arxeologiya tadqiqotlarini qo‘llab-quvvatlash, muvofiqlashtirish, nazorat qilish, arxeologiya tadqiqoti uchun ruxsatnoma berish, ilmiy hisobotni ekspertizadan o‘tkazish va uning saqlanishini ta’minlash;
arxeologiya ashyolari davlat katalogini yuritish, arxeologiya ashyolarining davlatga topshirilishini tashkil qilish hamda fan, madaniyat va ta’lim muassasalariga biriktirib qo‘yish va tasarrufdan chiqarish;
arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish, halokat yoqasidagi arxeologiya obyektlarida zudlik bilan tadqiqot o‘tkazilishini ta’minlash, arxeologiya obyektlarini konservatsiyalash, muzeylashtirish hamda arxeologiya parklarini yaratish;
d) mamlakatimiz va xorijdagi madaniy boyliklar sohasida:
madaniy boyliklarni muhofaza qilish, shu jumladan, ularning O‘zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqilishi va uning hududiga olib kirilishi bo‘yicha sertifikat berish va realizatsiya qilishni muvofiqlashtirish, madaniy boyliklarni badiiy
ekspertizadan o‘tkazish, ularning toifasini aniqlash, davlat reyestrini yuritish, madaniy boyliklar sohasida davlat nazoratini amalga oshirish;
mamlakatimiz tarixi va madaniyatiga oid xorijdagi madaniy boyliklarni aniqlash, ularning to‘liq ma’lumotlar bazasini yaratish, muntazam yangilab borish hamda asl yoki ko‘chirma nusxalari, foto va videotasvirlarini yurtimizga olib kelish;
ilmiy o‘rganish asosida olingan ilmiy ma’lumotlar va ularning tahliliy natijalariga oid bibliografik to‘plamlar, kataloglar, kitob-albomlar, axborot
byulletenlari va boshqa matbaa mahsulotlarini turli tillarda nashr etish, ommaviy axborot vositalari va Internet jahon axborot tarmog‘ida keng yoritish, xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlik qilish.
4, 5-mavzular. Arxeologiyaning tarmoq fanlari
REJA:
Arxeologiya va aniq fanlar
Arxeologiya va tabiiy fanlar
TAYANCH SO'ZLAR VA IBORALAR :
Paleoekologiya, arxeologiya, ximiya, fizika, geometriya, matematika, botanika, paleobotanika, paleozologiya, geologiya, geografiya, tarixiy geografiya, statistika va
h. k.
ANNOTATSIYA: Antropogen (to'rtlamchi davr) arxeologiyasini o'rganishda geologik fanining ahamiyati. Pleystotsen davri qatlamlari va ularning paleolit davrini o'rganishdagi ahamiyati. Paleoekologiya va arxeologiya. Paleozalogiya va paleobotanika fanlari yutuqlaridan ibtidoiy davr faunasi va florasi va xo'jalik xususiyatlarining o'rganishning ahamiyati. Cheksiz (absolyut) davrlashtirishda ximiya va fizika fanlarining o'rni. Matematik statistika va arxeologiya.