Oʻzbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti



Yüklə 1,87 Mb.
səhifə11/25
tarix20.09.2023
ölçüsü1,87 Mb.
#146067
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   25
diplom ishi toliq

Absorbsiya tezligi
Absorbsiya jarayonining tezligi quyidagi modda o‘tkazish tenglamalari orqali ifoda qilinadi:

Bu yerda, M – gaz fazasidan suyuqlik fazasiga o‘tgan moddaning miqdori; F –fazalarning kontakt yuzasi; τ – jarayonning davomiyligi; ΔUo‘r, ΔXo‘r – jarayonning harakatlantiruvchi kuchi, konsentratsiyalar yoki bosimlar farqi orqali ifodalanadi; Кu, Кx – modda o‘tkazish yoki absorbsiya koeffitsiyentlari. Absorbsiya jarayonining sxemasi 3-rasmda ko‘rsatilgan. Suyuq faza A oqimning asosiy massasi (yoki markazi) va
yupqa chegara qatlamidan iborat bo‘ladi. V fazasi esa suyuq chegara qatlamiga tegib turgan gazning yupqa chegara qatlamiga ega. Ushbu chegara qatlamlarda yutilayotgan komponent faqat diffuziya ta’sirida tarqaladi. Shunday qilib, modda o‘tkazishga to‘sqinlik qiladigan hamma qarshiliklar yupqa chegara qatlamlarida yig‘ilgan bo‘ladi. Suyuq chegara qatlamidagi modda o‘tkazishga bo‘lgan qarshilikni 1/βs, gaz chegara qatlamidagi qarshilikni esa 1/βr bilan belgilab, quyidagi tenglamalarga erishamiz:

Bu yerda, βr – gaz fazasidagi modda berish koeffitsiyenti; βS – suyuq fazadagi modda berish koeffitsiyenti; m – muvozanat chizig‘i qiyalik burchagining tangensi (yoki mutanosiblik koeffitsiyenti).
Modda berish koeffitsiyentlarining qiymatlari suyuqlik va gaz fazalari o‘rtasida kontakt hosil qilish usuliga, gaz va suyuqlikning fizik xossalariga va ularning harakat tezliklariga bog‘liq. Modda berish koeffitsiyentlarining Suyuqlik yupqa qatlami Gaz yupqa qatlami Yutilayotgan komponentning yo‘nalishi У У*А miqdorlari kriterial va empirik tenglamalar yordamida topiladi. Agar gaz suyuqlikda juda yaxshi eruvchan bo‘lsa, mutanosiblik koeffitsiyenti m ning qiymati juda kichik bo‘ladi. Xuddi shuningdek, suyuq fazadagi diffuzion qarshilik ham juda kam bo‘ladi. Bunda 1/βr >> 1/βS bo‘lgani uchun Кu = βr bo‘ladi. Suyuqlikda yomon eruvchan gazlar uchun gaz fazasidagi diffuzion qarshilikni hisobga olmasa ham bo‘ladi (chunki m va βr ning qiymati juda katta). Shuning uchun 1/βS >> 1/βrm bo‘lgani sababli КX = βS bo‘ladi.Bu tenglamadagi gaz fazasining mol konsentratsiyalarini gazning parsial bosimi bilan almashtirib, uni umumiy bosim ulushlarida ifodalasak, modda o‘tkazishning asosiy tenglamasi quyidagi ko‘rinishni egallaydi:

Bu yerda, ΔRo‘r – bosim birliklarida ifodalangan jarayonning o‘rtacha harakatlantiruvchi kuchi; Кr – harakatlantiruvchi kuchga nisbatan olingan yutiluvchi gazning parsial bosimi bilan ifodalangan modda o‘tkazish koeffitsiyenti. Absorbsiya koeffitsiyentining qiymati gaz bilan suyuqlik o‘rtasidagi kontakt qilish usuliga, ikkala fazaning fizik xossalari va ularning harakat tezligiga bog‘liq bo‘ladi. Кu va КX ning son qiymatlari odatda tajriba natijalarini o‘xshashlik nazariyasi asosida qayta ishlab olingan kriterial tenglamalar yordamida aniqlanadi.

Yüklə 1,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin