29-mavzu. Hosila tushunchasini o‘qitish metodikasi. Hosila tushunchasi. Elementar funksiyalarning hosilasi mavzularini o‘qitish metodikasi. Murakkab funksiyalarning hosilasi mavzularini o‘qitish metodikasi. Hosilaning geometrik va fizik ma’nolari. Hosilaning funksiyani tekshirishga tatbiqi mavzularini o‘qitish metodikasi.
30-mavzu. Integral tushunchasini o‘qitish metodikasi. Boshlang‘ich funksiya. Aniqmas va aniq integral mavzularini o‘qitish metodikasi. Integral yordamida yuzalarni hisoblash. Mavjud geometrik formulalarni integral yordamida keltirib chiqarish.
III. Amaliy mashg‘ulotlari buyicha ko‘rsatma va tavsiyalar ((Seminar mashg‘ulotlari), (Kurs ishi), (Mustaqil ta’lim) o‘quv rejada ko‘rsatilgan turi (nomi) bo‘yicha yoziladi) A. Amaliy mashg‘ulotlar bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar
Matematika o‘qitish metodikasining predmeti, fan sifatida uning taraqqiyoti, bosqichlari o‘quv predmeti sifatida maqsadi, mazmuni. Matematika o‘qitish metodikasining boshqa fanlar bilan aloqasi.
Matematik tushunchalarni ta’riflash metodikasi. Matematik tushunchalarni kiritish metodikasi. Matematik tushunchalarni kiritishning abstrakt - deduktiv metodi.
atematika o‘qitishda ilmiy izlanish metodlari (kuzatish va tajriba taqqoslash analiz va sintez umumlashtirish, abstraksiyalash, konkretlashtirish, klassifikasiyalash metodlari). Analitik metod bilan masalalar echish va teoremalarni isbotlash.
Matematikani o‘qitishda masalalarni o‘rni va roli, o‘quvchilarni matnli masalalar echishga o‘rgatish metodikasi. Matematika o‘qitish jarayonida matematik tafakkurni rivojlantirish shakllari va usullari.
Teoremalar, ularning turlari, isbotlash usullari. Teoremalarni o‘qitishning metodikasi.
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari matematikasining tili. Matematika o‘qitishda matematik simvollar, ulardan foydalanishni o‘rgatish muammolari.
Matematika fani orqali o‘quvchilarda tayanch kompetensiyalarni rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar. Sinflar kesimida tayanch kompetensiyalarni shakllantirishga qaratilgan masalalar.
Natural sonlar va ular ustida amallarni o‘qitish metodikasi. Musbat va manfiy sonlar ustida amallarni o‘qitish metodikasi.
Haqiqiy sonlar ustida amallarni o‘qitish metodikasi.
Funksiya tushunchasini o‘qitish metodikasi. Tenglama va tengsizliklarni o‘qitish metodikasi.