O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, Fan va innovattsiyalar Vazirligi Mirzo Ulug’bek nomidagi


Mikroorganizmlardan sanoatda foydalanish



Yüklə 35,28 Kb.
səhifə3/4
tarix14.12.2023
ölçüsü35,28 Kb.
#179209
1   2   3   4
Mikroorganizmlardan sanoatda foydalanish

Mikroorganizmlardan sanoatda foydalanish.
So’nggi yillarda mikrobiologiya sanoati keng rivojlanayapti. Mikroorganizmlar yordamida ko’pgina biologik faol mahsulotlar olinmoqda - antibiotiklar, aminokislotalar, fermentlar, vitaminlar, organik kislota (limon, sirka, glisyerin) lar, polisaxaridlar, oqsil, karotinoidlar va boshqalar. Bu moddalarning miqdori bir yilda gramm, kilogramm deb emas, balki minglab tonnalab olinadi. Bu vazifani zamonaviy zavodlar, biologik sintez uchun barcha sharoitlarga, yuqori madaniyatli ishlab chiqarishga ega katta sanoat korxonalari bajarmoqda. Hozirgi davrda juda ko’plab kuzatuvchilar diqqatini yangi molekulyar biologiyaning yo’nalishi-gen injinyeriya o’ziga tortmoqda. Bu soha genlarning bir hujayradan boshqa hujayraga ko’chirish bilan shug’ullanadi. Mikroblar biotexnologiyasi neft va boshqa sanoatlarda ishlatiladi. Lekin mikroblar temirni emirib nafaqat foyda, balki zarar ham keltiradi. Mikroblar yangi rudalar hosil qilish xususiyatiga ham egalar. Olimlar fikriga ko’ra, barcha temir rudalari bo’lgan joylar, bakteriyalar yashagan joydadir. Hozir topilayotgan rudalarda ilgarigi temir bakteriyalari qoldiqlari borligi aniqlangan. XX asrning ikkinchi yarmida rus injener olimi N.I.Putilov cho’yan eritib olish uchun ruda konlaridan foydalangan, rudani esa Grilandiyaning ko’pgina ko’llari ostidan olishgan. Suv havzalarida odatda biogen (bakteriya)lar bo’lib, ular rudani olgandan keyin 2-3 yilda o’sha ko’llarda ruda miqdorini yana tiklaydi. Balchiq rudasidan cho’yan olish chor Rossiyasi davrdayoq juda yaxshi yo’lga qo’yilgan edi. Undan bron va to’plar yasalar edi. Temir bakteriyalari va oltingurgut bakteriyalari hayoti va faoliyati o’xshash. Samara viloyatida Shernoya ko’li bo’lib u yerdan Buyuk Petr davrida porox ishlab chiqarish uchun oltingurgut olishar edi. Bu ko’lda o’sha davrlarda oltingurgut bakteriyalari borligi to’fayli har sutkada 120 kg oltingurgut qatlami vujudga kelardi.Bunday ko’llar yer yuzining boshqa joylarida ham mavjud. Metallar sorbekt-mikrobi. Yilma-yil foydali qazilmalar zonasi quruqlikda kamayib bormoqda. V.F.Chubanov ma‘lumotlariga ko’ra dengiz suvlarida 6 miliard tonna mis, 4 miliard tonna uran, 500 mln tonna kumush, 10 mln tonna oltin va boshqa metallar erigan holatda mavjud Shuning uchun dunyo okeani turli minerallarning potensial koni sifatida qadrlanadi. Suvdan metall olish bo’yicha mikroorganizmlar rekordchilar.Ular ko’pchiligi uchun suv haqiqiy yashash sharoiti hisoblanadi. Aniqlanishicha xlorella 0,41%, aktinomisetlar 4,5%, denitrofikasiyalovchi bakteriyalar 14%, maxsus achchitqilari-50% uran quruq massasini o’z ichiga oladi. Mog’or zamburg’i -aspyergillar atrofiga 0,3% mis, yani 30 ming marta ko’p oladi. Masalan qimmatbaho basilla o’zida 4 xil metall, shunindek oltin ham to’playdi. Mikrob-biosorbentlar yordamida sanoat yo’llarini, atrof muhitni og’ir metallardan tozalashda foydalaniladi.

2. Mikroorganizmlarning oziq ovqat sanoatida ishlatilishi


M ikroorganizmlar kashf etilmasdan oldin ham inson qatiq, vino tayyorlashda, nonvoychilikda mikrobiologik jarayonlaridan keng ko’lamda foydalanib kelgan. Qadim zamonlardanoq shifokorlar va tabiatshunoslar ko’pgina yuqumli kasalliklarning kelib chi qish sabablarini izlay boshlagan edi. Masalan, Gippokrat (eramizdan oldin 460-377 yillar), Lukresiy (95-50 yillarda) va o’sha davrning boshqa yirik olimlarning ishlarida, turli-tuman yuqumli kasalliklarning sababchisi tirik tabiatga bog’liq ekanligi ko’rsatilgan. O’rta Osiyo xalqlari avvaldanoq chechak, moxov va boshqa kasalliklar to’g’risida ma’lumotlarga ega edi. Abu Ali ibn Sino (900-1037) bu kasalliklarning sababchilari tirik mavjudotlar ekanligini va ularning suv, havo orqali tarqalishini aytgan. Oziq-ovqat sanoatida qatiq, kefir, qimiz, pishloq tayyorlash sut-kislotali bijg'ituvchi bakteriyalarning, nonvoychilik, turli ichim- liklar tayyorlash (spirt, vino) esa achitqi zamburug‘laming faoliyat- lariga bog'liq boigan jarayonlardir. Ko‘pgina mikroorganizmlar turli fiziologik faol moddalar: fer- mentlar, vitaminlar, aminokislotalar, biologik stimulatorlami sintez qilish xususiyatiga egalar. Tabiatda moddalarning almashinuvida, ko‘pgina foydali qazil- malar (torf, toshkc'mir, neft) hosil bo‘lishida, turli organik moddalarning chirishida mikroorganizmlarning ahamiyati katta. Qishloq xo‘jaligida ham mikroorganizmlar muhim rol o‘ynaydi, chunki ulaming faoliyati natijasida tuproqda o'simliklar uchun zarur bo‘lgan oziq moddalar to'planadi, tuproqning unumdorligi ortadi, buning oqibatida ekinning hosildorligi ham yuqori bo‘ladi. Tuproqda sodir bo‘ladigan jarayonlaming deyarli barchasi un- dagi mikroorganizmlarning faoliyatiga bog‘liq, masalan, tabiiy tup- roq hosil bo‘lish jarayonlari, yemi o‘g‘itlash, sug‘orish, tuproqda ro‘y beradigan fiziologik ishqoriylik va kislotalilikni yo‘qotish, ta- biatdagi turli xil moddalarning o‘zgarishi va boshqalar mikroorganizmlar faoliyati bilan chambarchas bog‘liq. Tuproq tarkibidagi mikroorganizmlarni o‘rganish bir qator bakterial o‘g‘itlarni ishlab chiqishga (nitragin, azotobakterin, fosfo- robakterin va h.k.) va ulardan qishloq xo'jalik amaliyotida foydala- nish orqali tuproqning unumdorligi va o‘simliklaming hosildorligini oshirishga imkon yaratdi. Mikroorganizmlar tabiatda ko‘pgina yuqumli kasalliklaming qo‘zg‘atuvchilari e kanliklari, ulaming suv va havo orqali tarqaiishlari qadimdan ma’lum b oigan. Mikrobiologlaming tinimsiz mehnatlari tufayli hozirgi paytda har bir kasallikning qo‘zg‘atuvchisi aniqlanib, davolash usullari ham topilgan. Ko‘pgina farmatsevtika fabrikalari aktinomitsetlar, zamburug‘lar va ba’zi bir bakteriyalaming hayotiy faoliyati mahsuli bo‘lgan antibiotiklar ishlab chiqaradilar. Mikroorganizmlar o’simlik qoldiqlari, hayvon jasadlari va boshqa chiqindilarni parchalab, er yuzini tozalaydi va tabiatda moddalarning aylanishini ta’minlaydi.


Yüklə 35,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin