O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan



Yüklə 3,37 Mb.
səhifə24/74
tarix07.01.2024
ölçüsü3,37 Mb.
#205016
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   74
Arxeologiyaga kirish O\'UM

Hisor madaniyati.


Hisor madaniyati Dushanbedan 25 km g’arbda joylashgan yirik qarorgoxlardan biri Telem Gaziyon manzilgoxining 1953-1958 yillarda o’rganilganidan so’ng arxeologiya faniga kiritilgan.
Shundan so’ng Tojikistonning daryo vodiylari, tog’oldi va tog’lik ra- yonlaridan 200 dan ortiq neolit davri qa-rorgoxlari topilib o’rganilgan. Bular jumlasiga Tutkovul, Soy Sayyod, Darm sho’r, Tangi Tavri, Guyoni Poyon, ko’xna Boy kabilar kirib, bularni barchasi Xisor madaniyatini yorituv-chi yodgorliklar xisoblanadi. Markaziy Osiyoning Sharqiy rayonlarida asosan Hisor- Pomi-r tog’laridan topilgan ne-olit davrining qarorgoxlari Hisor madaniyati nomi bilan ataladi. Hisor madaniyatini maxalliy tilda tog’ madaniyati xam deyishadi. Hisor madaniyatining asosiy markazi Toji-kiston Respublikasini g’arbidagi Hisor-Bobotog’- Qoratog’ oralig’idagi xududlar bo’lib, Hisor madaniyatining neolit davriga mansub dastlabki yodgorliklari Hisor vodiysidan topilib o’rganilganligi uchun shu nom bilan ataladi. Hisor madaniyatini aks ettiruvchi, arxeologik ashyolarga eng boy bo’lgan qarorgoxlardan biri Tutqovul yodgorligi bo’lib u Dushanbedan 70 km janubiy-sharqda Norak suv ombori xavza-si xududida Vaxsh daryosining Pulisanchin darasidan chiqib kelish yaqinida Norak shahridan 12 km yuqoridagi Tutqovul qishlog’i yaqinida joylashgan. 1963-1965 va 1967 yillarda bu yodgorliklarda V.A.Ranov boshchiligida arxeologik qazish ishlari olib borilib, bu yodgorlikni ko’p qatlamli ekanligi aniqlangan va bu madaniy qatlamlardan toshdan yasalgan mexnat qurollari va ularni chiqindilarini jami bo’lib 40 mingdan ortiq topilmalar olingan.
Tutqovulni madaniy qatlamlari 2 metrlik qalinlikka ega bo’lgan o’rta asrga oid Temliyat shahrining madaniy qatlami tagiga joylashgan. Bu Tutqovul yodgorligini tosh qurollari, shu madaniyatga taal-luqli yodgorliklarga nisbatan juda ko’p. Shuning uchun xam Hisor madaniyatiga xos bo’lgan xususiyatlarni ko’pchiligi, aynan shu yodgorlikda mujassamlashgan. Hisor madaniyatini bosh xususiyati, shu madaniyat sohiblarini «galechnaya tex-nika« dan keng foydalanganliklaridir. Bu kadaniyat ega-lari o’z mexnat qurollarini yasashda asosan daryo va soy qirg’oqlarida ko’plab uchraydigan qayroq toshlardan xomashyo sifatida foydalanganlar. shuning uchun xam Hisor madaniyatiga oid tosh industriyasi xaqida gap ketganida arxeologlarimiz ularni «galechnaya texnika» deb ataydilar.
Bu texnikadan foydalanishda, ya`ni qayroq toshlardan , qay-roq tosh otboyniklar yordamida mexnat qurollarini yasashda ularni dastlabki qiyofalarini eslatuvchi shakllari birmun-cha saqlab qolingan. Bu qayroq toshlardan yasalgan mexnat qurollari Tutqovulni tosh industriyasini bir qismini tash-kil qilsa, ikkinchi qismini chaqmoq toshdan yasalgan mehnat qurollari tashkil qilib, ularni aksariyati kalta va to’mtoq plastinkalardan iborat.Tutqovulni mexnat qurolari ana shunday o’ziga xos xususiyatlari bilan boshqa yodgorliklardan farq qiladi. I va II gorizontlardagi chaqmoqtoshlardan yasal-gan qurollar ja mi tosh industriyasini 30 foizini tashkil qiladi. Nafaqat TutQovul yodgorligida, balki butun Hisor madaniyatiga oid yodgorliklarda asosiy rolni qayroq tosh-lardan yasalgan qo’pol ko’rinishdagi uchirindilar tashkil qi-lib, ulardan asosan xech qanday ishlov byerilmasdan foyda- lanilgan. Hisor madaniyatining keng tarqalgan qurollari-dan biri randa(skobel )lar bo’lib, ular asosan yirik va dag’al uchirindilaridan qilingan. O’zak (nukleus)lari qay-roq tosh va chaqmoq toshlardan qilingan bo’lib, ularni tashqi ko’rinishlari bir-birlaridan kam farq qilganlar. Geomet-rik shakldagi mikrrlitlarni soni 12 ta. Mehnat qurolla-ridan randa(skobel )lar, parma(svyerlo)lar, razvyortkalar, kesuvchi (rezchik)lar, arra(pilki)chalar bor. III gorizontda 300 ta buyum bo’lib, bularni hammasi chaqmoqtoshdan yasalgan. Bula'r orasida bironta xam qayroq toshlardan yasalgani yo’q. Qurol yasash texnikasi asosan plastinkali uslubda bo’lgan. Demak, Tutqovulni III gori-zontida Hisor elementlari yo’q. To’g’ri shaklga ega bo’lgan plastinkalar juda oz. II gorizont radiokarbon analizi na-tijalariga ko’ra yeradan avvalgi 5150 -Q140 yil bilan II chi «A» gorizonti esa yeradan
avvalgi VII chi ming yillik bi-lan, III gorizont esa X1-X ming yillik bilan belgilangan. Shuni aytish joizki, III gorizont industriyasi yuqori qat- lamlarnikidan mutlaqo farq qiladi. Demak, yuqori qatlam-larga mansub odamlar butunlay boshqacha texnika an anala-riga ega bo’lganlar. Aytilganlardan xuLosa shuki, III gori-zont odamlari Tutqovul qarorgohini noma`lum sabablarga ko’ra tashlab ketganlaridan so’ng bu yerga butunlay boshqa Qabilalar kelib o’rnashganlar va ular shu qarorgoxni III go-rizontida yashagan ajdodlarni avlodlari bo’lmaganlar. Shuning uchun xam ularni mexnat qurollari yasashdagi texnika lari quyi qatlamlardagilarnikidan keskin fark qilgan. Shuni ham aytish kyerakki, hozirgi kunga qadar yuqoridaga manzarani takrorlovchi bironta ham yodgorlik topilgani yo’q. Tutqovulni topilmalarini va undagi o’choq qoldiqlari-ni ko’pligi, hamda maydonini kengligi bu yodgorlikni qa-rorgoh emas, balki manzilgoh (poselenie) deyishga imkon byeradi. Tutqovul manzilgoxi egalarini va bu yodgorlik bi-lan bog’liq bo’lgan barcha Hisor madaniyatiga oid yodgorlik-larni xo’jaligini asosini nima tashkil qilgani haqida ho-zirgacha olimlarimizni umumlashgan bir xil fikrlari yo’q. A. P. Okladnikov va V. A. Ranovlar Hisor madaniyatini asosini qoloq dexqonchilik bilan chorvachilik t ashkil qilgan desalar V. M. Masson Hisor madaniyati egalarini ko’pchiligi ovchi va yig’uvchilarni tashkil etgan bo’lishi mum--kin deb o’zini taxminiy fikrini bayon qiladi. Hisor mada-niyatiga oid yodgorliklarni ko’pchiligini mexnat qurollari-ni trasologiya uslubi asosida o’rgangan G. F. Korobkovani hulosasiga ko’ra Hisor madaniyati egalarini xo’jaligini asosini o’zlashtiruvchi emas, balki ishlab chiqaruvchi usul tashkil etgan. Bu ishlab chiqaruvchi usul chorvachilikka asos-langan. Dehqonchilik bo’lmagan. Bunday xulosaga V.A.Ranov ham qo’shilgan. Paleozolog B.Botirovni Tutqovuldan topilgan suyak qoldiqlarini o’rganish natijalariga ko’ra, bu yerda yovvoyi hayvonlarning suyak qoldiqlari qatorida xonakilash- tirilgan qo’y va echkilarning ham suyak qoldiqlari ham bo’lgan. Bundan xuloas shuki, Hisor madaniyati haqidagi hu-losalardan G.F.Korobkovani va V.A.Ranovlarni xulosalari to’g’ri. Demak, yeradan avvalgi X-U ming yillikdagi Tutqo-vulni taraqqiyot evolyutsiyasini ov va tyermachilikdan chorva-chilikka va chorvachilikdan oddiy dexqonchilikka o’ta boshla-gan qabilalarning manzilgoxi deyish mumkin. Shuni ham ay-tish joizki, bu manzilgox egalari no’lda yasalgan sopol idishlardan foydalanganlar. Bu idishlarni tayyorlash usuli juda sodda bo’lgan. Ba`zi sopol parchalarini ichki yuzasida mato izlarini saqlanganligi, idishlarni pardozlashda matolardan foydalanganliklarini ko’rsatadi.
Hisor madaniyatiga oid yodgorliklardan Say- Sayyod qa-rorgohi bo’lib, bu yodgorlik Tojikiston jumhuriyatidagi Tutqouldan keyingi eng yirik va mashxur neolit davri qa-rorgoxlaridan biri hisoblanadi. U Norak suv ombori xav-zasida bo’lib, Vaxsh daryosining chap sohilida joylashgan. Say- Sayyod qarorgohidan 30 minggga yaqin suyak va toshlardan yasalgan mehnat qurollari va ularni chiqindilari topilgan.
AMMO qayroqtoshlardan yasalgan Hisor madaniyatiga xos mehnat qurollari boshqa yodgorliklardagi kabi unchalik ko’p emas. Qarorgohdan pichoqsimon o’tkir qirrali plastinka-lar, otboyniklar, choppyer va choppinglar, uchirindilar, o’zaklar, xatto suyaklardan yasalgan ignalar xam topilgan. Bular orasida toshdan yasalgan turli taqinchoqlar, uchburchak shakldagi silliqlangan (shlifovannqe) tosh boltalar xam uchraydi. Say- Sayyodning madaniy qatlamlaridan tulki, yov-voyi ot, buqa va boshqa hayvonlarning suyak qoldiqlari xamda qo’y va echki suyaklarini judda ko’plab topilishi garchi mutaxassislar tomonidan bularni xonakilashtirilganligi xozircha aniqlanmagan bo’lsada, Say- Sayyod egalarini xo’ja-ligini asosini chorvachidlik tashkil qilgan degan taxminiy xulosa chiqarishga imkon byeradi. Ovchilik esa bularni hayo-tida ikkinchi darajaga tushgan.
Ma`lumki paleolit davridan boshlab, Markaziy Osiyo xududida ikki xil an`anaga ega bo’lgan toshlarga ishlov be-rish texnika uslubi mavjud bo’lgan va bu uslublar juda uzoq davr mobaynida davom etgan. Buni yaqqol misoli qilib neolit davridagi Hisor madaniyati yodgorliklaridagi o’ziga xos hususiyatlarni aniqrog’i, «galechnaya texnika» ni ko’rsa-tishimiz mumkin. Bu madaniyatgi oid yodgorliklar hozirgi kungacha yuqorida ta`kidlaganimizdek juda ko’plab topil-gan. Ular asosan G’arbiy Tojikistonning tog’li rayonlarida joylashgan. Ammo bular orasida Tutqovul va Say- Sayyodga o’xshab Hisor madaniyatini ko’p qirralarini o’zida aks ettir-gan yodgorliklardan Qo’y- Bulyon va Oq- Tongi hisoblanadi. Qo’y- Bulyon yodgorligida 1958- 59 yillarda A. P. Okladni-kov tomonidan arxeologik qazish ishlari olib borilib, bu ajoyib qarorgohni madaniy qatlamlaridan juda ko’plab ar-xeologik ashyolar topilgan. Bu topilmalarni o’rganish nati-jalari shu qarorgoh egalarini prizma shaklidagi nukleus-lardan o’ta nozik va yupqa pichoqsimon plastinkalarni uchi-rib olishdek yuqori texnikaga ega ekanliklarini ko’rsatdi. A. P. Okladnikovni fikriga ko’ra manzilgoh egalari ana shu xududdagi xalqlarni eng birinchi dehqonchilik bilan shug’ul-langan ajdodlaridir. Qo’y- Bulyonda 3 ta gorizont aniqla-nib, qarorgohni satxi gips va kul aralashmasidan qilingan qorishma bilan 3- 5 sm qalinlikda suvalgan. Ammo katta masshtabda qazish ishlari olib borilganiga qaramay, qaror-gohni turar joyini aniqlanmagan. Oq-
Tongi yodgshorligida 1959 yili qazish ishlari olib borilib, uni madaniy qatlamlaridan o’rta asrdan tortib, antik davr va bronza asri davrini topilmalari borligi aniqlangan. Lekin bu yodgorlik keyingi yillarda xam, arxeologlar tomonidan takror o’rganilib, oxirgi bronza asri qatlami deb topilgan, madaniy qatlamni bronza emas balki Hisor madaniyatiga oid deb topildi. Chunki Oq- Tongi qarorgohidan Hisor madaniyatiga xos bo’lgan o’choqlar bilan birga oxaktosh bo’laklari xam topilgan. Hisor madaniyatini birinchi bo’lib, fanga kiritgan A. P. Okladnikov Oq- Tongini quyi qatlamlarini yeradan avvalgi I I I - II ming yilliklar bilan belgylagan. Bu yodgorlikni madaniy qatlamlaridagi topilmalar ko’proq qayroqtosh texnikasiga bog’liq. Bu yerda asosan ikki turdagi choppyersimon va rapidasimon nukleuslar mavjud. Choppyersimon nukleuslar asosan qayroqtoshlardan bo’lib, ularni bir tomonidan uchirindilar uchirilib, ikkinchi tomonidan uchirindilar olinmagan. Shuning uchun xam bu turdagi nukleuslarni choppyersimon nukleuslar deyiladi. Rapidasimon nukleuslarni esa, xamma yon tomonlaridan ko’plab uchirindilar uchirib olingan. Bu ishlarning barchasi otboyniklar yordamida bajarilgan. Yodgorlikdagi tosh qurollarni guruxlarga bulib o’rganilishini natijasi shuni ko’rsatdiki bu yerda uchirindilar soni dag’al plastinkalarga nisbatan juda ko’p. (Plastinkalar deb uchirindilarga nisbatan bo’yi uzunroq eni ixchamroq, ammo qalin va to’mtoq qiyofadagi buyumlar tushuniladi. Bularni bunday qiyofaga ega bo’lishlarini sabablari ular posrednik va yog’och to’qmoqlar yordamida emas balki otboyniklar yordamida uchirib olinganligidadir.) Oq- Tongi qarorgohini eagalarini xo’jaligi asosini A. P. Okladnikov dehqonchilik va chorvachilik bilan bog’laydi. Ammo bu yerda dehqonchilik bilan shug’ullanganlari haqida dalolat byeruvchi daliliy ashyolar hozircha yo’q. Shuning uchun bu yerda xo’jalik ovchilik asosida, juda bo’lganda chorvachilikka asoslangan desak to’g’ri bo’ladi.
Shuni aytish kyerakki Hisor madaniyatiga oid neolit davri yodgorliklari hozirgi Qirg’iziston respublikasi xu-duddida xam ko’plab topilgan. Birinchi neolit davriga man-sub bo’lgan ilk topilmalarni XX asrning 20 yillarini oxirlarida M. V. Voevodskiy Olamedin GES i yaqinidagi qabrtepani qazish vaqtida topgan. Bu topilmalar bir nechta chaqmoqtoshlardan qilingan plastinkalar bo’lib, ularda ik-kinchi ishlov byerilganligini isbotlovchi izlar bo’lgan. Am-mo Qirg’iziston xududidagi nafaqat keyingi davrlarni, balki tosh asrini yodgorliklarini o’rganishda o’zini ulkan hissasini qo’shgan olimlardan A. N. Byernshtam hisoblanadi. U Tyan’shan’ - Oloy arxeologik ekspeditsiyasiga 1944- 1947 yillari raxbarlik qilib, ko’p bo’lmasada must’e
nukleus-larini topib, Qirg’iziston xududida xam paleolit odamla-rini yashaganliklari haqida bayon qilgan. Uning sayi xara-katlari bilan tosh asriga oid bir nechta g’orlarda qaror-gohlar Markaziy Tyan’shan’ va Pomir- Oloy tog’laridan to-pilgan.
Ammo Qirg’iziston xududini nisbatan keng ko’lamda o’rganish XX asrni ikkinchi yarmini boshlaridan boshlanadi. 1953 yilda Qirg’izistonda arxeologiya va etnografiya kom-pleks ekspeditsiyasi tashkil qilinadi. Shu yilni o’zida Sa-ri- Jez daryosi rayonida Oq- Cho’nqur g’ori topilib, unga shurf solinadi va bu yodgorlikni neolitga mansubligi aniq-lanadi. 1957 yildan boshlab, paleolit guruxi V. A. Ranov boshchiligida Oloy vodiysida qidiruv ishlarini olib borib, qayroqtosh uchirindilaridan iborat neolitga oid mehnat qu- rollarini topadi. 1960 yillardan boshlab esa O’sh viloyati-ga qarashli Xaydarkon shahri atroflarida o’zbek arxeolog-lari qidiruv ishlarini olib borib, Obishir 1 va V kabi mezolit davriga mansub yodgorliklarni topadilar. Shuni ay-tish kyerakki Qirg’iziston xududlaridan topilgan yodgorlik-larni ko’pchiligi neolit davriga mansub bo’lib, ularni kat-ta qismi madaniy qatlamga ega emas, balki yer satxidan te-rib olingan ashyolardir. Shuning uchun xam ularni soni oz. Ba`zi bir mehnat qurollarini hisobga olmaganda ularni ko’pchiligi asosan soy va daryolardagi qayroqtoshlardan yasalgan. Qirg’iziston xududidan topilgan neolit davriga mansub bo’lgan topilmalarni qiyosiy o’rganib, arxeolog olimlarimiz Qirg’izistonni tog’li rayonlaridagi aksariyat yodgorliklarni Hisor madaniyatiga mansub deb topdilar. Sa-babi neolitni oxirgi bosqichlarida Hisor madaniyatini aks ettiruvchi barcha yodgorliklarda »galechnaya texnika» xukmronlik qilgan.

Yüklə 3,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin