8-mavzu. Matematika o‘qitish metodlari.
O‘qitishning umumdidaktik metodlari (tushuntiruvchi-ko‘rgazmali, reproduktiv, muammoli bayon qilish, qisman izlanuvchan, evristik, tadqiqiy.
9-mavzu. O‘quvchilarning matematik tafakkurlarni shakllantirish metodikasi.
O‘quvchilarining matematik tafakkurini rivojlantirish jarayonida masalalarning ahamiyati. Matematika o‘qitishda masalalarning bajaradigan funksiyalari. Masala echishda umumiy va xususiy usullar.
10-mavzu. Matematika o‘qitishda sinfdan tashqari va fakultativ mashg‘ulotlar.
Matematikadan sinfdan tashqari va fakultativ mashg‘ulotlar, ularning tashkiliy shakllari, maqsad va vazifalari, o‘tkazish metodikasi.
II MODUL. XUSUSIY METODIKA
11-mavzu. Son tushunchasini o‘qitish metodikasi
Natural sonlarni o‘qitish metodikasi. Natural sonlarni kiritish, Peano aksiomalari. Natural sonlar ustida amallar.
12-mavzu. Kasrlarni kiritish metodikasi
Kasrlarni kiritish, oddiy va o‘nli kasrlarni o‘qitish metodikasi. Kasrlarni kiritish, oddiy va o‘nli kasrlar ustida amallarni o‘qitish metodikasi.
13-mavzu. Manfiy, butun, ratsional va irrasional sonlarni kiritish metodikasi.
Manfiy son tushunchasini kiritish, butun sonlarni kiritish, ratsional sonlarni kiritish va irrasional sonlarni kiritish va o‘qitish metodikasi.
14-mavzu. Haqiqiy sonlar mavzusini o‘qitish metodikasi.
Haqiqiy sonlarni kiritish usullari.Haqiqiy sonlar ustida amallarni aniqlash qoidalari. Arifmetik kvadrat ildiz tushunchasi. Arifmetik to‘rt amalga doir misollar echish. Haqiqiy sonlar tushunchasini kengaytirish va kompleks sonlar mavzusini o‘qitish metodikasi.
15-mavzu. Maktabda ayniy shakl almashtirishlarni o‘rganish.
Umumiy o‘rta maktab va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari matematikasida ayniy shakl almashtirish va uni o‘qitish metodikasi. Butun ifodalarni ayniy almashtirish. Kasr ifodalarni ayniy almashtirish. Irrasional ifodalarni ayniy almashtirish.
Dostları ilə paylaş: |