te-rassalariga qaratildi va bu joylardan ko’plab qayroqtosh- lardan yasalgan mehnat qurollari topildi. Natijada arxeo-logiya faniga «Xisor madaniyati» nomi bilan kirib kel-gan tosh asrini yangi madaniyati kashf etildi. Bu madaniyat-ni batafsil ifodalaydigan va eng yaxshi saqlangpan hamda mukammal o’rga-nilgan, arxeologik matyeriallarga juda boy bo’lgan yodgorlik buPTutqoul manzilgoxidir. Bu yodgorlik ko’p qatlamli bo’lib, undagi arxeologik topilmalarning barchasi Xisor madaniyati-ni aks ettiradi. Tutqoul Puli-changi darasining 70 km janubiy-sharqida Nurli shaxridan
12 km yuqorida joylashgan. Tutqoul bu xududda yolgiz bo’lmay uning
yaqinida Say-Sayyod va Qumtepa yodgorliklari joylash-gan. To’rt sezon qazish ishlari olib borilishi natijasida 40 mingdan ortiq Xisor. madaniyatiga oid arxeologik mate-riallar topilgan. Bu yodgorlkni ikkinchi gorizontidan bir xotin va uch bolani qabri ochilib, ularni suyak qoldiqlari topilgan. Xisor madaniyatining bosh xususiyati shundan ibo-ratki, bu yerdagi tosh qurollarni ko’pchilik qismi qayroq-toshlardan yasalgan. Shuning uchun arxeologiya fanida Tutqo-ulni tosh qurollari xaqida gap ketganida, uni texnikasi «Galechnaya texnika» ga asoslangan deyiladi. Butun tosh industriyasini faqat 30 foizigina chakmoktoshlardan yasal-gan bo’lib, ular to’mtoq va dag’al qurollardan iborat. Tu-tqouldagi va Xisor madaniyatiga oid boshqa yodgorliklardagi kolletsiyalarni asosiy qismi uchirindi (otshep) lar bo’lib, bo’lar mehnat kurollarinin yasash uchun yarim tayyorlangan ashyo (zagatovka) lar rolinio’uynagan. Xisor madaniyatiga xos va keng tarqalgan mehnat kurollari choppyerlar bo’lib, cho’ppinglar kam uchraydi. Choppyer deganda oddiy qayroqtoshni otboynik yordamida bir tomonidan bir necha uchirindilarni uchirmasi natijasida o’tkir qirra xosil qilingan mehnat qurolini tushuniladi. Choppyer qurolini yasashdan avval aj- dodlarimiz, shu qurolni yasalishi uchun qulay bo’lgan, ya`ni nisbatan yapaloqroq shaklga ega bo’lgan qayroqtoshni tanla-ganlar. Bu xildagi qayroqtoshlar soylarda, daryo qirg’oqla-rida hozirgi kunlarda ham.ko’plab uchraydi. Choppyer quroli-ni bir tomoniga otboynik yordamida ishlov byerilib, o’tkir kesuvchi qirra xosil qilingan bo’lsa, ikkinchi qarama- qar- shi tomoniga ishlov byerilmay to’mtok va silliqligicha qol-dirilavyergan. Chunki bu tomoni qo’l. bilan ushlash uchun ku-lay bo’lgan. Demak, qo’l choppyer qurolini ishlatishda, bolta dastasiga o’xshash vazifani bajargan. Shell’ va ashell’ qu-rollarini ishlatilganida ham shunday usul qo’llanilgan. Choppyerlar daraxtlarni kirkishda, butoqlarini butashda, yog’ochdan mehnat qurollarini yasashda xuddi hozirgi zamon boltaliriga o’xshab foydalanilgan. Bulardan tashqari chop-pyerlar tyerilarga ishlov byerishda ham qo’llanilgan. Bu mehnat quroli xaqida yana shuni aytish kyerakki, bu qurolni paydo bo’lishini tarixi quyi paleolitga borib taqaladi. Xatto ashell’ qurollari bilan bir qatorda ham foydalanilgan bo’lib, u keyingi o’rta, yuqori paleolitda, mezolit va neolitda, xatto bronza asrida ham uchraydi. Buning sababi uni yasalish texnikasini oddiyligi, qayroqtoshlarni syerobligi va bu qurollar yordamida ko’p ishlarni bajarish mumkinligi bo’lsa kyerak.Bu qurolga choppyer deb nom ko’ygan odam. bu ingliz_olimi Moviusdir. Choppyerlarga nis- batan kamroq uchraydigan, ammo choppyerlardan farq qilib, bir
tomondangina emas, balki akki tomonidan xam ishlov byerishgan kurollarni Movius choppnng deb atagan. Aslida choppyerlarni qirralari o’tmaslashib, to’mtoqlashganida ular-ni ikkinchi tomonidan otboyniklar yordamnda bir necha bor zarb bilan urib, uchirindilar uchirilib, choppyerlar chop-pinglarga aylantirilganlar. Choppyerlar va choppinglar faq-at ma`lum bir regiongagina xos bo’lib qolmay, balki jahondagi ko’p yodgorliklarga xosdir. T u_t q o u l d a g i Xisor madaniyatiga oid katlamlar VII-V1 ming yillikni UZ ichiga oladi. Xisor madaniyati egalarini xo’jaligini asosini nima tashkil qilgani xaqida turlicha fikrlar mavjud.
Ayrim olimlar Tutqoul manzilgoxini egalari ovchilik bilan tyermachilidan chorvachilikka o’ta boshlaganlar, so’ng chorvachilikdan dehqonchilikka o’tgan desalar, shu yodgorlikni trassalogiya usulida o’rgangan olima G. F. Karobkova bu ma- daniyatga doir mehnat qurollari orasida xech bir dexonchi-lik bilan shug’ullanganliklarini tasdiqlovchi asos yo’q. Ammo chorvachilik bilan shug’ullanganliklaridan dalolat b,e-ruvchi mehnat qurollari mavjudligini ko’rsatib, Xisor ma-daniyatini egalari chorvachilik bilan shug’ullanganlar degan fikrga keladi. Bizningcha ikkinchi fikr asoslidir. Chunki S. A. Semenov tomonidan yaratilgan trassalogiya usuli da-liliy ashyolarga suya`nib, 1960-yillardan boshlab, butun jahon miqyosida tan olinib, hozirgi kunlardi taraqqiy et-gan mamlakatlarda keng qo’llanilmoqda. Bu usulga bag’ish-langan S.

  1. Semenovni «Pyervobmtnaya texnika» kitobi 1964 yilda Angliyada ingliz tilnda nashr etilgach, bu tras-salogiya o’suln jahon bo’ylab keng quloch yoya boshladi. 1976 yili esa shu usulga bag’ishlanib Kanada mamlakatida arxeo-loglarni xaltsaro anjumani bo’lib o’tdi. Shuni aytish ke-rakki arxeologiya fanida u yoki bu yodgorlikni o’rganishda ayniqsa ularni mehnat qurollarini funktsiyalarini aniq-lashda juda ko’p usullar mavjud. Bular orasida tipologiya usuli birinchi bo’lib paydo bo’lgan va ko’p yillar davomida deyarli barcha olimlar tomonidan qo’llanilib kelingan. Bu usulga ko’ra u yoki bu mehnat qurolini tashqi ko’rinishiga qarab, uni funktsiyasi, ya`ni bajaradigan vazifasini nomi belgilanadi. Masalan topilmeni tashqi ko’rinishi boltaga o’xshasa bolta, pichoqka o’xshasa pichoq deb taxminiy fikr ay-tiladi.

Shuning uchun ham arxeologlar bunday xulosaga kelish-larida etnograflarni ma`lumotlari bilan o’z xulosalarini mustaxkamlashga

harakat

kilar edilar.

Chunki etnograflar tashqi dunyodan

ajralib,

ibtidoiy

tzumni turli

davrlarida hozirgi kunlarda ham

qoloq

tarzda

yashayotgan

xalklarni o’rganish jarayonlarida

ularni

mehnat qurollari va ularni ishlatish usullari bilan tanishib qaytadilar. etnograflar orasida ana shu qolib ketgan qoloq xalklarni mukammalroq o’rganish maqsadida ular bilan birga yillab yashaganlari ham bor. Ularni izlanishlari shuni ko’rsatdiki, u tonfadagi xalqlar turli davrlarga mansub bo’lib, xatto tosh asrini boshidan kechirzyotganlari ham mavjud. Ammo trassalogiya uslubinn yaratilishi va uni keyingi yillarda keng ko’lamda qo’llanilishi mehnat qurollariii funktsiyalarini aniqlashda katta ahamiyat kasb etib, etnograflarni ma`lumotlariga, ayniqsa tosh qurollarini funktsiyalarini aniqlashda uncha extiej kolmadi. Chunki trassalogiya uslubiga ko’ra tipolo-giya uslubiga o’xshab, u yoki bu tosh qurolini tashqi ko’rini-shiga qarab emas, balki uni ishlatilishi natijasida, mehnat qurolinn ishlatilgan qismida qoldirilgai izlariga qarab funktsiyasi aniqlanadi. Ma`lumki hozirgi zamon uy-ro’zg’or asboblarini ishlatishimiz natijasida kunlar o’tishi bilan ularni ishlatilgan qismlarida o’ziga xos izlar qola-di. Masalan o’tin arralovchi arrani har ikki yuzida uzuna-siga joylashgan bir necha o’nlab ingichka chiziqlar shaklidagi izlarni joylashganini ko’ramiz. Xuddi shuningdek tosh as-rini mehnat qurollaridan ham qanday funktsiya`ni bajarga-niga karab, har xil ko’rinishdagi izlar ishlatilgan qism-larda qolgan. Ammo bularni hozirgi zamon uy- ro’zg’or bu-yumlaridagi qolgan izlardan farqi u.larni oddiy qurollan-magan ko’z bilan ko’rib bo’lmaydi. Sababi ular nisbatan ju-da kichik va ko’p ming yillar o’tishi natijasida har xil tu-proq va kumlar bilan qoplanib, ko’rinmaydigan bo’lib kol- ganlar. Shuning uchun o’rganiladigan tosh qurollar avvalo xitxinol bilan yaxshilab yuviladi, so’ng o’tmishda ishlati-lishi natijzsida kolgan izlarni bir necha o’n xatto yuz ba-robar qilib ko’rsatib byeruvchi zamonaviy asboblar yordamida kuzatiladi. Ana shunday asboblardan biri MTS-11 raqamli binokulyar apparati bo’lib, bu apparat yordamida tosh qurol-larda qolgan izlarni yaqqol kzatish mumkin. Chunki bu appa-rat toshdagi izlarni har birini kalam chizigidek, xatto un-dan yo’g’onroq qilib ko’rsatadi. Bunday izlarni qanday ish-larni bajarish natijasida paydo bo’lganini aniqlash maq- sadida bir necha xil tajribalar o’tkaziladi. Masalan uchi-rindilardan

birida ibtidoiy usulda yog’ochga, ikkinchisida suyakka, uchinchisida tyeriga va hokazolarga to ul arda ma`lum darajada izlar xosil bo’lgunicha ishlatiladi. Bu izlarni turlicha bo’lishi tabiiydir. Shundan so’ng bu tajri-balar o’tqazish orqali xosil qilingan izlar ajdodalrimiz tomonidan qoldirilgan mehnat qurollaridagi izlar bilan solishtirilib, ularni funktsyalari aniqlanadi. Bunday usul bilan mehnat qurollarini o’rganish usuli trassalogiya usuli deyiladi. Aniqrog’i trassalogiya usuli mehnat qu-rollarini funkitsyalarini izlariga qarab, aniqlash de-makdir. Bunday usulni arxeologiya faniga kirib kelishi juda ko’plab yangiliklarni byerdi. Bu usul tosh asri yodgor-liklarinin mehnat qurollarini, ayniqsa mezolit va neolit davriga oid qurollarni funktsiyalarini aniqlashda juda qu-lay va ahamiyatlidir. Ammo bu usulni bitta kamchiligi shundan iboratki, bu usul bilan o’rganiladigan mehnat qu-rollari tabiatni ta`sir kuchlaridan yaxsha saqlangan bo’lishlari shart. Ular madaniy qatlamlarda qanday qoldi-rilgan bo’lsa, o’sha xolatda saqlangan bo’lishi kyerak. Aks xolda , ya`ni madaniy qatlamlar tabiatni ta`sir kuchi na-tijasida joylaridan jilib, undagi mehnat qurollari quyosh nuri yoki shamol ta`siri kabilarga duch kelgan bo’lsa-lar.ulardagi izlar yo’qolib, ularni funktsiyalarini aniq-lash mumkin bo’lmay qoladi. Madaniy qatlamdan olinganlari esa trassalogiya usuli bilan o’rganilganda o’tmish ajdodla-rimizni turmush tarzlari xaqida juda aniq va yuqori aha-miyatli ma`lumotlarni byeradi. Shuning uchun ham Tutqoul yodgorligidagi madaniy qatlamlarida olingan topilmalarni trassalogiya usulida o’rganib, G. F. Karobkovani qilgan xu-losalari.biz uchun ishonarlidir.


Tojikistondagi mezolit yodgorliklaridan yana biri Osh-xona nomi bilan fanga kirgan ustaxona manzilgoxidir. Osh-xona sharqiy Pomirdagi Markansuv daryosining o’ng irmog’i xavzasida, dengiz satxidan 4100 m balandlikda joylasha-gan. Faqat bosh ob’ektdan topilgan tosh buyumlarni soni 4 mingta. Bular asosan tosh uchirindilardan yasalgan katta va kichik qirg’ichlar, teshuvchi (prakolka) lar hamda randa (skobel’) lardir. Bulardan tashqari ikki xildagi kamon uchlari topilkb, ularni bir xillari yupqa urchuqsimon shaklga ega bo’lib, har ikki tomoniga ishlov byerilgan plastinkalardan yasalgan. Ikkinchilar esa dag’al va sifatsiz ishlov byerilgan kamon o’qlaridar. Bu yodgorlik madaniyatini bosh xususiyati dag’al qurollar bilan bir qatorda juda o’tkir did bilan yasalgan nozik qurollarni yonma-yon bo’lishidir. Oshxona uchun geometrik shaklda mikrolitlar haraktyerli emas. Bu yerdan
topilgan mehnat qurollarini o’ziga xosligi ya`ni boshqala-ridan tubdan farq qilishi, Oshxona yodgorligi mustaqil ma-daniy kompleksga ega bo’lgan yodgorlik deyishga asos byeradi. Yodgorlikdagi ikki tomonlama ishlov byerilgan kamon o’lari-ni hisobga olib, olimlarimiz bu qarorgoxni yoshini so’nggi mezolit davri bilan.belgilaydilar.
Tojikistondagi mezolit yodgorliklaridan yana biri Obi-Kiyik bo’lib, uni madaniy qatlami hammasi bo’lib, 28 m2 teng bo’lgan maydonni tashkil qiladi. Jami tosh buyum-lar 450 ta bo’lib, bo’lar: o’zaklar, mikroplastinkalar (ya`ni mayda plastinkalar), retushlanmagan plastinkalar, qirquv-chi qurollar va plastinka siniqlaridan iborat. Prizma va qalamsifat o’zaklar umuman yo’q. Asosan yog’ochga ishlov be- ruvchi qurol (skobel’) lar plastinkalardan yasalgan. Uchi-rindilardan yasalgan skobellar va skreblolar kam uchraydi. Bu xildagi qurollar asosan plastinkalardan yasalib, ular-ni ishchi qismlari plastinkalarni yon tomonlarida bo’lmay balki uch tomonlarida joylashgan. Shuning uchun ham bu tur-dagi qurollarni arxeologlar ularni bajargan ishlariga qa-rab (kontsevne skrepki) plastinkani uch tomoni ishlatilgan qirg’ichlar (agar bu qurollar bilan tyeriga ishlov byerilgan bo’lsa) yoki (kontseve skobeli) ya`ni plastinkalarni uch to-moni randa bo’lgan qurollar deyishadi. Uchirindilardan qi-lingan skobel va skreblolar ham Obi- Kiyikda uchraydi. Am-mo juda kam miqdorda. Tojikiston xududida yuqorida bayon qilganlarimizdan tashqari Dang’ara, Sho’rtuz, Chil- chor-chashma, Ilik ko’l, Daxana-kiyik,. Qoratumshuq, Shugnau, Quyi- Bulyon va hokazo kabi mezolit yodgorliklari mavjud. Markaziy Osiyo respublikalari orasida Qirg’iziston Res-publikasini xududi asrimizni birinchi yarmida arxeolgik jixatdan ancha sust o’rganilgan. Ammo nisbatan durustroq o’rganish 1950-yillarda tashkil qilingan. Qirg’iziston ar-xeologiya va etnografiya kompleks ekspeditsiyasidan so’ng boshlandi. Sari-Jez daryosi atrofida Oq-Chungir g’oridan neolit davriga oid neolit yodgoligi topilib, birinchi bor A. P. Okladnikov tomonidan shurf solingan. Oloy vodiyis-da ham qidiruv ishlari o’tkazilib, neolit davri uchirindi-lari topilgan. A. P. Okladnikov va uni shogirdi V. A. Ra-novlar tomonidan olib borilgan arxeologik izlanishlar shuni ko’rsatdiki, Qirg’izistondagi topilgan yodgorliklarni ko’pchiligi neolit davriga mansub bo’lib, ularni aksariyati madaniy qatlamga ega emas balki, yer satxidan topilgan to-pilmalardir. Bunday topilmalarni arxeologlar podemnie matyerialn, ya`ni joyidan tabiatni ta`sir kuchi natijasida har tomonga sochilgan moddiy ashyolar deydilar. Odatda bu xildagi topilmalarni,
madaniy qatlamlardan olingan to-pilmalarga nisbatan uncha qadri bo’lmaydi. Chunki bo’larni yoshini va funktsiyalarini aniqlash ancha qiyin kechadi. Bu xildagi moddiy ashyolarni yoshini boshkma madaniy qatlam- lardan topilgan va yoshlari aniqlangan topilmalar bilan qiyoslab o’rganish orqali, nisbiy ravishda belgilanadi. Shu-ni ham aytish kyerakki Qirg’iziston xududida yer satxidan topilgan topilmalarni aksariyati, ayrimlarinigina hisobga olmaganda, qayroqtoshlardan yasalgan. Olimlarimizni izla-nishlari shuni ko’rsatdiki, bu xududning tog’li rayonlari neolit davrida uni tog’li rayonlarida Xisor madaniyatini boshidan kechirgan. Chunki bu xududlarda ham Tojikistonda-gi kabi qayroqtoshlardan mehnat qurollarini yasash keng ko’lamda qo’llanilgan. Shuni aloxida aytish joizki O’zbeki-ston Respublikasi bilan Qirg’iziston Repspublikasi chega-rasida, aniqrog’i Farg’ona viloyatini So’x tumani bilan O’sh viloyatini Xaydarkon shaharchasini tutashtiruvchi So’x va Haydarkon yo’lini So’xdan boravyerishdagi chap tomonida Obishir-1 va V yodgorliklari 1960- yillarda o’zbek arxeo-loglari tomonidan topilgan va 70- yillarda har tomonlama mukammal o’rganilgan. Ammo shuni ham aytish kyerakki Mar-kaziy Farg’onada mezolit va meolit yodgorliklari bo’yicha izlanishlar ancha yerta boshlangan. Masalan 1958- yilda B. S. Gamburg va N. G. Gorbunova 1963-64- yillarda, YU. A. Za-dneprovskiy va 1965- yilda O’. Islomovlar tomonidan so’nggi mezolit va neolit davriga mansub yodgorliklar topi-lib, ularni tosh qurollari yer satxidan tyerib olingan. Shu-ning uchun ularni arxeologik yoshlarini aniqlash tipologik jixatdan o’zaro bog’liqliklarini belgilash, xo’jalilarini asosini nima tashkil qilganini aniqlash va-ularni keyingi taraqqiyotlarini yoritish kabi masalalarni xal qilib bo’lmas edi. O’. Islomov tomonidan madaiy qatlamga ega bo’lgan Obishir-1 va V yodgorligida uzluksiz ravishda arxeologik qazishlarni olib borilishi bu yodgorliklarning stra-tigrafiyasini aniqlash, tosh industriyasini tipologiyasini aniqlash, hayvon suyak qoldiqlarini o’rganish kabi masala-larni yoritish Farg’ona vodiysining toshli mezolit kabila-larini har tomonlama haraktyerlab byerish imkonini byerdi.
Obishir-1 va V yodgorligi So’x daryosini yuqori qismida, Obishir soyining o’ng qirg’og’ida joylashgan. Obishir I ning kengligi 12 - 14 m, uzunligi 6 m, balandligi 20 m. Obishir V esa nisbatan juda katta g’or bo’lib, uni eni 30 m, uzunligi 9 m, balandligi 20 m. Obishir V dan jami 7545 ta arti-fakt qazib olinib, shulardan 922 tasi ajdodlarimz tomo-nidan mehnat qurollari sifatida ishlatilganligi aniqlan-gan. Obishir I dan esa hammasi bo’lib, 2511 ta tosh buyumlar topilib, ulardan 322 tasi mehnat qurollari sifatida ish-latilganligi aniqlangan. Shuni aloxida aytish joizki
O’. Islomov tomonidan Markaziy Osiyodagi barcha myozolit yod- gorliklarini bir-birlariga solishtirilib, mehnat qurollarini, ayniqsa Mochay, Obishir I va V, Qo’shilish (bu yodgorliklarda qazish ishlarini O’. Islomovni o’zi olib borgan) kabilarni har tomonlama mukammal o’rganilishi Markaziy Osiyo mezolitini ilk, o’rta va so’nggi davrlarni aks et-tiruvchi yodgorliklarga bo’lish imkonini yaratdi. Bunday im-koniyatlar o’z navbatida bir tomondan biz uchun Markaziy Osiyo mezoliti xaqida keng tushunchalar byersa, ikkinchi to-mondan O’zbekistonimiz xududidagi Mochay, Qo’shilish va Obishir I va V yodgorliklarini yoshini, ularni Markaziy Osiyoda tutgan o’rnini aniqlashda muxim ahamiyat kasb etadi. Mochay yodgorlignning mutloq sanasi 5600 yil (yeradan avvalgi). Bu yodgorlikni ayrim mehnat qurolllari uncha kat-ta sonni tashkil qilmasa-da, o’zlarini juda ifodali ekan-liklari bilan alohida ajralib turadilar. Obishir I va V qarorgoxlaridagi tosh industriyasini Mochay qarorgoxidagi tosh industriyasini bir-birlari bilan o’xshashligi shundaki, bu yodgorliklarni har birida bir vaqtni o’zida dag’al qurol-lar bilan bkrga juda nozik mikroplastinkalardan foyda-langanlar. Lekin bu yodgorliklarni tosh industriyasini sin-chiklab o’rganish., ularni yoshlarini bir-birlaridan fark qi- lishini ko’rsatdi. Masalan Obishir I va V yodgorliklarini Mochayga nisbatan yoshini ancha kattaroq bo’lishini sandon va toshdan maxsus yasalgan o’g’ircha dastalarini hamda urish uchun mo’ljallangan har xil mehnat qurollarini yo’qligi ham is-botlandi. Chunki bu xildagi mehnat qurollari mezolitni so’nggi davrlariga xosdir. Ayniqsa mehnat qurollariga ik kinchi ishlov byerish Obishirdagilarga qaraganda Mochayda ancha mukammal darajada. O’zbekistonimizdagi barcha mezolit yodgorliklarini tosh industriyasini trassalogik usulda o’rganilishi qirg’ich (skrepki)larni son jixatdan eng ko’pi Obishir I va V yodgorliklarida eng ko’pligini ko’rsatdi. Shuning uchun ham olimlarimiz Obishir g’orlarida yashagan ajdodlarimizni xo’jaligida ov etakchi rol’ o’ynagan degan xulosaga keladilar. Qirg’ichlarni tashqi ko’rinishini o’rganish natijalari yana shuni ko’rsatdiki, Obishir I va V dan jami 448 ta qirg’ich topilgan bo’lsa, ularni katta qismi uchirindilardan qilingan bo’lib, plastinkalardan yasalgan-lari ozchilikni tashkil qiladi. Shuni o’zi ham Obishir g’or-lari yodgorligini ancha qadimiy ekanligini ko’rsatadi.
Mochay g’orida yashagan ajdodlarimiz Obishirdagilardan farq qilib, ovchilikdan tashqari chorvachilik bilan ham shug’ullanganlar. Shuning uchun ham Mochayda kamon o’qi va yumaloq shakldagi palaxmon toshlari uchramaydi. Balki, san-don, tosh ugir dastasi va donlarni ezib maydalaydigan
(te-rochnik) larni mavjudligi tyermachilikni murakkab shaklli bo’lganligidan dalolat byeradi. Bu kabi mehnat qurollarini mavjudligi donlarni yanchish uchun foydalanilgan bo’lishi mumkin degan fikrni ham tug’diradi. Shunday ekan Mochay g’orida yashagan ajdodlarimiz dehqonchidlik bo’sag’asida bo’lganlar deyishga imkon byeradi.
Arxeolog olimlarimiz tomonidan Markaziy Farg’ona tekkisliklaridan juda ko’plab topilgan yodgoliklarni tosh industriyalari Obishir I va V, Mochay, Qo’shilish kabi mada-niy qatlamlarga ega bo’lgan yodgorliklar bilan qiyoslab o’rganildi. Markaziy Farg’ona yodgorliklaridan Bekobod 3 -4, Sho’rko’l 1 - 2, Ichakqal.va 1 - 2, Achchiqqo’l 4-7, Yangi qadam 21 va boshqalarni Obishir I va V bilan qiyosiy o’rganishni, ularni o’zaro yaqin o’xshashliklari borligini ko’rsatdi. Ammo Markaziy Farg’ona yodgorliklarini farqi ularni mikrolizatsiyalashganligini yuqori darajada bo’lganligi bilan belgilandi. O’xshashliklari esa ikkinchi ishlov byerilishida va plastnnkalarni uchirib olish texnikasida yaqqol ko’rinadi. Markaziy Farg’onadagilarni o’ziga xos xususiyati deyarli barcha mehnat qurollarini mayda uchirindi va plastinkalardan qilinganligidadir. Arxeologlarimiz Markaziy Farg’o-na yodgorliklarini tosh industriyasini ancha tarakkiy etganligini xisobga olib. ularni Obishir I va V g’orining industriyasidan ancha yosh ekanligini. anikrog’i ularni xammasini sunggi mezolit davriga mansubligini bayon kiladilar. Obishir Z.Surxondaryo kompleksiga Mochay industriyasi kiradi. Mochay industriyasini o’ziga xosligi bu qayroqtoshlardan iborat otboyniklarni ko’pligi va tabiiy dololit (minyeral tosh) siniqlaridan mehnat quroli sifatida foydala-nilganligidir. Demak, O’zbekistondagi bu 3 ta kompleks bir-birlaridan xudud, xronlogiya va tipologik jixatdan farq qiladilar. Ammo shunga qaramay ularda o’xshashlik to-monlari ham mavjud: Farg’onaning g’orlaridagi kompleksla-ri Mochay g’oridagi kompleksiga mikroplastinkalarga ishlov byerili-shida va o’rtacha plastinkalarni xajmlarini bir-birlariga yaqinliklarida kuzatish mumkin. Agar Obishir I va V yodgorliklarini Farg’ona kompleksida asosiy o’rinni egallashini va topilmalarini moddiy katlamlardan olinl gan-ligini xisobyoga olsak. bu kompleksni «Obishir mada-niyati» deyishimizga to’la asos byeradi. Bu madaniyat Farg’o-na vodiysini tog’li rayonlariga va tekislik xududlariga yoyilgan bo’lib, hammasini o’z ichiga oladi. Markaziy Farko-naning tekisliklaridan topilgan mezolit davriga mansub barcha yodgorliklar «Obishir madaniyati» ning so’nggi bosqi-chini tashkil etadi. O’zbekistonimizni xududidagi mezolit yodgorliklarini kelib chiqish tarixini yoritish masalasiga kelsak, nafaqat bizni, balki butun Markaziy Osiyo xududi-da bu masala
uncha qoniqarli emas. Buning asosiy sababla-ridan biri xali bu xududlarda yuqori paleolit yodgorlikla-rini son jixatdan juda oz ekanligidir. Ammo bor ma`lumotlarga suyangan xolda A. P. Okladnikov Markaziy Osiyo mezoliti Samarqand va Xojagur qarorgoxi tipidagi yerli yuqori paleolit yodgorliklaridan o’sib chiqqan va mezo-litni ma`lum darajadagi davrida O’rta Osiyo mezolitini taraqqiyoti geometrik shakllarga ega bo’lgan dehqonchilik va chorvachilik bilan shug’ullangan madaniyatgi hos qabilalar bilan bog’liq bo’lgan degan xulosalarini byergan. Garchi yuqo-ri ta`kidlaganimizdek Markaziy Osiyo mezolitini kelnb chiqishini tasdiqlochi yuqori paleolit yodgorliklari oz da-rajada bo’lsa-da, Obishir madaniyatini rivojlani evolyu-tsiyasini ko’rsatuvi yodgorliklar Markaziy Osiyo xududida juda ko’plab uchraydi. Bunga asos qilib, Markaziy Farg’ona-dagi Obishir madaniyatini so’nggi davrini aks ettiruvchi ko’plab topilgan neolit yodgorliklarini ko’rsatishimiz mumkin.
Xulosa qilib, shuni aytishimiz kyerakki vatanimiz xu-dudidagi yuqori paleolit yodgroliklari yerli must’e yodgor-liklaridan o’sib chiqqanidek, mezolit yodgorliklari ham asosan yerli yuqori paleolit yodgroliklaridan o’sib chiqqanlar
Markaziy Osiyo xududida madaniy qatlamga ega bo’lgan tosh asri yodgorliklaridan tashqari ajdodlarimizni turmush tarzini, madaniyatlarini, san`atini xatto urf- odatlarini umuman biz uchun juda ahamiyatli ma`lumotlar byeruvchi yana bir o’ziga xos bo’lgan yodgorliklarning bir turi tog’lardagi silliq qoyalarga aynan o’sha ajdodlarimizni o’zlari tomo- nidan chizib qoldirilgan rasmlardir. Bu xildagi rasmlar Markaziy Osiyo xududidagi respublikalarni tog’liq rayon-larida juda ko’plab uchraydi. Bu respublikalarning barcha-sida qoyatoshlardagi rasmlar bilan milliy kadrlardan mu-taxassis olimlar yo’q darajada bo’lgani sababli, rus olim- lari shug’ullanganlar. Ammo bu borada xam O’zbekiston res-publikasi akademik Ya. G’. G’ulomovni sayi xarakatlari tu-fayli o’zini milliy mutaxassislarini olib borgan salmoq-li ilmiy izlanishlari bilan ajralib turadi. O’zbekiston-ning tog’liq xududlarida mavjud bo’lgan qoyatosh suratlarini topish va tatqiq qilishda Ya. G’. G’ulomov, A. R, Muhammad-jonov, A. Kabirov, M. Xo’jamnazarovlarni xizmatlari kat- ta. Aynan shu soxada O’zbekistonimizda birinchi bo’lib, A. Kabirov
«O’zbekis-tonda qoyatosh suratlarini o’rganish* mavzusida nomzod- lik dissyertatsiyasini yoqladi. Shaxsan Ya. G’ulomovning tashabbuslari bilan 1969 yildan boshlab qoya toshlardagi rasmlarni o’rganish uchun
maxsus gurux tashkil qilinib _bu gurux A. Kabirov boshchiligida aniq rejalar asosida O’zbekistonimizni tog’liq rayonlarida qidiruv va ilmiy izlanishlar olib bordi. Natijada O’zbekistonimiz xududida 50 dan ortiq qadimiy qoyatosh yodgorlikari kashf etildi va 1976 yilga kelib A. Kabirov tomonidan «Sarmishsoyning qoyatoshlaridagi rasmlar» nomli il-miy monografiya chop etildi.
Qoyatosh rasmlari ishlanish texnikasiga ko’ra ikki turga bo’linib, biri bo’yoq bilan, ikkinchisi esa urib, o’yib ishqa-lash, chizish usuli bilan ishlangan rasmlardir. Nafaqat bizni O’zbekistonimizda, balki Markaziy Osiyo xududidagi barcha xamdo’stlik mamlakatlarida xar xil_ rangdagi bo’yoq-oxra bilan ishlangan rasmlarancha kam bo’lib, urib, o’yib, ishqalash, chizish usuli bilan ishlangan rasmlar, ya`ni pet- rogliflar juda ko’plab uchraydi. O’zbekistondagi qoyatosh rasmlarining eng ol"iyjanob namunalariga mutaxassislari-mizni xulosalariga ko’ra Zarautsoy, Sarmishsoy, Bironsoy, Tyeraklisoy, Jarsoy, Tutlisoy, Qrong’u ungursoy, Chadansoy, Sho’rbuloqsoy va boshqalarni kiritish mumkin. Bu joylar-dagi qoyatoshlarda O’bekistonimizni qadimgi va xozirgi hay-vonot olamini aks ettiruvchi ajoyib rasmlarni ko’rish mum-kin. Ular ibtidoiy buqalar va sigirlar, shyerlar va yo’lbarslar, qoplon va gepartlar, tulki va bo’rilar, arxar va tog’ echkilari, bug’u va elinlar, sayg’oq va jayronlar, jayra va toshbaqalar, baliq va ilonlar, echki va yirik shoxli qoramollar, tuya va eshak kabilardir. eng muximi bu rasmlar orasida odamlarning uzun qilich, xanjar, o’qdon, dubulza, qopqon, arqon, qalqon, niqob kabi narsalarni tasvirlarini xam ko’plab uchrashidir. O’zbekiston xududidagi eng qadimgi rasmlar buqa va echkilarni ov qilish manzara-sini aks ettirgan Zarautsoydagi rasmlar bo’lib, uni xronologiyasi yeramidan avvalgi USh-1U ming yillikni o’z ichiga oladi. O’zbekistondagi petrogiliflar - qoyatosh rasmlari-ning eng qadimgisi yeradan avvalgi II ming yillikka aloq-dor bo’lsa, boshqalari VI-!! asrlarga oiddir.
Markaziy Osiyo respublikalri ichida Kirg’iziston jum-xuriyatini xududida tog’liq joylar ko’p bo’lgani uchun u yer-lardan juda ko’plab qoyatosh rasmlari topilgan. Qirg’izi-stondagi qoyatosh rasmlarining eng noyob namunalari Sariyoz, Saymalitosh, Aravon, Ayirmochtog’, Suratlisoy, Oxna va Ta-las daryosi xavzasidagi qator qoyatosh yodgorli1?lari bo’lib, ularda odam, tog’ echkisi arxar, bug’u, bo’ri, tulki, to’ng’iz; uy hayvonlaridan it, ot, tuya, qoramol; qurollardan o’q- yoy, bumirang, nayza va boshqa narsalarning tasvirlari namoyon
etilgan. Qirg’iziston tog’laridagi qoyalarda tog’ takasi, bug’u, arxar va to’ng’izlarni ov qilish manzarasi juda ma-roqli ifodalangan. Qirg’izistondagi qotosh rasmlarinign eng qadimiysi buqa xisoblanadi. Odamlar tasviri esa bronza davriga, boshqalari yeradan avvalgi I ming yillik bilan belgilanadi.
Qoyatosh rasmlari Kozog’istonda xam keng tarqalgan bo’lib, ular haqidagi dastlabki ma`lumotlar XVIII asrdan boshlab asosan xorijiy olimlarni asarlarida uchraydi. Qozog’iston xududida chor Rossiyasi va Qizil ipyeriya davrida xam asosan rus olimlari tomonidan o’rganilgan. Natijada ko’plab qoyatosh tasvirlari haqida maqolalar va ayrim monografik kitoblar chop etilgan. Tojikistonda xam qoyatoshlardagi rsmlar bilan asosan rus olimlari shug’ullanganlar. Tojikistonning Zarafshon tizmasidan Sharqiy Pomirgacha orqa Oloy tog’laridan Ba-dax-shongacha bo’lgan oraliqda 120 dan ortiq joyda qoyatosh rasmlari hisobga olingan. Bu qoyatosh rasmlari xam ishla-nish texnikasi jixatidan bo’yoqli va urib, o’yil ishlangan petrogiliflarga bo’linadi. Tasvirlarni aksariyati Pomir-ning g’arbiy-markaziy va janubiy qismida ko’proq uchrab, sharqiy- shimolida siyrakroq tarqalgan. Tojikistondagi qoyatosh tasvirlari orasida Kunuybel, Kurtaka, Chiziq shax-ta, Qozonko’l, Zarko’l, Yashilko’l, Bozordara, Xargush, Langar-kisht, Xuf, Komoch dara, Jaman, Darvoz, Robot, Van qal`a, Vaznaut, Bittik-chashma, Namatgut xamda Zarafshon daryosi xavzasidan topilgan rasmli joylar mazmun va manzaralar-ning boyligi bilan kishi diqqatini o’ziga jalb qiladi. A. Kabirovni bayoniga ko’ra Tojikistonning qoyatoshlarida aso-san odam, ayiq, arxar, tog’ echkisi, bug’u, o’q-yoy, bars, buqa shuningdek uy hayvonlaridan qoramol, echki, ot va itning tasvirlari ifoda etilgan. Qoyalarda yovvoyi hayvonlar ayiq, bug’u, tog’ echkisi.arxarlarni ovlash bilan bog’liq bo’lgan o’ziga xos ajoyib manzaralar yuksak maxorat bilan ifodlan-gan. Tojikistondagi Bittik chashma va Kurtaka soyining shaxta g’oridagi bo’yoq bilan ishlangan odam, ayiq, to’ng’iz va boshqalarni rasmlari Zarautsoy suratlari bilan zamondosh bo’lib, mezolit, neolit davrining yeradan avvalgi U111-1U ming yilliklariga mansubdir. Tojikistondagi qoyatosh ras-mlari petrogiliflarning eng qadimgisi bronza asriga oid bo’lib, xronologik jixatdan yeramizgacha bo’lgan II ming yil-likni o’z ichiga oladi. Ikkinchi bosqich rasmdlar yeramizgacha bo’lgan I ming yillikni o’z ichiga olib, ular sak- skif turi deb ataladi. Uchinchi gurux rasmlar yeramizni I ming yilli-gini birinchi yarmiga va to’rtinchi guruxlari esa UP-XU asr-largi oiddir.
Xulosa qilib shuni aytish joizki, Markaziy Osiyo xu-dudidagi qoyatoshlar aks ettirilgan rasmlar ajdodlarimiz yaratgan qadimiy madaniyatini yoritishda arxeologik ashyolar kabi moddiy ashyo sifatida katta rol’ o’ynaydi. Chunki bu rasmlarning mazmuni va manzaralar ma`nosidan kelib chiq-ib, ajdodlarimizni xo’jalik hayoti haqida hayvonlarni ov qilish, ularni qo’lga o’rgatish va nixoyat xonakilashtirish, oqibatda chorvachilikni vujudga kelishi haqidagi ma`lumotlarga ega bo’lish mumkin.
Shuni aloxida ta`kidlash joizki, bizning Markaziy Osiyo xududidagi eng qadimiy rasmlar O’zbekistonning Zarautsoy suratlari bilan Tojikistonni Bittik-chashma va Kurtana soyining shaxta g’oridagi bo’yoq bilan ishlangan odam, ayiq, to’ng’iz va boshqalarni rasmlaridir. Bu rasmlarni juda katta tarixiy ahamiyati shundaki, ulrani yoshi yeramizdan avvalgi U111-1U ming yillik bilan belgilanganligidadir. Demak, bizning rassomchiligimizni tarixi juda uzoq zamonlarga borib taqladi. Aniqrog’i rassomchiligimizni ilk tarixi xozirgi kunimizdan 10 ming yil avval boshlangan deyish imkonini byeradi. Bu rasmlarni ayniqsa Zarautsoy suratlarini eng muxim tomonlari shundaki, ular qadimiy bo’lishlari bilan birga mazmun jixatdan xam katta ahamiyatga ega. Chunki Zarautsoy suratlarida ajdodlarimizni o’sha qadim zamonlarda ov qilishda niqoblardan foydalanishni xamda mezolit davrida ovda o’q-yoyni qo’llaganliklari aks ettirilgan. Bulardan tashqari USh-1U ming yillikda qanday hayvonolarni ov qilganliklari xam aniq ko’rsatilgan. Mutaxassis olimlarimizni Markaziy Osiyodagi qoyatosh suratlari ustida olib borgan ilmiy tatqiqot ishlari shuni ko’rasatdiki, bu xududagi qoyatosh rasmlari o’zini keng miqyosdatarqalganligi, mazmundorligi, ishlanish uslubini xilma xilligi bilan sobiq Ittifoqchi mamlakatlar orasida birinchi o’rinni egallagan. Bu qadimiy rasmlarni o’rganish natijalari bizga ota bobolarimizni g’oyaviy qarashlari diniy e`tiqodlari, san`atlari haqida xam qimmatli ma`lumotlarni byerdi. Bu ma`lumotlar xozirgi kunda tarixchilar, etnograflar, san`atshunoslar va boshqalar uchun muxim ahamiyatga egadir.


  1. mavzu. O’rta Osiyo xalqlarining neolit davri moddiy madaniyatining evolyutsiyasi





Yüklə 3,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin