Proyektor slaydlari qo’lda, fotonusxalar yoki kompyuter yordamida tayyorlanishi mumkin. Ular maxsus shaffof plyonkada tayyorlanadi va tematik tartibga solinadi. Bu holda ham slaydlarni saqlash uchun maxsus papka tuzish tavsiya etiladi.
Slaydlartayyorlashuchunmateriallar: - oddiy asetat qog’ozi - shaffof sun’iy qog’oz
- Nusxa olish mumkin bo’lgan maxsus qatlamli slaydlar
- Slaydlar flamasteri, permanent va suvda eruvchan
- Slaydlarni tozalash uchun spirt
- Surat chizish moslamalari (shablon, chizg’ich va boshqalar)
Slaydlarni qo’lda tayyorlash 1. Surat yoki matnni qog’ozga eskizlash
2. Slaydni uni ustiga qo’yib, skrepka bilan mahkamlash
3. Namunadagi suratni slaydga ko’chirish yoki yozish
Slaydlardan fotonusxa olish va ularni kompyuterda tayyorlash Bu jarayon nusxalash mashinasida oddiy qog’ozga nusxa olish jarayoniga o’xshaydi. Sifatli asl nusxani slaydga nusxalash mumkin, bunda slayd maxsus nusxalash jarayoniga moslashtirilgan bo’lishi kerak (maxsus qatlamli slaydlar).
Ushbu slaydlar kompyuter printerida chiqarilishi mumkin, chunki bu orqali tasvirni kattalashtirish yoki kichraytirish imkoni tug’iladi.
Ta'lim ijtimoiy hodisa bo'lib, uning tarixi juda uzokdir. Ta'lim insoniyat jamiyati rivojlanishining dastlabki paytlaridayoq katta rol' o’ynagan. U to’plangan tajribalarni, dunyo haqidagi axborotlarni berish jarayonini ta'minlagan, insoniyatning fakat ijtimoiy rivojlanishiga emas, balki qiyin sharoitlarda yashay olishiga ham yordam bergan. Uzluksiz rivojlangan jamiyatda ta'limning mukammal emas shakli, ya'ni dars ming ming yillar mobaynida vujudga kelgan. Ya.A.Komenskiy «Buyuk didaktika» asarida jamoaviy tarbiyaning oldingi barcha tajribalarni umumlashtirdi, sinfning dars tizimida ta'limning asosiy didaktik printsiplarini izchil ifodaladi. 0sha zamondan buyon ko’p vaqt o'tdi. Shuncha vaqt mobaynida darsning tashkiliy, shakllari ham ta'limning metodlari ham takomillashib ketdi.
Xalq maktablari tashkil topgandan boshlab o'qituvchi va o'quvchilarning o’zoro hamkorligi hamda o’zaro munosabati muammolari ham vujudga kelgandir. Ma'lumki, o'qituvchining bilimi uning darsdagi va uydagi faoliyatining xarakteriga bevosita bogliqdir, faoliyatsiz bilimlar ham bulmaydi. o'qituvchi ajoyib yo’sinda dars utishi va lekin bu darsning natijasi muayan o'quvchi uchun narsaga arzimaslii mumkin.
Shularga kura o'qituvchi o’zini ana shunday o'quvchining O'rniga qo’ya bilishi, uning darsdagi faoliyatini va uning maktabda butun o'qish davrdagi munosabatini tasavvur qilish «oyat muhimdir. Vatan tarbiya va ta'lim asta sekin amalga oshadi hamda o'quvchiga barcha darslar majmui qanday ta'sir etishiga, o'quvchi o'qituvchi rahbarligida ongli va faol bajaradigan ishlarning hajmi hamda muntazamligiga bogliqdir.
Guruhli mashg’ulotlarning sinf-dars tizimi deb atalgan bunday shakli keng tarqaldi, mustahkamlandi va hozir ham ancha takomillashgan holda mavjuddir.
Maktab rivojlanish tarixida 20-yillarda ta'limning yakka tartibdagi shakli notanqidiy yo’sinda qabul qilindi va amaliyotga ta'limning brigada laboratoriya metodi kiritildi. Unda bu guruh (5-6 nafar) o'quvchilar o'qituvchi tavsiya etgan materialni mustaqil holda O'rganganlar. O'qituvchi maxsus tushuntirishlar bermay, fakat yo'l yO'riqlar ko'rsatgan. Hamma narsa uchun brigadir javob bergan. Bunday ta'lim bolalarning o'quv faoliyati uchun ma'suliyatini pasaytirgan. Maktab barham topishining noto’g’ri pedagogik kontseptsiyalari davrida ta'limning (mashqlar metodi) deb atalgan shakli vujudga kelgan. Unda o'quvchilar o'qituvchining topshirig’i bo’yicha qandaydir ob'ektning loyihasini tayyorlaganlar. Mazkur g’oyalar mualliflaring aytishicha o'quvchilar loyihani tuzishda o'quv rejasi bo’yicha o'tiladigan predmetlarga doir kompleks bilimlarni o’zlashtirgan.
So’ngi 20 yil mobaynida pedagogika nazariyasi kombinatsiyalangan darsni O'rganishdan darsni elementlari bo’yicha bosqichma-bosqich o’zlashtirishga, undan sintetik va mukammmal O'rganishga o'tdi.
XULOSA O’quv didaktik vositalardan foydalanishda ularni muayyan maqsad, mo’ljallangan guruh, maxsus soha va usullarga mos holda tanlash muhim o’rin tutadi. Va nihoyat amaliyot ukituvchisi o’quv va ko’rgazmali vositalarni ishlata olishni va ulardan maqsadga muvofik va oqilona tarzda foydalanishni bilishi kerak. Texnik vositalardan foydalanayotganda yuzaga keladigan texnik muammolarni hal qila oladigan bo’lishi lozim.
O’quv va didaktik materiallarni ishlatishda albatta ularning mavjudligi katta rol uynaydi. Amaliyot o’qituvchisi, shuningdek, KHTBYu o’qituvchisi o’z maxsus sohasi uchun qanday materiallar, qanday yangiliklar borligiga, shuningdek, qaysi maxsus sohalarda uning o’zi yangiliklar qilishi kerakligi yuzasidan umumiy tushunchaga ega bo’lishi lozim. Ko’pincha o’qituvchilar doska tasvirlari, flipchart tasvirlari va proyektor slaydlari kabi vizual vositalarni o’zlari ishlab chiqadilar.
Agar hyech qanday materiallar mavjud bo’lmasa o’quv kitoblari asosida materiallarni o’zi ishlab chiqishi kerak bo’ladi.
Bosqichlar: 1. Kurrikulumdagi maqsadlar tahlil qilinadi
2. Maqsadlar asosida kelib chiqadigan mavzularni bilim turlariga qarab tartibga solinadi, ular quyidagilar: dalillar, tushunchalar, tamoyillar va usullar
3. Bilim berish (nazariy dars) va ko’nikmalar hosil qilish (instruktaj va mashqlar)ni ajratish lozim bo’ladi. Bunda doimo „o’zlashtirilishi shart bo’lgan bilimlar“ va „o’zlashtirilishi mumkin bo’lgan bilimlar“ darajalari inobatga olinsin.
4. Har bir mavzu uchun kamida bittadan ish varag’i va keyinchalik grafik va tasvirlar, shuningdek, qo’shimcha matnlar ishlab chiqiladi. Shu tarzda qadamba-qadam kurs papkasidagi materiallar ortib boradi.
5. Fotoapparat yordamida olingan ustaxonadagi ish jarayonlari tasvirlangan suratlar asosida rasmlar manbasini tuzish va ularni kurs papkasiga ilova qilish mumkin.