86
Agar inson portretini qo‘li bilan ishlaganda, albatta qo‘l ko‘rinishiga ham katta
e’tibor qaratib sinchiklab ishlanishi zarur. Chunki inson qo‘li uning yuziga nisbatan
ko‘proq ma’lumotlarni berishi mumkin. Qo‘lning aynan ushbu insonga xos bo‘lgan
harakatlari va holati hayotiy va ishonarli, muhitga mos bo‘lishi zarur.
Portret chizish jarayonida qiyofachining ko‘zlariga asosiy diqqatingizni
qarating, ko‘z qarashi orqali inson ichki dunyosiga kirib borishga harakat qiling.
Chunki, ko‘z – bu qalb ko‘zi deb bekorga aytilmagan. Shuning uchun insonning ichki
dunyosini ifodalash uchun ko‘z xususiyati, qarashiga diqqat qiling, uni sinchiklab
qarab ishlashdan uyalmang. Bu uni butun kipriklarini, ko‘z qorachig‘idagi har bir
chiziqni, shu’lani sanab chizish degani emas. Lekin ko‘z qarashlari jonli bo‘lib,
uning ichki hissiyotini ko‘rsatib beradigan darajada e’tibor bilan aniq ifodalang.
Dostları ilə paylaş: