Matematika fani oldida turgan maqsadlar: umumiy ta`lim, amaliy va tarbiyaviy maqsadlaridan iboratdir. Amaliy maqsadlar: matematik bilim berishdan kuzatilgan amaliy maqsadlar bolalarning nazariyani amaliyotga bog`lay olishidan, ya`ni olingan bilimlarni amaliy masalalarni hal qilishga, bolalar to`plam va son haqida; kattalik (miqdor)larning bir-biriga nisbati haqida, eng oddiy geometrik figuralar haqida boshlang`ich tasavvurga ega bo`ladilar, joy va vaqtni bilishni o`rganadilar: bolalar olgan bilimlarini o`zlarining kundalik mehnat va o`yin faoliyatida va maishiy hayotida uchraydigan matematikaga doir savol va masalalarni hal qilishga tatbiq eta bilish malakalarini hosil qilish kerak.
Kursning asosiy vazifalari: Umumiy ta`lim maqsadlari:
Bolalarga real olamdagi yuz beradigan eng sodda hodisalardagi miqdoriy nisbatlarni tushunishga vа olamdagi fazoviy formalarni (joylashishlarini); natural son, geometrik figura, miqdor va boshqa tushunchalar abstrakt ammo ular real borliqdagi predmetlarga xos bo`lgan bog`lanish va munosabatlarni aks ettiradigan hajmda bilimlar berish, Bu bilimlar fazoviy tasavvurlarni rivojlantirishga mantiqiy fikrlay bilishga yordam berishi kerak.
Matematikani o`rgatish bolalarda o`z ona tilida xatosiz so`zlashga, o`z fikrini aniq va ravon qilib bayon eta bilishga o`rgatishda yordam berishi kerak. Matematikani bayon etishda sergaplikka yo`l qo`yish mumkin emas, bunda har bir so`zni o`z o`rnida ishlata bilish ayniqsa muhimdir.
Maqsad:
1. Bolalarni maktabda asosiy fanlardan bilim olishga o`rgatish (shu qatorda matematikadan ham).
2. Yosh bolalarga matematik bilim berish. Matematikaga doir bajariladigan ishlar bolalarni boshqara oladigan bilimlariga qaraganda ko`proq sabotlikka, tirishqoqlikka, puxtalikka, aniqlikka o`z fikr va xulosalarini nazorat qila olishga, ayniqsa kuzatish, tajriba va faxmlash asosida aytiladigan fikrlarining ravon bo`lishiga e`tibor bera bilishga odatlantirish kerak. Bolalarda matematik bilimlarga bo`lgan qiziqish, matematik xarakterdagi masalalarni sabr - toqat va tirishqoqlik bilan yechish ko`nikmalari rivojlantiriladi. Induktiv va deduktiv tafakkurning boshlang`ich ko`nikmalarini azaliy operatsiyalarni, ya`ni analiz qilish, sintez qilish, taqqoslashni, abstraktlashtirish va umumlashtirish qobiliyatlarini rivojlantirishga idroklilik va ziyraklikni, fazoviy tasavvurlarni va xayolni o`stirishga matematik ta`lim berish katta yordam qiladi.
Asosiy qism
Maktabgacha yoshdagi bolalar ta`lim tarbiyasiga qo`yiladigan davlat talablarini hayotga joriy etish keng ko`lamli ish bo`lib, u bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Talablarda belgilangan ko`rsatkichlarga erishish uchun davlat tomonidan zaruriy shart-sharoitlar va imkoniyatlar yaratiladi. Xalq ta`limi vazirligi hamda joylardagi ta`lim - tarbiyaga tegishli bo`lgan tashkilotlar va muassasalar talablarni hayotga joriy etish yuzasidan o`z faoliyatini maqsadli yo`nalishda olib boradilar.
Bolalarning bilim, ko`nikma va malakalari har o`quv yilining 9-kunida tayanch dasturda keltirilgan talablar asosida nazorat mashg`ulotlari orqali tekshirib boriladi. 6 - 7 yoshdagi bolalarning maktabga tayyorlik darajasi ushbu davlat talablari, ko`rsatkichlari asosida o`quvchilarni kasb-hunarga yo`naltirish va pedagogik-psixologik tashxis markazi mutaxassislari tomonidan tekshiriladi.
Davlat talablari ko`rsatkichlariga erishish "Bolalarni rivojlantirish va maktabga tayyorlash tayanch dasturi" asosida bolalarning ilk va 6 - 7 yoshga etgunga qadar amalga oshiriladi. Bolalarning билим, ko`nikma va malakalari har o`quv yili yakunida tayanch dasturda keltirilgan talablar asosida nazorat mashg`ulotlari orqali tekshirib boriladi. 6-7 yoshli bolalarning maktabga tayyorgarlik darajasi ushbу Davlat talablari ko`rsatkichlari asosida tekshiriladi.
Dostları ilə paylaş: |