O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi


Boshqarish sxemasi, boshqaruvchi qurilma (BQ)



Yüklə 367,64 Kb.
səhifə8/10
tarix27.04.2023
ölçüsü367,64 Kb.
#103382
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Akbarov A.

3.2 Boshqarish sxemasi, boshqaruvchi qurilma (BQ).

MP da BQ ning roli juda ham muhimdir. BQ MP ning hamma bloklarini talab bo’yicha ketmaketlik bilan ishlashini ushlab turadi.


BQ ko’rsatmasi bo’yicha BRg dan navbatdagi buyruqni chaqirib olinadi, berilganlarni nima qilish kerakligi aniqlanadi, keyin esa qo’yilgan masalani yechish uchun ketma-ket harakatlar ishlab chiqiladi. Odatda BQ ning ishlashi programmalashtirilgan bo’ladi. BK ni MP ning ichidagi kichkina MP desak bo’ladi.
Deshifrator (DSH). Deshifratorning asosiy vazifasi BRg dagi buyruqni dekodlashdir. Dekodlagandan keyin BQ o’zidan buyruqni bajarish kerakligi tug’risida xabar beradi.
BQ ning ishlashi taymer bilan bog’langan. Qabul qilinayotgan taktli xabarlarni BQ ko’p fazali sinxrosignallarga (sinxroxabarlar) aylantiradi. Bu yerda F1 va F2 fazali xabarlar ishlab chiqiladi. Boshqaruvchi qurilma yoki bu fazada sinxroxabar ishlab chiqadi va shu vaqtda xotira yoki kirishchiqish qurilmalari tashqi qurilmalariga chiqish xabarlari ishlab chiqadi. Yuqorida keltirilgan ishlardan tashqari BQ yana quyidagi maxsus vazifalarni bajaradi: manbani ketma-ketlik bilan ulashni boshqarish, vaqtincha to’xtatish (uzish) jarayonini boshqarish. BK boshqa qurilmalar qachon va qanday ketma-ketlik bilan ichki qiymatlar shinasidan foydalana olishliliga qaror qabul qiladi.
Ko’pchilik MP lar foydalanuvchining ixtiyoriga beriladigan qo’shimcha registrlarga ega. Bu registrlar umumiy ishlatiladigan registrlar degan nom olgan.
Ayrim MP da UIR xotira qurilmasi sifatida xizmat qiladi. Boshqalarida esa ularning vazifalari AK ning imkoniyatidan qolishmaydi.
Umumiy ishlatiladigan registrlar sifatida V va S, D va Ye, N va L va shunga o’xshagan Rg lar ishlatilishi mumkin. Bu Rg larning har qaysisini manfiy orttirma sanagichi sifatida ishlatish mumkin. V va S registrlarini birgalikda mahsus 16-razryadli juft registr sifatida ishlatish mumkin
3.3 Mikroprotsessorning ichki qiymatlar shinasi (interfeysi).

MP ning tuzilish sxemasi shuni ko’rsatadiki, ya’ni 8-razryadli ichki qiymatlar shinasi ALQ va registrlarni biri-biri bilan bog’laydi va MP ning ichki qiymatlarini uzatib turadi.


MP ning har bir funktsional bloki qiymatlar ichki shinasi bilan ulangan. Lekin BQ dan xabar olmagunicha undan foydalana olmaydi. Ichki qiymatlar shinasi ikki tomonlama aloqa qiladigan yo’ldir. Shinalar bo’yicha alohida bitlar emas, berilgan so’zlar uzatiladi.
Stek. Stek MP ning ichki registrlari yig’indisidan tashkil etiladi yoki bo’lmasa stek tashqi operativ xotirani ayrim ajratilgan qismida bajariladi va ixtiyoriy tanlanadigan xotira qurilmasining tarkibiga kiradi. Stekga murojaat qilish va unga adreslash stekning ko’rsatuvchi registri orqali amalga oshiriladi.
Stekning yacheykasiga ma’lumotlar ketma-ket joylashtiriladi. Stekdan ma’lumotlar joylashtirilganga teskari bo’lgan tartibda olinadi. Ya’ni birinchi yozilgan ma’lumot, adres, operand oxirida o’qiladi (chaqiriladi). Oxirgi yozilgan ma’lumot, adres esa birinchi chiqariladi. Stekni misoli ingichka idishga o’xshatsak bo’ladi. Unga birinchi solingan olmani faqat hamma olmalarni olgandan keyingina olishingiz mumkin. Oxirgi solingan olma esa birinchi bo’lib olinadi. Bunday xotirani LIFO (Last - Ln First - But – oxirida kirdi – birinchi chiqdi) deyiladi. Stekning xotirasi podprogrammalar bilan ishlaganda, vaqtincha to’xtatishda, translyatorlarni tuzishda va shunga o’xshashlarda xizmat qilishda juda qulaydir. XM ni vaqtincha to’xtatganda uning xotirasini, markaziy protsessorini tashqi periferiya ixtiyoriga berilganda tugallanmagan amalning natijasini yo’qotib qo’ymaslik uchun hamda vaqtincha to’xtatilgan programmaning qaysi adresdan boshlab bajarish kerakligini stek tashkil etib beradi. Ya’ni stekka navbatda bajarilishi kerak bo’lgan programmaning, podprogrammaning adresi yozib qo’yiladi. Bularning hammasi stekni ko’rsatkich registri (SV) orqali amalga oshiriladi.
Stekning ko’rsatkich registri stekning o’zgaruvchi cho’qqisi (balandligi) adresini o’z ichiga oladi. Buyruq bajarilishi jarayonida stek ko’rsatkichining, qiymati avtomatik ravishda bittaga (agarda xotira bir baytli so’z bo’lsa), ikkitaga ko’payib yoki kamayib turadi (agarda xotirada ikki baytli so’z bo’lsa va shunga o’xshash).
Yangi so’z yuklanishi kerak bo’lsa, avvalo ZR ning qiymati, faqat keyingina esa bu so’z modifikatsiyalangan SP ko’rsatgan yacheykaga yoziladi.
Stekdan so’zni chiqarib olishda avvalo SP ko’rsatib turgan yacheykaning qiymati o’qiladi, faqat keyingina esa ZR ning qiymati bittaga ortadi.
Indeksli registrlar (IR). Indeksli registrlar kanalining programmasida umumiy registrlardek ishlatiladi. Undan tashqari, indeksli registrdan xotiradagi operandlarni adreslash uchun foydalaniladi. Indeksli adreslash turlari sifatida IR yordamida avtoinkrementli indeksli adreslashni o’tkazish mumkin. Bu massivdagi qiymatlarni qayta ishlashga juda qulaydir.
Niqobli solishtiruvchi registr (NSR). Bu registr kanalning programmasida umumiy registrlardek yoki niqobli solishtirish uchun ishlatiliishi mumkin. Xotiraga to’g’ridan-to’g’ri tushishda niqobli solishtirish uchun ishlatiladi. Niqobli solishtirish ajratilgan baytning razryadlarini (operandni, buyruqni yoki uzatilayotgan baytni) avvaldan berib qo’yilgan qiymat bilan solishtirishga imkon beradi. Buning uchun NSR ni katta baytiga operatorni qiziqtiradigan razryadini ajratuvchi niqob yuklanadi, bu registrning kichkina baytiga esa solishtiruvchi qiymat yuklanadi.
1.5. K1810VM86 mikroprotsessori. K1810 seriyali MPQ KIS tarkibi.
1.5.1. K1810VM86 mikroprotsessori to’g’risida umumiy ma’lumot.
K1810 seriyali MPK tarkibi 1.8-jadvalda, unga qarashli KIS ning asosiy elektrik parametlari esa 1.9-jadvalda keltirilgan. KIS ni har bir chiqishining ishqobiliyati katta bo’lmasdan va TTLtexnologiyasida bajarilgan mikrosxemaning bitta chiqishiga to’g’ri keladi.

3.4-rasm. Niqobli solishtiruvchi registrni niqobli solishtirish uchun foydalanish jarayoni.





Yüklə 367,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin