O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan



Yüklə 3,37 Mb.
səhifə25/74
tarix07.01.2024
ölçüsü3,37 Mb.
#205016
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   74
Arxeologiyaga kirish O\'UM

Joyitun madaniyati.


Joyitun madaniyatiga oid yodgorliklar hozirgi Turkma-nistonning Kopetdog’ janubidagi tog’oldi vodiysiga joy-lashgan. Bu madaniyatga xos birinchi ma`lumotni 1930 yilda Ashxabod temir yo’lining Kelat stantsiyasiga yaqin joydan naqshli sopol siniqlari va chaqmoqtoshlardan yasalgan mehnat qurollarini topgan gidrogeolog Raspopov byeradi. Bu tolimalar keyinchalik Joyitun madaniyatiga oid deb topiladi. Shunga • o’xshash arxeologik ashyolar 1935 yili Yangi Niso va 1939 yili Tog’aliq- Tepadan A. A. Marushenko tomonidan tnrib, olinadi. Ammo Joyitun madaiyatini barcha hususiyatlarini aks ettiruvchi asosiy yodgorliklarni topilishi va o’rganilishi 1952 yildan janubiy Turkmanistonda B. A. Kuftin raxbarligidagi YUTAKE otryadini izlanish ishlarini olib borishdan boshlanadi. B. A. Kuftin
A. A.Marushenko bilan birgalikda Joyitunga kelib shurf soladi.
Uning bu shurfi 2 m qalinlikdagi madaniy qatlamni kesib o’tadi. Ana shu 2 m lik shurfdan mezolit qurollari qiyofasini esalatuvchi chaqmoqtoshlardan yasalgan mehnat qurollarini topilishi B. A. Kuftinni biroz shubxa ostida qoldiradi. Ammo V. M. Massonni ta`kidlashicha mutaxassislarni xayratga soladigan darajada arxeologik ashyolarni juda oz miqdorda bo’lishiga qaramay B. A. Kuftin ana shu yodgorlikni tarixiy ahamiyatini aniqlab byeradi. u shunday deb yozgan edi:» Bu yerda yashagan qabilalar ovchilik va tyermachilik bilan emas, balki ketmonsifat (motqga)mehnat qurolari bilan o’troq xolda dehqonchilik bilan shueullangan, qo’lga o’rgatilgan it va qo’ylarga ega bo’lgan xamda murakkab chaqmoqtosh o’roqlar yordamida o’zlarini bahorikor ekinlarini o’rishni bilgan guruxlar yashaeanlar». Juda oz miqdordagi matyeriallarga asoslanib, bunday aniq fikrlarni bayon qilinishi arxeologlar orasida biroz bo’lsada shubxa tug’ilishiga olib kelgan edi. Buning ustiga xuddi shu turdagi Cho’pon- Tepa yodgorligida S. A. Yershov tomonidan shurf solinishi va 6 m qalinlikda madaniy qatlam borligini aniqlanishi va bu yerdan loydan yasalgan mustaxkam uy- joy qoldiqlarini topilmasligi natijasida S. A. Yershovni Cho’pon- Tepada uy- joylar engil elpi bo’lib, vaqtli chaylasifat bo’lgan degan xulosalarni byerishi Kuftinni fikrlariga yana shubxa tug’dirgan. Chunki o’troq xolda yashagan va dehqonchilik bilan shug’ullangan qabilalar vaqtli engil elpi chaylalarda emas, balki loydan qurilgan mustaxkam xonalarda yashaganlar. YUqoridagi muammolarni xal qilish uchun, yer satxidan arxeologik ashyolarni tyerib olish bilan yoki bitta, ikkita shurf solish bilan cheklanib bo’lmas edi. Shuning uchun xam 1955 yilda V. M. Masson boshchiligidagi YUTAKE (Janubiy Turkmaniston Arxeolgik Kompleks ekspeditsiyasi) ning 14 otryadi tomonidan sistemali ravishda janubiy Turkmanistonni ilk dehqonchilik tarixini aks ettiruvchi Joyitun yodgorligida arxeologik qazish ishlari boshlab yuborildi. Natijada qidiruv ishlari-ning birinchi yilidayoq Joyitun yodgorligida guvalak (guva-laklarni rus adabiyotlarida batonoobraznqe protokirpichi-ya`ni xom g’ishtlargacha bo’lgan baton shaklidagi g’ishtlar dey-iladi.) lardan memoriy qurilishlarning qoldiqlari topi-ladi. Shundan so’ng 1956 yili Cho’pon- Tepada xam takroriy qazish ishlari o’tkazilib S. A. Yershov tomonidan topilmagan qurilish qoldiqlari bu yerdan xam topiladi. 1957 yilga ke-lib esa Joyitunda o’ziga xos bir xona
uylarni qatorasiga solinganlari aniqlanadi. Shundan so’ng Joyitunda 1958 yildan boshlab doimiy qazish ishlari olib borilib, manzil-gohni markaziy qismida juda ko’plab moddiy ashyolar topi-ladi va bu ashyolar Joyitunni arxeologiya faniga aloxida madaniyat sifatida
«Joyitun madaniyati» deb kiritishga im-kon byeradi.
Xuddi shu davrlarda eng qadimgi o’troq dehqonchilikka oid komplekslarni va dehqonchilik madaniyatini tashkil to-pishi kabi muammolarni o’rganish Yaqin Sharq arxeologiyasi-ni markaziy masalalaridan edi. Bunday masalalarni xal qilishni markaziy o’rinda turishiga sabab Irokda Xaseuna. yeronda esa. Sialk 1 komplekslarini^ bu yodgorliklarda o’troq dehqonchilik madaniyatini taraqqiyotini uzoq muddat davomida, ya`ni bir necha ming yil mobaynida rivojlanib kelganini aks ettirgani bo’lgan edi. Ana shunday sharoitda Amyerikalik arxeolog olim R. Breydvud tomonidan shimoliy Iroq tog’laridan Jarmo manzilgohini topilishi va bu yod-gorlikni arxeologik ashyolariga tayangan xolda keng ko’lamda Kadimgi ITarqdya ishlab chikaruvchi xujalikni tashkil topi-shi masalasini aniqlashga kirishish imkonini yaratdi. Tez orada bu yodgorliklarni madaniyatini taraqiyoti yuksak da-rajada bo’lishi bilan birga qadimiy ekanliklary xam ma`lum bo’lib qoldi: Iyerixonni quyi qatlamlari VII- VI ming yilliklar bilan belgilanib, uni aylanasiga harsang-toshlardan iborat devorlar bilan o’ralgani juda ko’pchilik arxeologlarni hayratga solgan. Joyitundan topilgan ar-xeologik ashyolarni juda ko’p jixatlarini Jarmo va Iyeri- xondagi topilmalar bilan to’g’ridan to’g’ry o’xshashliklari yuqorida qo’yilgan masala va muammolarni xal qilishda aloqadorligini ko’rsatdi. Shu munosabat bilan Joyitunda birinchi gorizontni to’la miqyosda qazib tugatishga kiri-shildi va 1963 yilga kelib, bu oldinga qo’yilgan vazifa bajarildi. Ammo yuqoridagi muammolarni atroflicha xal qilish uchun birgina yodgorlikni arxeologik ashyolarini o’zi-gina ozlik qilar edi. Shuning uchun Joyitun madaniyatiga mansub bo’lgan Cho’pon -tepada qazish ishlari yangitdan S. A. Yershov va A. A. Marushenkolar tomonidan boshlab yuborildi. Natijada Joyitun madaniyatini uzluksiz rivojlanib kel-ganini aks ettiruvchi yangi ma`lumotlar olindi. Bundan ta-shqari 1959- 1961 yillari Turkmanistonni janubiy- sharq-iy xududlaridan Joyitun mdaniyatiga mansub yangi manzil-gohlar topildi.
Bulardan biri Chagellitepa bo’lib, unda 1062- 63 yillari doimiy ravishda qazish ishlari olib borildi. Bu yodgorliklardan topilgan barcha turdagi arxeologik ashyolar mutaxassislar tomonidan mukammal ravishda o’rganilib chiqildi.
Ayniqsa Joyitun manzilgohi ko’p yillar mobaynida xar tomonlama o’rganilib chiqildi. Izlanish natijalari Joyitun manzilgohidagi arxeologik ashyolarni Joyitun madaniyatini xar tomonlama xaraktyerlab byerishda e talon (namuna) ekanligini ko’rsatdi. Ma`lumki o’troq dehqonchilikka asoslangan ishlab chiqaruvchi xo’jaliklarga o’tish masalalarini faqat bitta yodgorlikni arxeologik ashyolariga suyangan xolda aks ettirish ancha mushkullik tug’dirar edi. Bu borada Yaqin Sharqda juda ko’plab dehqonchilikka asoslangan ishlab chiqaruvchi xo’jaliklarni aks ettiruvchi yodgorliklarni juda ko’plab topilishi ayniqsa Kichik Osiyoning janubida Xojilar va Chatan- Guyuk madaniyatlarini ochilishi tarixiy xulosalarga kelishga katta imkoniyatlar yaratdi. Bu borada bizning Markaziy Osiyo xududidagi Joyitun mada- niyatiga mansub yodgorliklar ayniqsa Joyitun manzilgohini o’zi Jarmo, Iyerixon, Chata - Guyuk va Xojilar yodgorliklari bilan bir qatorda turuvchi yodgorlik ekanligini ko’rsatdi. Shuni ayti joizki xozirgacha Joyitun madaniyatiga oid yod-gorliklar soni 17 taga etdi. Bularni barchasi tabiatni ku-chi ta`siri natijasida tekis tepaliklarga aylanib, ularni balandliklari o’z atroflariga nisbatan 2 , 5 m dan 5 m gacha boradi. Xajmlari esa 0,5 ga dan
2 ga gacha bo’lga maydonni tashkil qiladi. Bu yodgorliklarni deyarli barchasiga shurf solinib, ularda bir nechtadan qurilish gorizontlari borli-gi aniqlandi. Joyitunda 5 ta, Bamida 5, To’galik- tepada 4, Cho’pon- tepada 7, Pessidjik- tepada 12 ta qurilish gorizon-ti borligi aniqlangan. Joyitun madaniyatiga xos bo’shlgan hususiyatlardan biri loy devorlardan qurilgan bir xildagi to’rtburchakli yoki to’g’ri burchakli 19- 39 m2 kenglikdagi xonalarni mavjudligidir. Bu xonalarni devorlarini birini tagida katta o’chog’i bo’lib, xonani satxi albatta alebastr bilan suvalib qizil oxra bilan ranglangan bo’ladi.
Joyitun madaniyatiga hususiyatlardan yana biri bu xo’jaliklarda asosan mehnat qurollarini plastinkalardan yasalishi aniqrog’i plastinkalarni uchirish texnikasiga moslashganliklaridir. Shuning uchun yasaladigan mehnat qurollarini aksariyatini zagatovkasini chaqmoqtosh plastinkalari tashkil qilgan.Bu zagotovkalarni aksariyati uzun bo’lib, ularni yuqori qismlari kesik shakliga ega bo’lgan-lar. Xom ashyo sifatida qizg’ish- jigarrang chaqmoqtoshlardan foydalanganlar. Bu chaqmoqtoshlarni sifati juda yaxshi bo’lib ulardan uzun va to’g’ri zago tovkalar uchirib olish mumkin bo’lgan. Bunday uzun va to’g’ri plastinkalarni ko’pligi, Jonbos madaniyati egalarini yog’ochlardan yasalgan to’qmoqlar va bug’i shoxidan qilingan vosita (posrednik) lar yordamida plastinkalarni prizma shaklidagi o’zaklardan uchirib olish texnikasidan xabardor ekanliklaridan
dalo-lat byeradi. Asosiy qurollardan o’ruvchi pichoqlar bo’lib, ular ko’pincha qobirg’a yoki yog’ochlarda maxsus hosil qilingan yoriqlarga mikrolitlarni o’rnatib, pichoq sifatida foydala-nilgan. Bu haqda mezolit davri haqida to’xtaganimizda ba-tafsil to’xtagan edik. Bu turdagi mehnat qurollari Joyi-tundagi mehnat qurollari 25-36 % ni tashkil qiladi. Joy-itun tosh industriyasini ko’pchiligini mikrolitlar tashkil qilib, ular trapetsiya, uchburchak, va segmentlardan iborat. Joyitun madaniyatini so’nggi bosqichlarini aks ettiruvchi yodgorliklarda asosan trapetsiya shaklidagi mikrolitlar uch-raydi. Shuningdek, Joyitun madaniyatiga xos xususiyatlar- dan yana biri mikroskrebki (kichik xajmdagi qirg’ich) larni borligidir. Bular asosan rezchik ( kesuvchi) lar va qiruvchi vazifalarni bajarganlar. Jo yitun madaniyatiga xos yodgor-liklardagi toshdan yasalgan mehnat qurollarida mezolit as-rini an`analari yaqqol ko’zga tashlanib turadi. Bunday xo-latlar mehnat qurollarini ixchamlashganliklarida yaxshi ifodalangan bo’lib, Jebel va G’ori - Kamarband yodgorlikla-rini madaniy qatlamlaridagi geometrik shakldagi ixcham-lashgan qirg’ichlar va randalarda teshgichlar va bigizlarda o’z aksini topadi. Ammo tosh qurollarga ishlov byerishda va ularni turlarini ko’payishida ancha ijobiy holatlar yuz be-radi. Tyerilarga ishlov byeruvchi va to’qimachilikni taraqqiy ettiruvchi mehnat qurollari ham takomillashadi. Joyitun madaniyatini o’rta bosqichini aks ettiruvchi yodgorliklar yeramizgacha bo’lgan VI chi ming yillikni o’rtasi bilan, so’nggi bosqichi esa ana shu ming yillikni oxirgi choragi bilan belgilanidi. Joyitunni ilk bosqichi Jarmo va Te-pa Guron yodgorliklarini yuqori qatlamlari bilan, ya`ni VI chi ming yillikni boshlari bilan belgilanadi. Joyitun madaniyatiga oid yodgorliklar ustida ko’plab ilmiy izla-nishlar olib borgan arxeolog olim V.M.Massonning xulosa-lariga ko’ra, Joyitun madaniyatini ilk yodgorliklarini xronologiyasini yeradan avvalgi VII chi ming yillikni oxirlari bilan ham belgilash mumkin. Shunday qilib, Joy-itun madaniyatini shakllanishida, deb yozadi V.M.Masson yer-li Kaspiy bo’yi ovchi va tyermachi qabilalar bilan shug’ullan-gan, hamda uy - joy qurishni bilgan, o’ziga xos naqshli so-pol idishlarni ishlatgan qabilalar ishtirok etganlar. Biz- ningcha, V.M.Massonni Joyitun madaniyatini ijodkorlari yerli Kasbiy bo’yi qabilalari bo’lgan degan xulosasi to’g’ri. Chunki bizni Markaziy Osiyo hududidagi yodgorliklarni 1 mln. yillik tarixini o’rganishimiz eng qadimiy madaniyati-mizdan to tosh asrini oxirgi bosqichigacha bir madaniyatni ichidan ikkinchi madaniyatni o’sib chiqqanini, barcha davrlar-da madaniyatimizni sohiblari yerli qabilalar bo’lganini, bironta madaniyatimiz tashqaridan kelmaganini ko’rsatdi. Shunday ekan, Joyitun madaniyatini ijodkorlari
qatoriga Yaqin Sharq qabilalarini ham qo’shish to’g’ri bo’lmaydi deb o’ylaymiz. Markaziy Osiyo xalqlari ajdodlarini davomchi-lari bo’lgan Kasbiy bo’yi qabilalari Yaqin Sharq qabilala-ri bilan aloqada bo’lgan bo’lishlari mumkin. Ammo bu dega-ni Yaqin Sharqni neolit davri qabilalari Joyitun mada-niyatini sohiblaridan degani emas.
Joyitundagi topilgan topilmalarni asosan 3 ta gu-ruhga bo’lib o’rga nilgan :

  1. Mehnat qurollari va ularni chiqindilari;

  2. Kundalik hayotlaridagi buyumlar, birininchi navbat- da, loydan yasalgan idishlar;

  3. Bezaklar va turli tasavvurlar bilan bog’liq bo’lgan g’oyalar hamda od diy ko’ngilni xushlovchi buyumlar.

Bulardan tashqari, yog’ochlardan yasalgan mehnat qurolla-ri juda ko’p bo’lgan bo’lishi kyerak. Ammo ulardan birontasi ham tabiat kuchini ta`siri natijasida bizgacha etib kelgan emas. Bunday fikrga kelinishga, Joyitun madaniyatiga oid yodgorliklarni aksariyatida, maxsus hosil yoriqlarga, qato- rasiga qadab ishlatilgan geometrik shakllardagi mikrolit-larni juda ko’lab topilishi sabab bo’la oladi. Bu mikrolitlar ko’p xollarda o’rish vazifasini bajarganlar, ammo ularni yog’och va hayvon qobirg’alaridan tayyorlangan mosla-malaridan uzunasiga xosil qilingan yoriqlarga qatorasiga bitum yordamida o’rnashtirmasdan, ya`ni o’roq shakliga kel-tirmasdan turib foydalanib bo’lmagan. Xuddi shunday mik-rolitlarni o’zidan bitum yordamida joylashtirgan hayvon qobirg’asidan yasalgan moslamani bittasi Jarmo yodgorligi-dan. ikkinchisi esa Cho’pon- Tepadan topilgan. Demak, mik- rolitlarni maxsus moslamalar yordamida ishlatilganiga xech qanday shubxa yo’q.
Shuni aytish kyerakki Joyitun yodgorligi tosh asrini oxirgi bosqichi bo’lgani uchun undagi mehnat qurollarini aksariyati toshlardan yasalgan blib, ular boshqa turdagi xom-ashyolardan qilingan mehnat qurollari orasida to’la xuk-mron edilar. Bu tosh qurollar tipologik jixatdan uchta gu-ruxga bo’linadilar: 1. Nukleuslar; 2. Plastinkalar va ulardan yasalgan mehnat qurollari; 3. Uchirindilar va ular-dan qilingan mehnat qurollari.
G. F. Koropkovani aniqlashicha, nukleuslarni asariyati prizma va konus shaklidagi nukleuslarni tashkil qiladi. Prizma shaklidagilarni jami 39 ta bo’lib, bularni xamma-si butun va juda ifodali. Shu tipdagi nukleuslarni sn- niqlari esa 28 ta, konus shaklidagilari 7 ta xolos.
Ikkinchi guruxdagilar asosan plastinkalardan iborat bo’lib, ular prizma shaklida o’tkir qirraga ega bo’lgan to’g’ri qiyofali plastinkalardan iborat.
Mikroplastinkalar malda Joyitunda yo’q darajada. Joyitundagi geometrik shakldagi mikrolitlar 4 xil: 1. Trapetsiya; 2. Segmentlar; 3 Uchburchak shakldagilar va 4. To’g’ri burchak shaklidagilardir.
Joyitunda uchirindilardan qilingan mehnat qurollari amalda yo’q darajada bo’lib, borlari xam tasodifiydir. Shuning uchun xam Joyitun industriyasini plastinkali in-dustriya deyiladi. Joyitun industriyasini yana bir eng xa-raktyerli hususiyati shundan iboratki, undagi plastinkalar-ni aksariyatida retush (o’tkirlash) izlari yo’q. Joyitun in-dustriyasini eng muxim hisoblangan o’ziga xos belgilari uch-ta bo’lib, bulardan birinchisi plastiinkalari juda keng tarqalgan bo’lib, ularni qirralarida kesik belgilarini mavjudligi, ikkinchisi mikrolitlashuvni yuqori darajada ekanligi va uchinchisi mikrolitlarni geometrik shakldagi-larni ma`lum darajada ko’pligdir.
Shuni xam aytish joizki Joyitun manzilgohi turidagi manzilgohlar yuqorida ta`kidlaganimizdek, xozirgi Turkma niston xududida juda ko’plab topilgan. Joyitun manzil-gohi qatorida ularni o’rganish Joyitun madaniyatini yori- tishda va uni to’ldirishda juda katta ahamiyatga egadir. Ana shunday yodgorliklardan biri Bami bo’lib, u Joyitun manzilgohining g’arbida joylashgan bo’lib, uni xajmi 130 x 130 m ni tashkil qiladi. Bu yodgorlikda ( urta asrga oid tepa qismini) hisobga olmaganda, Joyitan madaniyatiga oid 4 ta gorizont aniqlangan. Bu gorizontlardan Bami 2 Joy-itun an`analarini juda ifodali ravishda tasvirlaydi. Uy-joylarini satxi (poli) qizil rangda suvalgan.
Bamidan so’ng madaniy qatlami o’rganilgan va Joyitun madaniyatiga oid bo’lgan yodgorlik To’galik- tepa bo’lib, u Geon- tepa rayonining O’rta- Yayli qishlog’ida joylashgan. Uni maydoni 3 ming m2 bo’lib, Joyitun madaniyatiga oid qatlamini qalinligi 3 m ga boradi. Bu yerda xam 4 ta quri- lish gorizonti aniqlangan. Bami manzilgohdan farq qilib, bu manzilgohni turar joy xonalarini satxi oxak bilan su-valgan. To’galik- tepani boshqa xonalarida somon aralati-rilgan loysuvoq qoldiqlari xam uchraydi.
Joyitun madaniyatiga mansub bo’lgan va madaniy qat-lamlari o’rganilgan 3- yodgorlik Cho’pon- tepa yodgorligi bo’lib, Ashxbod viloyatini Geon- tepa rayon markazidan 67,5 km sharqda jolashgan. Bu yodgorlik ancha yirik bo’lib, uni maydoni 2 ga ga boradi. Bu manzilgohdagi xonalar xam Joyitunnikiga o’xshab oxak aralashmasi bilan suvalgan. 1967 yilda topilib, 1968- 69 yillarda qazish ishlari olib borilgan Pessidjik- tepa yodgorligi o’zining noyob topilma-lari bilan Joyitun madaniyatini yoritishda katta ahamiyatga ega bo’ldi. uni madaniy qatlamini qalinligi 3,5 m bo’lib, undagi xonalarni borchasi oxak aralashmasi bilan suvalgan. eng muhimi
Pessidjik- tepadan juda katta xonani topili-shidir. Xonani qurilish uslubi garchi turar joylar quri-lishidan deyarli farq qilmasada, ammo uni xajmini 64 m2 bo’lgani, xona satxini alebastr bilan suvalagni, devorla-rini qalinligi va eng muhimi bu xonada uy- ro’zg’or buyum-larini topilmagani, bu xonani jamoani to’planib turadi-gan, neolit davriga mansub joyi deyishga asos byeradi. De- mak, Joyitun madaniyatining sohiblari biron bir masalani xal qilish uchun to’planganlar, yoki shu yerda to’planishib, bi-ron bir narsaga e`tiqod qilganlar deyish mumkin.
Eng muhim yangiliklardan bir 1969 yili O. K. Byerdiev tomonidan ikkinchi gorizontdan xuddi shu binoni o’chog’i ro’parasidagi devordan geometrik ornamentlar shaklidagi mehnat qurollarini aks ettiruvchi naqshli rasmlar va bars bilan o’tlab yuruvchi qanaqadir hayvonlarni tasvirlari to-pildi. Bu tasvirlar qora va qizil ranglarda oqlangan de-vorlarda aks ettirilgan.
Chegallik tepa yodgorligi xam Joyitun madaniyati yod-gorliklaridan biri bo’lib, u Mean qishlog’idan 8- 9 km sha-rqda joylashgan. Bu yodgorlik 1961 yilda A. F. Gonlyalin tomonidan topilib, 1962- 83 yillari O. K. Byerdiev va
A. f. Gonyalinlar tomonidan o’rganilgan. Xuddi Joyitun imo-ratlari kabi Chagelli- tepada xam imoratlar oval shaklida-gi 60 x 20 x 10 sm xajmdagi guvalaklardan qurilgan bo’lib, ularni satxlari loy aralashmalari bilan suvalgan, ana shunday xonalarning birida kamishdan to’kilgan buyra qol- diklari xam topildi. Bu yodgorlikdagi yangiliklardan yana biri, yuqorida ko’rsatilgan guvalaklar xajmidagi yapaloq to’g’ri burchakli xom g’ishtlarni ishlatilganligidir. Demak, xozirgi kunlarda xam xalqimiz tomonidan ishlatilib keli-nayotgan xom g’ishtlarni tarixi xozirgi kunimizdan hisobla-sak 8 ming yilga borib taqaladi. qamishdan to’qilgan buyralarni tarixi xaqida xam shu sanani aytish mumkin. Biroq bo’yralar XX asrni o’rtalariga qadar keng ko’lamda foydalanib kelingan bo’lsada, uni ikkinchi yarmidan boshlab, imorat xonalarini satxilari taxta pol parketlar qilini-shi natijasida bo’yralarga ehtiyoj qolmadi. Shuni xam ay-tish kyerakki XX asrni o’rtalariga qadar Markaziy Osiyo xu-dudlarida yashovchi xalqimiz tomonidan qurilgan imoratlar-ni xonalarini satxi somon aralash loy bilan suvalar edi. Xuddi Joyitun madaniyatiga mansub bo’lgan xonalardagi ka-bi. Shuning uchun sholcha, kigiz, gilam kabilar tagiga bo’yra solish keng ko’lamda tus olgan edi. Bo’yralar yuqoridagilar-ni zaxlashdan saqlar edi.
Chagelli tepada solingan shurf bu yerni madaniy qatla-mi 6 , 5 m dan iborat bo’lib, 12 ta qurilish gorizontlari mavjudligi haqida ma`lumot byerdi. Agar bu yerda dastlabki xonalarni satxlari alebastrlar bilan suvalgan bo’lsa, so’nggi davrlarda loy suvoqlardan keng ko’lamda foydalan-ganliklari aniqlandi.
Ammo bu xolat o’sha davr qurilishi-dagi vaqtinchaletk o’zgarish bo’lishi mumkin. Chunki xona satxlari Joyitunni o’zida xam loydan suvalgan emas. Chagelli- tepani madaniy qatlamlarini o’rganish yakuniga qa-rab, Joyitun madaniyatini ikkita bosqichga bo’lish masalasi qo’yildi. Ammo bu madaniyatni so’nggi davrlarini xam aks ettiruvchi yodgorliklarni xam topilishi tufayli bir- birlari bilan almashib kelgan uchta davrni aks ettiruvchi madaniyatlarga ajratish masalasini xam kun tartibiga qo’ydi. Radiokarbon usuli bilan Chagelli-tepaning so’nggi bosqichini yoshi VII ming yil bilan, ya`ni yeramizgacha bo’lgan 5050Q. 110 deb aniqlandi. Joyitunning mayda simmetrik trapetsiyalari Jebelni 5-6, 5 a va 5 qatlamlaridagi qurol-lari bilan o’xshashliklari xam aniqlandi. Bundan tashqari Jebelni kemtikli plastinkalari, sanchib teshuvchi va par-malab teshuvchi qurollari va uch^irin-dilaridan yasalgan qirg’ichlarida xam umumiy o’xshashliklari borligi aniqlandi. Umuman olganda Joyitun va Jebel yodgorliklaridagi chaq-moqtosh inventarlarini va bir daraxt ildizining ikki bu-tog’i desa bo’ladi. Joyitunni ilk geometrik shakldagi mik- rolitlarini Jebelni so’nggi mezolitini aks ettiruvchi 6, 5 - qatlamlaridagi G’ori-Kamarbandni esa, 11, 10- qatlamlari bilan tenglashtirish mumkin. Shuningdek, Joyitun indust-riyasini Iroqdagi Jarmo yodgorligidagi tosh industriyasida xam o’xshashlik tomonlarini borligini ko’rsatish mumkin. Jarmo manzilgohi o’zini xajmi jixatidan xam janubiy Turkmaiistondagi Cho’pontepaga o’xshab ketadi, Ularni xar ikkalasini xajmi 1,3 gektarga to’ri keladi. Madaniy qat-lamni qalinligi Jarmoda 7 m bo’lib, ularda 16 ta qurilish gorizonti aniqlangan. Jarmodagi ba`zi loydan yasalgan idishlarni shakli Joyitunnikiga o’xshab ketadi. Ayniqsa chaqmoqtosh industriyalarini mikrolitlashgan jixatidan Jarmo bilan Joyitun bir biriga juda o’xshaydi. Bularni bir-birlariga o’xshashligi retushlanmagan plastinkalardan foydalanganliklarida xam yaqqol ko’rinadi. Xaraktyerli to-moni yana shundaki, bu plastinkalarda ularni moslama (op-rava) larga o’rnatib ishlatilganligidan guvoxlik byeruvchi bitum qoldiqlarini saqlanib qolganliklari xamdir. Shuni xam aytish kyerakki Jarmoda dag’al uchirindilardan qirg’ich-lar va sanchib teshuvchilar borligi, Joyitunda esa yo’qligi Jarmo industriyasini qadimiyroq qilib ko’rsatadi. Bu xar ikki yodgorlikni qiyosiy o’rganish natijalari, ularni chaq-moqtosh industriyasini davr jixatidan farq qilishini ko’rsatdi. Aniqrog’i Joyitun madaniyatini ilk davri, ya`ni quyi qatlamlari Jarmoni yuqori qatlamlariga o’xshashdir.
Yaqin Shraq mamlakatlaridagi yodgorliklarni o’rganish, ularni xronologiyasini quyidagicha ko’rsatadi. yeramizgacha bo’lgan X1-1X ming yilliklar. mezolit davlri madaniyatini aks ettiradi. yeramizdan avvalgi VIII ming yillikdan bosh-lab esa uni ba`zi bir joylarida shahar turidagi (poselki) qishloqlar yuzaga kela boshlaydi. Bu davrda imoratlar xom guvalak va g’ishtlardan qurilib, sopol paydo bo’lmagani tu-fayli bu davrni sopolgacha bo’lgan neolit deb ataladi. yera-mizdan avvalgi VII ming yillikda esa Iyerixon, Beyda, Xo-jilar, Ali-Kosh kabi yodgorliklar davri davom etgan va bi-rinchi sopollar paydo bo’lib, ulardan VI ming yillikda «naqshli sopollar madaniyati» yuzaga kelgan.
Joyitunning moddiy ashyolarini Jarmo, Tepa-Guron va Sial 1 ni yuqori qatlam ashyolari bilan o’xshashlik alomat-larini aniqlash natijalari Joyitunni yeramizgacha bo’lgan VI ming yillik bilan belgilash imkoniyatini byerdi. Bunday xulosani Chagelli- tepani Joyitunning so’nggi qatlamlariga oid qatlamini xronologiyasini 5050Q. 110 bilan belgilani-shi xam tasdiqlaydi.
Joyitun madaniyatini kelib chiqish masalasiga kelsak, bu masala xozirgi kunda juda murakkab masalalardan hi-soblanadi. Chunki xozirgacha Joyitun madaniyati bilan to’g’ridan- to’g’ri bog’liq bo’lgan bu qadim dehqonchilik mada-niyati bilan shug’ullangan qabilalarni ajdodlari yashagan yodgorlikni topilmaganidir. Ammo arxeologlar orasida bu madaniyatni ajdodlari avval Kopettog’da yashab so’ng paste-kisliklarga tushib, shu madaniyatni yaratganlar deguvchilar xam bor. Biroq Joyitun madaniyati industriyasini Kaspiy bo’yidagi mezolit yodgorliklarini yaqinligini hisobga olib, Joyitun madaniyatining sohiblarini ana shu Kaspiy bo’yla-ridan kelib o’rnashgan qabilalar tashkil etgan deguvchilar xam bor. Bu masalaga aniqlik kiritish kelajakni ishi al-batta. Ammo bu masala qanday tarzda o’z echimini topishidan qat`i nazar bir narsa aniq, u xam bo’lsa Joyitun madaniya-tining sohiblari ilk dehqonchilik bilan shug’ullangan Ya-q- in Sharqdagi qabilalar bilan yaqin aloqada bo’lganlar.
Shuni ta`kidlash joizki, qadimgi ajdodlarimizni iq-tisodiy hayotida tub o’zgarishlarni yuzaga kelishiga sabab bo’lgan o’zlashtiruvchi ko’jalikdan ishlab chiqaruvchi xo’ja-likka o’tish jarayoni Joyitun manzilgohida yaqqol ko’rina-di, chunki Joyitun manzilgohini xo’jaligini asosini ish-lab chiqarish tashkil qilib, bu ishlab chiqarishda birinchi o’rinni dehqonchilik, ikkinchisini chorvachilik tashkil qilar edi.
Ovchilik esa garchi xo’jalikdan xali siqib chiqarilma-gan bo’lsada, yordamchi sifatida davom etmoqda edi. Etakchi o’rinni dehqonchilik egallagan edi. Buni yaqqol isboti si-fatida Joyitundan topilgan 1097 ta o’roq sifatida foyda-lanilagan mehnat qurollarini ko’rsatishimiz mumkin. Bu mehnat qurollari Joyitun manzilgohidan topilgan bir ne-cha mehnat qurollarini 37 % ini tashkil qiladi. Bu dali-liy ashyolar Joyitun sohiblarini xo’jaliklarini asosini dehqonchilik tashkil etganiga xech qanday shubxa qoldirmayi. Ma`lumki, toshlardan yasalgan ketmonsifat mehnat qu- rollari Jarmo davridayoq yuzaga kelgan bo’lib, bu turdagi qurollar Xassuni va Sialk yodgorliklari uchun juda xarak-tyerlidir. Bu ketmonsifat (motnga) qurollar yordamida yerni chopganlar, ya`ni yerga ishlov byerishda foydalanganlar. Qi-zig’i shundaki, bu turlagi mehnat qurollari nafaqat Joyi- tunda, balki Joyitun madaniyatiga oid bo’lgan barcha yodgor-liklarda xam uchramaydi. Faqat bir dona ketmonsifat (mo-tmga) toshdan yasalgan mehnat quroli 1965 yilda O. K. Byerdiev va A.F. Gonyalin tomonidan Chaqmoqli-tepadan to-pilgan. Odatda yog’ochlardan soplar yasalib, ularni bir tomo-niga xozirgi zamon ketmonlariga o’xshatib motmgalarni o’rnatganlar. Natijada mehnat unumi samarali bo’lgan. Turkmanistonda keyingi yillarda qazish ishlarini sistema-li ravishda olib borilishiga qaramay, nafaqat neolit bal-ki eneolit davrida xam tosh motmgalar ishlatilmaganligi aniqlandi. Hatto Tripolida ishlatilgan suyaklardan yasal-gan motmgalar xam topilmadi. Shundan so’ng arxeologlari-miz oldida tabiiy ravishda muammo tug’ildi. Joyitun va Joyitun madaniyatiga oid boshqa yodgorliklarda dehqonchilik bo’lgani aniq. Dehqonchilik qilish uchun yerga ishlov byerili- shi shart. Yerga ishlov byerishda ishlatilgan motqga kabi mehnat qurollari esa bizgacha etib kelmagan. Bu masalada ko’pchilik arxeologlarimiz bir xil taxminiy, ammo haqiqat-ga ancha yaqin bo’lgan fikrga keldilar. Ularni fikrlariga ko’ra Joyitun manzilgohida va shu madaniyatga oid barcha yod-gorilklarda motmgalar o’rnida «palka- kopalka» lar (palka-kopalka deyilganda uzunligi o’rtacha 80- 100 sm, yo’g’onligi xozirgi zamon ketmon sopidek, uchi qalam uchiga o’xshatib yo’nilgan va olov yordamida silliqlangan o’tkir uchli tayoq tushuniladi.) dan foydalanganlar. Ammo palka-kopalkalar tabiatni ta`sir kuchiga bardosh byerolmay bizgacha saqlanib qolmaganlar. Palka-kopalkalar qatorida yerni yumshatishda butoqli shoxlardan xam foydalangan bo’lishlari mumkin de- gan fikrlar xam bor. Arxeolog V. I. Sarianidi bu kabi bu-toqli shoxlardan yumshatilgan yerlarda egat telishda omoch si-fatida xam foydalangan bo’lishlari mumkin degan fikrni bayon qiladi. G. F. Korobkovani
xulosasiga ko’ra palka-kopalkalardan foydalanishda ularni uchlariga o’rtasi teshik doira shaklidagi diametri 25-30 sm, qalinligi 3-4 sm bo’lgan tosh)larni o’rnatib ishlat-ganlar. Bundan ko’zlangan maqsad palka-kopalkalarda og’irlikni oshirish bo’lgan deyiladi. Ammo bunday fikrni haqiq-atga yaqin deb bo’lmaydi. Chunki ushbu satrlarni mualliflardan biri T. Mirsoatovni Belorusiya, Litva, Gruziya o’rmonlarida xamda O’zbekistnning neolit shaxtalarida ko’p yillar davomida o’tkazgan tajribalari shuni ko’rsatdiki, palka-kopalka turidagi mehnat qurolari bilan qazish ishla-rini bajarishda koltso-utyatelitel kabilarni palka-kopal-kalariga o’rnatishga mutlaqo extiyoj bo’lmaydi. Sababi bun-day palka-kopalka turidagi mehnat qurollari odatda qattiq yog’ochlardan yasalib, ularni og’irlik darajalari etarli bo’ladi. Bedorusiya va Boltiq bo’ylarida dub daraxtlaridan, Kavkazda samshiddan, O’rta Osiyoda do’lanalardan qazish ish-larini bajarish uchun ana shu turdagi mehnat qurollarini yasab, tajribalar o’tkazganimizda xech qanday koltso-utya-telitellarga ehtiyoj sezmaganmiz. Bunikg ustiga G. F. Ko-robkovani o’zini tan olishicha koltso-utyatelitellar Joyitun madaniyatini oxirlariga kelib paydo bo’la boshlaydi.

Dehqonchilik ishlari

esa

Joyitun

madaniyatini ilk bos-qichlaridayoq

paydo bo’lgan.

U

davrda

esa koltso-utyatelitellar umuman

bo’lmagan. Arxeolog I. N. Xlopin-ning bayoniga ko’ra koltso-utyatelitellar taraqqiy etgan ene-olit davridagina yuzaga kela boshlaydi. YUqoridagilardan xulosa shuki G. F. Korobkovani koltso-utyatelitellarni funktsiyasiga qo’yilgandiagnoz haqiqatdan ancha yiroq. Ammo shuni xam aytish joizki bu koltso-utyatelitellar xozirgacha funktsiyalari aniqlanganicha yo’q.
Joyitun madaniyatiga oid yodgorliklarni moddiy ashyola-rini o’rganish natijalari shun ko’rsatdiki, ularn xo’jaligi-da birinchi o’rinni dehqonchilik egallagan bo’lsa. ikkinchi o’rinni chorvachilik, uchinchi o’rinni ovchilk egallagan. Go’sht maxsulotlarini 75% ini xonakilashtirilgan hayvonlarni go’shti tashkil qilgan bo’lsa, 25% ini ov qilingan hayvon-larni go’shti tashkil qilgan.
Joyitun madaniyatiga xos hususiyatlardan eng qizig’i shundan iboratki bu ma'daniyatni tosh industriyasi juda boy bo’lishiga qaramay, bu yodgorlklarni birontasida ov quroli na kamon o’qi va na ma`lum masofadan irg’itib sanchiladigan drotiklarni uchlari topilgan emas. Bunday xolatlarni ar-xeolog olimlarimiz kamon o’qlarini va drotiklarni uchla-ridagi nayzalarni mikrolitlardan yasalgan deb izoxlaydi- lar. Joyitun manizlgohidan shar shakliga o’xshash yuma-
loq toshlar topilib, ular palaxmon toshalri deb ataladi. Garchi palaxmon toshlari Markaziy Osiyoni neolit va ayniq-sa eneolit xamd^ bronza asridagi yodgorliklarida juda ko’plab topilgan bo’lsada, palaxmonni o’zi xozirgi kunga qa-dar biror dona xam topilmagan. Shunday bo’lishi tabiiydir. Chunki palaxmonlar yumshoq matolardan, tyerilardan qilingan bo’lishi kyerak deb taxmin qilishimiz mumkin. Ularni eng dastlabkilari daraxtlarni po’stlaridan qilingan bo’lishi xam mumkin. Palaxmonni uzunligi taxminan 1 - 1 , 5 m bo’lib, eni 10 - 12 sm bo’lgan. Uni xar ikkala uchiga taxminan 30 -50 sm ip bog’langan (Ip o’rnida yumshatilgan daraxt po’sti yoki tyeridan qirqilgan tasmadan foydalangan bo’lishlari mum-kin). Bu iplarni biri kaltaroq, ikkinchisi uzunroq bo’lgan, uzunrog’i o’ng qo’lni bilagiga bog’lanib, kaltarog’i shu qo’lni bosh va ko’rsatgich barmoqlari yordamida ushlangan. Natijala palaxmon ikki buklangan. Ana shu ikki buklangan palax-monni o’rtasiga yumaloq shar shaklidagi maxsus tayyorlangan tosh solinib bu palaxmon bosh uzra bir necha bor aylantiri-lib mo’ljal tomon zarb bilan otilgan. Ana shu bosh uzra ay-lantirib palaxmon toshini otish jarayonida bosh va ko’rsat-gich barmoq bilan ushlab turilgan ipni uchi qo’yib yuboril-gan. Oqibatda palaxmonni bir uchi qo’lga bog’langani uchi pa-laxmon qo’lda qolib, yumaloq tosh mo’ljal tomon yo’l olgan. Shuni aytish kyerakki, jarayon juda murakkab bo’lgani uchun undan foydalanish ko’p mashq qilishni talab qilgan. Bu bo-rada ushbu satrlar muallifi juda ko’plab tajribalar o’tka-zib bir necha o’nlab palaxmon toshlarini yasagan. Palaxmon toshlarini tarixi neolit davridan boshlanib, undan foy- dalanish eneolit, bronza davrlarida xam davom etgan. Kek-salarimizni ma`lumotlariga ko’ra palaxmonlardan XX asrni boshlarida xam cho’ponlar tomonidan bo’rilarga qarshi qo’ylarni ximoya qilishda foydalanilgan.
Eneolitni o’rtalaridan, ayniqsa bronza asrida palax-mon toshlari qatorida loydan yasalgan yumaloqlardan xam keng foydalanilgan. Ammo bular asosan dushman qabilala-riga qarshi o’z manzilgohlarini mudofaa qilishda foydala-nilgan. Bu fikrimizni daliliy isboti sifatida Sopolli tepa yodgorligini mudofaa devorlari ustida loydan yasalgan yumaloqlarni bir nechtasini to’p- to’p xolatda topilganini ko’rsatishimiz mumkin. Bu loydan yasalgan yumaloqlarni dushmanga nisbatan foydalanganliklarini sababi bu loy yumaloqlari dushmanga tekkanda xam tegmay boshqa narsalar ga urilganda xam maydalanib, ikkinchi marotaba otilishga yaramay ishdan chiqqanlar. Demak, bular bir marotaba foydalanishga mo’ljal-langan. Toshlardan yasalganlari esa bir necha bor takroriy ishlatilishi mumkin bo’lgan. Faraz qilaylik, otilgan palaxmon toshi mo’ljalga olingan dushmanga tegmadi. Dushman ana shu palaxmon toshidan shu toshni palaxmondan otgan
mudofaachilarni o’zlariga otishda foydalanishi mumkin bo’lgan. Shuning uchun xam ajdodlarimiz loydan yasalgan palaxmon yumaloqlarini dushmanga qarshi ishlatib, toshlardan yasaganlarini ov qilishda foydalanganlar. Joytun madaniyatiga oid yodgorliklardan topilgan ashyolarn o’rganish natijalari shuni ko’rsatdiki shu madaniyatni boshidan to oxirigacha bo’lgan davr mobaynida ayollarni taqinchoq bezaklarini ishlab chiqarish doimo shakllanib, riojlanib kelgan. Asosini loy tashkil qilgan guvalak va xom g’ishtlardan qurilgan qurilishlar neolitda boshlangan bo’lsa xozirgi kunlarda xam davom etib kelmoqda. Sababi Marka-ziy Osiyoning iqlim sharoitiga guvalak va xom g’ishtlardan qurilgan imoratlar juda mos keladi. Bunday imoratlarning xonalari yozda issiqni, qishda sovuqni o’tkazmaydi. Demak. qishda issiq, yozda esa salqin bo’ladi.V. M. Masson Joyitunda xammasi bo’lib, bir xonali uylardan 30 tasini ochdi, ularni xar birida taxminan 3 -4 ishi yashaganini hisobga olib, jami 150- 160 kishi istiqomat qilgan degan xulosaga kelgan. Bular o’rta hisobda xar kuni o’rta hisobda 100 kg don iste`mol qilgan bo’lsalar, yil davomida 36, 5 tonna don ishlatganlarini, agar urug’lik uchun xam ajratib qo’yishlarini e`tiborga olishsa, jami 44 tonna don etishtirganlarini bayon qiladi. Shunga asoslanib, agar xar ga yerdan o’rta hisobda 20 - 22 tsentnyer don etishtirgan bo’lsalar, Joyitunliklar xar yili 20 ga yerda dehqonchilik qilganlar degan xulosaga keladi. Joyitun manzilgohini uy qurilishiga qarab, bu joyda juft oilalar yashaganlar degan xulosa chiqarish mumkin. Bu juft oilalar o’z navbatida bitta katta guruxga birlashganlari tabiiydir. Bunday birlashuvni sababi birinchidan ularni xavfsizlik-larini taminlasa, ikkinchidan Joyitunliklarni xo’jalik-larini asosini dehqonchilik tashkil etgan. Dehqonchilik esa Markaziy Osiyo iqlimi sharoitida sun`iy sug’orishga aso-« langan. Sun`iy sug’orish esa imkon qadar yirik gurux kuchi-ni talab etgan. Demak, Joyitun manzilgohida juft oila-lardan tashkil topgan janubiy Turkmanistonni uncha
katta bo’lmagan qabilalaridan biri yashagan.
Nafaqat Joyitun manzilgohida yashagan bu qabilalar, balki Joyitun madaniyatiga oid manzilgohlarni barcha qa-bilalari «neolit inqilobini boshidan kechirganliklarini ularni moddiy ashyolarini xar tomonlama o’rganish natija-lari yaqqol ko’rsatdi. «Neolit inkilobi» u yoki bu man-zilgox egalarini xo’jaligida iktisodiy jixatdan tubdan uzgarish sodir bo’lgani tushuniladi. Yovvoyi hayvonlarni xonakilashitirish va yovvoyi boshoqlarni esa madaniylashti-rishdagi ilk tajribalar xo’jalik faoliyatlarini samara-dorlik shakllarini yuzaga kelishiga sabab bo’lib, «neolit inqilobi» ni tayyorlashda birinchi bosqichi hisoblangan. «Neolit inqilobi» ni ikkinchi bosqichida esa,
xo’jaliklar faoliyatida dehqonchilik bilan chorvachilik to’la xukmronlik qilgan. Joyitun madaniyatiga oid yodgorliklarda yeradan av-valgi VI
-IV ming yilliklar davomida yuqoridagi xar ikki bosqich xam kuzatilgan. Ammo yerondagi Zagros va unga yon-dosh yodgorliklarni bir qismida yeramizdan avvalgi X-USh ming yillikda ovchi va tyermachi qabilalarni iqtisodida xo’jalini yangi turi dehqonchilik va chorvachilikni element-lari ko’rina boshlaydi. YUqoridagilardan xulosa qilib shuni aytish kyerakki, G. Chayld tomonidan arxeologiya faniga ki-ritilgan «neolit inqilobi» neolit davridagi barcha neolit yodgorliklari uchun xam taalluqli emas. Qaysi neolit yod-gorliklarida iqtisodiy jixatdan tub o’zgarish sodir bo’lgan bo’lsa, ya`ni o’zlashtiruvchi xo’jlikdan ishlab chiqaruvchi xo’jalikka o’tilgan bo’lsa, aniqrog’i ishlab chiqarish natija-sida iste`mol uchun paydo qilingan maxsulotni miqdori ko’paytirilgan bo’lsa o’sha yodgorliklarda «neolit inqilobi» sodir bo’lgan deb hisoblanadi. Shunday ekan bizning Marka- ziy Osiyo xududidagi Joyitun madaniyatiga oid yodgorlik-larda dehqonchilik va chyaorvachilikka asoslangan xo’jalik-larda «neolit inqilobi» sodir bo’lgan bo’lsa, Hisor mada-niyatiga oid yodgrliklarda faqat chorvachilikni o’ziga asos-langan «neolit inqilobi» bo’lgan. Kaltaminor madaniyatiga oid yodgorliklarda esa, garchi ular xam neolit davrini o’z boshlaridan kechirayotgan bo’lsalarda, ularda xali eskicha an`analar davom etib, xo’jaliklarida tub o’zgarishlar yuzaga kelmagan'edi. Ularni xo’jaligini asosini ovchilik, baliq-chilik va tyermachilk tashkil etar edi. Shuning uchun bu tur-dagi xo’jaliklarda «neolit inqilobi» sodir bo’lgan deb bo’lmaydi. Arxeolog olimlarimizni keng miqyosda olib bor-gan izlanish ishlarini natijalari shuni yaqqol ko’rsatdiki, insoniyatni ilk sinfiy jamiyatga etaklab borishda «neolitinqilobi» bosh yo’l xisoblangan. Ana shu fikrni tasdig’ini aynan «neolit inqilobi» sodir bo’lgan joylarda birinchi bo’lib ilk sinfiy jamiyatlarni paydo bo’lgani ko’rsatadi.
Markaziy Osiyo xududidagi neolit yodgorliklari haqida xulosa qilib shuni aytish joizki, bu davrga oid yodgrliklar XX asrni ikkinchi yarmidan boshlab, ayniqsa uni uchinchi cho-ragida juda ko’plab, xatto bir necha yuzlab topildi va ar-xeolog olimlarimiz tomonidan o’rganildi. Faqat birgina Markaziy Farg’ona xududini o’zidan yuzdan ortiq mezolit va neolit davriga mansub yodgorliklar topildi va ular xam tipologik xam trasalogik usullar bilan o’rganildi. Bular-ni barchasi haqida batafsil to’xtalishga bu kichik xajmdagi qo’llanmada birinchidan
imkon xam yo’q, ikkinchidan zarurat xam yo’q deb o’ylaymiz. Bu qo’llanmadan ko’zlangan bizni asosiy maqsadimiz kitobxonlarimizni o’z kasbalarini fi-doiylari bo’lgan arxeolog olimlarimizni adabiyotlaridagi daliliy ashyolariga suyangan xolda ajdodlarimzni 1 mln. yi-lik tarixi bilan tanishtirishdir. eng muhimi ana shu tari-ximizni uzluksiz davom etganini, bir madaniyat ichidan ik-kinchi madaniyatni o’sib chiqqanini xech bir madaniyat chetdan kelmaganini, Markaziy Osiyo xududidagi mavjud yodgorlik-lar orqali isbotlab byerishdan iboratdir. Shuning uchun xam ajdodlarimizni ilk makoni bo’lgan Seleungur g’oridan tor-tib, must`e yuqori paleolit, mezolit, neolit yodgorliklari-ni eng ko’zga ko’ringanlarini bayon qilib o’tdik.
Bizni Markaziy Osiyo xalqlarimizni qalblarini faxr va iftixorga to’ldiruvchi eng muxim daliliy ashyolar shun-dan iboratki, quyi paleolitdan tortib ajdodlarimizni oxirgi bosqichlarigacha tarixlarini yorituvchi xar bir davr makonlarining sohiblarini suyak qoldiqlarini bizgacha saqlani qolganligidir. Seleungurda arxantroplar, Teshik- toshda poleantroplar, Samarqand makonida, Mochayda va qator neolit yodgorliklarida neantroplarni suyak qoldiqla-rini topilganligi ajdodlarimizni Mrakaziy Osiyo xududi-da uzluksiz ravishda yashaganliklaridan dalolat byeradi. Ne-olit davrini so’nggi bosqichlariga mansub odam suyaklarini, qoldiqlari Qoraqalpog’istonning Shumanay tumani markazi-dan 50 km shimoliy sharqida joylashgan Kosontol qabristo-nidan topilgan. Qabrdagi odam suyagi 35- 40 yoshlardagi yer- kak kishiga mansub bo’lib, uning suyaklarida oxra qoldiqla-ri saqlanib qolgan. Uni xronologiyasi yeradan avvalgi IV-III ming yillik bilan belgilanadi.


  1. mavzu. Eneolit va bronza davri moddiy madaniyatining evolyutsiyasi





Yüklə 3,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin