Oʻzbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti


Absorbsiya jarayonida boradigan o’zaro muvozanat



Yüklə 1,87 Mb.
səhifə9/25
tarix20.09.2023
ölçüsü1,87 Mb.
#146067
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   25
diplom ishi toliq

1.6. Absorbsiya jarayonida boradigan o’zaro muvozanat
Absorbsiya jarayonida suyuqlik tarkibidagi gazning miqdori suyuqlik va gazning xususiyatiga, bosim, harorat va gaz fazasining tarkibiga bog‘liq. Suyuqlik bilan biror gaz aralashmasining o‘zaro ta’siri natijasida taqsimlanuvchi komponenet A tashuvchi komponent V yordamida suyuqlikda erigan bo‘lsa, fazalar qoidasiga muvofiq komponentlarning soni va erkinlik darajasi uchga teng bo‘ladi. Demak, gaz-suyuqlik sistemasida ikkala fazaning harorati, bosimi va konsentratsiyasi o‘zgarishi mumkin. Shuning uchun o‘zgarmas harorat va umumiy bosimda muvozanat holatidagi gazning parsial bosimi (yoki uning konsentratsiyasi) bilan suyuq faza tarkibining o‘zaro bog‘lanishi bir xil bo‘ladi. Bu bog‘lanish Genri qonuni bilan ifodalanib, erigan gazning parsial bosimi eritmadagi uning mol qismiga mutanosibdir:
PA=E∙xA
Suyuqlikdagi gazning eruvchanligi (yutilgan komponent A) ma’lum haroratda uning suyuqlik yuzasidagi parsial bosimiga mutanosibdir:
X*=PA/E
Bu yerda, PA* – muvozanat holatidagi eritmada konsentratsiyasi xA bo‘lgan yutilayotgan gazning parsial bosimi; X* – eritmadagi gazning konsentratsiyasi (mol hisobida), bu gaz bilan suyuqlik fazalari muvozanatlashganda yutilayotgan komponentning parsial bosimi RA ga teng; E – mutanosiblik yoki Genri koeffitsiyenti.
Genri koeffitsiyentining miqdori berilgan gaz uchun yutilayotgan suyuqlik va gazning tarkibiga, haroratiga bog‘liq bo‘lib, sistemaning umumiy bosimiga bog‘liq emas. E ning haroratga bog‘liqligi quyidagi tenglama bilan aniqlanadi:

Bu yerda, q – eriydigan gazning differensial issiqligi, R – gaz doimiyligi; C – yutilayotgan suyuqlik va gazning tabiatiga bog‘liq bo‘lgan o‘zgarmas kattalik.

1-rasm. Gazning suyuqlikda erishiga haroratning ta’siri.
Ideal suyuqliklar uchun har xil haroratda konsentratsiyaning bosim bilan o‘zaro bog‘lanishi R-x diagrammada to‘g‘ri chiziq ko‘rinishida, Genri koeffitsiyentiga teng bo‘lgan og‘ma chiziqlar orqali tasvirlanadi. 1-rasmga va (11) tenglamaga muvofiq, harorat ortishi bilan Genri koeffitsiyentining miqdori (bir xil sharoitda) ortadi, (10) tenglamaga muvofiq esa gazning suyuliqdagi eruvchanligi kamayadi.
Gaz aralashmasidan ajratib olinayotgan komponentning mol ulushi uA va sistemadagi umumiy bosim R bo‘lganda, parsial bosim RA Dalton qonuni bo‘yicha quyidagi bog‘lanish orqali ifodalanadi:
RA = R · UA .
Genri qonunini quyidagi ko‘rinishda yozish mumkin:
У* = m · x
Bu yerda, m = E/R - taqsimlanuvchi koeffitsiyent yoki muvozanat holatdagi fazaning doimiyligini belgilaydi.
Yuqoridagi tenglamadan ko‘rinib turibdiki, gaz fazasidagi berilgan komponent konsentratsiyasi va gaz fazasi bilan muvozanatda bo‘lgan suyuqlik konsentratsiyasi o‘rtasidagi bog‘liqlik to‘g‘ri chiziq (muvozanat chizig‘i) bilan ifoda qilinadi. Bu to‘g‘ri chiziq koordinata boshidan o‘tib, ma’lum qiyalik burchagi α ga ega, bu burchakning tangensi m ga teng. Sistemadagi haroratning pasayishi va bosimning ortishi bilan m ning qiymati kamayadi. Shu sababdan gazning suyuqlikdagi eruvchanligi bosimning ortishi va haroratning pasayishi bilan ko‘payadi.

Yüklə 1,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin