O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi m irzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universitetining jizzax filiali



Yüklə 135,06 Kb.
səhifə2/11
tarix05.05.2023
ölçüsü135,06 Kb.
#108431
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Dushoboyeva Sug`diyona KURS ISHI 210-20

Mavzuning dolzarbligi
Jamiyat uchun nihoyatda ahamiyatli hisoblangan ota-ona va bola, er-xotin, oila a’zolarining o‘zaro munosabatlari bilan bog’liq bo‘lgan muammolar aynan oila negizida yuzaga keladi. SHuning uchun ham qadim zamonlardan boshlab oila, undagi munosabatlar masalalari har bir davrning donishmand, olim, mutafakkirlari tomonidan o‘rganilib kelinganligini va ularning qarashlarida bu masalalarning yoritilganligini kuzatamiz.Bu qarashlarni, fikrlarni sizning hukmingizga havola etish orqali oila, o‘zaro munosabatlar muammolari bizning hayotimizda doimo muhim masalalar sirasiga kirishini qayd etamiz.
Birinchi prezidentimiz I.A.Karimov oilaning tub mohiyati hakida «Oila hayotning abadiyligi, avlodlarning davomiyligini taʼminlaydigan, muqaddas urf-odatlarimizni saqlaydigan, shu bilan birga, kelajak nasllar qanday inson bo’lib yetishishiga bevosita taʼsir kursatadigan tarbiya uchogi ekanini tan olishimiz darkor”, degan edilar.
Jumladan, 1994 yil butun dunyo jamoatchiligi va xalqaro YUNESKO tashkiloti tomonidan «Xalqaro oila yili” deb eʼlon qilinishi, 1998 yil Respublikamizda «Oila yili” deb belgilanishi va bularning uzviy davomi sifatida 1999 yil «Ayollar yili”, 2000 yil «Soglom avlod yili”, 2001 yil «Onalar va bolalar yili”, 2002 yil «Kariyalarni qadrlash yili”, 2003 yil «Obod maxalla yili” va 2004 yil «Mezf va muruvvat” yili deb nomlanishi buning yorkin dalilidir.
Inson va insoniy munosabatlar, shaxs va uning kamoloti muammolari uzoq asrlardan buyon jamiyatning eng ilg’or kishilari, olimlar, buyuk allomalar va donishmandlarning diqqat markazida asosiy masalalardan bo‘lib kelgan.SHarqning buyuk allomalari hisoblangan Abu Ali ibn Sino,Yusuf Xos Xojib, Mahmud Qoshg’ariy, Kaykovus, Xotam ibn Tay, Alisher Navoiy, Zahriddin Muhammad Bobur,Rizouddin ibn Faxriddin, Muqimiy, Furqat, Zavqiy, Uvaysiy, Nodira, Abdurauf Fitrat, Abdulla Avloniy kabi ko‘plab olim va yozuvchilar bu masalalar yuzasidan o‘zlarining durdona fikrlarini tarixda qoldirib ketganlar.
Sharq mutafakkirlarining barchasini g’oyaviy jihatdan birlashtirgan asos shu bo‘lganki, ular shaxs tarbiyasi va kamolotida oilaning, oilaviy tarbiyaning rolini yuqori qo‘yishgan, ayniqsa, shaxsning aqliy va axloqiy kamolotida oilaning o‘rni, ota-ona va yaqin kishilarning yo‘naltiruvchi va tarbiyalovchi vazifalariga alohida e’tibor berganlar. Ular faqat oiladagina rivojlanishi mumkin bo‘lgan sifatlar- halollik, poklik, mardlik, mehribonlik, haqgo‘ylik kabi qator fazilatlarni barcha sifatlardan yuqori qo‘yishlari bilan birga insoniy munosabatlarda namoyon bo‘ladigan yuksak fazilatlar,avvalo, ota-onadan bolaga o‘tishi va ular jamiyat taraqqiyotiga ijobiy ta’siri kabi qimmatli fikrlar va bu boradagi amaliy ko‘rsatmalarni o‘z falsafiy- axloqiy,sotsiologik va psixologik qarashlarida ifodalab berganlar.

Yüklə 135,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin